Mikrobiologiya amaliyotida
suyuq va zich sun’iy oziqli muhitlar ko’proq
ko’llaniladi.
Zich oziqli muhitlar tayyorlash uchun suyuq oziqli muhitlarga
elimsimon moddalardan jelatina yoki agar-agar qo’shiladi.
Oziqli muqitlar tarkibi jihatidan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) oddiy, yoki universal oziqli muhitlar (go’sht-pepton bulьoni, go’sht-
pepton agari, pepton suvi va shunga o’xshash) da aksari mikroblar undiriladi;
2) murakkab oziqli muhitlar (qonli agar,
gliserinli bulьon va shunga
o’xshash), oddiy muhitlarda unmaydigan mikroblar ana shu oziqli muhitlarda
undiriladi;
3) differensial diagnostik muhitlar (Endo muhiti, baktoagar J, vismut
sulьfit-agar va hokazo) mikroblarning muayyan biokimyoviy
xossalarini aniqlash
va o’ziga xos o’sishiga qarab ularni bir-biridan ajratish imkonini beradi;
4) elektiv oziqli muhitlar (pichan basillasi uchun pichan sho’rvasi, difteriya
tayoqchasi uchun ivitilgan zardob) mikroblarning bir yoki bir necha turini undirish
uchun qulayroq sharoit tug’diradi.
Go’sht-pepton bulьonini tayyorlash. Go’sht (mol go’shti va hokazo)
yog’, suyak, paydan tozalanib, mayda qilib to’g’raladi yoki go’sht maydalagich
(myasorubka) dan o’tkaziladi, so’ngra tortiladi. Qiymaga ikki hissa ortiq
vodoprovod suvi yoki distillangan suv quyiladi (masalan, 500 g go’shtga 1 l suv
olinadi) va salqin joyda 12-24 soat saqlanadi. So’ngra
aralashma qaynab
chiqquncha avaylab isitiladi, go’sht surp latta yoki dokaga o’rab siqiladi, suyuq
qismini esa paxtadan o’tkazib filьtrlanadi va dastlabki hajmiga qadar suv
qo’shiladi. Natijada go’sht suvi hosil bo’ladi, unda go’shtdan
chiqqan eritma
(ekstraktiv) moddalar, eriydigan oqsil moddalar va tuzlar bo’ladi. Go’sht suviga
1% pepton va 0,5% osh tuzi qo’shiladi (pepton oqsilning parchalanishidan hosil
bo’ladi, uni aksari mikroblar yaxshi o’zlashtiradi). Go’sht suvi odatda kislotali
reaksiyada bo’lganidan, lakmus bilan tekshirishda
kuchsiz ishqoriy reaksiya
vujudga kelguncha natriy karbonatning to’yingan eritmasi yoki natriy gidroksid
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
(NaON) ning normal eritmasi qo’shiladi. Bu moddalarning hammasi eriguncha
isitiladi va shisha tayoqcha bilan muttasil aralashtirib turiladi. So’ng go’sht suvi 30
minut qaynatib sovitiladi, nam qog’oz filьtrda suziladi (filьtrlanadi), dastlabki
hajmiga qadar suv qo’shiladi, shundan so’ng muhit reaksiyasi yana tekshiriladi (rN
aniqlanadi).
Oziqli muhitlarning vodorod ionlari konsentrasiyasi (rN)
turli usullar bilan
aniqlanadi. Bakteriologik laboratoriyalarda kolorimetrik usul ko’proq qo’llaniladi,
u indikatorlar deb ataladigan ba’zi moddalarning eritmadagi rN o’zgarishi bilan o’z
rangini o’zgartish xossasiga asoslangan. Buning uchun vodorod ionlari
konsentrasiyasi (rN) elektrometrik usulda aniqlab qo’yilgan (rN=5,4 dan rN=8,4
gacha) muayyan indikatorli ishqor va kislota eritmalari (standart eritmalar)
to’plami, shuningdek Uolьpol-Mixaelis komparatori (5-rasm) bo’lishi kerak.
Muhitdagi rN=6,8 dan 8,4 gacha bo’lganda metanitrofenol indikatori, rN=5,4 dan
7,0 gacha bo’lganda esa paranitrofenol ishlatiladi. Probirkaga tekshirilayotgan
muhitdan 2 ml, distillangan suvdan 4 ml va indikatordan 1 ml quyib,
komparatorning 2
-uyasiga qo’yiladi, yonidagi 1 va 3
-uyalarga joylanuvchi
probirkalarga esa tekshiriladigan muhitdan 2 ml va distillangan suvdan 5 ml
quyiladi, orqa tomondagi 4
va 6
-uyalarga
yaqin rN li standartlar, 5-uyaga
distillangan suvli probirka qo’yiladi.
SHu tariqa, yorug’lik o’tib turishi uchun birday sharoit vujudga keltiriladi.
So’ngra 2-probirka rangi rN aniqlangan standart rangga mos kelguncha unga (2-
probirkaga) ishqor yoki kislota tomchilab qo’shiladi. 2 ml muhitni titrlashga
ketgan ishqor yoki kislota miqdorini nazarda tutib, vodorod ionlari
konsentrasiyasini aniqlamoq uchun muhitning hammasiga qancha ishqor yoki
kislota qo’shish kerakligini hisoblab topiladi.
Tayyorlangan go’sht-pepton bulьoni somon rang-sariq va tiniq bo’lishi
kerak. Bulьon probirkalarga
yoki kolbalarga quyilib, paxta tiqinlar bilan yopiladi
va avtoklavda 120° haroratda 15-20 minut sterillanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com