3.6-§. Amarant navlari yashil massasining kimyoviy tarkibi
Sug’oriladigan yerlarda amarant navlarini yetishtirish ularning kimyoviy tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Chunki, har bir o’simlik yoki individ ma’lum bir sharoitda (tabiiy iqlim sharoitida, rivojlanish bosqichlarida) o’zining kimyoviy tarkibini qisman o’zgartirishi mumkin.
O’simliklar kimyoviy jihatdan nihoyatda murakkab tuzilgan bo’lib, ularning tanasi suv va quruq moddadan tarkib topgan. O’simliklarning quruq moddasi deganda, ular tarkibidagi mineral va organik moddalar yig’indisi tushuniladi. O’simlik to’qimalari tarkibida quruq moddaning miqdori nisbatan kam, aksincha, suvning miqdori ko’p bo’ladi. Ular tarkibidagi suv va quruq modda nisbati odatda o’simlikning turi, yoshi va tana qismi yoki to’qimalarining fiziologik holatiga bog’liq ravishda o’zgaradi.
O’simliklar tanasida turli-tuman organik birikmalar uchraydi. Miqdorning oz yoki ko’pligi va ahamiyatiga ko’ra ularni bir nechta guruhga bo’lish mumkin. Masalan, o’simliklar tanasida oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar kamroq miqdorda uchraydi, lekin ular juda katta ahamiyatga ega bo’lgan moddalardir. Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin kabilar o’simlik tarkibining asosini tashkil qilib, somon, yog’och, urug’ qobig’i, o’simlik tolasining tarkibiga kiradi.
Azotsiz ekstraktiv moddalar uglevod va yog’lardan iborat bo’ladi. Ozuqa uglevodlari azotsiz ekstraktiv moddalar va kletchatka bilan ifodalanadi. Azotsiz ekstraktiv moddalar (AEM) o’simliklarning don va mevalarida ko’p bo’ladi va barcha turdagi qishloq xo’jaligi hayvonlari tomonidan hazm bo’ladigan va o’zlashtiriladigan shakar va kraxmaldan iborat.
Kletchatka o’simlik hujayralari membranalarining asosiy qismidir. Uni hazm qilish qiyin va ozuqaviy qiymati past. Shu bilan birga, ozuqada kletchatkaning mavjudligi ma’qul, chunki u hazm qilishning normal kechishi uchun sharoit yaratadi va ozuqa massasining hajmini ta’minlaydi.
Ozuqada yog’ning mavjudligi yuqori kaloriyani ta’minlay va eng muhim energiya materiali hisoblanadi.
Vitaminlar hayvonlar organizmidagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi va regulyatorlar hisoblangan murakkab organik birikmalardir. Vitaminlar ikki guruhga bo’linadi: yog’da eriydigan A, D, E, K vitaminlari va suvda eriydigan B va S vitaminlari.
Shunga ko’ra, tadqiqotlarimizda o’simliklarning kimyoviy tarkibi gullash va sut-mum pishish fazalarida tahlil qilindi. Bunda protein, yog’, kletchatka, kul va azotsiz ekstraktiv moddalar miqdori aniqlandi.
Olingan ma’lumotlarga ko’ra, tarkibida protein miqdori ko’pligi jihatdan Krepish navi boshqa navlardan ustun bo’lsa, yog’ miqdori ko’pligi bo’yicha Amarantus gidridus ustunligi aniqlandi. Ko’rsatkichlar bo’yicha Xarkovskiy 1 navi oraliq o’rinda bo’ldi. Jumladan, o’simliklarning gullash fazasida o’tkazilgan tahlillarda protein miqdori navlar bo’yicha 16,13-16,25 % bo’lsa, sut-mum pishish fazasida protein miqdori navlar bo’yicha biroz kamayib, 11,43-11,50 % ni tashkil etib, yuqoridagi qonuniyat kuzatildi .(3.7-jadval)
Amarant o’simligi yashil massasining kimyoviy tarkibi, %
Amarant navlari
|
Protein
|
Yog‘
|
Klechatka
|
Kul moddalari
|
AEM (azotsiz ekstraktiv moddalar)
|
Gullash fazasi
|
Amaranthus hybridus
|
16,13
|
2,25
|
20,72
|
15,16
|
45,74
|
Xarkovskiy 1
|
16,16
|
2,21
|
20,75
|
15,23
|
45,68
|
Krepish
|
16,25
|
2,18
|
20,77
|
15,32
|
45,48
|
Sut-mum pishish fazasi
|
Amaranthus hybridus
|
11,43
|
4,36
|
22,91
|
10,94
|
10,45
|
Xarkovskiy 1
|
11,45
|
4,30
|
22,84
|
10,96
|
10,36
|
Krepish
|
11,50
|
4,26
|
22,98
|
10,98
|
10,27
|
Yog’ miqdori esa aksincha, gullash fazasiga nisbatan sut-mum pishish fazasida ko’payganligi aniqlandi. Masalan gullash fazasida yog’ miqdori navlar kesimida 2,18-2,25 %, sut-mum pishish fazasida esa 4,26-4,36 % ni tashkil etganligi qayd etilib, navlar bo’yicha yuqorida aytib o’tilgan qonuniyat aniqlandi. Kletchatka qanchalik ko’p bo’lishi, kul moddalarining shunchalik ko’p bo’lishini ta’minladi. Jumladan o’simliklar tarkibidagi kletchatka miqdori gullash fazasida 20,72-20,77 %, sut-mum pishish fazasida esa 22,84-22,98 % ni tashkil etgan bo’lsa, kul moddalari miqdori gullash fazasida 15,16-15,32 % va sut-mum pishish fazasiga kelib, 10,94-10,98 % bo’lganligi qayd etildi. Kul moddalari miqdorining gullash fazasidagiga qaraganda sut-mum pishish fazasiga kelib kamayishining sababi, ayrim moddalar reutilizatsiyaga uchrab, generativ organlarga yo’nalganligi, ushbu organlarda esa organik birikmalarga aylanishi bilan bog’liq.
Xulosa qilib aytganda, amarant navlarida gullash fazasida protein miqdori ko’p bo’lib, sut-mum pishish fazasiga kelib uning kamayishi kuzatilsa, yog’ miqdori gullash fazasidagiga qaraganda sut-mum pishish fazasida ko’payishi kuzatiladi. Shu bilan birga kletchatka miqdorining ko’p bo’lishi kul moddlari miqdori ko’p bo’lishiga olib keladi. Sut-mum pishish fazasida kul moddalarining kamayishi esa, o’simlikning reproduktiv organlarida organik moddalar ko’payishi bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |