3.5-Amarant navlari hosildorligi va ildiz ang’iz qoldiqlari.
Amaranth, juda to'yimli va ko'p qirrali ekin, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo'jaligiga qo'shgan hissasi uchun butun dunyoda tan olingan. Amarantning mahsuldorlik tuzilishini tushunish va etishtirish amaliyotini optimallashtirish va hosilni yaxshilash uchun juda muhimdir. Ushbu maqola Amarantning mahsuldorlik tuzilishiga ta'sir qiluvchi omillarni, shu jumladan genetik xususiyatlarni, atrof-muhit sharoitlarini, etishtirish texnikasini va o'rim-yig'imdan keyingi boshqaruvni o'rganadi.
Ekinlar hosildorligi agronomik tadbirlar muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Hosildorlik muayyan bir sharoitda yuqori va ayni vaqtda yetishtirish texnologiyasi yoki meteorologik omillar ta’sirida past bo’lishi kuzatiladi. Hosildorlik har bir navning irsiy belgisi hisoblansada, ma’lum bir sharoitda qisman o’zgarishga uchraydi. Amaranth ozuqaviy moddalar darajasi muvozanatli unumdor tuproqlarda o'sadi. Tuproq unumdorligini to'g'ri boshqarish, shu jumladan tuproqni muntazam ravishda sinovdan o'tkazish, tegishli ozuqa moddalarini to'ldirish va organik moddalarni kiritish optimal o'sishni ta'minlash va hosilni maksimal darajada oshirish uchun juda muhimdir. Amaranthning o'ziga xos ozuqaviy talablarini tushunish va maqsadli o'g'itlash strategiyasini qabul qilish mahsuldorlikni oshirishi mumkin.
O’tkazilgan tadqiqotlarda amarant navlari hosildlorligini o’rganish shuni ko’rsatadiki, o’simliklarning yashil massasi amaranthus hybridus navida gullash fazasida 437 s/ga, Xarkovskiy 1 navida 412 va Krepish navida 385 s/ga ni tashkil etib, amaranthus hybridus navi boshqa o’rganilgan navlarga qaraganda serhosil bo’lganligi qayd etildi.Yashil massa hosildorligi sut-mum pishish davrida ham gullash davridagi qonuniyat saqlanib qolib, eng yuqori yashil massa amaranthus hybridus navida qayd etilib, 541 s/ga ni tashkil etgan bo’lsa, Xarkovskiy 1 navida 526 s/ga va Krepish navida 494 s/ga bo’lganligi aniqlandi.
O’simliklarning mutloq quruq massasi bo’yicha ham yashil massa bo’yicha natijalar saqlanib qoldi. Gullash davrida amaranthus hybridus navida 79,4 s/ga, sut-mum pishish davrida 122,0 s/ga ni tashkil etgan bo’lsa, Xarkovskiy 1 navida ko’rsatkichlar yuqoridagiga mos ravishda 75,7 va 119,4 s/ga, Krepish navida esa 71,0 va 113,1 s/ga ni tashkil etganligi aniqlandi.
Yovvoyi o'tlar raqobati, zararkunandalar va kasalliklar amarant mahsuldorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yovvoyi o'tlarni yo'q qilish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, zararkunandalarga qarshi kompleks kurash (IPM) strategiyalari va kasalliklarning oldini olish choralari hosil yo'qotishlarini minimallashtirish uchun juda muhimdir. Muntazam monitoring, o'z vaqtida aralashuvlar va chidamli navlar yoki biologik nazorat usullaridan foydalanish hosildorlikni oshirishga yordam beradi.
Navlar kesimida hosildorlik natijalarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, yashil massa hosildlrligi va mutloq quruq massa to’plashi bo’yicha ham Amarantus hybridus navi boshqa navlarga qaraganda serhosil bo’lib, keyingi o’rinda xarkovskiy 1 navi va oxirida Krepish navi turishi aniqlandi. Ekinlarning Optimal zichligi va o'simliklar oralig'i amarant hosiliga ta'sir qiladi. Olomon o'simliklar resurslar uchun raqobatlashishi va hosildorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin, siyrak ekish esa mavjud erlardan kam foydalanishga olib kelishi mumkin. Amarantning o'ziga xos navlari uchun ideal o'simlik zichligi va oralig'ini aniqlash umumiy hosilni maksimal darajada oshirishga yordam beradi.
Amarantni tegishli bosqichda yig'ish urug ' yoki barglarning optimal hosilini ta'minlaydi. Urug'larni yig'ish yoki barglarni yig'ish uchun to'g'ri usullar, shuningdek quritish, tozalash va saqlash kabi o'rim-yig'imdan keyingi amaliyotlar mahsulot sifatini saqlashga va yo'qotishlarni oldini olishga yordam beradi. O'rim-yig'imdan keyingi samarali boshqaruv samaradorlik va sotuvchanlikni oshirishga yordam beradi.
Biz tajribada yashil massa va mutloq quruq massa hosildorligini tahlil qilish bilan birgalikda urug’ hosildorligini ham tahlil qildik. Olingan natijalar tahlilidan ma’lum bo’lishicha, urug’ hosildorligi o’rtacha hisobda 16,8-18,1 s/ga ni tashkil etib, eng ko’p urug’ hosil qilgan nav sifatida Xarkovskiy 1 navini e’tirof etish mumkin. Ushbu navda urug’ hosildorligi 18,1 s/ga ni tashkil etib, Amarantus hybridus navi urug’ hosildorligiga qaraganda 0,4 s/ga, Krepish navi urug’ hosildorligiga qaraganda 1,3 s/ga yuqoriligi aniqlandi.(3.5-jadval)
Amarant navlari hosildorligi
Amarant navlari
|
Yashil massa, s/ga
|
Mutloq quruq massa, s/ga
|
Urug’, s/ga
|
gullash
|
sut-mum pishish
|
Gullash
|
sut-mum pishish
|
Amaranthus hybridus
|
437
|
541
|
79,4
|
122,0
|
17,7
|
Xarkovskiy 1
|
412
|
526
|
75,7
|
119,4
|
18,1
|
Krepish
|
385
|
494
|
71,0
|
113,1
|
16,8
|
Xulosa qilib aytganda, Samarqand viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari sharoitida amarant yetishtirishda Amarantus gibridus navida eng yuqori yashil massa (mutloq quruq modda) olish ta’minlanadi. Urug’ hosildorligi bo’yicha esa eng yuqori ko’rsatkich Xarkovsiy 1 navidan olinadi. Shunga ko’ra, mazkur sharoitda yashil massa hosili yetishtirishda amaranthus hybridus va urug’ hosil olishda Xarkovsiy 1 navlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Amarant navlari yashil massa hosildorligi va urug’ hosildorligini tahlil qilish bilan birgalikda ilidiz-ang’iz qoldiqlari ham tahlil qilindi.
Olingan natijalarga ko’ra, ildiz massasi navlar bo’yicha o’rtacha 66,2-75,7 s/ga, ang’iz massasi esa 14,4-15,6 s/ga ni tashkil etib, eng yuqori ko’rsatkichlar Amarantus gibridusda qayd etildi. Pichan hosildorligi bo’yicha ham analogik ma’lumotlar olinib, eng yuqori pichan hosildorligi amaranthus hybridusda (151,6 s/ga), eng kam pichan hosildorligi esa Krepish navida hisobga olindi.
Amarant navlarining ildiz massasi, ang’iz qoldiqlari massasini hisoga olish bilan birgalikda ularning nisbatlari ham tahlil qilindi. Olingan natijalar tahlililan ma’lum bo’lishicha, ildiz va ang’iz qoldiqlari nisbati navlar bo’yicha o’rtacha 0,21-0,22 ga teng bo’lib, navlararo keskin farqlanmaganligi aniqlandi.(3.6-jadval)
Amarant navlarining ildiz-ang’iz qoldiqlari
Amarant navlari
|
Massa, s/ga
|
Pichan hosildorligi, s/ga
|
Ildiz-ang’iz qoldiqlari nisbati
|
Ildiz
|
Ang’iz
|
Amaranthus hybridus
|
75,7
|
15,6
|
151,6
|
0,21
|
Xarkovskiy-1
|
72,4
|
15,2
|
148,9
|
0,21
|
Krepish
|
66,2
|
14,4
|
141,7
|
0,22
|
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Amarant navlarining ildiz-ang’iz qoldiqlari amarant navlari orasida Amarantus gibridus barcha ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa navlarlan ustun bo’lib, Xarkovskiy1 va Krepish navlari keyingi o’rinlarda va ayniqsa, Krepish navi ko’rsatkichlar bo’yicha oxirgi o’rinda bo’lishi qaniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |