Samarqand viloyati sharoitida amaranthus hybridusning ayrim biologik va fiziologik xususiyatlari



Yüklə 193,47 Kb.
səhifə7/16
tarix11.06.2023
ölçüsü193,47 Kb.
#128402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3 БОБ (2)

2.2. Iqlim sharoiti
Tabiiy sharoitiga ko’ra Samarqand viloyati keskin kontinental iqlim mintaqasiga kiradi. Yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq bo’ladi. Eng past o’rtacha sutkalik harorat yanvar oyida kuzatilib, u –0,1 0C ga teng. Qish davomida yoqqan qor qalinligi 5-10 sm gacha yetadi, biroq u tezda erib ketadi. Eng yuqori sutkalik o’rtacha harorat iyul oyiga to’g’ri kelib, u 26,6 0S ni tashkil etadi.

2.1-jadval


Tajriba maydonining agrokimyoviy tavsifi (2022 y)


Qatlam, sm

Chirindi, %

Yalpi, %

Harakatchan elementlar, mg/kg

Suvli so’rim, pH

Tuproq hajm massasi, g/sm3

Fizik soz summasi, %

azot

Fosfor

kaliy

nitrat azoti

P2O5

K2O

0-25

1,20

0,12

0,21

1,64

18,5

24,0

245

7,1

1,28

49,42

25-50

0,90

0,08

0,19

1,32

7,0

12,5

255

7,1

1,31

51,90

Bu paytlari havo nisbiy namligi o’ta pasayib ketadi, harorat yuqori bo’lib, issiq havo oqimi – garmsellar esib turadi. Bu esa o’z navbatida qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yog’ingarchilik asosan qish va bahor oylariga to’g’ri keladi.
Samarqand viloyati sharoitida o’rtacha yog’ingarchilik miqdori 285-320 mm ni tashkil etadi. Ob-havoning quruq va issiq bo’lishi yog’inning kamligi yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarni sun’iy sug’orishni taqazo etadi va shu asosida yuqori hosil olish mumkinligi mavjud. Bizning tajriba qo’ygan yillaridagi ob-havo sharoiti xususiyatlarini belgilovchi ma’lumotlar 2.2-jadvalda keltirilgan. Samarqand meteostansiyasi ma’lumotlaridan ma’lum bo’lishicha, 2021 yilda yog’ingarchilik miqdori 455,2 millimetrni tashkil etgan. Bu Samarqand viloyati o’rtacha yillik yog’in miqdoridan 239,8 mm ortiq bo’lgan. Yog’ingarchilikning asosiy qismi dekabr, yanvar, fevral, mart va aprel oylariga to’g’ri kelgan. Eng ko’p yog’in mart oyida kuzatilib, yog’inning miqdori 77,5 millimetrga teng bo’lgan. Bu ko’rsatkich dekabr oyida 101,9 mm, yanvarda 147,3 mm, fevralda 58,0 mm va aprel oyida esa 33,4 millimetrni tashkil etgan. Ana shu oylarda yoqqan yog’innig miqdori yillik yog’inga nisbattan 77,7 % ga teng bo’lgan.
2021 yil havoning o’rtacha harorati 15,40 C ni tashkil etdi. Bu esa o’rtacha ko’p yillik haroratdan (12,9 0S) 1,2 0C ortiq demakdir. 2022 yili yog’inning miqdori o’rtacha ko’p yillikdan 135,2 mm ko’p bo’lib, shundan eng ko’p miqdori yanvar (108,6 mm) va dekabr (101,9 mm) oylariga to’g’ri kelgan. Bu oylarda yoqqan yomg’ir miqdori yillik yog’in miqdorining 46,2 %ga teng bo’lgan.
O’rtacha yillik harorat 15,4 0C ga teng bo’lsa ham nloviya ekini vegetasiya davrining boshida havo harorati nisbattan yuqori bo’lib, ekinlarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi. 2022 yili ham kam yog’in bo’lib, uning yillik miqdori 411,9 millimetrga teng bo’ldi. Bu yili yog’ingarchilikning asosiy qismi yanvar (147,3 mm), fevral (58,0 mm), mart (57,4 mm) oylariga to’g’ri kelgan

2.2-jadval


Tajriba o’tkazilgan yillardagi iqlim sharoiti (Samarqand meteostansiya ma’lumotalari, 2012)


Oylar Yillar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

O’rtacha

Yog’ingarchilik miqodori (mm)

2021

100,6

38,9

77,5

72,1

28,5

18,0

0,4

-

-

12,3

140,3

101,9

455,2

2022

147,3

58,0

57,4

33,4

26,3

9,3

-

2,1

-

1,8

50,3

26,0

411,9

O’rtacha havo harorati (0S)

2021

5,5

7,5

9,8

14,2

20,7

25,4

25,8

25,7

21,4

13,8

11,8

3,8

15,4

2022

0,9

0,4

11,7

14,9

18,9

25,3

26,9

24,2

22,5

15,2

7,9

5,3

14,0

Tuproq ustki qatlamidagi eng past harorat (0S)

2021

-4,5

-4,0

-1,0

2,4

6,2

14,0

13,7

13,0

5,4

1,5

-0,5

-4,0




2022

-19,0

-11,0

-3,0

-0,6

6,0

10,9

13,2

7,6

7,8

0,3

-3,8

-6,8




Tuproq ustki qatlamidagi eng yuqori harorat (0S)

2021

20,2

30,0

46,5

50,0

68,0

75,0

80,0

73,0

70,0

62,0

38,0

16,0

52,4

2022

14,0

28,0

42,5

54,0

67,3

76,8

78,2

78,0

75,0

63,7

41,5

22,0

53,1

Bu oylarda hammasi bo’lib, 262,7 mm yog’in bo’lib, bu yillik yog’in miqdorining 63,8 %ni tashkil etgan. Havoning o’rtacha yillik harorati 140 C ga teng bo’lgan. Biroq, mart, aprel oylarida yog’ingarchilik miqdori biroz kam bo’lganligi sababli, qishloq xo’jalik ekinlarining o’sish va rivojlanishi dastlabki davrlarida sust bo’lgan.
Tajriba o’tkazgan yillaridagi ob-havo sharoitlarini tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, har uchala yillarda ham yog’ingarchilik miqdori o’rtacha yillik yog’in miqdoridan ortiq bo’lgan, bu esa ko’pgina qishloq xo’jalik ekinlarining, jumladan no’xatning ham o’sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Demak, Zarafshon vodiysi ob-havo sharoiti lalmi va sug’oriladigan yerlarda no’xat ekinining kasallik va zarakunandalariga chidamli navlarini ekib, uni parvarishlashda yuqori agrotexnik jarayonlarni sifatli va o’z vaqtida qo’llab, undan muttasil va yuqori hamda sifatli don hosili olish imkoni mavjud.
2.3. Tadqiqot o’tkazish uslubi
Tajriba maydonimiz Samaraqand viloyati payariq tumanida Amaranthusning hybridus,xarkovskiy-1,krepish navlari ekildi.
Barcha tajriba paykalchalarining hisobga olinadigan yuzasi 1000m2. Tajribalar 4 qaytarikli, 1 yarusli qilib o’tkazildi. Ekish chuqurligi 2-3 sm. Shablon usulidan foydalanib qo’l mehnatida ekildi.
Yer yuzasi erta bahorda 15-18 sm chuqurlikda haydaldi, mola bosib tekislanib ekishga tayyorlandi.
Tajribada tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig’imiga (ChDNS) nisbatan 70 %dan kam bo’lmagan holda ushlandi. Sug’orish me’yori tuproqdagi namlikning taqchilligi asosida belgilandi (600-700 m3/ga).
Tadqiqotlar jarayonida quyidagi hisoblash, kuzatish va tahlillar o’tkazildi:

  • tajriba dalasining agrokimyoviy tavsifi, haydalma (0-30 sm) qatlamdagi gumus I.V.Tyurin (1983), yalpi azot, fosfor, kaliy I.M.Malseva va L.P.Grisenko (1983) hamda nitrat azoti Grandval-Lyaju, harakatchan fosfor V.P.Machigin (1983), almashinadigan kaliy P.V.Protasov (1983) bo’yicha aniqlandi;

  • tuproqning namligi (0-10, 10-20 sm) termostat usulida;

  • tuproq harorati (0-10, 10-20 sm) termometr yordamida;

  • haqiqiy tup qalinligi (unib chiqish va hosilni yig’ish oldidan);

  • fenologik kuzatishlar, biometrik o’lchashlar qishloq xo’jalik ekinlarini nav sinash bo’yicha davlat inspeksiyasining uslubi bo’yicha (1971) o’tkazildi;

  • barglar sathi N.N.Tretyakov (1990),usulida aniqlandi;

  • ildiz tizimining rivojlanishi, hajmi D.A.Sabinin va I.I.Kolosov usullari bo’yicha aniqlandi;

  • hosildorlik ko’rsatkichlarini dispersion tahlili B.A.Dospexov (1985) bo’yicha amalga oshirildi;

  • tajribalarda 1000 dona don massasi,rovak soni, massasi, don va biomassaning nisbati aniqlandi;

  • tahlil uchun tuproq namunalari «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (1963) usullari bo’yicha olindi;

  • -tajriba variantlari va takrorliklar asosida olingan hosildorlik bo’yicha tajriba aniqligi B.A.Dospexovning (1985) dispersion usulida amalga oshirildi;

  • - tuproq va o’simlik namunalarini tahlili O’simlikshunoslik hamda Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi qoshidagi markaziy ilmiy- tadqiqot laboratoriyasida amalga oshirildi.

Urug’larning dala unuvchanligi, o’simliklarning hosilni yig’ishtirishgacha saqlaiishi, tup qalinligi, toq qaytariqlarda 1 m2 maydonchada aniqlandi.
Amarantning unib chiqishi, chin barglar hosil qilishi, shonalash, gullash,pishish fazalari aniqlandi. Fazalarning boshlanishi shu fazaga 10 % o’simliklar kirganda, to’liq faza 70 % o’simliklar kirganda hisobga olindi. Rivojlanish fazasida qishloq xo’jalik ekinlarini Davlat nav sinash inspeksiyasi metodikasi (1971) bo’yicha aniqlandi.
O’simliklardagi birinchi rovaklarning yerdan balandligi, o’simlikdagi rovaklar soni,10 ta o’simlikda aniqlandi.
O’simlik ildizida massasi aniqlanib, tahlil qilindi.

Yüklə 193,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin