III-BOB. TADQIQOT NATIJALARI
3.1-§Amarant navlarining rivojlanish fazalari davomiyligi
Tabiiy yashash joylarida amarantning madaniy vakillari uchun vegetasiya davri 4-5 oy. Yevropa sharoitida amarantning madaniy vakillarini yetishtirishda to’rtta fenologik faza aniq kuzatiladi - vegetativ, shonalash, gullash, meva tugish (Prokofyev va boshq., 1991).
Tadqiqotlar natijasida, Amarant navlari Tatariston Respublikasi iqlim sharoitida yetishtirilganda, o’rganilayotgan navlarning vegetasiya davri davomiyligi har xil ekanligi aniqlangan (Prokofyev va boshqalar, 1991; Prokofyev, 2000).
Maysalarning unib chiqish muddati ma’lum bir tadqiqot yilidagi havo harorati tufayli boshqacha bo’lgan. Harorat omili "ekish – unib chiqish" bosqichida kuchli ta’sir ko’rsatadi, havo va tuproq haroratining oshishi bilan "ekish – unib chiqish" davrining umumiy davomiyligi kamayadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, atrof-muhit haroratining oshishi unib chiqish muddatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun, erta (may oyining ikkinchi o’n kunligi) ekish bilan, amarant hosildorligi yuqori bo’ladi, bu tuproqning yaxshi namligi va uzoqroq vegetasiya davri bilan bog’liq.
O’tkazilgan tadqiqotlarda amarant navlarining ekish unib chiqish muddati navlar kesimmiida turlicha bo’ldi. Jumladan amaranthus hybridus va Krepish navlari urug’lari ekilganidan 9-12 (13) kunlari unib chiqqan bo’lsa, Xarkovskiy 1 navida bu muddat 6-9 kunni tashkil etdi. Tajriba yillarida ob-havo qulay bo’lgan yillari, ya’ni tuproqda namlik yetarli va tuproq harorati yuqori bo’lganda unib chiqish birmuncha ertaroq va aksincha, tuproq harorati past va namlik yetishmasligi natijasida unib chiqishning kechikishi kuzatildi. Unib chiqishdan shonalashgacha bo’lgan davr amaranthus hybridus navida 56-66 kunni tashkil etgan bo’lsa, xarkovsiy 1 navivda 52-58 kun va Kreipsh navida 39-43 kunni tashkil etib, eng qisqa davr qayd etildi. Unib chiqishdan gullashgacha bo’lgan davr davomiyligi amaranthus hybridus navida 71-90 kun, Xarkovsiy 1 navida 64-81 kun va Krepish navida 52-54 kunni tashkil etib, amaranthus hybridus navi boshqa navlarga qaraganda kechroq gullaganligi aniqlandi.
Maysalarning unib chiqishidan mevalashgacha bo’lgan davr o’rganilgan navlarda 73-101 kunni (tajriba yillari bo’yicha) tashkil etib, gibridus navi vegetasiya davri davomiyligi eng uzunligi, Krepish navida esa eng qisqaligi qayd etildi.(3.1-jadval)
Navlar
|
Ekish-unib chiqish
|
Unib chiqishdan (kun)
|
Shonalashgacha
|
Gullashgacha
|
mevalashgacha
|
Hybridus
|
9-12
|
56-66
|
71-90
|
98-101
|
Xarkovskiy 1
|
6-9
|
52-58
|
64-81
|
92-95
|
Krepish
|
9-13
|
39-43
|
52-54
|
73-79
|
Xulosa qilib aytganda, amarant navlarining vegetasiya davri davomiyligi nav tavsifi bo’lishi bilan birga tuproq-iqlim sharoitlarida qisman o’zrishi aniqlandi. Bunda amaranthus hybridus navi boshqa navlarga qaraganda vegetasiya davri eng uzun (98-101 kun), Xarkovskiy 1 navida 92-95 kun va Krepish navida eng qisqa (73-79 kun) bo’lganligi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |