«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
zamonaviy-o-zbek-nasrida-tasvir-va-talqin

136
 
KIRISH
Yozuvchi badiiy talqin vositasida makon va zamonda yashayotgan inson 
muammolari xususida falsafiy mushohada yuritar ekan, uning hayot haqidagi 
mulohazalari, tabiiyki, sabab va oqibat, maqsad va mohiyatga asoslangan bo‘ladi. 
Mazkur jihatlar yozuvchining o‘ziga xos uslubini namoyon etadi. Ulug‘bek 
Hamdamning “Muvozanat” romani realistik asar sifatida yuzaga kelgan. O‘z navbatida 
badiiy qahramonlari ham realistik qahramon hisoblandi. Lekin unda ramziy-majoiy 
talqin bunda personajlarning psixologiyasidagi jarayonlari ham asar mazmunini 
ochishda muhim o‘ringa ega. Masalan, Muhammadjon aka, YUsuf, Amir, Sodiq kabi 
qahramonlar talqin etilgan psixologik jarayonlarda qalb, ruh, ong kechinmalari 
uyg‘unlashib ketadi: “Yusuf o‘shaning (alamzadalikning) tabiatiga quloq tutdi... Shunda 
his qildiki, u erda dunyoga – tashqariga tomon yurish haqida shivir-shivirlar avji 
chiqayotgandi. Ya’ni xaos – tashqarining ta’sirida tashqariga nisbatan ichkarida paydo 
bo‘lgan alg‘ov-dalg‘ovlik endi xuddi o‘z egasini tishlab olgan bo‘ri bolasi kabi 
tashqarini ham o‘z kelbatiga o‘xshatgisi kelardi”
1
Mazkur parchada Yusuf voqelikni 
ramziy-majoziy tarzda anglashi va tushunishi ko‘zga tashlanadi. Tasvir realistik uslubda 
berilgan, biroq, qalbidagi ilojsizlikdan tug‘ilgan armon, alam uning ruhiyatidagi keskin 
o‘zgarishlarga olib keldi. Natijada, u borliqni ramziy-majoziy tarzda idrok qilib, milliy 
xarakterini namoyon etdi.
O‘quvchi romanni o‘qish jarayonida, qahramonlar misolida inson o‘zini, yaqinini, 
uni o‘rab turgan atrof-olamni ko‘rgandek bo‘ladi. Borgan sari tasavvurlar tiniqlashib, 
ranglar oydinlashib teran ma’no kasb etadi. Badiiy matn tahlili orqali yozuvchi 
konsepsiyasining estetik vazifasi yuzaga chiqadi. Yozuvchining estetik ideali 
“Muvozanat” romanida ijtimoiy-axloqiy va ma’naviy-ruhiy asosda shakllanadi va 
namoyon bo‘ladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin