Shahrisabz davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»


Amaliyotchi-talaba amaliyot davomida korxonaning ichki tartib-qoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi



Yüklə 40,51 Kb.
səhifə5/9
tarix04.10.2023
ölçüsü40,51 Kb.
#151989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliyotchi-talaba amaliyot davomida korxonaning ichki tartib-qoidalariga to‘liq amal qiladi va quyidagilarni bajaradi:
Amaliyotchi talaba:

  • Malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tash joyi, reja—jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tash yuzasidan zarur axborotlar olish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda malaka amaliyoti rahbarlaridan yo‘l-yo‘riqlar olish huquqlariga ega;

  • Amaliyot davrida ta’lim muassasa ichki tartib qoidalariga bo‘ysunishi lozim.



Amaliyotchi talabaga:

  • Malakaviy pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarish;

  • Malakaviy pedagogik amaliyot kundaligini reja asosida tartibli yuritish va saqlash;

  • OTM va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan Malakaviy pedagogik amaliyot rahbarlarining dasturda ko‘zda tutilgan ishlariga oid barcha topshiriqlarini bajarish;

  • hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish;

  • qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari yuklatiladi.

Talaba pedagogik amaliyoti o‘tagandan so‘ng, OTMda malakaviy pedagogik amaliyot bo‘yicha hisobotini belgilangan muddatda topshiradi va taqdimot tayyorlab himoya qiladi.
Agar talaba amaliyot kundaligini va hisobotlarni yo’qotsa, fakultet dekani nomiga ariza yozadi va dekanning roziligi bilan qaytadan amaliyot kundaligini va hisobotlarini rasmiylashtirib to’ldiradi.


V. Talabaning amaliyot to‘g‘risidagi yozma (elektron) hisobotida quyidagi ma’lumotlar keltirilishi talab etiladi:

  • Xar ish kunida bajarilgan ishlarni qisqacha mazmuni keltirilgan kundalik daftar;

  • Ta’lim muassasasida qaysi fanga ixtisoslashganligi, kontingenti va xonalar soni;

  • Talaba haqida ma’lumot (obyektivkasi);

  • Talabaning amaliyot davrida bevosita qatnashgan dars yoki tugarak mashg’ulotlari sinflar to‘g‘risida ma’lumot;

  • Malakaviy pedagogik amaliyot dasturi asosida tuzilgan amaliyot ish rejasi;

  • Amaliyot ish reja asosida bajarilgan ishlar yuzasidan yozma (elektron) hisobot va asoslovchi hujjatlari;

  • Fan bo’yicha sinflarga mos yillik reja tuzilishi, uni dars jarayonida qo’llanishini o’rganish;

  • Sinf rejasida ko‘rsatilgan fan bo‘yicha bir soatlik ishlanma tayyorlashda texnologik jarayoni to‘g‘risida ma’lumot;

  • Tashkilot, muassasa (amaliyot obyekti) tomonidan tayinlangan rahbarlarni amaliyot yakunida talabaga amaliyot to‘g‘risidagi tavsifnoma;

  • Amaliyot to‘g‘risida talaba xulosasi va foydalanilgan manbalar to‘g‘risida ma’lumot.



Yüklə 40,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin