V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
1. Siz hayotda qanday muvaffaqiyatlarga erishgansiz?
2. Muvaffaqiyatga erishishingizda kimlar ko‘mak bergan?
3. Mavzuda berilgan matnlardan foydalanib, tushirib qoldirilgan
so‘zlarni toping va daftaringizga yozing.
Qat’iyatli insonlar ... qolmaydilar – ... sari ... boradilar. Har bir ... ishga ijobiy qarang, ... umid qiling. To‘g‘ri so‘zlik va ... ustiga qurilgan umr – eng go‘zal umrdir. Muvaffaqiyatga erishish ..., buning uchun unga va o‘zingizga ... . Muvaffaqiyatning siri juda ... va u sizdan ... talab qiladi.
Sana:____________________________ Mavzu:Umr-umid-sinov-imkoniyat Maqsad: Ta’limiy: O`quchilarga bugungi mavzuga oid bilim va tushunchalar berish. Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, hamma millat vakillariga yaxshi munosabatda bo’lish bilimini shakllantirish
TK2:axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish
FK1suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ;
Tarbiyaviy: Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.
TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish