Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Mavzuga oid asosiy muammolar



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə97/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Mavzuga oid asosiy muammolar:

  • Variatsiya ko`rsatkichlari haqida to`liq tushunchaga ega bo`lish;

  • Dispersiya va kvadratik o‘rtacha tafovut xossalarini tahlil qilish.



1-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Variatsiya mohiyati va uni statisitk o‘rganish zaruriyati ni tushuntirib bera oladi.

Identiv o’quv maqsadlari:

  • Variatsiya mohiyati va uni statisitk o‘rganish zaruriyati ni tushuntirib bera oladi.

1-asosiy savolning bayoni:
Ommaviy hodisa va jarayonlar taqsimotlari murakkab tuzilmali va ko‘p qirrali masaladir. Ularni o‘rganishga statistika turli jihatlardan yondashadi. Avvalambor belgining o‘rtacha darajasi (miqdoriy qiymati)ni aniqlab to‘plamni umumlashtirib ta’riflaydi, mazkur to‘plam birliklarida u olgan miqdoriy qiymatlar o‘rtasidagi farqlardan chetlanib, ularni tekislab (silliqlab) muayyan hodisalar to‘plamining rivojlanish qonuniyatlarini yoritadi. Bu - taqsimot qatorlarini tahlil qilishning bir tomoni. Mazkur masalaning ikkinchi tomoni qator variatsiyasini, o‘rganilayotgan belgi miqdoriy qiymatlari o‘rtasidagi farqlarni sinchiklab o‘rganishdan, ularni umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblab, taqsimot qatoriga xos og‘uvchanlik, bo‘yiga cho‘ziluvchanlik yoki ayrim oraliqlarda birliklar to‘planishi (kontsentratsiyalanishi) kabi xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Bu ko‘rsatkichlarda ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat aniqligi va xususiyatlari ham namoyon bo‘lishini hisobga olsak, u holda masalaning mazkur tomoni nazariy va amaliy jihatdan qanchalik katta ahamiyat kasb etishi haqida tasavvur hosil qilish qiyin emas.
To‘plamda biror belgi qiymatlarining variatsiyasi deganda ayni zamon va makon sharoitida belgi miqdorlarining to‘plam birliklari bo‘yicha farqlanishi, o‘zgaruvchanligi tushuniladi. To‘plam birliklari turli muhitda harakat qiladi va natijada variatsiya vujudga keladi. Demak, variatsiya sababi - sharoitlarning xilma-xilligi, ularda ko‘pdan-ko‘p omil va kuchlar mavjudligi va turlicha amal qilib, natijaga har xil me’yorda ta’sir etishidir.
Ayrim belgilarni hisobga olmasak, deyarlik barcha jamiyat va tabiat hodisalariga variatsiya xosdir. Aksariyat statistika usullari yo variatsiyani o‘lchashga asoslanadi yoki undan chetlanish (abstraktsiyalanish) yo‘llarini yaratishga tayanadi. U holda ham, bu holda ham variatsiyani o‘lchash zarurati tug‘iladi.
Eng muhim variatsiya ko‘rsatkichlari 8.1-chizmada tasvirlangan.







Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin