Shahrisabz davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 40,51 Kb.
səhifə8/9
tarix04.10.2023
ölçüsü40,51 Kb.
#151989
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jami:

150






VII. Talabalarning pedagogik amaliyotini hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash.

  1. Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar. Amaliyot mobaynida bajarilgan vazifalar kundalik daftarda qisqacha qayd etiladi va bajarilgan ishlar to‘g`risida namunalar olinadi va hisobotda ilova qilinadi.

  2. Amaliyot o‘tkazilgandan so‘ng talabalar amaliyot davomida yuritgan kundalik daftarlarini va hisobotlarini to’liq holda amaliyot rahbariga topshiradi.

  3. Amaliyot yakuni bo‘yicha taqdimot tayyorlaydi. Taqdimotda bajarilgan vazifalar bo‘yicha ma’lumotnoma va fotolavhalar taqdim etadilar. Rahbarlar tomonidan qo’shimcha savolar beriladi.

  4. Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ba’zi kunlari amaliyotga o’tamasa, institut o‘quv darslariga ta’sir qilinmagan holda o’sha kunlardagi amaliyot ish rejasini amaliyot rahbarining ko’rsatmasiga ko’ra qaytadan amaliyot o’taydi, aks xolda amaliyotning yakuniiy bahosi qo’yilmaydi.

  5. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga yakuniy baho qo‘yiladi.

  6. Pedagogik amaliyotdagi talaba faoliyati 100 ballik (kredit modul) tizim bo’yicha baholanadi va talabaning stipendiyasiga tavsiya etishda hisobga olinadi. Talabaning amaliyot bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi.

  1. 5” baho (90-100 ball) - talaba malakaviy amaliyot davrida olgan nazariy bilimlarini amalyot bilan bog`lay olsa, matеrial bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, hayotga tadbiq еta olsa, faol ishtirok etib, amaliyotga oid hujjatlarni to‘liq tadbiq eta olsa, amaliyot ish rejasiga ko’ra va rahbarning bergan topshiriqlarini vaqtida bajara olsa;

  2. 4” baho (70-89 ball) - talaba malakaviy amaliyot davrida kеrakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, faol ishtirok etsa, ammo kichik xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, topshiriqlarni 70% dan ortig’ini bajarsa;

  3. 3” baho (60-69 ball) – amaliyotchi talaba nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga yetarlicha ega bo‘lmasa, xatoliklarga yo‘l qo‘ysa, topshiriqlarni 60%dan ortiq bajarsa;

  4. 2” baho (0-59 ball) - talaba malakaviy amaliyot davrida amaliy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmasa, amaliyotga oid hujjatlarni taqdim eta olmasa va jiddiy xatoliklarga yo‘l qo’ysa.

  1. Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amliyot mobaynida bajargan ishi qoniqarsiz deb topilgan talabaga fakultet kengashining ruxsati bilan o‘quv darslaridan ozod qilinmagan holda malakaviy pedagogik amaliyotni qaytadan o‘tish belgilanadi.




Yüklə 40,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin