Samarqand viloyati sharoitida amaranthus hybridusning ayrim biologik va fiziologik xususiyatlari


MAVZUNING O’RGANILGANLIK DARAJASI



Yüklə 193,47 Kb.
səhifə2/16
tarix11.06.2023
ölçüsü193,47 Kb.
#128402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3 БОБ (2)

MAVZUNING O’RGANILGANLIK DARAJASI ; . Mamlakatimizda donli amarantning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli xil omillarning ta’siri haqida O`zbekistonda dastlab K.S.Safarov (1992) amarant turlarining har xil tuproq-iqlim sharoitlaridagi bioekologik xususiyatlari, fiziologik va biokimyoviy jarayonlarini o`rgangan; M.A.Davidov (2000) amarant 2 turining gullash biologiyasi va meva hosil qilishini o`rgangan; A.K.Safarovning (2000) tadqiqotlarida amarant A.yedulis va A.cruyentus turlari o`simliklarining o`sish va rivojlanish sur’ati, kimyoviy tarkibi hamda yashil massa va urug` hosildorligining tur xususiyatlariga va etishtirish sharoitlariga bog`liqligi aniqlangan. Amarantning hybridus, edulis, mantagazzianus, kruentus turlari urug`larining unuvchanligi 5 yil davomida 2,5-4,0% ga kamaydi. 6 yil mobaynida saqlangan urug`larning unuvchanligi esa 13,7-17,0% ga kamayganligi qayd etildi. Amarant urug`lari optimal sharoitlarda undirilganda umumiy amilolitik va lipolitik faolliklarining yuqori ko`rsatkichlari unish jarayonining 3- kunida, proteolitik faolligi esa 4-kunida qayd etgan(Tursunova.Sh.A Toshkent 2019) Ushbu o‘simlik turli xil navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi (Sturua A.V., 2007), tup soni qalinligi va ekish chuqurligi va muddatlarining o‘simlik mahsuldorligiga ta’siri haqida (Tarasova I.N., 2012), mineral o‘g‘itlarning em-xashak va don uchun ekilgan amarantning hosildorligiga ta’siri bo‘yicha (Roshina J.V., 2007) Rossiya va boshqa chet mamlakatlar turli xil tuproq iqlim sharoitlarida bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan va etishtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi. Dissertasiyada tadqiqot ob’yekti qilib Amaranthus hybridus, xarkovskiy-1, Krepish navlari olindi.
Tadqiqot ob’yekti: Amaranthus hybridus, xarkovskiy-1, Krepish navlari.
Tadqiqotning predmeti: Amarant navlarining o’sishi,rivojlanishi,transpiratsiya jadalligi,suv zaxirasi,pigmentlar miqdori,hosil strukturasi,yashil massasining kimyoviy tarkibi,ildiz ang’iz qoldiqlaridan iborat

Yüklə 193,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin