43
-
moliyaviy
xarajatlarni
qisqartirish
(autpleysment
mehnat
shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishda kompensatsiya to‘lashdan
ko‘ra bir necha baravar arzonga tushishi mumkin, u qisqartirilayotgan
xodimning 2-3 ish haqi barobarida bo‘lishi mumkin; ishdan bo‘shatilgan
shaxs kompaniyani sudga berishi mumkin va shu bilan sarflangan pullarga
qo‘shimcha ravishda sud xarajatlari va ma'naviy kompensatsiya xarajatlari
qo‘shadi).
Bundan tashqari, ushbu xizmat yordamida o‘zining tashabbus
ko‘rsargan istalmagan xodimni "engilgina ishdan bo‘shatish"ni amalga
oshirish mumkin. Xodim o‘z joyida ishlayotgan paytda, agentlik unga yangi
ish qidiradi, keyin mustaqil ravishda u bilan bog'lanib, uni kompaniyadan
"olab ketadi".
Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga qarab, autpleysmentning quyidagi
turlari ajratiladi: "ommaviy" (bir guruh xodimlar bilan ishlash); "Individual"
(individual dastur bo‘yicha menejerlar va yuqori malakali mutaxassislar
bilan ishlash); "Yopiq" yoki "anonim" (top menejerlar bilan ishlash).
Shuningdek,
tashqi
autpleysment
- kompaniya
rekruting agentligidan ishdan
bo‘shatilayotgan
xodimlarining
bandligini
ta’minlashga
buyurtma
beradi
va
ichki
autpleysment
–personalning
vositachilarsiz
bandligini
ta’minlashlar kabi turlarga
ajratiladi.
Ikkinchisining
afzalligi
katta
moddiy
xarajatlarning yo‘qligi (individual dasturni ishlab chiqqanda ishdan
bo‘shatilgan xodimning oylik ish haqidan yillik ish haqining 25 foizigacha).
Personal autpleysmentining asosiy bosqichlari:
1-bosqich - ishdan bo‘shatilgan xodimning kasbiy tajribasini, uning
mehnat qobiliyati va istaklarini mehnat bozori talablarini hisobga olgan
holda har tomonlama baholash (nomzodning bilim va ko‘nikmalarini, uning
bozor narxini baholash; shaxsiy bandlik va martaba rejasini tuzishda
yordam berish).
2-bosqich - rezyumeni tayyorlash, samarali ish qidirish vositalariga
o‘rgatish, intervyuda (treninglarda) o‘zini muvaffaqiyatli namoyish etish
ko‘nikmalarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: