Sana: Mavzu: inson – ezgulik ijodkori maqsad: Ta’limiy


TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish; Rivojlantiruvchi



Yüklə 65,71 Kb.
səhifə4/10
tarix15.08.2023
ölçüsü65,71 Kb.
#139514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-SINF TARBIYA KANSPEKTI 0

TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliyqism:Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Ezgulik nima? «Ezgu maqsad, ezgu tilak, ezgu niyat» tushun chalari qayerda va qachon ishlatiladi?
2. Tug‘ilgan kuningizda barcha sizga yaxshi niyatlar bildirdi. Siz ulardan mamnun bo‘lib, «Ezgu tilaklaringiz uchun rahmat», deb javob berdingiz. Ezgu tilak nima?
3. Ezgu tilak va ezgu maqsad o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
4. Olimjon kelajakda shifokor, Zarnigor – o‘qituvchi, Sohibjon esa tadbirkor bo‘lmoqchi. Ularning maqsadlarini ezgu maqsad deyish mumkinmi?
5. Siz kim bo‘lmoqchisiz? Kelajakdagi kasbingiz ezgulikka qan chalik xizmat qiladi?
MAQSADGA NIMA OLIB BORADI?
Aql-zakovatda tengsiz ustoz Zohid kamonbozlikda ham beqiyos edi. Bir kuni tongda u mahoratiga bepisandlik bilan qaraydigan shogirdi hamrohligida uyi atrof ni o‘rab olgan quyuq o‘rmonzorda kamondan o‘q uzish mashqlarini bajarar edi.
Bunday mashg‘ulotlarga bir necha marotaba guvoh bo‘lgan izdoshi esa o‘zini mashqlarga befarq dek tutardi. Ustoz eman daraxti ostida o‘sgan yovvoyi atirgul g‘unchasini uzib, daraxtning baland shoxiga ildi-da, undan yuz qadam uzoqlashdi. Uning harakatlaridan taajjubga tushgan shogird jarayonni diqqat bilan kuzata boshladi. Ustoz sadog‘idan o‘q olib, noyob yog‘ochdan tayyorlangan yoyiga ildi. Shogirdiga ro‘molcha uzatib, «ko‘zimni bog‘la» dedi, keyin:
– Mardlik timsoli bo‘lgan kamonbozlik bilan shu g‘ullanga nimni ko‘p ko‘rgansan, to‘g‘rimi? – dedi.
– Har kuni va yana atirgul g‘unchasini 300 qadam uzoqlikdan turib urishingizni ham, – dedi shogird.
Ustoz qaddini rostladi, oyoqlarini qulay joylashtirib, o‘ng yelkasi bilan orqaroq tisarildi, kamonni tarang tortib, o‘qni nishonga to‘g‘riladi. Vaziyatdan karaxt bo‘lgan shogird vizillab uchgan o‘qning ovozidan sergak tortdi. O‘q gul tugul daraxtga ham tegmaganini ko‘rgach, miyig‘ida kuldi.
– Xo‘sh, o‘qni tekkiza oldimmi? – so‘radi ustoz bog‘langan ko‘zlaridan ro‘molchani yechar ekan.
– Yo‘q! Taassufki, o‘q tamomila boshqa yoqqa qarab uchdi.
Men inson idrokining qudrati bilan bog‘liq mo‘jizaviy hodisaga guvoh bo‘lamanmi, deb o‘ylab turgan edim. Afsus!.. – dedi shogird.
– Hozirgina senga inson idrokiga daxldor muhim saboqni berdim, – deya xotirjamlik bilan javob berdi ustoz. – Ko‘zim ochiqligida g‘unchani 300 qadamdan ura olaman. Garchi, bugun unga 2 barobar yaqin tursam-da, nishonga ololmadim.
Unutma, maqsadingga ko‘zing yetsagina erishasan. Aks holda, unga qanchalar yaqinliging ahamiyatsiz. Bu dunyoda o‘zi ko‘ra olmagan nishonga o‘qni urish hech kimga nasib qilmagan.
ORZULAR IZDOSHI
«Taqdir go‘zal orzulariga ergashganlarni yorqin tole bilan siylaydi», – degan f krni menga do‘stim Monti Roberts singdirgan. 15 yoshli o‘g‘lim bilan do‘stim Montining fermasiga mehmonga bordik. O‘g‘lim do‘stim ning eng ko‘rkam to‘riq samanini minaman, deb xarxasha qildi.
Atlanta – shu yaqin-atrofdagi eng chopqir saman. Do‘stim uni qan chalar avaylashi, parvarishla shini bilganim uchun ham o‘g‘limning istagiga qar shilik qildim.
– Qo‘ysang-chi, Jek! Qo‘yaver, o‘g‘ling shu to‘riqda chopa qolsin. Yigitlar ko‘z-quloq bo‘lib turishadi, – dedi xotirjamlik bilan do‘stim.
O‘g‘limning Atlantada china kam chavandozlardek savlat to‘kib o‘tirishini ko‘rib, g‘ururga to‘ldim.
Monti ikkalamiz uni maroq bilan tomosha qilar ekanmiz, do‘stim menga yuzlandi:
– Bilasanmi, Jek, men nega o‘g‘lingni shu otda chopishga bo‘lgan xohishini qo‘llab-quvvatladim?
Men bir vaqtlar otda chopishni o‘rgatadigan oddiygina murabbiyning o‘g‘li edim. Yuqori sinfda o‘qiyotganimda amakim mendan kelajak rejalarim haqida so‘radi. Men ikki yuz gektarli ferma maydoni, son-sanoqsiz otlar parvarishlanadigan binolar, ulkan otchopar, yilqichilik xo‘jaligini boshqarish orzum haqida aytib berdim.
– Monti, orzular o‘z yo‘liga. Lekin hayot aniq rejalar ustiga qurilishi kerak. Endi yosh bola emassan, xomxayol bo‘lma. Aks holda men bu orzungni qadrlar edim, – deya e’tiroz bildirdi amakim.
Uzoq o‘ylab, otam bilan maslahatlashdim. «O‘z orzularingni omon saqlab qolishga haqqing bor, o‘g‘lim!» – dalda berdilar dadam. Shu sabab maqsadim sari intildim, – dedi u.
Monti bu hikoyani xotirjamlik, ichki bir entikish, bolalikka xos beg‘uborlik bilan so‘zlab berar ekan, men ko‘z o‘ngimdagi uning orzulari ro‘yobiga havas bilan boqardim.
– Oldingi yozda o‘sha amakim fermamda mehmon bo‘ldi.
U men bilan xayrlashar ekan: «Monti, bu gaplarni senga aytish vaqti keldi. Men o‘shanda nohaq ekanman, inson doim orzulari tomon intilsa, shundagina o‘z orzulariga albatta erishar ekan», –
dedi va qoyil degandek yelkamga qoqib qo‘ydi, – deya hikoyasini tugatdi do‘stim.
J. Kenfi ld

Yüklə 65,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin