«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
zamonaviy-o-zbek-nasrida-tasvir-va-talqin

140
 
romanida o‘zbek xalqi hayotining so‘nggi o‘n yilliklar, ya’ni asosan istiqlolga erishilgan 
pallalardagi «o‘tish davri» qiyinchiliklarini mohirona tasvirlaydi: “Hammalari dasturxon 
atrofiga o‘tirishganda duo o‘qildi. So‘ng Halima aya turib, non-choy keltirdi. Elbekka bir 
hovuch yong‘oq berib, o‘g‘lim shularni chaqib kel, deya o‘zi cho‘kka tushib non ushata 
boshladi. Yusuf sumkasidan qand va pishloq olib dasturxonga qo‘ydi. Odil aka har 
doimgi joyida bo‘lsa ham avvalgidek yonboshlab emas, balki tizzalarini omonatgina 
bukib, oyoqlarini iloji boricha o‘ziga yaqin tortib o‘tirardi” (39-b). Ushbu lavhadagi Odil 
akaning psixologik portreti moddiy qiyinchilik, yo‘qchilikdan ruhan ezilgan otaning 
xijolati misolida gavdalanadi. SHuningdek realistik tasvir zamirida milliy ruhiyat Halima 
aya misolida yaxshi ochilgan. Odatda, o‘zbek oilalarida dasturxon tuzash, borini imkon 
darajasida hamma bilan baham ko‘rish uchun ayollar mas’ul hisoblanadi. Bu erda ham 
Halima aya nonushta qilish uchun zarur ozuqlik kamligini bilintirmaslikka harakat qilib, 
yong‘oq chaqtiryapti, non ushatyapti. 
Romanda asosiy e’tiborni tortadigan jihatlar, xususan, millat boshiga yog‘dirilgan 
kulfatlar orqasida haq-huquqlarini to‘la anglab etmagan, bunga imkoniyat bermagan 
sharoit va xalq mentaliteti aks etganligida ko‘rinadi. Bunga misol tariqasida 
Muhammadjon aka hayotini tasvirlar ekan, uning o‘tmishi yolg‘onlar qurshovida 
o‘tganligini o‘ziga xos bo‘yoqlarda aks ettiradi. Bu esa o‘z navbatida kolonial siyosat 
manfaatlarining ifodasi bo‘lib, hukmron mafkura targ‘iboti aynan shuni taqozo etishiga 
diqqatni qaratadi. Jumladan, Muhammadjon aka tiynatiga xos chizgilar YUsufning 
keyingi hayoti arosatda o‘tmasligiga ishora etadi. Romandagi har bir ijodiy talqinda 
mujassamlashgan muallif konsepsiyasi qahramon xarakteriga oydinlik kiritadi. Asosiy 
obraz tadriji tasavvur chiziqlarini markazlashtiradi, tasvir unsurlari esa epik maydon 
falsafiy teranliklarini badiiy umumlashtirishga xizmat qiladi. Muhammadjon akaning 
«Mening umrim yolg‘on bilan kechdi. Yolg‘onga bosh egib, yolg‘onni yozganlarning, 
shuni istagan kimsalarning xizmatini qilib kechdi. Seniki shunday kechmasin»(26-b), 
deya kuyinishlari Yusuf tafakkurida milliy o‘zligini anglashga turtki bo‘ladi.
Ayniqsa, adib ijodida kuzatiladigan bir jihatni ta’kidlab o‘tish joiz: ba’zan 
yozuvchi talqinida ruhiy tahlil muayyan izchillik kasb etmaydi, balki tarqoq qirralarga 
singdiriladi. Ushbu xususiyat Said va Manzura, Mairazim va Zahro, Yusuf va Oygul, 
Amir va Gulshoda kabi markaziy personajlar timsolida reallashadi. Bu holat zamirida 
hayotiy qonunlarning mantiqiy asoslanganligi yotadi. Mantiqiy asos muayyan 
tafsilotlar, turli shart-sharoit, milliy qadriyatlar ta’siri hosilasidir. Muallif romanning 
g‘oyaviy tayanch markaziga birdaniga o‘tmaydi. Yozuvchi o‘quvchini asta-sekinlik 
bilan psixologik vaziyatga tayyorlab boradi. Davr ruhiyatini qahramon ichki nutqi 
vositasida ochib beradi. Inson mohiyati, hayot o‘lchovi va yashashdan kuzatiladigan 
maqsad to‘g‘risida falsafiy mushohada yuritgan adib yangilanayotgan tafakkur va 
ijtimoiy sharoit taqozosini mohirlik bilan uyg‘unlashtirib yuboradi. Butun hayot yo‘lini 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin