sterillanadi, probirkani ochgan va yopgan vaqtda chetlari alangaga tutiladi,
shuningdek paxta tiqinlarni probirkalarning og’ziga tiqishdan ilgari ular ham
alangaga tutib qizdiri6 olinadi. Mikroblar undirilgan probirkalarga havodan yot
mikroblar tushirmaslik uchun bu probirkalar chap qo’lning bosh barmog’i bilan
ko’rsatkich barmog’i orasida qiyshaytirib ushlanadi. Probirkalarning og’ziga tiqib
qo’yilgan paxta tiqinlar o’ng qo’lning nomsiz barmog’i va jimjilog’i bilan
chiqariladi. Bir tiqin shu barmoqlar orasida, ikkinchi tiqin esa jimjiloq bilan kaft
orasida ushlab turiladi. Probkalarni chap qo’l barmoqlari bilan (ko’rsatkich
barmog’i bilai o’rta barmog’i, o’rta barmog’i bilan nomsiz barmog’i o’rtasida) ham
ushlash mumkin. Manba olishda, shuningdek mikroblarni ekishda chakqon harakat
qilinadi.
Mikroblarni suyuq muhitlarga qovuzloq (petlya), Paster pipetkasi yoki
darajalangan pipetkada ekiladi. Suyuq manbani pipetkalar bilan tomiziladi, quyuq
manbani esa sterillangan qovuzloqda olib, probirka devoridagi muhit sirtiga biroz
surtiladi, so’ngra probirkani bir oz qiyshaytirib yoki silqitib olinadi yoki
qovuzloqni bulьonga botiriladi. Mikroblar ekilib bo’lgach qovuzloqni lampa
alangasiga
albatta
tutib,
cho’g’
holiga
keltiriladi,
pipetkalarni
esa
dezinfeksiyalovchi eritmalarga botirib qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: