INTILISH VA HARAKATDAN TO‘XTAMANG Munosib va muvaffaqiyatli umr kechirish har bir insonning o‘z istak va intilishlari evaziga amalga oshadi.
– Agar ishing yurishmasa, harakat qil! Shunda ham ishing yurishmasa, yanada ko‘proq harakat qil! Bordi-yu, baribir ishing yurishmasa, sen uchun birgina yo‘l qoladi – u ham bo‘lsa, faqat harakat qi lishdir. Shundagina sen munosib umr yo‘liga tushib olasan, bu yo‘lda uzoq vaqt yurishing uchun esa intilishing va mehnatni qadrlashing kerak bo‘ladi.
Dunyoda hech yengib bo‘lmaydigan kuch –bir daqiqadir. Biz uchun ahamiyatsiz bo‘lgan shu birgina daqiqalar yig‘ilib umrni hosil qiladi va aksincha, umrni besamar yo‘q qilishga ham olib kelishi mumkin. Demak, vaqt ham quradi, ham yemiradi. Faqat undan munosib foydalanganlargina nurli va muvaffaqiyatli umr yo‘llaridan boradilar.
Murodulla Rayimov, matematik olim
Muvaffaqiyat_kaliti'>Muvaffaqiyat kaliti: – muvaffaqiyatga erishish oson, buning uchun unga va o‘zingizga ishoning;
– sizda hech kimda yo‘q va o‘ziga xos nimadir bor;
– siz bu olamga munosib yashash, baxtli bo‘lish, va albatta, yuksak ezgu maqsadlarga erishib, muvaffaqiyat qozonish uchun kelgansiz;
– bilasizmi, sizning hayotingizga tegishli eng muhim inson – bu sizsiz;
– muvaffaqiyatning siri juda oddiy va u sizdan qat’iyatlilikni talab qiladi;
– agar inson o‘zi bilan kelisha olsa, butun dunyo bilan ham kelisha oladi, bu esa muvaffaqiyatga
yetaklaydi.
Muvaffaqiyat – yaxshi natija, erishilgan yutuq, omad. Biror ishda qozonilgan g‘a laba.
Qat’iyat – qat’iylik, uzil-kesillik; dadillik, matonat, sabot. O‘z fikrida, so‘zida, azm-u qarorida qattiq turish.
Qunt – itoatkorlik, hafsala. Biror ishni astoydil berilib, sabr-toqat bilan baja rish ishtiyoqi.
Matonat – mustahkam iroda, sabot, chidam, bardoshli bo‘lish.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Olgan ma’lumotlaringiz asosida muvaffaqiyatga erishishda yana nimalarga e’tibor berish kerakligini sanang.
2. Nima uchun halollik va to‘g‘rilikni baxt va muvaffaqiyat kaliti deyi shadi? Hayotiy misollar keltiring.
3. Hayot pillapoyalarining har bir pog‘onasini nomlang.