«...Musulmonning ishqi kofirga tushdi-ey,
Yor, yorlarim...»
XI
Kun botishga borayotgan vaqtda «otaxon» bilan «bo-
laxon» katta darvozadan kirib bordilar. Ayvonda ag‘nab
yotgan Hakim jon mingboshini qo‘yib Miryoqubga arz
qildi:
179
— Yurtda hali-hozir tinchlik. Unaqa zo‘r degunday
ish yo'q. M ayda-chuyda arizalar ko'p, albatta. Ularning
ko'pini o'zim to'g'rilab yubordim. B esh-to'rtta kattaroq
arizalar bor, ularni o'zim cha hal qilishga botinolmadim.
Ichkarida ahvol tuzukka o'xshaydi. Yangi kelinning
otasi ikki kecha yotib, bugun sahar jo ‘nab ketdi. Qizi, af-
tidan, ancha yumshargan, shekilli: katta kundoshlari
tom onidan ham harakat katta... Har kun qorilar kelishib,
«chillayosin» o'qilib turadi... Xo'jayin ketganlaridan beri
kelinchak o 'zi ham tinchib qolganga o'xshaydi. Tutqaloq
tutm as emish. Bilmadim, xo'jayin keldilar, yana bosh-
lanmasa... Kunduz kunlari kulib, dutorni sayratib, ashu-
lani baland qo'yarmishlar.
A ytgancha, xo'jayinning u chinchi xotinlari —
Sultonxon ham otasinikidan kelib qolibdi. «H am m a
baloni o'sha qildi», derdilar, o 'zi ham juda bo'g'ilib, ni
ma qilishini bilmay, o'tiradigan joy topolm ay yurar
ekanmish. Endi birdaniga juda boshqacha bo'lib kelibdi.
«Hamma hayron», deydi. Katta kundoshlari uning bu
xilda o'zgarishiga sabab topolm asdan hayron bo'lishar
emish. Darvozadan xuddi yaqin o'rto g 'in i ko'rgali kelgan
qizday kulib va quvnab kirib, to 'p p a -to 'g 'ri kichik kelin
ning yoniga kirgan emish. Kechagina qarg'ab, so'kib
«o'ldirsam!» deb yurgan kundoshini o'pib, quchoqlab,
silab-siypab bir nafasda ikkalasi «qalin do'st» bo'lgan
emishlar. Endi kichik kelin ham tez-tez «Sultonxon
ayam qanilar?» deb so'rab turarmish. Bu kichik kelinning
kelishi o 'sh a Sultonxonning boshida bo'layotgan
nayranglar em asm i? Nega bu xotin bunday qiladi?
Hayronm an, M iryoqub aka!
— Hayron bo'lm ay qo'ya qol! — dedi Miryoqub. —
Xotin kishining ko'nglini xudodan boshqa hech kim bil
maydi. Birdaniga bunday o'zgargan bo'lsa, tagida bir gap
bor. Ishqilib bundan qo'rqqulik!..
— Shunga hayronman-da! — dedi yana Hakimjon.
— M en boshqa narsaga hayronm an, — dedi M ir
yoqub.— M en H akim jonning mingboshi dodhoga
beshinchi xotin bo'lib tegmaganiga hayronman.
— Tilingiz qursin, Miryoqub aka! Shu ham gap mi en
di?
180
— Qayerdan bilding bo'lm asa bunday ikir-chikirni?
Bu hammasi xotin kishi biladigan gaplar.
— E, Miryoqub aka! Siz xo'jayin bilan birga yurasiz
shaharm a-shahar, qishloqm a-qishloq — kayf qilib! M en
bo'lsam , qoqqan qoziqdek shu joydan bir qarich jilol-
mayman. Ish bo'lsa, ham shu yerdam an, ish bo'lm asa
ham. Bo'sh vaqtim ko'p... zerikaman. O 'tgan-ketgan
xotin-xalaj, qiz bolalam i to'xtatib, gapga solaman. «Birga
ming qo'shib» uzatishadi. Avniqsa, mening bir do'stim
bor: Umrinisabibi degan. Bahrining onasi bor-ku? K o'p
gapni o'shandan eshitdim.
— Q o'y endi, kechqurunning maslahatini qilaylik.
Bugun kechqurun kuyovni bir ish qilib suyganiga
qovushtirmasak bo'lm aydi. Juda alangasi osmonga chiqib
ketdi! O 'zi ham xunuk ish bo'ldi. El og'ziga tushsa,
yom on bo'ladi.
— Albatta. Hali ham uncha-m uncha gap-so'z yo'q
emas. Yangi kelinni ancha bo'shashib qolgan, deyishadi.
Xadicha xolam bilan gaplashib ko'ring.
M iryoqub darvoza oldiga borib, X adichaxonni
chaqirdi. X adichaxonning aytgan gaplari H akim jon
bergan m a’lum otning ayni o 'zi edi. Miryoqub kulib
qo'ydi... M iryoqubning fikricha, endi nozli kelinga —
mingboshining shaharda izhor qilgan fikrini, ya’ni uning
faqat dutor va ashulaga oshiq bo'lganini, itlik tuyg'ulari
to 'g 'risig a kelganda, ularni astoydil niqtalashga bel
bog'laganini eshittirilsa, balki qiz ham «yo'q» demasdi,
birinchi uchrashuv tutqaloqsiz o'tib olsa, undan keyin
oson bo'lardi. Bu m ulohazani Xadichaxonga eshitirdi.
Buni eshitgach, Xadichaxon uzil-kesil o 'z fikrini bildira
qo'ydi:
— U nday bo'lsa ish jo 'n , — dedi. — H ozir kirib
gaplashaman. Kechgacha xayriyatlik xabarini eshitdirar-
man. Siz ayvonga, kuyovning yonlariga boring: jindek
ovqat boridi, hozir chiqaraman.
O 'rnidan turgach, bir ko'zining bir chekkasi bilan
Miryoqubga qaradi:
— Sizga javr bo'ldi, Miryoqub! — dedi. — Mingboshi
dodho xuddi bir go'dak bola; siz — ona... Siz bo'lm asan-
giz, ochidan o'ladi u kishi...
181
O vqatdan so‘ng bir-ikki choynak choy ichildi.
Hakimjon bir-ikkita ariza ko‘tarib kelib, mingboshidan
fikr so‘radi.
— Sira esing kirm adi-da, Hakimjon! — dedi m ing
boshi. — Shu topda ariza quloqqa kiradimi? Q ulog'im —
ichkarida! Ertagacha tura tur, bir-ikki kun kechiksa,
hech balo b o ‘lmas! Juda shoshilsang, ana u betavfiqdan
so‘ray qol!
Xadichaxonning chaqirishi bilan eshik oldiga borib
bir nafasda yana qaytgan M iryoqub m ingboshining
yelkasiga qoqdi. Mingboshining ikki ko‘zi undan uzil-
masdi.
— Suyunchi bering, xo'jayin! Bugun, mana, ashula
eshitasiz.
— Shukur-ey! Shukur-ey! — dedi kuyov. — Og'zing-
ga qantu now at!
— Bilib qo'ying, xo'jayin, — dedi Miryoqub jiddiy bir
chehra bilan: — Menga bergan va’dangiz bora-a! D utor,
ashula! Itlikni tashqarida qoldirib kirasiz...
So'ngra ovozini pasaytirdi va muloyim qilib, dedi:
— Rost aytaman, xo'jayin. Dastlabdanoq cho'chitib
qo'ymang... Yosh narsa.
M iryoqub uyiga ketdi. Mingboshi, kech kirguncha
o'tadigan «bir necha yillik» vaqtni qisqartmoq uchun
qorong'i mehmonxonaga kirib, ko'zini yumdi.
* * *
Miryoqub to 'p p a-to 'g 'ri o'z uyiga borib, zarur bir ish
bilan ikki oylik safarga chiqayotganini aytganidan keyin,
xotinining qo'liga yetarlik pul berdi. Ba’zi bir gaplarni
tayinladi. Guzarga chiqib, o'ziga qarashli baqqolga uyidan
xabar olib turish vazifasini yukladi. U yoq bu yoqqa borib,
o'zining xususiy ishlarini to'g'riladi. Xufton paytlarida
mingboshinikiga kelib, ahvoldan xabar oldi. Kuyovning
ichkarida ekanini, birinchi ko'rishuv tutqaloqsiz o'tgani-
ni, lekin hali hozircha dutor va ashula ovozi eshitilma-
ganini aytdilar. Bu to'g'rida ham ko'ngli joyiga tushdi.
Hakimjonga mingboshi dodhoning mansabiga oid b a’zi
ishlarni tayinlagach, ertaga erta bilan yana shaharga tushib
chiqmoqchi bo'lganini aytib, u yerdan chiqdi.
182
Ichkarida xotini yig'lab o ‘tirardi. Bolalari uxlagan
edilar. Tovoqdagi oshning ko'pi yeyilmay qolganligi
ko‘rilardi. Dasturxon ustida guruch donalari ko'p edi.
D em ak, oshni bolalar o ‘zlarigina yeganlar. O nalari
yemagan...
— Nimaga yig‘laysan? — dedi Miryoqub.
— Shahardan bugun keldingiz. Endi ikki oyga keta
m an, deysiz... Yosh-yosh bolalaringiz bo'lm asa ham
mayliydi...
— Bolalarimga yetarli pul qoldirdim. Baqqolga ta-
yinlab qo‘ydim, nima desang, berib turadi. Ikki oy uzoq-
mi? Lahzada o‘tadi-ketadi. Ish bo'lm asa, yurmas edim,
ish bor, nochor-noiloj yuraman. «Ish qilma, pul topma!»
de, ishni sen qil, pulni sen top, men uyda o ‘tiray, jon
deyman...
Xotini jim bo‘ldi. Faqat yig'idan tiyilmagan edi.
— Gugurt ber. M ehm onxonaning chirog‘ini yoqay.
— M en sizga ana u so‘riga joy qilib q o ‘ydim.
Ketadigan kuningiz bolalaringiz bilan birga yoting endi.
— Sen o'zing bilasanki, men ichkarida yotolmayman.
Ichkarida yotsam, kechasi bilan ko'zimga uyqu kelmay-
di. Gugurtni ber, chiqib tashqarida, ayvonchada yotay.
Tinch uxlasam, sahar turib, jo 'n ab ketaman.
Xotin gugurtni uzatdi.
— Tur, o ‘rta eshikni zanjirlab ol.
Xotin indamasdan o'rnidan turdi va uzun yengi bilan
ko'z yoshlarini arta-arta erining orqasidan darvozagacha
keldi.
— Q achon uyg'otay? Yo'lga nimalarni tugib qo'yay? —
deb so'radi xotin xo'rlikdan ovozi tutilgan holda.
— Hech narsa kerak emas. O 'zim uyg'onaman.
O 'rta eshik juda ohistalik bilan yopildi. So'ngra yana
o'shanday ohistalik bilan zanjir solindi. U ndan keyin,
ayvonchaga yetib qolgan Miryoqubning quloqlariga yana
o'sha tom ondan ho'ngrab yig'lagan bir ovoz eshitildi...
M ehm onxona eshigini ochib, gugurtni chaqqan
vaqtida m ehmonxonaning o'rtasida ikki qulochini keng
yozib... Poshshaxon turardi!
Bu d a f’a Miryoqub, bir tom ondan, nomerda qolgan
oltin sochli dilbarni o'ylab, yana, bir tom ondan, mud-
183
hish sudning so'roqlarini eslab, Poshshaxonga sovuq
muomala qildi. Uni hali vaqt o ‘tm asdan uyiga qaytib
ketishga qistadi. Nasihat qilgan bo'ldi...
Faqat u nasihatlardan hech narsa chiqmadi. Hayotida
shu nomashru erdan boshqa hech bir yupanchi bo'lm a-
gan yosh xotin uning bo'yniga mahkam osildi, shu qadar
hirs bilan osildiki, M iryoqub uning irodasiga bo'yin
egishga majbur bo'ldi.
«Bu foniy dunyoda mashru yo'l bilan bitadigan biror
narsa bormi o'zi» — dedi Miryoqub o'z-o'ziga.
XII
Miryoqub ertalab uyqudan ko'zini ochgan vaqtida al
laqaysi stansiyadan jo 'nag an poezd u izdan-bu izga
do'qillab o'tm oqqa edi. Vaqt hali erta bo'lganligidan bi
rinchi klass vagonning yumshoq yo'lagi tom onidan hech
qanday oyoq tovushi eshitilmadi. D em ak hali ham m a
yo'lchilar uyquda. Ehtiyot bilan bosib o'tgan bir oyoq
sharpasi bir nafasgina eshitilib, so'ngra uzun yo'lakning
chuqurliklariga botib, yo'q bo'ldi...
Poezd stansiya chegarasidan o'tib, ekin dalalari orasi-
ga kirgan edi. Bir terilgan paxtalar yana cham an-cham an
ochilib yotardilar. Allaqayda bir sigirning m ung'ayib
m a’rashi eshitildi. Eshak mingan bir yo'lchi stansiyaga
tom on nam langan tuproq ustida, bolalarning olma parra
kegaychalari singari, ko'zga ilashar-ilashmas qimirlardi-
lar. U ndan keyin orqalarida chang bulutlarini qoldirib,
otliqlar o'tdilar. So'ngra aravalar, piyodalar, yana eshak,
yana otlar bir-birini ta ’qib etdi.
Erta bilanning sovuq shabadasi sur tuproq changlari-
ni asta-sekin vagon derazasi orqali ichkariga tom on sura
boshladi.
Miryoqub bir nafasga ko'zini yumdi. Poezd keskin
burilish bilan chapga qayrildi, chang bulutlariga ko'm il-
gan qishloq ko'chasi o'ng tom onda qolib ketdi. Olisdagi
tog'larning nil rangli suratlari gavdalandi. Baland-past
daraxtlarning uchlarida ham da keng dalaning bir qismi-
da ertalabki quyoshning parchavaga o'xshab yoyilgan
shu'lasi ko'rindi. Qalin daraxt oralaridagi n om a’lum
184
qishloqlardan k o ‘tarilgan tu tu n ustunlari u joylarda
odam lar yashaganini ko‘rsatardi. Poezd chapga burilgan-
dan keyin sovuq shamol dalalarning xush yoqadigan
salqinini olib kelib, yuzlarga urdi...
Shu topda ko‘zlar ixtiyorsiz pastga qaraydi...
0 ‘z yozmishini begona bir osiyolikning qo‘liga top-
shirib qo'ygan va mashru nomi tashlanib, qalbaki nom
berilganiga xursand bo‘lgan moviy ko‘zli go‘zal yumshoq
o ‘rinda silkina-silkina uxlamoqda edi. Shu kecha ayniqsa
baxtli bo‘lganmi bu juvon yoki shirin tushlarning sehrli
quchog‘ida suzadimi — nima b o ‘lsa b o is in — shu topda
muloyim kulimsirab, juda chiroylik uxlaydi. Bu uxlash-
ning chiroyliligini Miryoqub tushunolm aydi, albatta!
Bu xotin butun kecha b o ‘yi juda tinch va xotirjam
uxlaganga o ‘xshaydi. Bir oyog‘i tizzadan quyisi bukilib,
so‘richadan pastga osilibdi, bir oyog‘i unisini quvlab
borib so‘richaning qirg‘og‘ida uxlab qolibdi. U zun
ko‘ylagi butun badanini kam -ko‘stsiz yopib turadi. Faqat
bir yengi tirsakkacha shimarilib qolgan... Oppoq q o ilari
va bilaklari o ‘z yonida — o ‘z onasining to'qlisiday — bir
chiroylik uxlaydi. Miryoqub undan ko‘zini ololmaydi.
Yuqoridan turib, shu bir siqim vujudni tom osha qiladi.
«Meniki, shu go‘zal maxluq meniki, butun meniki», dey
di va quvonadi. Faqat qulog‘i ostida кара tikib yotgan
tergovchi darrov o ‘z borligini bildiradi:
—
«Miryoqub! Qaysi ko‘zing bilan shu chiroylik man-
zaraga qaraysan? Haqqing bormi unga bu xilda quvonib
qarashga? Sen bilan k o ‘rishganidan beri, bu juvon
boshqa har narsani unutdi. Berlindagi sevimli akasi ham
esiga kelmaydi. Bilasanmi, tushida ham seni ko‘rayotir u!
Sen nonko‘rni! Sen bevafo d o ‘stini! Sen usta savdogar-
san, bilamiz, hurmatlaymiz! Sen pulni o'ynatasan, pul
bilan o ‘ynashasan! U sening q o iin g d an keladi, ortig‘i bi
lan keladi! Pul bilan o ‘ynashsang, pulni o ‘ynatsang,
yaxshi b o ia rid i.
Sen chakki — m unaqa go‘zal
maxluqlarning ko‘ngli bilan — o ‘ynasha boshlading
G o ‘zal xotinlarning ko‘ngli jonon piyolaga o ‘xshaydi,
sendek q o ‘pol kishilar uning jaranglaganini eshitmasdan
turib sindiradilar... Singandan so‘ng ulardan ayanch
narsa qolmaydi dunyoda!»
185
— «Meni behuda ayblaysiz. M en uni iflos joylardan
o ‘g ‘irlab olib chiqdim. Endi hech bir harom qo‘l, no-
mahram qo‘l tegolmaydi unga! U hozir nomusli bir
erkakning nomusli xotiniday toza...»
— «Sen o ‘zing-chi? Sen o ‘zing? Endigina qilingan
yangi gunohlaring bilan?»
— «Yangi gunoh qilganim yo‘q. Hali ham eski
gunohlarim ketimdan quvalab yuribdi. 0 ‘shalardan qutu-
lay, deb qochdim. Qochib ketayotirman. Bas endi m un
cha ta ’na».
— «Har, nim a desang, de, ikki kun aw al noyib
to ‘raning xotini, bir kun aw al mingboshi dodhoning xo
tini sening q o ‘yningda edi. Endi bugun-erta bu oq
ko‘ngil maxluqqa ham chang solasanmi? Qanday botina
olasan?»
— «Men munga tegmoqchi emasman, tegmayman
ham. Siz bilmaysiz, shu xotin bilan ko‘rishganimdan beri
o ‘z -o ‘zimni taniy olmay qoldim!»
M iryoqubning bu so‘zlari to ‘g‘ri edi. U , chinakam,
ham m a vaqt bu xotinning yonida o ‘tirib, u bilan bir xo-
nada yotib borishga majbur bo‘lsa ham , unga qo‘1 uzatish
degan vasvasali fikr bilan doim kurashib kelardi. Belgisiz
bir joyda, belgisiz bir zam onda, belgisiz shartlar ichida
ular ikkalasi, o ‘z-o ‘zlaridan qo'shilib qolishlari kerak edi.
Xotin ham shu xilda o'ylab, shu xilda tushungani uchun
o ‘zini ona qo'ynida ketayotgan kabi sezardi. Shu uchun
bo‘lsa kerak, Miryoqubning m um kin qadar o ‘zini chetga
tortishga urinishlarini anglayolmasdi.
Hayfki, ular ikkalasi bir-birining tilini yaxshi angla-
yolmaganlari uchun yo‘l bo‘yi o ‘ylab va o'ylanib borish
ga majbur bo‘lsalar-da, har kungi o ‘ylari va ishtibohlarini
bir daftarchaga yozib borishni eslariga keltirmadilar. Ular
ikkovi bittadan «kundalik daftarcha» yuritgan bo‘lsalar,
mana bunga o ‘xshagan yaxshigina sarguzashtnoma hosil
b o ‘laridi.
J a k o b .
Dostları ilə paylaş: |