Samarqand qishloq institute


Viruslarni va rekketsiyalarni undirish



Yüklə 141,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix17.12.2022
ölçüsü141,07 Kb.
#75889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t

Viruslarni va rekketsiyalarni undirish.  YUqorida aytilganidek, viruslar 
bakteriyalar bilan zamburug’lardan farq qilib, odatdagi oziqli muhitlarda o’smaydi, 
balki tirik yoki yoshini yashab bo’layotgan to’qima hujayralaridagina ko’payadi. 
Viruslarni to’qima kulьturalarida undirish usuli ko’proq qo’llaniladi. SHu 
maqsadda turli-tuman to’qimalar, yaxshisi-tez o’sadigan, embrional to’qimalar, 
masalan, odam yoki hayvonlar embrionining qo’shuvchi to’qima hujayralari 
(fibroblastlari), o’pka, buyrakning epiteliy to’qimasi, shuningdek xavfli 
o’smalarning hujayralari qo’llaniladi. 
Tuzlar tarkibi organizmning tuzlar tarkibiga yaqin keladigan, muayyan rN, 
vitaminlar va oziq moddalar bo’lgan maxsus suyuq oziqli muhitda to’qimalar in 
vitro 
(organizmdan 
tashqarida) 
o’sadi. 
Probirkalarning 
ichki 
devoriga 
biriktiriladigan yoki matraslar tubiga joylashtiriladigan bir qavatli to’qima 
kulьturalarini tayyorlash usuli keng rasm bo’ldi. Virus shu kulьturalarda 
ko’payganligi mikroskopning kichik ob’ektivi yordamida, virus ko’paygan 
hujayralarda ro’y bergan o’zgarishlarga qarab aniqlanadi (virusning sitopatogen 
ta’sirida hujayralar degenerasiyasi ro’y beradi, ularning devorlari ko’chadi va 
hokazo).
Virusning turi virusni immun zardob bilan neytrallash reaksiyasini 
qo’yish yo’li bilan aniqlanadi. 
Viruslarni tovuq embrionining pardalarida undirish usuli ham ko’p 
qo’llaniladi. 
SHu maqsadda urug’langan tuxumlarni inkubatorga qo’yiladi va 6-7 kun 
o’tib, embrion baralla ko’rinib qolgach (tuxum po’chog’idan ko’rinib turadi) 
embrionli tuxumlar (7-rasm) tanlab olinib, yanada ochiriladi (inkubasiya). 
Virusning turiga qarab, inkubasiyaiing 7-14-kuni yuqumli manbani qat’iy aseptik 
sharoitda tuxum po’chog’ining ostiga-allantons bo’shlig’iga yokn xorion-allontons 
pardasiga, sarig’likka yoki amnion bo’shlig’iga igna sanchish yo’li bilan 
yuboriladi, teshikni berkitiladi va tuxumni yana inkubatorga ko’yiladi. Virus 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


embrion pardalari va to’qimalarida ko’payadi. Virus borligi mikroskopik yo’l bilan 
(elementar tanachalar), laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo’li bilan yoki 
neytrallash, gemagglyutinasiya va boshqa reaksiyalarni qo’yish yo’li bilan 
tekshiriladi. 
7 – rasm. Tovuq embrioni. 
1 – xorion – allantons; 2 – allantons bo’shlig’i; 3 – amnion bo’shlig’i;
4 – sariqlik xaltasi; 5 – havo xaltasi; 6 – po’choq ostidagi pardasi. 

Yüklə 141,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin