2.4. Tajribada qo’llanilgan agrotexnologik tadbirlar Amarant issiqsevar va yomg‘sevar o‘simlik hisoblanadi.Amarant o‘simligi ekilgan maydonlar kuzda 25-28 sm chuqurlikda haydaldi. Yer haydash oldidan organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirildi. Erta bahorda yerlar tekislanib, begona o‘tlardan tozalandi. Amarantni ekishni barqaror iliq ob-havoda (aprel-oyining ikkinchi dekadasi), tuproqning urug‘ tushgan chuqurligi 10-12 gradusgacha qizigan paytda o‘tkazildi. 0‘simlikni ekishda sharoit va muddatlarni to‘g‘ri belgilash urug‘larning qiyg‘os unib chiqishini ta’minlovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Shuni ko'zda tutish lozimki, urug‘ tushgan tuproqda uning unib chiqishi uchun issiqlikdan tashqari etarli miqdorda namlik bo‘lishi kerak. Amarantning urug‘i qattiq parda bilan qoplanganligi uchun unga etarli miqdorda suv talab qilinadi. Shuning uchun uni optimal muddatlarda ekilmasa yoki tuproqning yuza (3-4 sm gacha) qatlami qurib qolgan bo‘lsa,unda quruq iqlimli mintaqalarda maysalaming unib chiqishi kafolatlanimaydi. Amarantni ekish usullarini tanlash hosil miqdoriga va uning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi. Amarantni qator oralari yumshatiladigan ekin turlari kabi, qator oralari 30, 45, 60 sm egatlarga, urug‘ olish uchun ekiladigan maydonlarda esa 70 sm li egatlar olib ekildi., umumiy maydon 10sotix yerdan foydalanildi. Qator oralari 70 sm kenglikda bo‘lganda amarantni gektariga o ‘rtacha 1.5-2 kg urug‘ ekish tavsiya qilinadi. Urug‘lami ekishda namlangan g‘alvirdan o‘tkazilgan qum, chirigan go‘ng, superfosfat va boshqa mahsulotlardan urug‘ni to‘ldiruvchi sifatida ular 1:10 yoki 1:5 nisbatda foydalanildi. Amarantni urug‘ini ekish uchun qo’l mehnatidan foydalanildi chunki maqsadimiz urug’ni yetishtirish bo’lgan. Ular bir vaqtda qator oralari 60-70 sm li sug‘oriladigan egatlami tayyorlab ketadi. Har bir metr masofada 20-25 ta yaxshi rivojlangan maysalaming mavjudligi ekishdagi eng yaxshi qalinlik hisoblanadi. Maysalaming bunday qalinligi o‘simiikni parvarish fazasida ob-havo sharoitining noqulay kelishida ulaming mumkin qadar nobud bo‘lishini hisobga olinganda va yagonash hisobiga rovaklarning pishish davriga kelib har bir metr uzunlikda 4-5 ta yaxshi rivojlangan o‘simlik qoldi. Amarant o‘sim!igini parvarish qilish murakkab jarayon bo‘lmasdan barcha ekib o‘stiriladigan o‘simliklaming agrotexnikasiga o‘xshash. 0‘simlikni ekishdan keyin yemi yumshatish, begona o‘tlardan tozalash kerak. Aymiqsa, har qanday tuproqqa ham bahor oylarida qatqaloq hosil bo‘lishi mumkin va maysalaming paydo bo‘lishini, ulaming rivojlanishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun qatqaloqni ekishdan 4-6 kun keyin engil yumshatgichlar yordamida ishladik. Dastlabki 2-3 haftada asosiy e ’tibomi maysalar unib chiqqandan keyin begona o‘tlarni yo‘qob,qator oralarini yumshatish va yagana qilishga qaratildi. 0‘simliklarni bo‘yi 10-15 sm ga etganda qator oralarini ishlash bilan birga ularning rivojlanishini tezlashtirish maqsadida gektar hisobiga 40 kg dan azot va 20 kg dan kaliy
o‘g‘iti berib, 5-6 sm chuqurlikda kultivatsiya o‘tkazildi. Ikkinchi oziqlantirish o‘simlikning bo‘yi 30-35 sm ga etganda gektariga 30kg dan azotli va fosforli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. 0‘simlikni oziqlantirish albatta sug‘orishdan oldin amalga oshirilishi lozim.0‘simlik oziqlantirilgandan va sug‘orilgandan keyin uning o‘sishi va rivojlanishi tezlashadi. Oxirgi oziqlantirishni uning bo‘yi 70-80 sm ga etganda azotli va kaliyli o‘g‘itlar berish bilan tugallandi. Mavsum davomida amarantni 6-7 marta sug‘orildi va gektariga 95-105 kg azot, 70 kg fosfor, 50 kg kaliy va yer haydash oldidan 15-20 tonna go‘ng bilan oziqlantirildi