«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
zamonaviy-o-zbek-nasrida-tasvir-va-talqin

142
 
shu palladan biroz o‘tgach, muhammadjon ichagi yorilib, ana shu do‘xtirlar qo‘lida jon 
beradi. Bu erda yoshgina o‘g‘lining o‘limini eshitgan Yusufning holatini tasavvur qilish 
qiyin emas. 
NATIJA
U.Normatov “Amir romandagi eng konseptual obraz”
6
degan fikriga qo‘shilgan 
holda makon, zamon va inson muvozanati yozuvchi tomonidan turli xil obrazlar va 
ularning hayotga bo‘lgan munosabatida aks etganiga amin bo‘lamiz. Maslak va e’tiqod 
uyg‘unligi Yusufda yashash maqsadi mohiyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, Amirda diniy 
tasavvuf ilmiga intilish, ammo uni to‘g‘ri anglamaslik, bilimsizligidan kelib chiqadi. 
Xo‘sh, Amir konseptual obraz sifatida qanday badiiy vazifani bajaradi. Amirning ruhiy 
iztiroblari hayotdan ko‘ngli to‘lmaslik sababidan maydonga chiqmaydi, u to‘la-to‘kis 
sog‘lom millat tafakkuri orzularining ro‘yobga chiqayotganidan o‘sib chiqqan ichki 
inqilob samarasi o‘laroq yuzaga kelgan. Amir e’tiqodda o‘zini ushlaganida edi, 
boshqacha bo‘lardi. Adib Amirning dahshatli qiynoqlar ichra to‘lg‘onishini tasvirlar 
ekan, bunda ongli shuuriy hissiyot birinchi o‘ringa chiqqanligini kuzatishimiz mumkin.
Badiiy asar real olam, voqelikka nisbatan yozuvchi munosabati hosilasi sifatida 
yuzaga kelar ekan, unda ob’ektiv borliq sub’ektiv anglash, tasvirlash, tahlil etish orqali 
namoyon bo‘ladi. Yozuvchi asarda xarakter badiiy tadrijini shakllantirsa, ikkinchi 
tomondan jamiyat hayotining muhim kirralarini tasvirlay boradi, uchinchidan inson 
irodasini bukib turgan to‘siqlarni ayovsiz taftish etadi. Aynan shu jihat, «Muvozanat»da 
etakchilik qilgan. Bunda birinchi galda yozuvchi insonlararo ma’naviy-axloqiy hamda 
milliy dunyoqarash, milliy ruhiyat masalalariga jiddiy e’tibor qaratadi.
XULOSA
Ko‘rsatib o‘tish joiz, hozirgi o‘zbek nasrida ruhiy-falsafiy tasvir shartlarining 
etakchilik qilib borayotganligi e’tiborga molik hodisadir. Negaki, millat tafakkur tarzi 
har qachongidan ham evirilib, kundan-kunga o‘zgarib borayotganligi, birinchi navbatda, 
adabiy-badiiy talqinlarda o‘z ifodasini topadi. U.Hamdamning «Muvozanat» romanida 
zamon bilan hamnafas bo‘lishga intilayotgan, boshidan o‘tgan kechmishi qanday 
bo‘lishidan qat’iy nazar, yangilikka intilayotgan va uni qabul qilishga botinan tayyor, 
ammo tashqi olam, jamiyatdagi ziddiyatlar bilan yuzma-yuz kelayotgan qahramon bilan 
yuzlashamiz. Mirazim va Saidning ruhiy kemtikliklari ham aslida o‘z-o‘zicha 
yolg‘izligi tufaylidir. Hatto ular ham YUsuf o‘z e’tiqodida sobit turishini istashadi, 
dunyoni Yusufdaqalar qutqaradi deb o‘ylashadi. Boylikning izidan loqaydlik kasaliga 
uchragan Mirazimning “Oxirgi ilinjim Yusuf edi, - Mirazim xayolan o‘z-o‘ziga falsafa 
6
Норматов У. Интернет материали: 
www.ulugbekhamdam.uz



www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin