Malakaviy pedagogik amaliyot - tanishtiruv shakllarda o‘tkazilib, talabalarni bo‘lajak mutaxassislikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha dastlabki kasb ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirishdan iborat. Malakaviy pedagogik amaliyoti ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) xususiyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.
I. Malakaviy pedagogik amaliyotining vazifalari: Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni amaliyotda tatbiq etishni o‘rgatish.
Talabalarni korxona va tashkilotlarda olib boriladigan vazifalarni tahlil qilishni o‘rganish.
Pedagog xodimlar ishlarini o‘rganish va hujjat yuritishni tahlil qilish.
O‘z ixtisosligi, pedagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagogik kompetentligini takomillashtirish.
II. Pedagogik amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish tartibi: Talabalarni 2-kursdagi pedagogik amaliyoti hududdagi maktablarda va talabaning yo‘nalishiga bog`liq bo‘lgan boshqa o‘quv-tarbiya muassasalarida o‘tkaziladi.
Amaliyot boshlanishidan oldin uning vazifalariga oid kollokvium va dastlabki tushuntirish anjumanlari o‘tkaziladi.
Amaliyot davomida talabalarni mehnat jamoasi biln olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan tanishtirishga vaqt ajratiladi.
Amaliyotda talabalarga ta’lim muassasadan amaliyot rahbari biriktiriladi.
Amaliytchi amaliyot muddatiga va ajratilgan soatga bo’g’liq holda amaliyot dasturga qarab amaliyot ish rejasini tuzadi.
Amaliyotchiga biriktirilgan vazifalar bo‘yicha ishlari bilan tanishadi.
Amaliyot davrida ish rejaga mos holda bajarilgan ishlar yuzasidan kundalikni rasmiylashtirib boradi va hisobotlar tayyorlaydi.
Amaliyotchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha boshqa tashkiliy ishlar ham olib borishadi.