Samarqand qishloq institute


Anaerob bakteriyalarni undirish



Yüklə 141,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix17.12.2022
ölçüsü141,07 Kb.
#75889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t

 Anaerob bakteriyalarni undirish. Anaerob bakteriyalarni undirish uchun 
tegishli oziqli muhitlar va harorat optimumidan tashqari, kislorodsiz sharoit 
tug’dirish kerak, buning uchun turli usullar tatbiq etiladi. 
1. Oziqli muhitga havo kirishini mexanik yo’l bilan to’xtatish. Bulьon 
yoki 1 % li yarim suyuq qandli agar baland ustun shaklida quyiladi va mikrob 
ekilgandan keyin ustidan steril moy (vazelin) quyiladi, shu bilan muhitga kislorod 
kirishi tamomila to’xtaydi. Bunda mikroblar oziqli muhitning ichkarisida 
ko’payadi. 
Anaerob bakteriyalar agarga quyidagicha ekiladi. Avvalo agar 
suyultiriladi, 50° gacha sovitiladi, so’ngra tekshiriladigan manba kiritiladi va 
avaylab aralashtiriladi. Agar qotadi. Probirka termostatga qo’yiladi. Probirkaning 
ichkarisida anaerob bakteriyalar o’sib - unadi. 
2. Mikroblarni indifferent gaz (N
2
, SO
2
) atmosferasida yoki vakuumda 
undirish. Anaeroblarni undirish uchun maxsus yasalgan va termostatlarga 
o’xshaydigan asboblar-anaerostatlar vakuumda undirish tamoiliga asoslanib 
qurilgan. 
3. Reduksiyalaydigan (qaytaradigan) moddalar: glyukozani yoki 
organlarning parchalarini muhitga qo’shish. 
Anaeroblarni undirish uchun Kitt-Tarossi muhiti ko’proq qo’llaniladi, bu 
muhitda 0,5% glyukoza qo’shilgan bulьon va hayvonlarning yangi organlaridan 
olingan parchalar (yoki go’sht qiymasi) bo’ladi. Mikrob ekilgach, muhitning ustiga 
moy quyiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


4. Anaeroblarni undirish uchun qo’llaniladigan biologik usul shundan 
iboratki, kislorodga o’ch aeroblar va anaeroblar zich oziqli muhitga bir vaqtda 
ekiladi. 
Bunda likobchadagi agarning o’rtasidan steril skalpelь bilan kesilib ikki 
pallaga ajratiladi. Likobchaning bir tomonidagi agarga kislorodga o’ch aerob 
(Vast. prodigiosum), ikkinchi tomonidagi agarga esa anaerob ekiladi. Likobchaga 
parafin yoki mum quyib, termostatga qo’yiladi. Avval aerob mikroblar o’sadi. 
Likobchadagi kislorod tamom bo’lgach anaerob bakteriyalar o’sa boshlaydi. 
Odatda suyuq muhitlar anaeroblar ekishdan oldin erigan kislorodni yo’qotish 
uchun suv hammomida 30 minut qaynatiladi (muhitlarni regenerasiyalash). 
Anaerob bakteriyalarning toza kulьturalarini ajratib olish bir qadar qiyin, 
chunki ular bilan bir vaqtda aerob bakteriyalar ham mavjud. Anaerostatlar 
bo’lmasa, manbani fiziologik eritmada suyultiriladi va aerob bakteriyalarni yo’q 
qilish uchun 80° da 20 minut qizdiriladi. 1-2% go’sht-pepton agarini eritib va 50° 
gacha sovutib, probirkalarga ustun qilib quyiladi. YAkkalangan koloniyalar olish 
uchun, manbani tomizgichda bir probirkadan ikkinchisiga ketma-ket ekiladi. 
Manbani suyultirish uchun ko’pincha 12 tagacha probirka ishlatiladi. Mikroblar 
termostatda 1-2 sutka undirilgach, agarning ichkarisida o’sib chiqqan ayrim 
shubhali koloniyalar Kitt-Tarossi muhitlaridan bir nechtasiga (bular hamma 
anaeroblar uchun elektiv muhitdir) olib ekiladi. Bu muhitlar termostatda 1 sutka 
turgach anaerob bakteriyalarning kulьturalari o’sib chiqadi. Aerob bakteriyalar 
kabi, anaerob bakteriyalar ham morfologik, kulьtural, biokimyoviy xususiyatlariga, 
ekzotoksin chiqarishiga va patogenligiga qarab aniqlanadi. Laboratoriyada 
anerostat yoki mikroanaerostatlar bo’lsa, anaeroblar ustida ish olib borish ancha 
osonlashadi. Manba Petri likobchalariga quyilgan oziqli muhitlarga ekiladi; 
anaeroblarning toza kulьturalarini ajratib olish uslubiyoti aerob bakteriyalarning 
toza kulьturalarini ajratib olish uslubiyotiga (yuqorida tasvir etilgan) o’z 
bosqichlari jihatdan deyarli o’xshaydi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



Yüklə 141,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin