A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
Siz diametr,kvadrat belgilarini tatbiq etishni bilasiz.Bunday belgilar ishtirokida ba’zi detallarni bitta ko’rinishida chizishni ham bilasiz.masaln 18.1-chizma, a da detal uchta ko’rinishda berilgan.Uni 18.1-chizma,b dagidek kesim va mahlliy qirqim shartli belgilarni qo’llab bitta ko’rinishda tasvirlash mumkin.Tekis detalning qalinligi <> ko’rinishida yozib (18.2-chizma )qo’yilishi sizga ma’lum.Ba’zi detallarda bir xil kattalikdagi elementlar ko’p uchraydi.Masalan,silidrik teshiklar bunga misol bo’ladi.ulardan bittasini o’lchami qo’yilib teshiklar soni ko’rsatish kifoya (18.3-chizma).Bundan tashqari teshiklardan bittasini chizib,qolganining o’rninlarini ko’rsatilishi mumkin (18.4-chizma).Bir xil uzunlikdagi detallarning ikkita uchi tomonlari tasvirlanigeng uzun joyi bir-biridan to’lqinsimon ingichka chiziqda ajratib qo’yiladi va o’sha joining butun uzunligini o’lchami ko’rsatiladi(18.5-chizma).
Bunday tasvirlashda masshtabni o’zgartirishga hojat qolmaydi.
Qirqimda yupqa devor va kegaylarning tasvirlanishi.Detallarda mustahkamlash devorlari,chambaraklarda kegaylar(spitsa) lar uchraydi.Ular qirqimga to’g’ri kelib qolishi mumkin.
9-sinf
I. Mavzu:Detalning shaklini o’zgartirishga oid loyihalash.
II. Darsningmaqsadi: o’quvchilarga detalning shaklini o’zgartirishga oid loyihalash.