Samarqand qishloq institute



Yüklə 141,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix17.12.2022
ölçüsü141,07 Kb.
#75889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t

Bakteriologik 
tekshirish
Mikrobiologiya 
amaliyotida 
infeksion 
kasalliklarni aniqlash, suvni, oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa manbalarni 
tekshirish uchun mikroskopik tekshirish bilan bir qatorda bakteriologik tekshirish 
usuli keng qo’llaniladi. 
Bakteriologik tekshirishning vazifasi-mikroorganizmning sof kulьturasini 
ajratib olish, uning xossalarini aniqlashdir, shuning natijasida infeksion 
kasalliklarning aniq diagnozi qo’yiladi va ayrim muhitlarga shu mikrob yuqqanligi 
bilib olinadi. 
 Bakteriologik tekshirish quyidagi bosqichlardan iborat:
1) tekshiriladigan manbani ekish;
2) oziqli muhitlarda mikroblarning o’sish xususiyatlarini o’rganish;
3) toza kulьturani ajratib olish; 
4) toza kulьturaning xossalarini o’rganish va uning qaysi turga mansub 
ekanligini aniqlash. 
Tekshirishning birinchi kunida tekshiriladigan manba agarli 2-3 likopchaga 
ketma-ket ekiladi. Bir qancha hollarda tekshirilayotgan manba bevosita suyuq 
muhitlarga ekiladi, masalan, venadan steril sharoitda olingan qon bulьonga ekiladi. 
Manba ekilgan muhitlar termostatda 18-24 soat saqlanadi. Manba ekilgan vaqt, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


bemorning familiyasi, laboratoriya jurnalidagi analiz nomeri likobchaning tubiga 
mum qalam bilan yozib qo’yiladi. 
Ikkinchi kun. Ekilgan mikroblar termostatda undirilgach tekshirila 
boshlaydi. Mikroblar qalan o’sib chiqqan dastlabki likobchalar tekshirishga 
yaramaydi, mikroblar ayrim-ayrim koloniya holida o’sgan likobcha esa 
tekshiriladi. Koloniyalarni lupada yoki mikroskopning kichik ob’ektivi bilan 
sinchiklab tekshiriladi. Koloniyalarning tashqi ko’rinishi, kattaligi, shakli, 
konsistensiyasi, chetlarining xarakteri, tiniqligi, pigmenti-bu belgilarning hammasi 
mikroblarning ayrim turlarini ta’riflash uchun diagnostika nuqtai nazaridan katta 
ahamiyatga egadir. Belgilangan shubhali koloniyalardan surtmalar tayyorlab, 
Gramm 
usulida 
bo’yaladi. 
Mikroblarning 
morfologik 
xususiyatlarini, 
harakatchanligini o’rganiladi. Boshqa koloniyalarga tegib ketmaslik uchun ehtiyot 
bo’lib, ma’lum bir tur mikroblarning toza kulьturasini ajratib olish maqsadida 
.qiyshiq agarga shubhali koloniyadan qovuzloq bilan olib ekiladi. Ekilgan 
mikroblarni yana termostatga qo’yiladi. 
Uchinchi kuni. Qiyshiq agardagi mikroblar termostatda undirilgandan keyin 
ularning toza kulьturadagi o’sish xususiyatlarini o’rganiladi va ajratib olingan 
kulьturada begona mikroblar bor-yo’qligini tekshirib ko’riladi, buniig uchun 
surtma tayyorlab, Gramm usulida bo’yaladi. 

Yüklə 141,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin