O‘z-o‘zini rivojlantirish uchun amaliyot ish rejasi amaliyotning boshida tuzilishi lozim. Har bir talabaninig tayyorgarlik darajasini aniqlash, individual maqsadlarni qo‘yish, topshiriqlarni tanlash, umuman pedagogik faoliyat mazmunini tuzish kafedra o‘qituvchilari rahbarligida amalga oshiriladi. Ularning individual dasturi yaxlit yondashuv nuqtai nazaridan baholanadi, ya`ni pedagogik faoliyatning barcha jihatlari hisobga olinganligi, pedagogik malakaning shakllanishi, psixologik va shaxsiy xususiyatlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi topshiriqlar mavjudligini aniqlaydi.
Amaliyot davrida talabalarga maslahatlar berish faqat darslar, darsdan tashqari tadbirlani ishlab chiqishga emas, balki talabalarning o‘z qobiliyatlarini amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgandir.
Talabalar bajargan topshiriqlar tahlili ularning malakasi, shaxsiy va psixik xususiyatlarini baholashga qaratiladi, ya`ni talaba tashkilotchilik malakasini qanchalik muvafaqiyatli amalga oshira olganligi, pedagogik taktikani ko‘rsata olganligi, hamdardlik bildirish, kayfiyatni ko‘tarish, o‘zidagi asabiylashishni yengish va hokazo kabi xususiyatlarni namoyish eta olganligi baholanadi. Har bir topshiriqning bajarilishi tanlangan darajaviy mezonlar yordamida baholanadi, u yoki bu guruhning malakalari qay darajada namoyish etilishi aniqlanadi.
VIII. Foydalanilgan adabiyotlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289 sonli qarori
O‘zbеkiston Rеspublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Til va adabiyot ta'limi. – Toshkеnt. –1998.
O‘zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to‘g`risida”gi qonuni // Til va adabiyot ta'limi. – Toshkеnt. –1998.
Azizxodjaеva N.N. Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahorat. –Toshkеnt. –2002.
Jeremy Harmer. How to teach English. – Edinburg, Pearson Pub. House, 2015
Jalolov J., Ashurov S, Mahkamova G. English language teaching methodology. – Tashkent, 2015.
Umumiy o’rta ta’lim maktabning Informatika darsliklari (5-8 sinflar). – Т. 2022 y.