Samarqand viloyati sharoitida amaranthus hybridusning ayrim biologik va fiziologik xususiyatlari


-Amarant navlarining hosil strukturasi



Yüklə 193,47 Kb.
səhifə12/16
tarix11.06.2023
ölçüsü193,47 Kb.
#128402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3 БОБ (2)

3.4-Amarant navlarining hosil strukturasi
O’simliklar hosil strukturasi muhim ko’rsatkich bo’lib, o’simlik mahsuldorligi va hosildorligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Odatda amarant navlari hosil strukturasini ularning barglari, poya va ro’vagi (sulton) tashkil etadi.
Amarantning urug‘i yuqori darajadagi ozuqaviy qiymatga ega. Uning asosida un, kraxmal, kepak va yog‘olish imkoniyati mavjud.Navlarga bog‘liq holda ular yengil o‘zlashtiriladigan 14-20 % oqsil, biologik faol komponentlarga boy va yuqori kontsentratsiyali yarim to‘yinmagan yog‘kislotlari mavjud bo‘lgan 6-8 % o‘simlik yog‘i saqlaydi.Shuningdek, 60 % kraxmal, A, B, C, E, P vitaminlari karotinoidlar, pektin hamda boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘proq miqdorda makro-va mikroelementlar, ayniqsa temir va kalsiyga boy hisoblanadi. Lipidlardagi triglitsiridlar ulushi 77-83 %gacha bo‘lishi aniqlangan.
Samarqand viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari sharoitida o’tkazilgan tajribamizda, amarant navlari hosil strukturasi tahlili shuni ko’rsatadiki, Amarantus hybridusda barg yashil massasi 16,6 % ni takshil etgan bo’lsa, uning mutloq quruq massasi 11,5 %, shunga mos ravishda ko’rsatkichlar poyada 56,4 va 37,5 %, ro’vakda 27,0 vqa 51,0 % ni tashkil etganligi aniqlandi. Xarkovskiy 1 navida barg massasi 17,1 %, bargning mutloq quruq massasi esa 11,7 %, ko’rsatkichlar tegishlicha poyada 55,3 va 37,2, ro’vakda 27,6 va 51,1 % ni tashkil etganligi o’tkazilgan tahlillarda aniqlandi (-jadval).
Krepish navida hosil strukturasi elementlari quyidagiyacha bo’ldi: barg massasi 17,3 %, barg mutloq quruq massasi 11,7 %, poyada 54,7 va 37,0 %, ro’vakda 28,0 va 51,3 % ni tashkil etdi.
Amarantus hydridusda poya massasi boshqa navlarda qaraganda ko’p bo’lib, poyasi birmuncha baquvvat bo’lganligi hisobga olindi. Krepish navida esa umumiy massada ro’vak hosil ko’p bo’lishi aniqlandi.(3.4-jadval)
Amarant navlarida sut-mum pishish fazasida hosil strukturasi (%)

Amarant navlari

Barg

Poya

Rovak

yashil massa

mutloq quruq massa

yashil massa

mutloq quruq massa

yashil massa

mutloq quruq massa

Amaranthus hybridus

16,6

11,5

56,4

37,5

27,0

51,0

Xarkovskiy 1

17,1

11,7

55,3

37,2

27,6

51,1

Krepish

17,3

11,7

54,7

37,0

28,0

51,3

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, amarant navlari hosil strukturasi uning muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanib, o’rtacha hisobda barg massasi 16,6-17,3 %, poyasi 54,7-56,4 %, ro’vagi 27,0-28,0 % ni tashkil etib, amaranthus hybridus boshqa navlarga qaraganda poyasi baquvvatligi aniqlandi.



Yüklə 193,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin