III. Institut amaliyot rahbarining vazifalari: Amaliyotchilarga amaliyot davomida bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi.
Malakaviy pedagogik amaliyot bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o‘tkazadi, amaliyotning boshlanishida va oxirida tashkilot rahbari o‘tkazadigan yig`ilishda qatnashadi.
Amaliyotchi talabalarning texnika xavfsizligi, mehnat xavfsizligi va yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishtiradi.
Amaliyot davomida talabalarning amaliyot joyiga kelish va ketish bo’yicha yo’l xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishtiradi va qaydnomani shakllntiradi.
Talabalarning amaliyot ish rejasini tuzishini ko’maklashadi, amaliyit davrida maslaxatlar berib boradi, amaliyot davrini mazmunli o’tishi va paydo bo’ladigan muammolarni bartaraf etish yo’llarini yoki yechimini hal etishda ko’maklashadi.
Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlagan hisobot hujjatlarini, kundaliklari tekshiradi va baholab boradi.
Talabalarining pedagogik amaliyoti yakuni bo‘yicha hisobot tayyorlydi.
IV. Amaliyotchi talabalarning vazifalari Amaliyotchi talaba pedagogik amaliyoti dasturida ko‘rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. Jamoaga tashkilotchilik, intizomlilik, xushmuomlalik va mehnatsevarlik namunalarini ko‘rsatgan holda faoliyat olib borishi lozim.
Amaliyotchi talaba ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarining topshiriqlariga amal qilish, unga so‘zsiz bo‘ysunishi zarur. Amaliyotchi talabaga yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin.
Amaliyot davrida shu tashkilotdagi xodimlardan biri guruhga rahbar etib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni amaliyotga qatnashini hisobga olish, ularga kollektiv maslahatlar va seminarlar haqidagi xabarlarni yetkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir.
Shuning bilan bir qatorda amaliyotchi talabalarga quyidagi aniq vazifalar qo‘yiladi:
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mashg`ulotlarni olib borish malakasini egallashi;
nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni o‘rganishi;
o‘quv-tarbiya ishlarini mustaqil olib borish mahoratini egallashi;