47
tayyorlash (masalan, PricewaterhouseCoopers, KPMG, Deloitte, Ernst &
Young uchun auditorlar). Ikkinchisi - kompaniya uchun boshqaruvchilar
tayyorlash ("trainee" deb atalmishlar kompaniyaning turli bo‘limlarida 2-3
yil ishlashadi).
4-bosqich - yakuniy baho va ishga joylashish to‘g'risida qaror. Ijtimoiy
tarmoqlardan foydalangan holda iqtidorli nomzodlarni jalb qilish va
rekruting misolini ko‘rib chiqamiz. Shunday qilib, 2010 yil fevral oyida
AQShning Deloitte kompaniyasi Y avlodi bo‘lgan bitiruvchilar va iste'dodli
yoshlarning yangi to‘lqinini jalb qilish uchun tashkilotning madaniyatini
namoyish etish maqsadida innovatsion rekruting kampaniyasini boshladi.
Kampaniya “Bu sizning kelajagingiz. Siz buni amalga oshira olasizmi?” deb
nomlandi. Deloitte bir qator birlashgan guruhlar, kanallar va raqamli
vositalarni ishlab chiqdi: yangi xodimlarni saralash bo‘yicha mikrosayti
tashrif buyuruvchilarga ishchilar va tashkilotning ishdagi undan keyingi
hayoti to‘g'risida batafsil ma'lumot berdi. Life at Deloitte degan Twitter
kanalida har kuni bo‘lim rahbarlari tomonidan Deloitte va uning atrofidagi
hayot haqidagi xabarlar joylashtirildi. Facebookka integratsiyalashgan Your
Future at Deloitte (U.S.) sahifasi esa - Deloitte tashabbuslari va rivojlanishi
haqidagi eng so‘nggi ma'lumot haqidagi eng yaxshi manbadir. Your Future
at Deloitte YouTube kanalida ishchilarning nega Deloitte-da ishlashni
tanlaganliklari va bu kompaniya ular uchun nimani anglatishini haqidagi
videolar namoyish etildi.
Bu turli xil platformalardan foydalangan holda integratsiyalashgan
tarkib uchun juda yaxshi holat va Graduate recruitmentda ijtimoiy
tarmoqlardan samarali foydalanishning aniq namoyishidir.
Dostları ilə paylaş: