«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
zamonaviy-o-zbek-nasrida-tasvir-va-talqin

141
 
taftish qilayotgan Yusuf og‘ir iztiroblar iskanjasida qovriladi. Uning ongida 
kechayotgan mushohadalar millat ruhiyatini ham taqdim etadi. Yozuvchi, shu tariqa, 
romaniy tafakkur unsurlari bilvosita jamiyatni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadigan 
yangi shaxs konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy mezonlarini qahramonlar hayoti orqali 
ochib beradi. Qolaversa, ularda aks etgan murakkab ruhiy iztiroblar shaxsning o‘z-
o‘zini anglab etishi, xarakter namoyon bo‘lishidagi nuqsonlar bilan beayov kurashishi 
singari muammolarni birinchi planga chiqaradi.
MUHOKAMA
Yozuvchining ijodiy muvaffaqiyatlaridan biri - qahramon nutqi xoslanganlik 
darajasining ustuvorligiga erishganligi bilan izohlanadi. Jumladan, Yusufning «Bizga 
berishi mumkin bo‘lganlarning hech birida o‘sha savil yo‘qmish» nutqida zohir bo‘lgan 
ichki «men»i, uning kayfiyatini to‘laligicha namoyon etadi. Natijada qahramon 
tiynatida ob’ektga nisbatan rang-barang shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Shunga 
asoslanib, aytish mumkinki, yozuvchining boshqa romanlaridan jiddiy tafovutlangan 
«Muvozanat» asari shakliy-mazmuniy-falsafiy jihatdan eng mukammal roman 
hisoblanadi. Chunki unda voqelik hamda epik ko‘lamni baholashga yo‘naltirilgan yaxlit 
nuqtai nazar izchilligi ta’minlangan. Ijodkor badiiy talqin jarayonida bayon qilishning 
xotira, ruhiy kechinma, lirik chekinish va mono-dialogik usullarni qo‘llaydi. 
Adabiyotshunos olim H.Umurov: «Romanda epik tasvir bilan his-tuyg‘ular 
tasviri o‘ziga xos uyg‘unlashadi. Asarda tashqi voqelikning panoramasi – qahramonlar 
qalbidagi kechinmalarni reallashtirgani kabi, kechinma va fikrlar oqimi o‘z navbatida 
tasvirlanayotgan hayotning mohiyatini ochadi»
4
, – deya ta’kidlaydi. Munaqqidning 
ushbu fikrlarini “Muvozanat” romaniga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Masalan, 
quyidagi parchada aynan shunga o‘xshash vaziyat namoyon bo‘lgan: «Mansur va uning 
ikki tanishi – oppoq xalatlardagi haligi do‘xtirlar Muhammadjonning shundoq bosh 
tomonida bir-birlariga latifa aytib kulishardi. Yusuf umrida bundan xunukroq, bundan 
jirkanchroq manzarani ko‘rmagandi. Tuyqusdan uning ko‘ngli aynidi. Oshqozonida 
boshlangan g‘alayon birpasda bo‘g‘zini yorib chiqdi, ko‘zlari achishib yoshlandi, 
quloqlari bitdi, lekin og‘zigasiz tupukkina keldi. U haqiqatdan ham bugun hech nima 
totmagandi»
5
. Parchaga diqqat qilinsa, yozuvchi epik tasvir bilan birga personajlarning 
epik kechinmalari, didlari, ma’naviy-axloqiy qiyofalarini ham birgalikda ko‘rsatgan. 
Axir og‘ir bemor bolaning tepasida o‘zaro kulgi qilishlari antigumanizm hisoblanadi. 
Ishdan charchab kelib, kechga tomon xatni o‘qigan va tanishlaridan qarz so‘rab sarson 
kezib, bir amallab Rovotga kelgan Yusufning jismoniy charchoqlari bilan ruhiy 
qiynoqlari qo‘shilib, ichida ko‘ngil ozish yuz berdi. Eng fojeali jihati shundaki, aynan 
4
Умуров Ҳ. Рисолалар, сайланмаси. 1-жилд. –Тошкент:Фан, 2007. – Б.33. 
5
Ҳамдам, Улуғбек. Ватан ҳақида қўшиқ: Мувозанат. – Тошкент: Akademnashr, 2014. – Б. 157 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin