«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
zamonaviy-o-zbek-nasrida-tasvir-va-talqin

139
 
Sababki, ular o‘tmishni qo‘msab qiynalmaydi, bu yoqda do‘ppi tor kelganda u yoqqa 
talpinib, o‘zi shundoq ham qiyin ahvolni battar murakkablashtirmaydi, katta avlodlarga 
o‘xshab har bir kishi o‘z botinida ikkiga bo‘linib ketmaydi, balki biri u sohada, kimi 
bunda o‘zligini yangi kelajakni bunyod etish ishiga bag‘ishlaydi. To ular bor ekan, 
ertaga – qurilayotgan yangi davlatda bugun oyoq osti bo‘lib yotgan qadriyatlarning, 
qonun-qoidalaru tartib-intizomning qaytadan qad rostlashi muqarrar” (1-236).
Yoshligidan o‘z muvozanatini saqlab qolishga intilgan YUsuf hali ruhiy 
sokinlikka erishishga vaqt borligini yozuvchi sirtdan baholab boradi. Romanning syujeti 
markazida realistik tasvir prinsipidan unumli foydalana olganini ko‘rishimiz mumkin. 
Yusuf o‘z yolg‘izligidan siqilgan Zahroning tashvishlari bilan andarmon bo‘lib, 
vaqtincha ichki iztiroblarini unutadi. U botinidan tushkun kayfiyatni quvib solgan 
hodisaning mantiqini anglashga urinar ekan, bunga hech bir ism topib berolmaydi. 
Binobarin, Yusuf ruhiy xotirjamlik bor joyda inson muvozanati doimo saqlanishini 
romanning bir necha o‘rinlarida atrofidagilarga ta’kidlaydi. Ayni paytda, uning o‘sha 
muvozanat sari ildam yurishi jamiyat hayotining ham iziga tusha borayotganidan dalolat 
beradi. Demak, YUsufga xos muvozanat jamiyat muvozanatini ham bildiradi. 
Yozuvchi romanda ulkan imkoniyatlarning odam fe’liga ta’sirini alohida 
shaxsning parvozi hamda inqirozi ya’ni kuchli va ojiz tomonlari fonida ko‘rsatishni 
maqsad qiladi. Bu esa, shubhasiz tabiiy chiqqan va buni Mirazim va Saidning hayoti 
misolida ko‘rishimiz mumkin. Mansab pillapoyalaridan ko‘tarilib borayotgan Saidning 
kutilmaganda «qulab tushishi» bu yorug‘ olamda hamma narsa omonat ekanligini 
anglab etishiga zamin hozirlaydi.
Adibning «Muvozanat» romani ham xilma-xil adabiy yo‘sinning qorishuvidan 
tarkib topgan bo‘lib, uni real mohiyatga ega realistik roman deyish to‘ri bo‘ladi. To‘g‘ri 
unda modernizmga xos kayfiyat ham o‘z aksini topgan. CHunki voqelikni badiiy idrok 
etishning norealistik va realistik metodining ba’zi xususiyatlari bir-biriga o‘tib turishi 
odatiy hodisa hisoblanadi. Mohiyat-e’tibori bilan aytganda, ifoda mustaqilligi, ruhiyat 
tasviri, an’anaviy-qodiriyona romaniy tafakkurning hissi, oybekona mushohadalarning 
teranligi, rumiyona fikrlar mantiqiyligi ko‘zga tashlanadi. Ammo yozuvchining 
individual uslubi barchasini o‘ziga simirib, real tasvir va badiiy psixologizm uyg‘unligida 
ifoda etgan. Negaki, har qanday badiiy talqin inson ruhiy borlig‘ini kashf etishga 
qaratilgan bo‘ladi. Jumladan, YUsufning qaynoq hayot ichkarisida chorasiz qolishi, 
ko‘ngil, oila xalovatining buzilishi, millat ruhiyatidagi muayyan evrilishlar davomiyligi 
romanda xilma-xil taqdirlar kesishuvida real mohiyat kasb etadi. Hammamiz his qilgan, 
ko‘nikkan qadriyatlar zamonlar evrilishida boshqacha mohiyat kasb etishi mumkin. 
Oraliqda qolgan inson nafaqat azob chekadi, balki o‘z hayotini izidan chiqarishi turgan 
gap. Ana shunday inson xarakterini, uning ruhiy olamini anglash va badiiy ochib berish 
juda murakkab va zahmattalab jarayon hisoblandi. Ulug‘bek Hamdam «Muvozanat» 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin