Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Muammoli oʻrganishning toʻrtta darajasi mavjud



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Muammoli oʻrganishning toʻrtta darajasi mavjud:
1.
Muammoni tarbiyachining oʻzi qoʻyadi 
(topshiriq)
va bu 
bolalar tomonidan faol tinglash va muhokama qilish orqali hal qilinadi 
(masalan, Tarbiyachi; faqatgina mana shu doira shakllaridan 
foydalanib qanday narsalar yasash mumkin? Bolalar: qorbobo, gul, 
uzum… ). 
2.
Tarbiyachi muammo qoʻyadi, bolalar mustaqil ravishda yoki 
uning rahbarligida yechim topadilar. Tarbiyachi bolani mustaqil 
ravishda yechimlarni izlashga 
(qisman izlanish usuli)
yoʻnaltiradi. 
(Tarbiyachi: Yashil qalam yoʻq, gul bargini boʻyashda nima qilamiz?, 
Bolalar: koʻk rangda boʻyaymiz. Tarbiyachi: moviy va sariq qalamda 
bargni ketma-ket boʻyasak, yashil rang hosil boʻladi, qani sinab 
koʻramizmi?)


67 
3.
Bola muammoni qoʻyadi, tarbiyachi uni hal qilishga yordam 
beradi. Bolada muammoni mustaqil ravishda shakllantirish qobiliyati 
tarbiyalanadi. (Tangram, shashka, eng baland minorani qurish
teatrlashtirilgan 
faoliyatda 
bolalar 
oʻzlarisezmagan 
holatda 
muammolar yaratadilar. Tarbiyachi ularga yordam tarzidagi 
koʻrsatmalar berib turadi) 
4.
Bola muammoni oʻzi qoʻyadi va uni oʻzi hal qiladi. Tarbiyachi 
hatto muammoni koʻrsatmaydi: bola uni oʻzi topib, uni hal qilish 
imkoniyatlari 
va 
usullarini 
shakllantirishi 
va 
oʻrganishi 
kerak. 
(Tadqiqot usuli, boʻyoqlar hosil qilish, konstruktorlarni yigʻish)
Natijada bolada muammoli vaziyatni mustaqil tahlil qilish, 
mustaqil ravishda toʻgʻri javob topish qobiliyati tarbiyalanadi. 
Bola portfoliosini yaratish texnologiyasi 
Portfolio - bu bolaning turli xil faoliyatdagi shaxsiy yutuqlari, 
uning muvaffaqiyatlari, ijobiy his-tuygʻulari, hayotining yoqimli 
daqiqalarini yana bir bor qayta tiklash imkoniyatlari bazasi boʻlib, bu 
bola rivojlanishining oʻziga xos samarali yoʻlidir. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin