A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
2.1-chizma,a dagi valning ko’rinishlariga qarang.Undagi o’yiqlar va teshik shaklni yaqqol tasvirda aniqlash mumkin (2.1-chizma,b).Valning bu elementlarini aniqlash maqsadida kesim tatbiq qilinishi mumkin .Kesilgan joyni aniq ko’rsatish maqsadida detal qismi o’qi bo’yicha siljitib tasvirlangan (2.1-chizma d).A—A kesimda segment shponka pazi, B—B da liska va C—C da silindrik teshikni ko’ryapsiz.Demak kesim qo’llanilgan bunday detallarni bitta ko’rinishda tasvirlash mumkin (2.1-chizma,c).
Kesim qo’llanilganda detallarning kesilgan yuzalarini standartga muvofiq shartli belgilash qabul qilingan .Chizmada materiallarni tez va oson farqlash maqsadida ular turli ko’rinishda shtrixlanadi.
9- sinf I. Mavzu:Kesimlar.. II. Darsning maqsadi: o’quvchilarga kesimlar haqida amaliy va nazariy tushuncha berish.
Dostları ilə paylaş: |