138 mukammallashuviga xizmat qiladi. Aynan shu mukammalashish zamirida muallif,
personaj va o‘quvchi psixologiyasining yaxlitlashuvi yuz beradi. Natijada asarning
gedonistik, ruhiy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy mohiyati namoyon bo‘ladi.
Psixologik tahlil muammosini o‘zbek romanlari misolida tahlil qilgan munaqqid
H.Umurov ta’riflaganidek: «inson ruhiyatining tahlili, uni chuqur tushunish va
tasvirlash mahorati – adabiyotning tub mohiyatini belgilovchi xususiyatlaridan biri»
3
hisoblanadi. Buni romandagi inson qalbining nozik jilolari: fe’l-atvori, ruhiyati, ko‘ngil
talpinishlari badiiy talqin etilganida kuzatish mumkin. Asarda har bir personaj (Yusuf,
Amir, cho‘pon, Sodiq, Ergash, Zahro, Oygul) o‘z ziddiyatlari – botinan va zohiran
kurashlari orqali talqin etilganki, asar qahramonlarini ijtimoiylik mahsuli deb qarashdan
ko‘ra, ma’naviy–axlokiy mezonlardan kelib chiqib baholash romanga xos xususiyat –
voqea-hodisalar epik tasviriga nisbatan inson mukammalroq badiiy in’ikos qilinganini
bildiradi.
Yozuvchi mahorati hayot materialini badiiy aks ettirishda rang-barang tasvir
vositalaridan nechog‘li unumli foydalana olganligi bilan o‘lchanar ekan, roman janri
cheksiz imkoniyatlarga egaligi bilan boshqa adabiy janrlardan jiddiy tavofutlanadi. Adib
unda inson hayotining solnomasini mufassal ifodalashga diqqatini qaratadi. Boshqacha
aytganda, odamzot takomilidagi muhim evrilishlar badiiy shakl miqyoslarini belgilab
beradi. Epik tasvir turfaligi syujet qismlarini shartli va teran mohiyat sari yo‘naltiradi.
Natijada odamzot turmush tarzi haqqoniyligi tasvirni yaxlitlashtiradi. Shu nuqtai
nazardan, «Muvozanat» romanida qahramon shaxsiyatiga katta falsafiy-ijtimoiy
umumlashma singdirilganligiga amin bo‘lamiz. Zero, asarda tasvir oshkor qatlamning
mavjudligi ijodiy mustaqillik va mantiqiy tugallanganlikni uyg‘unlashtirgan holda,
yaxlit poetik tizimga jipslay boradi. Ham mazmuniy, ham shakliy, ham uslubiy butunlik
badiiylik darajasini belgilaydi. Asarda estetik ma’rifat va estetik yuk o‘rtasidagi
keskinlikni tafovutlash joiz. Ijodiy individuallikdan badiiy umumlashmaga o‘tish esa
talqin o‘ziga xosligini tashkil etadi. Adib aksar o‘rinlarda qahramon xarakterini ham
ruhiy, ham ijtimoiy mohiyatini ochib berishga intiladi. YUsuf kursdoshi Zahro bilan
bo‘lgan o‘zaro munozarasida ko‘ngil maishati uchun emas, balki borliq xususidagi
mushohadalariga ham yuzma-yuz kelamiz. Aynan, ikki suhbatdosh jamiyatdagi og‘ir
kechmishlarni “vaqtinchalik” deb baholaydi. Bu esa, romandagi muvozanat sari qadam
tashlayotgan qahramonlar xarakterida maromiga etadi:
“…Kuni kecha men poezdda bir nechta yoshlar bilan gaplashib keldim. Va iqror
bo‘ldimki, butunlay yangi avlod etishib kelyapti ekan. Ular tarbiyasida o‘tmishga
nisbatan keragidan ortiq tanqidiy ruh, bugunni esa behad ideallashtirishga o‘xshagan
qusurlarni payqagan bo‘lishimga qaramay, mulohaza yurita-yurita oxiri sevinib ketdim.
3
Умуров Ҳ. “Бадиий психологизм ва ҳозирги ўзбек романчилиги”. – Т.: “Фан”, 1983.34-б.