sifatida
struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi
muhim ijtimoiy iqtisodiy omillarning o‘zaro ta‘sir mexanizmini ifodalaydi.
Ushbu barcha omillar o‘zaro bog‘langan bo‘lib
firmaning aniq reja-
boshqaruv natijalariga kompleks ta‘sir ko‘rsatadi. Keltirilgan model strategiya
rejalashtirishni ko‘rsatkichlarini yuzaki shakllantirish jarayoni sifatidagina emas,
balki barcha toifadagi xodimlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik va kelishuvchilik
mexanizmi, ularning shaxsiy manfaatlarini korxona
umumiy maqsadi bilan
bog‘lash asosi sifatida ham bog‘lagan.
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o‘lchami va turiga
boliq bo‘ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi
qo‘llaniladi:
yuqoridan pastga;
pastdan uqoriga;
aylanma usulda.
Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga
tuziladi. Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori
darajasida ishlab chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlari
va bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish
mexanizmi shakllantiriladi. So‘ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko‘rsatkichlar
quyi bo‘inlarga harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va
aniqlashtirilgan
shaklda
bo‘linma
rejalariga
kiritiladi.
Texnologik
rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot turlari bo‘yicha
ishlab
chiqarish hajmlari belgilanadi va o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni
aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati tomonidan
tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo‘yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo‘yicha tashkil
etishda rejalashtirish ish o‘rinlari va bo‘linmalaridan boshlanib, so‘ngra
umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan
rejalar har ikki uslubni
birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar
bo‘yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bog‘inlarda ularni aniqlashtiriladi.
So‘ngra rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi.
Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq
yechimlar qo‘shib boriladi.
12.2 – jadval.
Dostları ilə paylaş: