Sana: Mavzu: inson – ezgulik ijodkori maqsad: Ta’limiy


Jami 45 daqiqa I. Tashkiliyqism



Yüklə 65,71 Kb.
səhifə2/10
tarix15.08.2023
ölçüsü65,71 Kb.
#139514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-SINF TARBIYA KANSPEKTI 0

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliyqism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlarian iqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
1. Inson nima uchun uyini sog‘inadi? «Zumrad va Qimmat» ertagi esingizdami? Zumrad nima uchun tomga chiqqanida yig‘laydi?
2. O‘zbekistonning qaysi hududlariga sayohat qilgansiz? Taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
III. Yangi mavzu bayoni.
Sayohatga chiqish – yaxshi, uyga qaytish – yoqimli! Sayohat oldidan o‘zingizni uydan zerikkandek his qilsangiz ham, uyga qaytishning zavqi o‘zgacha. Vatanga qaytishning gashti ham xuddi shunday. Sayohat qiling, dunyo ko‘ring, o‘qib-o‘rganing va bir kuni, albatta, Vatanga qayting. Unutmang – siz uning aziz bir bo‘lagisiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasini o‘qing va quyidagi savollarga javob bering:
1. Ushbu moddada qanday majburiyatlar bayon qilingan?
2. Nima deb o‘ylaysiz, nega fuqarolar tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab-asrashi shart?
3. Men ... majburiyatlarni bajaraman. Mening bu ... juda muhimdir.
VATANDIN YAXSHI YOR BO‘LMAS...
Bir yumush bilan Nyu-Jersi shahriga yo‘lim tushdi. Yonimdagi o‘rindiqda o‘tirgan o‘rta yoshli bir kishining men tomonga qarab turganini sezib, beixtiyor o‘girildim. Nigohimiz to‘qnashdi.
– O‘zbekistondanmisiz? – menga yuzlandi mayin tabassum bilan.
– O‘zbekistondanman, – deya o‘rnimdan turib, u kishining oldiga bordim. Salomlashdik. So‘rashdik.
Suhbatdoshim ismi Bahodir, ota-bobosi asli an dijonlik ekanligini aytdi. U Amerikada tug‘ilib, o‘sib, ota-buvalaridan me ros kasb –ekan.
– Otam Andijonning odam lari, bog‘-rog‘lari va Bog‘isha mol haqida ko‘p gapirganlar. Har safar eslaganlarida O‘z be kistonga, albatta, bir kun borishlariga i shonar edilar. O‘z bekiston musta qillikka erishgach, yo‘llar ochildi. Vatandagi yaqinlarimiz bilan topishdik, diydor ko‘rishdik. Oxirgi yillarda ular besh marta Andijonga bordilar. Har safar: «Vatanimda ko‘z yumish nasib etsin», deb duoga qo‘l ochar edilar. Otamning duolari ijobat bo‘lib, Vatanda vafot etdilar.
– Otangizning joylari jannatda bo‘lsin, – dedim ko‘zlarim yoshlanib.
Nosir Zohid, yozuvchi
VATAN TUYG‘USI
Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskimular shimol tarafarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarin tashlab ketmas edi.
Bobolarimiz: «Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l», – demishlar.
Abdulla Avloniy

Yüklə 65,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin