Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


-savol bo’yicha dars maqsadi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə154/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

4-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Dinamika qatorlarida avtokorrelyatsiya aniqlash usullarini bilish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Dinamika qatorlarida avtokorrelyatsiya aniqlash usullarini bilish.



4-asosiy savolning bayoni:
Dinamika qatorlarini tahlil qilayotganda darajalar tebranuvchanligi ikki jihatdan qaralishi mumkin. Birinchidan, ular o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari namoyon bo‘lishi uchun xalaqit qiladigan «tasodifiy to‘siqlar» yoki «axborot shovqinlari» sifatida talqin etiladi. Shu sababli darajalarni ulardan «tozalash», ya’ni tasodifiy to‘siqlarni dinamikaning juz’iy tomonlari sifatida bartaraf qilish yoki juda bo‘lmaganda ta’sir kuchini zaiflashtirish yo‘llarini topish va ilmiy asoslash zaruriyati tug‘iladi.
Bu masala yuqorida bayon etilgan trend hisoblash usullarini tub mohiyati va negizini tashkil etadi.
Ikkinchi tomondan, dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida darajalar tebranuvchanligining o‘zini o‘rganish, statistik tekshirish predmeti sifatida qarash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Avtokorrelyatsiya- bu keyingi darajalar bilan oldingilari o‘rtasidagi yoki haqiqiy darajalari bilan tegishli tekislangan qiymatlari o‘rtasidagi farqlar orasidagi korrelyatsiyadir.
Avtokorrelyatsiya deb haqiqiy qator darajalari bilan vaqt bo‘yicha bir yoki bir necha davrlarga surilgan darajalar o‘rtasidagi korrelyatsiyaga aytiladi. Uni o‘lchash va o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Avtokorrelyatsion tahlil nafaqat o‘z – o‘zidan ilmiy muammo sifatida diqqatga sazovor, balki shu bilan birga u qator masalalarni yechish uchun zamin yaratadi. Bunday tahlil, birinchidan, qator darajalari o‘rtasida bog‘lanish bor yoki yo‘qligini, ikkinchidan, bog‘lanish mavjud bo‘lsa, uning zichlik darajasi va muhimligini baholash va nihoyat, uchinchidan, kuchli (muhim) bog‘lanish o‘rtacha qanday vaqt davomida (davrlar mobaynida) namoyon bo‘layotganini aniqlash imkonini beradi.
Darajalar o‘rtasida kuchli va muhim bog‘lanishlar mavjudligi muayyan dinamika qatoriga xos trend tipi va uning tenglamasi shaklini to‘g‘ri belgilash uchun asos tug‘diradi. Bundan tashqari, bu holda darajalar tebranuvchanligi davriy shaklda bo‘lsa, davr (tsikl) o‘rtacha muddati yoki uzunligini baholash, sirg‘anchiq o‘rtachalar hisoblanayotganda esa tayanch darajalar soni masalasini to‘g‘ri yechish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Iqtisodiy hayotda shunday hodisalar ham tez-tez uchraydiki, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar oldinroq yuz berib, oqibatlari esa ma’lum vaqtdan so‘ng ro‘yobga chiqadi, ya’ni ular orasida uzilish, vakuumli muddat paydo bo‘ladi. Masalan, sarmoya uchun ajratilgan mablag‘larni sarflash natijasida oldin ishlab chiqarish obyektlari yaratiladi, so‘ngra ular ishga tushirilib asta-sekin quvvatlari o‘zlashtiriladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, obyektlarni bunyod etish va ishga tushirish davrida ushbu sarmoya daromad keltirmaydi, quvvatlarni o‘zlashtirish davrida esa oz daromad keltiradi. Demak, kapital qo‘yilmalar amalga oshirilgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tgandan keyingina sarmoyadan loyihada ko‘zlangan daromad to‘la miqdorda olina boshlanadi. Shunday qilib, sarmoyalarni bunyod etish bilan ulardan daromad olish o‘rtasida ma’lum vaqt jarayoni kechadi. Bu vaqtni sarmoya lagi deb ataladi. Avtokorrelyatsion tahlil hodisalar dinamikasiga oid o‘rtacha lag muddatini belgilash imkonini beradi. Natijada kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri, asosli baholash uchun sharoit tug‘iladi.
Qator darajalariga asosan notsiklik avtokorrelyatsiya koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


(10.17)
bu yerda:

(10.17) formulaga tegishli qiymatlarni qo‘yib, algebraik almashtirishlar natijasida nosiklik avtokorrelyatsiya koeffitsiyenti quyidagi ifoda shaklini oladi:



Siklik avtokorrelyatsiya – bu qatori bilan davrga surilib bo‘sh qolgan davrlari esa boshlang‘ich qatorning darajalari bilan to‘ldirilgan qator ya’ni o‘rtasidagi korrelyatsiyadir. Bu holda:


(10.19)
Bu yerda ­ - birinchi qator darajalari
- ­ikkinchi qator darajalari
Siklik avtokorrelyatsiya koeffitsiyenti quyidagi shaklga ega:
(10.20)
Hozirgi vaqtda avtokorrelyatsiya mavjudligini tekshirishda Darbin – Uotson mezoni qo‘llanadi:

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin