Shahrisabz davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 40,51 Kb.
səhifə2/9
tarix04.10.2023
ölçüsü40,51 Kb.
#151989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Umumiy ma‘lumotlar

Amaliyot nomi: 4+2 Malakaviy pedagogik amaliyot

Semestr: 3

Kredit miqdori: 5

Ajratilgan soat: 150

Semestr: 4

Kredit miqdori: 5

Ajratilgan soat: 150

Jami:

10 kredit

300 soat

Amaliyot hafalik yuklamasi

2 kun x 5 soat = 10 soat

Amaliyot rahbarlari:

Tursunova Luiza Komilovna
Jo‘rayev Suxrob Saloxiddinovich
Shamsiddinov G‘iyos Husniddin o‘g‘li



Kirish
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g`risida” (yangi tahrir 2020-yil 23-sentabr) dagi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g`risida”gi Qonunlari va shu qonunlar asosida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Prezident farmoni, qarori, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus hamda xalq ta’limi vazirliklarining tegishli buyruqlari) asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo‘lgan talablar kompleksini belgilaydi. Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llarini, qonun-qoidalarini izlaganlar.
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan.
Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289 sonli qarorining “b” bandida keltirilgan ta`lim dasturlarining o`zaro uyg`unligi va uzluksizligini ta`minlash hamda pedagog kadrlarni sifatli tayyorlash maqsadida maktabgacha, umumiy o`rta maxsus va professional ta`limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qo`llanmalar bilan tanishish pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta`lim muasasalari kunduzgi ta`lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o`quv mashg`ulotlarini “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kun oliy ta`lim muassasasida, 2 kuni amaliyot o`tash tartibida olib borilishi nazarda tutilgan.

Yüklə 40,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin