Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə157/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

(10.34)


Ko‘rsatkichli funksiya uchun:




(10.35)

Bundan (10.36)


Tenglama ozod hadi a0 va regressiya koeffitsiyenti a1 muhimligi St’yudent t mezoni yordamida baholanadi. Buning uchun mezonning haqiqiy qiymatlari yordamida aniqlanadi. So‘ngra 0,95 yoki 0,99 ehtimoli va n-2 erkin darajalar soni bilan aniqlangan jadval qiymati bilan solishtiriladi. Agarda bo‘lsa, regressiya tenglamasi 0,95 yoki 0,99 ehtimoli bilan ishonchli deb topiladi.
Qisqacha xulosalar
Statistikada dinamika tushunchasi vaqtda (zamonda) hodisalar rivojlanishi ma’nosida qo‘llanadi, bunday jarayonni tasvirlovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika yoki vaqt qatorlari deb yuritiladi.
Kontseptsial ya’ni fan kategoriyalariga oidligi jihatidan ular taqsimot qatorlarining bir turkumi (tipi) bo‘lib, statistik to‘plamni vaqt o‘lchamlari bo‘yicha taqsimlash natijalarini ifodalaydi.
Dinamika qatorlari variatsion qatorlar bilan ma’lum darajada umumiylikka ega va u shundan iboratki, variatsion qator variantalari har xil qiymatlar olib, bir-biridan farq qilgani kabi dinamika qator darajalari (ko‘rsatkichlari) ham miqdoran turlicha ifodalanib, bir-biridan farqlanadi. Ammo bu yuzaki umumiylik bo‘lib, qatorlarning tashqi qiyofasida namoyon bo‘ladi, xolos.
Ichki tabiati jihatidan esa dinamika qatorlari variatsion qatorlardan tubdan farq qiladi va bu farq ko‘rsatkichlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini yuzaga keltiruvchi asl sabablar butunlay boshqacha mohiyatga egaligida o‘z ifodasini topadi.
Variatsion qator variantalari bir vaqtda turli joylarda, bir-biridan ajralib mustaqil faoliyat yurituvchi subyektlar harakatlari natijasida sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlarni tavsiflaydi. Demak, ular tub ma’noda erkin o‘zgaruvchilar hisoblanadi va normal taqsimot qonuniga bo‘ysunadi.
Dinamika qatori ko‘rsatkichlari esa bir makon chegarasida turli vaqt sharoitlarida yuzaga chiqadigan hodisa va jarayonlarni tavsiflaydi. Bu holda o‘zgaruvchilar (qator darajalari) bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda shakllanishi uchun sharoit tug‘iladi. Shu sababli ularni erkin o‘zgaruvchilar deb hisoblash uchun asos yo‘q. Bu hol nafaqat qator ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘lanishda shakllanishiga olib keladi, balki shu bilan bir qatorda ularda umumiy tendensiyalar, avtokorrelyatsiya va multikolleniearlik hodisalar tarkib topishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ayrim davrlar sharoitida o‘ziga xos xususiyat va alomatlar kuzatilishi mumkinki, ular bilan mavsumlar, davralar bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zgarishi, qisqa muddatli boshqa shakldagi yo‘nalishlar bo‘lishi ehtimolini tushuntirish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, variatsion qator variantalari orasidagi o‘zgaruvchanlik to‘la ma’noda variatsiya hisoblansa, dinamika qatorlariga xos o‘zgarishlarni tebranuvchanlik deb nomlash asosliroq bo‘ladi.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin