«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kecha va kunduz

' V a h i y — v a q f .
233


Abdisamat mingboshi ekanini bilib, haligi n o ‘g‘oy domla 
bilan murosaga ham bordim -ku-ya... H ar qalay, boshda 
ahvoldan bexabar, qattiq gapirib qo'yib edim... Attang! 
Shu tashvishlarga A bdurahm on ponsod sabab bo'ldi, 
bachchag'ar! Noinsof! Bo'lmasa, jimgina o'tirib edim. 
Keyin no'g'oy domlaning oldida odamlarga bir-ikki og'iz 
va’z qilib, la’nati jadidning ko'nglini ko'tarib qo'ydim - 
ku-ya...». Albatta, dedim, n o 'g 'o y ham — musulmon, 
ahli sunnat, toshkentlik ham -r- musulmon, ahli sunnat... 
Hammamiz bir odam. Dunyoviy ilmlarni o'qish ham 
shariatimizda bor, chunonchi, janobi hasti payg'am - 
barim iz «utlubudilm u valavkana bissi», y a’ni «Chin 
mulkida, ya’ni Xitoyda bo'lsa ham ilm talabida bo'lg'il», 
deganlar. «Bu «hadisi sahih», dedim. Jadid domla xur­
sand bo'lib ketdi: «Shunday haqiqiy ulam olar bo'lsa, 
millat taraqqiy qiladi», dedi. Shu «Millat» degan so'z tu- 
faylidan 
yana 
jindik 
m unozara 
qilib 
olishdik. 
Abdurahm on ponsod n o'g'oy dom ladan «Millatingiz ni­
ma?» deb so'rab qoldi, no'g'oy dom la aw al «Islom mil- 
lati», dedi, undan keyin negadir «Islom va turk millati», 
deb «turk» degan toifani ham qo'shib qo'ydi. Men chi- 
dayolmadim: «Yo'q, dedim, musulm on odam dan «mil- 
lating nima?» deb so'ralsa, «Millatim Ibrohim Xalillullo» 
deb javob berishi vojib. Dinimiz — islom, millatimiz — 
millati Ibrohim Xalillullo. «Turk» degan toifa O 'zgan ta- 
raflarida bor, o'zlari elatiyadan, bizning sartiyadek kasir 
ul-adad1 emas, uning millatga hech bir dahli yo'q!» de­
dim. U ndan keyin hasti Ibrohim Xalillullo to'g'risida 
xasti So'fi Olloyordan dalil keltirdim:
Xalillullo uchun yondirdilar nor,
Qadam qo'ymay o'shal o ‘t bo'ldi gulzor.
Jadid domla turib «Ibrohim payg'am bar — yahudiy- 
lar payg'ambari, hatto to 'rt kitobdan biriga ham ega 
bo'lgan emas», dedi. «Tavba, de, eshak!» deb baqirdim. 
O rtiqcha qizib ketibman. Keyin pushaymon bo'ldim ku- 
ya... Endi foydasi yo'q. Afsus! Afsus!»
' K a s i r u l - a d a d — к o ‘ p s o n l i .
234


Im om dom la kelgandan so ‘ng, k o ‘p o ‘tm asdan, 
mingboshi m achitdan chiqdi. Otiga otlanib turib, ellik- 
boshi bilan bir-ikki og‘iz gaplashdi. Aminga va boshqa 
ellikboshilarga sipo qarashi bilan bir qarab qo‘yib, yana 
darhol yo‘lga tushdi. G uzarda o ‘tirgan besh-olti kishi 
hayron b oiish ib , bir-birlariga qarashdilar. «Nimaga kel- 
di-yu, nimaga darrov jo ‘nab qoldi?» degan savolga javob 
axtardilar.
— Nimaga am inni chaqirtirm asdan, im om domlani 
chaqirtiradi?
— Nimaga im om domla kelar-kelmas, jo ‘nab qoladi?
— Nimaga bu safar yigiti ko‘p?
— Nimaga qishlog‘iga qaytib ketmasdan, daryo to ­
monga o ‘tdi?
— N imaga guzarda o ‘tirganlarga hech narsa demay 
o ‘tdi?
— Nimaga? Nimaga?.. Nimaga?..
Duv-duv gap ketdi. H ar kim har tordan har xil ovoz 
chiqardi, lekin hech bir ovoz quloqqa yoqmadi, «soz 
tushmadi». M achit tom onda im om ko'rindi. U ning yuzi- 
ga tikildilar.
— Hoy, kal, sarason soldingmi? Hali o ‘tganida, 
imom domlaning qosh-qovog‘i soliq edi. Endi ochila 
tushibdi. Xayriyat b o is a kerak.
— So‘raymiz qo‘yam iz-da, jinni, — dedi kal.
— Sen so‘ra, tilla bosh, senga aytadi.
— So‘rayman, qovoq bosh. So‘rayman, nima?
Imom domla sekin-sekin, lekin ishonchli va xotirjam
oyoq tashlab, guzar o ‘rtasiga keldi. Ikki tom ondan sa- 
lomlar koiarildi.
— Taqsir, choy bor ekan! — dedi kal. — Bir piyola 
tutaylik.
— Qulluq! — dedi domla, to ‘xtadi. — Uyga boray...
— Bilamiz, taqsir, yangi uylangan odamdi gapga tutib 
boim aydi: mingboshi dodho nima xabar olib kelgan 
ekan, deb so‘ram oqchi edik.
Im om domla kuldi.
— U ylangandan emas, H asanboy, — dedi. — 
Boshinglar qichim aganda, tilinglar qichib turm asa 
b o im ayd i-d a, a?
235


Guzardan kulgi ko'tarildi.
— Qichig‘ini bosib o'ting, deym iz-da, domla! — dedi 
kal Hasan.
Yana kuldilar. Domla qip-qizarib ketdi.
— Mingboshi dodho yurtning om on-esonligini so‘rab 
o ‘tdilar, xolos. Boshqa gap aytmadilar. X o‘sh, menga 
javob endi!
D om la yana yo‘liga tushdi. G uzar odamlari uning 
gapiga ishonib yetmadilar, Hasan kal dedi:
— Bizdek fuqaro yolg'on aytganda, ishonm agan 
odam bir-ikki marta zo‘raki yo'talib qo'ysin. Amaldor 
bilan dom la-im om yo obro'yi katta boylar yolg'on aytsa, 
ishonmagan odam kavishini qo‘lga olib tursin: « 0 ‘g ‘ri 
ketdi» bo'lm ay iloji yo‘q!
Yana kuldilar.
N arida ko'prik boshida domlaga Umaraliboy duch 
keldi.
— Ha, domla, Akbarali nim a dedi?
— Mingboshi dodho hech narsa deganlari yo'q. 
«Jam oatning nam ozga yurishi qalay?» deb so'radi. 
«M a’nisi yo‘q», dedim. «Ellikboshiga aytaman, k o ‘proq 
haydab beradi». Shu xolos.
U m arali qahqaha solib kuldi.
— U m rida bir marta peshonasi sajda ko‘rganmikin, 
so‘ramadingizmi?
— Katta odam. M en nim a deyolaman.
— Xayr, domla! — dedi boy. Yo‘lga tushdi. Keyin 
orqasiga qayrilib kuldi va dedi: — Zam onaning oxir 
bo‘lgani shu-da, taqsir. Benamoz rais bo'lib, nam ozdan 
qolganni tergaydi!
U ch kundan keyin jum a namoziga juda ko'p odam
yig'ildi. U m um an, machit bilan hech bir aloqasi bo'lm a- 
gan kishilar ham qoq yerga belbog'larini yozib, faqat 
peshonalariga yarasha joyni to'shadilar, im om dan burun 
bosh ko'tardilar, im om «ollohu akbar» deb sajdaga egil- 
ganda, bular qiyomga ko'tarildilar... Saflarda pix-pix 
kulishlar ketdi. Salom berilar-berilmas, yo'talga zo 'r 
berib o'rinlaridan turgan «nam ozxonlar»ni so'fm ing, 
yog'lanm agan aravaniki singari, ingichka va g'ashga 
tegadigan ovozi to'xtatdi:
236


— Xaloyiq! Y aqin-yaqin kelib, im om dom laning 
va’ziga quloq solinglar!
Xalq orasida o'tirgan am in va ellikboshilar ham 
ularning belgilab q o ‘yilgan kishilar so‘fining so'zlarini 
ilib oldilar:
— Ha, jamoat! Domlaning so'zlarini eshitish zarur!
Yuqorida ayvonning ichkarisida o'tirgan domla saf
oralab tashqariga chiqdi. Panjara eshik oldida to ‘xtab, 
gap boshladi.
Mingboshi o ‘sha kungi kelishida, shahardan berilgan 
ta ’limotga muvofiq, ham m a machitlarda to ‘xtalgan, ju- 
m adan so‘ng odamlarga va’z aytib, «ularni tinch tiriklik 
bilan shug'ullanishga va har xil fitna-fasodlarga beril- 
maslikka» chaqirish vazifasini m achit imomlari zimmasi- 
ga yuklab ketgan edi. Bizning domla, so‘z topolmasdan 
tutilibroq va qiynalibroq boshlasa-da, keyincha jo'nashib 
ketdi, qavmining ham masi deyarlik savodsiz qishloq 
odam laridan iborat bo'lganiga qaram asdan, «balog'ati 
arab va fasovati fors»ni m um kin qadar ko'p ishlatdi, 
eshon SoTiga juda muxlis bo'lganligidan uning m a’nilik 
baytlaridan anchasini har yer-har yerga qistirib o ‘tdi. Bir 
qancha vaqt zo‘r berib, shahardagi hokim to ‘ralarni, 
o ‘zimizning «Mulla Akbarali dodho»ni, shular qatori- 
da — garchi boshqa m ahkumning ulug‘i b o isa-d a — 
«farosatlik, hushyor, donishm and, saxiy va m uru w at- 
mand» hukum atdorlardan mulla Abdisamat mingboshini 
m aqtab o ‘tdi. «N o‘g‘oy domla eshitsin», deb yangi za- 
m on m aktablaridan, unda Q u r’onning tajvid bilan 
maxrajiga to ‘g‘rilab o ‘qitilishidan, u maktabda o ‘qigan 
bolalarning «Shariatu imon»ni kattalardan yaxshiroq bil- 
ganlaridan, ozod bo‘lishiga yaqin Misr ohangida salovat 
o'qiganlaridan, uni eshitgan odam yig‘lamay o'tolm a- 
ganidan, hatto... hatto garchi u maktabning domlasi bo- 
lalarga «Yer m u d aw ar, y a’ni bam isoli soqqa yoki 
yong'oq va yoki tarvuz — dumaloq», degan bo'lsa ham, 
bu da’voning shariati Mustafoga uncha xilof kelma- 
ganidan, ya’ni, eshon So'fi Olloyor, Amir Navoiy, 
Mavlono Fuzuliy, eshoni Haziniy abyotlarida falakning 
gardishi, y a'ni aylanishi xususida ko'p so'zlaganidan 
gapirdi. Bosh qizib, gap qozoni qaynagandan so'ng dom -
237


lamiz aljiy boshladilar. G aplar poym a-poy kela boshladi. 
U ndan keyin qavmning namozga kam yurganiga, boy­
larning zakot va sadaqa xususida shariat am ridan chet- 
lashganlariga, qishloq odamlari orasida «хашг», ya’ni 
aroq ichadiganlarning ko‘payganiga o ‘tdi... H ech kimni 
qoldirmay, so‘ka boshladi. Endi bu ruhoniy gramofonni 
to ‘xtatish qiyin edi. D om la koyisa yonidagisi, albatta, 
xursand b o ‘lardi. Domlaning o ‘tkir tillaridan faqat ellik- 
boshilar bilan aminlargina qutulib qoldilar.
D om la so‘zni tam om qilgandan keyin odam lar yana 
o ‘rinlaridan tura boshlagan edilarki, ayvonning ichidan 
Umaraliboyning xirqiroq ovozi ko‘tarildi.
— D om la yaxshi aytdilar! Balli domlaga! — dedi 
boy. — Benamozlarning kasofatidan ham m ayoq qim ­
matchilik b o ‘lib ketayotir!
— Xotinbozning kasofatidan-chi, xotinbozning? — 
dedi birov pastdan.
— Boybuva o ‘z qilmishlaridan ham gapirsin jindak! 
Eshitaylik! — dedi yana birov.
Boy achchig‘landi. Saf oralab ayvon qirg‘og‘iga keldi.
— Kim u menga ta ’na qilgan? Qaysi benamoz? — de­
di u.
0 ‘zi qaltirardi. Javob bo‘lmadi.
— Im om domlaning qo‘llariga darra olib beramiz en ­
di, benam ozlarning jazosini beradi! — dedi ichkaridan 
tashqariga chiqayotgan Yodgorxo‘ja.
— Sudxo‘rdan gap eshiting! Sudxo‘rdan! — dedi past- 
dagilardan biri.
— Pul meniki! Kimga qanday shart bilan bersam — 
ixtiyor o ‘zimda! Senga nima, o ‘g‘ri? — dedi Yodgorxo‘ja.
— 0 ‘zing o ‘g‘ri, ham m ani o ‘g ‘ri deb bilasan!
— N im a, nima?
— Hovliqma!
— Bilasizmi, taqsir, — dedi Umaraliboy, — ham m a 
balo amaldorlarimizning yomonligida. — Mingboshimiz 
Akbarali b o ‘lsa, peshonasini bir um r sajda k o ‘rgan 
bo'lm asa, xotinlari buzuq bo‘lsa, o ‘zi piyanista, buzuq 
odam b o ‘Isa! Boshqalardan koyib b o ‘ladimi?
— H ay, U m araliboy, unday demang! — dedi 
im om .— M ulla Akbarali dodhoga til tegizmang. U kishi-
238


dan fuqaro hech qanday bir yomonlik ko‘rgan emas. 
U ncha-m uncha chakki yurishlari b o isa , am aldor ham
podshoday gap, podsholarga buyuradi o ‘zi...
— Men mulla Abdisamatga hech narsa demayman, — 
dedi Umaraliboy.
— Mulla Abdisamat b o is a ham m a jon deydi! — dedi 
Yodgorxo‘ja.
— Mulla Abdisamatdek am aldor yo‘q! — deb davom 
etdi U m araliboy. — A kbarali odam m i? Sipomi? 
Amaldormi? U ning o'rn id a men b o isam , guzardagi 
samovarlarni taqa-taq berkitdirardim. H am m a benam oz 
shu yerga yigiladi. N am oz o'qim aganni yozda dar- 
ralatardim, qishda — muz teshib, suvga pishardim.
— Shuning uchun xudo senga amal bermaydi-da! — 
dedi birov pastdan.
— Tuyaga qanot bersa, qaysi imorat sog‘ qoladi? — 
dedi kal Hasan.
H am m a kulib yubordi.
Umaraliboy yana davom qildi:
— M en am aldor b o isam , shu qishloqdan besh-to‘rt- 
ta yalangoyoqni Sibirga haydatardim.
— Habbarakalla! — dedi Yodgorxo‘ja.
— Biz Sibirga ketardik, senlar qolib — bittang qish- 
loqda sog‘ xotin qoldirmasiding, bittang — yuzni mingga 
berarding!
— Yurt obod boiardi!
— Bittang Qumariqning suvini o 'z yeringdan chiqar- 
masding. Bittang Katta ariqdan qishloq odamlariga bir 
tom chi ham suv bermasiding. Xayriyat. Amaldor emas- 
san!
— B o ia m an amaldor!
— Ko'ramiz!
— Ko'ramiz!!
Umaraliboy qizib ketdi:
— Ko'rasan! K o'rsatam an sen xotin taloqlarga!
Pastdagilarning ham m asi deyarlik n a ’ra soldi:
— Kim xotin taloq?!!
0 ‘nlab kishi mushtini tugumlab ayvonga yugurdi. 
Baqirishlar, dodvoylar, faryodlar ko'tarildi. O g ir musht- 
larning o g ir zarbalari eshitildi. Butun qavm bir-biriga
239


kirishib ketdi... Amin osmonga qaratib bir-ikki m arta 
to ‘pponchadan o ‘q chiqardi. Unga qaragan va ahamiyat 
bergan bo‘lmadi. Bir yigit rosa m o ‘ljallab turib, aminning 
qo‘liga mushtlagan edi, to ‘pponchasi qo'lidan tushdi. 
U ni boshqa bir yigit olib yoniga soldi, yonidagilarga 
qarab mag‘rur-m ag‘rur... kuldi. M uni ko‘rgan ikki ellik- 
boshi o ‘zini darvozaga urib qochdi. M achit ayvoni ol- 
didagi eski chirik panjaraning sharaq-shuruq sinishi 
ko‘chaning u yuzida cho‘ziq bir aksi sado berdi.
Bir ozdan so‘ng butun qishloq isyon holatida edi.
* * *
Mingboshi bu yoqqa yigit ortdirish to'g'risida buy- 
ruqning am in va ellikboshilar tom onidan nechuk baja- 
rilgani xususida 
rasmiy m a’lum ot kutib 
o ‘tirdi. 
Qishloqlarni aylangan vaqtida amin va ellikboshilarning 
b a’zilariga u yana eslatib o ‘tgan edi. H akim jondan tez- 
tez so‘rab turardi. U bu ishni m um kin qadar tez va ham ­
madan oldin bitkazib, o ‘zi shaharga tushm oqchi, hokim 
to'raga arz qilib o ‘z sadoqatini ko'rsatm oqchi b o ‘lardi. 
Ikkinchi tom ondan, Hasan abziyning vasvasalik fikrlari 
ham uni hali tark etmagan edilar. Bu jihatni o ‘ylagan 
vaqtida u o ‘zining qishloq aylanib kelishidan xursand 
bo'lardi...
« 0 ‘zim ni ko'rsatdim ! X o‘p yaxshilab ko‘rsatdim! 
A bdisam atning qishlog‘idan ot q o ‘yib o ‘tish nasib 
bo'lm asa ham , shu aylanishimning o 'zi chakki bo'lm adi. 
Abdisamat eshitgandir, eshittirmay qo'yadim i odamlar? 
Yuragi o'rtansin bachchag'arning!..»
F aqat am in va ellikboshilar joylariga qaytgandan 
so'ng nafaslarini ichlariga solib o 'tira berdilar. Ko'plari 
ko'chaga ham chiqmay qo'ydi. U lar odamlarga qanday 
qilib yangi pul solig'ini gapirishga hayron edilar. Oradan 
bir hafta o'tdi. H ech bir amin va ellikboshi bu to'g'rida 
hech bir kimga og'iz ochgani yo'q.
Mingboshi tajanglana boshladi.
— Mirza, bu zang'arlaring esidan chiqardimi? Yo 
imoni uchib, indayolmay turadimi? Bir-ikkitasiga far- 
moyish yozib, ot choptir!
— X o'p, taqsir!
240


Yigitlar farmoyishni ko‘tarib yo‘rta ketdilar.
Ichkarida butun ishlar mingboshining istaganicha hal 
b o ‘lgan edi. Ilgari dutor chalib, «Netayxon» kuyida 
sayraydigan shahar bulbuli, keyincha sekin-sekin q o ig a 
qo‘na boshlab, Sultonxon tashqariga yo‘1 solgan kechasi 
bir oz ijirg'anib bo‘lsa ham o ‘zini mingboshi dodhoning 
ixtiyorlariga topshirdi...
Topshirmay nima qilsin? Boshqa iloji bormidi? Qani 
u iloj? U ham shu oikadagi minglarcha, necha o ‘n ming, 
yuz m inglarcha ayanch qullarning biri em asm i? 
Savdogarlar bilan liq to ‘la qul bozorida sotiladigan 
kanizak hech bir tadbir bilan sotilishdan o ‘zini qutqarol- 
maydi. M uning uchun o ‘ziga o'xshash kanizaklarning 
ko‘p bo‘lishi, u ko‘pning bir butun bo'lishi, bir butun- 
ning savlatli hujumlariga, ya'ni o ‘limga tayyor b oiish i 
kerak. O ta-onalari tom onidan qari chollarga sotilgan 
qizlar ozmidi? Qaysi biri qarshilik qilib, eplay olgan? 
Qaysi biri hiyla bilan qutulib ketgan? Undaylar to ‘g‘risi- 
da xalq og‘zida bitta-yarim ta doston ham yo‘q. Xalq 
taqdirga tan berganlardan gapiradi. Ko‘pchilikka quloq 
solsangiz, quturganlarning chor-nochor yumshaganini, 
osiylarning b o ‘ysunganini, telbalarga es kirganini, 
olovlarning pasayganini, alangalarning so‘nganini, far- 
yodlarning bo‘g'ilganini, dod-faryodlarning b o'g ‘izlardan 
beriga chiqolmasdan eriganini aytadi, aytarkan yo ko‘zi- 
dan bir-ikki tom chi a n ’anaviy yosh chiqaradi, yo 
bo'lm asa, m a’nilik qilib boshini chayqaydi.
Zebi otasining xunuk fe’lini biladi. Otasi shahardan 
piyoda kelgan edi. Oppoq soqoli bilan ko‘z yoshlarini 
to ‘kib yig‘ladi. «Qizim, — dedi, — meni m unaqa shar- 
manda qiladigan b o ‘lsang, ilohim, bo'yning tagingda 
qolsin... Murodingga yetmagin...» M unday qarg‘ishlar- 
ning ortiq darajada qo‘rqinch ekanini har og'izdan eshi- 
ta-eshita o ‘sgan: «erga tekkuncha, xudodan keyin, ota- 
ona keladi» degan talqinlar ostida katta bo'lgan ojiz, iro- 
dasiz, ayanch va yakkabosh bir qiz uchun, Razzoq 
so‘fiday odam ning omonsiz nazarlari ostida yetilgan bir 
notavon maxluq uchun haligi xilda qarg‘ishlarning ruhiy 
ta ’siri b o ‘lmasi mumkinmi?
Muning ustiga, Zebi onasini haddan ortiq yaxshi
241


ko‘radi, bu ko‘ngli qattiq otaning dardini mushtipar ham 
kam tortgan emas... U bechora hali ham shaharga qaytib 
ketolmaydi. Bir siqim ro ‘zg‘or sovrilib bitmadimikin? 
O na sho'riik har kun yig'laydi, k o 'z yoshi qiladi: 
«Aylanay, qizim, menga rahming kelsin, — deydi. — 
Men senga onalik mehrimni q o ‘yib katta qilganman, 
boshqa gunohim yo‘q. Seni suymagan kishiga bergan 
bo'lsa. otang berdi... Men bir narsa deb eplay olam an- 
mi, qalay? O'zing bilasan. Otang tepa to'nini teskari 
kiyib kelibdi. Mingboshi dodho oldida m unaqa sharman- 
da qiladigan bo'lsa, qiz ham kerak emas menga, sen ham 
kerak emassan deydi. Aylanay, bolam. Men otangdan 
qo'rqam an... Shaharga borolmayman. Bu yerda ham 
qololmayman... Hech bo'lm asa menga rahming kelsin, 
bolam. Jon bolam, ko'z bolam!» H ar kun boshqacharoq 
shaklda takror qilingan u so'zlar ta ’sirsiz qolmaydi, al­
batta. Ayniqsa, yumshoq ko'ngilli qiz bolaga...
O 'zi ham o'ylaydi: «Men, — deydi Zebi, — yakka 
boshim bilan qarshilik qilib eplay olamanmi? U — devday 
bir erkak bo'lsa, men bir siqim jonivor qiz bo'lsam ? Onam 
bechora shaharga ketolmay, jonini qo'liga olib, har kun, 
har kecha qulog'im ostida yig'lab tursa? Ikki kundoshim 
kecha-kunduz menga qarab kulib, meni erkalatib, silab- 
siypab muomala qilgani bilan kecha-kunduz menga dey- 
digani shu: «M unaqa qilmang, aylanay!» M ingboshini 
mendan uzoq tutish uchun jon olib, jon berib urinishi ke­
rak bo'lgan Sultonxon kelganidan beri har kun qulog'im - 
ga egilib — ikkala kundoshim ning gapini qaytaradi... 
bilolmay qoldim! Um rinisabibini chiqarm ay qo'ydilar, 
qiziga ham yo'l yo'q. Enaxon ham kam chiqadi, chiqqan- 
da ham shu kundoshlarning gapini qaytaradi. Yolg'iz 
jonim bilan hech narsa qilolmaydiganga o'xshaym an, 
taqdirga tan beraman shekilli. Voy, xudoyim, o'zing tash- 
laganingdan keyin boshqa chora bormi?»
Shunday qilib, qiz bechora taqdiriga tan berishga 
jazm qilganidan keyin, omonsiz taqdirning so'nib turgan 
jom idan o'zini mast bo'lganday xayol qilib, o'zi xohla- 
magan va o'zi qo'rqqan zavqqa toldi.
O 'sha shumlik kunda to kechgacha Zebi necha m ar­
ta tishini-tishiga bosib g'ijindi, oyog'i bilan yer depsab
242


o ‘zini z o ila d i, oqshom chog'i ko‘nglidagi iztiroblarni 
d u to r qillariga va N etayxon yallalariga topshirdi. 
O rtiqcha qiynalmaslik uchun butun oqshom ichi fonar 
yoqmadi, tashqaridan tushgan zaif yorug‘da — m ing­
boshiga qayrilib qaramasdan — dutorini chalib, yallasini 
qila berdi. Kelin b o iib kelgan kundan beri o ‘ntacha 
qalin ko'rpadan iborat hashamatli yotoq uyning o ‘rtasida 
har kun kuyov qayliqni kutardi. Mingboshi har kungi 
odatini qilib kirgan ham on yechinib yotgan, ustiga katta 
choyshabni tashlab o ‘zi sevgan yallalarini tinglardi. Itlik 
qilmaslikka va’da bergan bu odam , bilmadim, kimdan 
xijolat tortib, va’dasini buzishga urinm agan edi. Bu 
oqshom ham sehrli yallani eshitib uxlab ketarman», deb 
o ‘ylardi. Zebi aw al ashulani to ‘xtatdi. U ndan keyin 
tashqarida ham m a uxlagach, birdaniga dutorini irgitdi. 
«Bir narsa boidim i?» deb o ‘ylab boshini k o iarg an ming­
boshi yoniga salgina qaltiranib Zebining kirib kelayot- 
ganini ko‘rdi. Qiz uning ochilgan quchoqlariga bir qul- 
day e ’tirozsiz kirib keldi... Ertasi kuni uncha ijirg‘anm a- 
di. U ndan keyin tabiat o ‘z ishini qildi. M amlakatning 
q iz g in quyoshida tez yetilgan tan bechora qizning 
m a’yus ko‘nglini o ‘z iliq quchogiga oldi.
Erta bilan ikkala katta kundosh qahqaha solib bu yosh 
kundoshni olqishladilar. U lar o ‘z qahqahalari bilan nari­
gi kundoshni — Sultonxonni b o 'g ‘m oq istardilar. 
Holbuki, u har kecha deyarlik mirzaning qo‘ynida sao- 
datdan bo‘g‘ilardi... U haligi yuksak qahqahani eshit- 
gach, uning m a‘nisini angladi: yugurib Zebining yoniga 
kirdi, hammaga birdan salom bergach, Zebiga osildi: uni 
ham — xuddi mirza kabi — butun hirsi bilan quchoqlab, 
c h o ip -c h o ip o ‘pdi: bu bilan ikkala katta kundoshga de- 
moqchi boidiki:
«Siz qancha sevinsangiz, men sizdan ortiqroq sevina- 
man! Siz — quruq vahimani quchoqlab sevinasiz, men — 
tirik va joni bor odam ni quchoqlab yayrayman. Kim ah- 
moq! Kim ahmoq?!»
Sultonxon bechora kundoshlarini «ahmoq» deb 
o ‘ylaydi. Holbuki, u siqiq m uhitda, u kishanli jamiyatda 
va u «mamnu o ika» d a yashovchilarning hammasi bir- 
birini aldashga, bir-birini «ahmoq» qilib qoldirishga uri-
243


naydi va o 'zi muvaffaq bo'lgach, boshqa ham m ani «ah­
moq» sanaydi. Yashash uchun kurash borayotgan b o isa, 
odatda kuch bilan yengolmagan odam lar hiyla bilan yen- 
gadilar: bu juda tabiiy narsa. Ayniqsa, xotinni quldari 
battar xo‘rlovchi m uhitda xotin chor-nochor hiylaning 
ustozi bo'ladi. Xotinning ikki qo'liga kishan solib, ko'cha 
darvozasini tashqaridan qulflab, do'koniga ketadigan 
savdogar ham m adan ortiq ahm oq bo'lganini anglamay- 
di...
XVI
Yigitlarni farmoyish bilan aminlarnikiga jo'natgan- 
dan so'ng mingboshi dodho ichkariga kirdi. So'ng vaqt- 
larda fe'li juda o'nglanib qolganidan ham ma xotinlariga 
bir-bir tegishib, gap tashlab o'tdi. So'ngra Zebining uyi­
ga kirdi. Zebi tashqaridaydi. Onasi xotiijam bo'lib, sha­
harga qaytib ketgan edi. Xadichaxon hovliga chopdi va 
Zebini aytib keldi. «Uyga kiring, aylanay, eringiz kirib 
ketdilar». Zebi kuldi, Xadichaxon ham kuldi: bu kulish- 
ning m a ’nosini faqat kundosh ahli o 'zi anglaydi... 
Mingboshi Zebi kirguncha, dutorni olib chertib boqdi. 
C hiqm adi. «Shop-shalopga o'rg ang an q o 'l dutorga 
yararmidi?» dedi o'z-o'ziga, shu bilan o'zini yupatgan 
bo'ldi.
Zebi kirib, mayda yo'llardan bittasini oldi. D utorning 
ovoziga endigina o 'z ovozini q o 'sh am an , deganda, 
tashqaridan mingboshini chaqirdilar. Bu Qumariq ma- 
chitidagi to'polon xususida kelgan birinchi xabar edi.
Yarim soat ham o'tm asdan, mingboshi eski yigitlar- 
dan ikkisini, yangilardan to'rttasini olib, Qumariqqa 
qarata ot qo'ydi.
M achitdagi voqeani ot chopib kelib mingboshiga 
xabar bergan va uning yonida ot yo'rtdirib borayotgan 
odam to'pponcha voqeasidan so'ng m achitdan qochgan 
ikki ellikboshining biri — Qosim laylak edi. Bo'lgan vo­
qeani oyoq ustida turib mingboshiga anglatdi va ahvolni 
juda vahimalik qilib ko'rsatdi. Uning aytishicha, «ming­
boshi yetib borguncha qishloqning qariyb yarmi qirilib 
bitadi». Yo'lga chiqqandan so'ng mingboshiga saman
244


V
yo'rg'asiga yetolmasdan hansirab yo‘rtayotgan yo‘g‘on 
qora biyasini to ‘xtovsiz qam chilab, m ingboshi «gap 
yedirishga» urindi. Boylarning ikkovidan ham Qosim 
laylak dilgir edi. Podsholikning pattalik soliqlari, ya’ni 
o ‘lpon va tutun pullarini ham m adan kech to'laydigan, 
am mo qorovul puli va kapsan kabi pattasiz soliqlarni sira 
to iam asd an, ellikboshi va aminlarga o ‘shqirib muomila 
qiladigan bu pulzo‘rlar yolg‘iz Qosim laylakka emas, 
boshqa ellikboshi va aminlarga ham uncha yoqmasidilar. 
Yolg'iz ellikboshi va aminlargagina emas, undan katta- 
roqlar ham «berganni» yoqtiradi-da!
Fursatning juda qulay kelganligidan Qosim laylak 
imkon boricha foydalanib qolm oqchi b o ‘ldi.
— Mingboshi dodho, otlarga jindak dam bersak, oq 
ko'pikka tushib ketdi jonivorlar! Sizga bir-ikki og'iz zarur 
gapim bor edi.
Mingboshi saman yo'rg'aning boshini tortib, orqa- 
siga qayrildi, yigitlar qolgan edilar, faqat ular ham ot- 
larning boshlarini torta tushdilar.
— Uyalmasdan katta xolangday biyani minib yurga- 
ningni qara, Laylak! — dedi mingboshi.
— M ening qashqa yo‘rg‘am uyda qoldi, taqsir. 
M achitdan chiqib uyga borolmadim: fursat boim adi. 
G uzarda bitta shu ot bor ekan, minib chopa berdim.
— Barakalla, Laylak! Podsholikka shunaqa xizmat 
qilsang, martabang oshadi.
— Shunisiga ham shukur, taqsir.
— Qani, gapingni gapir.
— Shu Umaraliboy bilan Yodgorxo‘jani aytaman. 
Bugungi fasodga ham o'shalar sabab b o id i. Pattalik soliq 
chiqsa, ham m adan keyin to iay d i. Pattasiz soliqlarni 
hech bo‘yniga olmaydi. Borib so‘rasang, o ‘shqirib bera- 
di. Q o‘rqasan odam ... Shu bugun ham domla imomdan 
keyin biri qo‘yib, biri yurtni tergadi, namoz o'qim agan- 
larni so‘kdi. 0 ‘zlari o'qisa ekan koshki... Yurt juda 
yom on ko‘radi u ikkovini. Qishloqning to ‘rtdan bir hissa 
yeri o'shalarniki, ikkala ariqning suvini ham o'shalar 
ichadi, hech kimga bermaydi. H am m a ulardan qo‘rqadi. 
0 ‘zimiz ham uncha-m uncha yaxshi gapirib turmasak, 
shahardan kattalar chiqqanda, ustimizdan arz qiladilar.
245


Qosim laylak bir-ikki yo‘taldi, orqasiga qarab oldi: 
so'ngra yana so'zida davom etdi:
— Shuncha xalq oldida sizday odamga til tegizishdi...
Mingboshi otining boshini yana torta turib, so'radi:
— Nima, nima? Menga til tegizdi? N im alar deydi 
xotintaloq?
Shundan keyin Qosim laylak ikkala m ingboshi 
to ‘g‘risidagi fikrini, biriga besh qo'shib, aytib berdi. 
Mingboshi qishloqqa kelgan kuni ko'prik ustida U m ar- 
aliboyning domla imomga aytgan so'zlari ham ming­
boshiga to ‘kis-tugal yetkazildi. Bu uzunquloq hech bir 
shohid yo'q yerda aytilgan u so'zlam i qaydan eshit- 
gandir, bilmadim, mingboshiga eshittirgan vaqtda yarim 
hijjasini ham g'alat qilgani yo'q. Shunday qilib, Akbarali 
mingboshi isyon chiqargan Qumariq qishloqqa tayyor 
fikrlar, hozir niyatlar bilan kirib bordi.
Bular qishloqqa borib kirganda, oftob keng dalalar 
ustidan o 'z uyiga tom on yo'l solgan edi. Hali ancha ba- 
landda bo'lsa ham uning kam olidan zavoli yaqinroq 
ekani ko'rinib turardi. Saman yo'rg'a guzarning o'rtasida 
to'xtadi. Yugurib kelib yuganini ushladilar. Mingboshi 
irg'ib tushdi. Guzardagilar hammasi oyoqqa qalqdilar. 
M achitda odam ko'rinm adi, faqat nam ozxonlarning 
hammasi guzar oldida to'plangan edilar. U lar orasida 
haligi ikkala boy yo'q, bular hammasi — supaning pasti- 
da nam oz o'qigan va «xotintaloq» deb so'kilgan dehqon- 
lar, chorakorlar, qarollar edi.
M ingboshi o 'n g tom ondagi ozodaroq samovarga 
chiqib, o'zi uchun to'shalgan to'shakka o'tirm asdan, gi- 
lamning bir chetida o'tirdi va chilim buyurdi. Chilimni 
juda uzoq tortib chekkandan keyin, sarg'imtil tutunini 
og'zidan sovurib turib, o'tirganlarga xitob qildi:
— N im a nom a’qulchilik qilib qo'yding, bachchag'ar- 
lar?
H amm a jim qoldi. U yer-bu yerdan bir-ikkita yo'tal 
ovozi eshitildi.
— Qani, gapirib ber menga. N im a n o m a’qulchilik 
qilding?
Yana o'sha og'ir jimlik buzilmadi. So'ngra mingboshi 
Qosim laylakka yuzlandi:
246


— Qani, Laylak, sen gapir, bo‘lmasa!
— Men, taqsir, podsholikning odam i boisam . N im a 
deb gapiraman? Yurt o ‘zi gapirsin. Haqiqat m a iu m
b o iad i.
Ham m a gapni y o id a gapirib b o ig a n Qosim laylak- 
ning yurt oldida gapirib, javobgar bo iishdan o'zini olib 
qochayotganligi m a iu m edi.
— B oim asa gapiringlar. Nega jim turasanlar? Men 
haqiqatni bilay, deb keldim.
N ihoyat, boyga qarab musht ko'targanlardan biri 
o'rnidan turdi. Ko‘zlarida g‘azab uchqunlari chaqnasa- 
da, harakatlari o g ir va beparvo edi.
— «Xotintaloq», demasalar, hech kim tegmas edi 
ularga. Hamm amizni birdan xotintaloq, deb yubordi, 
taqsir.
— O 'zi xotintaloq! — dedi mingboshi.
M ingboshidan bu xil javobni kutmagan olomonga jon
kirdi. H ar qaysi har tarafdan qichqirib gapira boshladi.
— Bittang gapir! Bittang! H amm ang baravar shovqin 
qilasan, gap uqub boiadim i! Bitta-bitta kelib gapir.
Boshqa birisi turib keldi.
— «Senlar nam oz o'qim aysan», deydi, taqsir. 
«Benam ozsan», deydi, taqsir. N im a u podsholik 
qo‘ygan raismi yo imommi? Tergasa imom domla ter- 
gasin.
Yana biri turdi.
— 0 ‘zi nam oz o ‘qiydimi deng, taqsir. Jumaga kelsa 
keladi, kelmasa yo‘q. Ikkala hayit namozini o ‘qiydi, mu- 
nisi rost, lekin.
— Bittasi o ig u d ek xotinboz. Uning dastidan xotin- 
larimiz, ona-singillarimiz ko‘chadan oiolm aydi. O ig a n
xotinga gap tashlaydi. Uyat gaplarni gapiradi...
— Bittasi sudga pul beradi. Boshqalar birni birga 
bersa, bu birni beshga, o'nga beradi. Qishloq odamining 
uyi kuyib ketdi, taqsir!
— H amm a yerlar asta-sekin o ‘shalarga o ‘tib ketayo- 
tibdi. Q o iim izd a yer qolm adi, ham m am iz chorakor 
b o iib qoldik. Ishlatib-ishlatib hech narsa bermaydi. Bir 
so‘m qarzimizni o ‘n so‘m qilib ko'rsatib, bizga ko‘nadi- 
gan haqni olib qola beradi.
247


— Bir daftari bor, o ‘zi yozib, o 'zi o ‘chiradi. Biz bil- 
masak, taqsir... «M uncha qarzing bor, munchasi tegdi, 
munchasi qoldi», deydi. Biz qaydan bilaylik?
— Bo‘ynimiz qarzdan chiqmaydi.
— «Podsholik vaynaga chaqirarmish», deb eshitdik. 
Tezroq chaqira qolsa, ham mamiz ketardik. Jonim izdan 
to ‘ydik, taqsir.
Orqasida o ‘tirganlarga qaradi. U lar barchasi bir ovoz- 
dan tasdiq qildilar:
— Shunday, taqsir. Jondan to'yib ketdik.
— Hammamiz bola-chaqalik bo‘lsak... N echtadan 
yosh jo'jalarim iz bor... Biz o ‘zimiz och-yalang‘och o ‘ta 
beramiz: yosh bola uni bilmaydi: «non» deydi, «osh» 
deydi...
— K echa-kunduz ishlab, qorning to ‘ymasa, bu qan- 
day zam on bo ‘ldi?
Mingboshi qichqirdi:
— G apirib b o ‘ldingmi hammang?
— Bizda ayb yo‘q, taqsir! — dedi birisi.
— Bizda ayb yo‘q! — deb qichqirdi olomon.
Shu vaqtda halloslab yugurganicha U m ar am in kelib 
qoldi.
— H a, U m ar, qaerda qolding? — dedi mingboshi.
— Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz. M en shu 
to 'p o lo n bilan ovora b o ‘lib yuribm an. T o ‘polonda 
to ‘pponcham ni yo‘qotib edim, shuni topib oldim.
— Boylar qani?
— Biri behush b o ‘lib uyida yotibdi. Biri q o ‘li singan- 
ga o'xshaydi. Boshi yorilibdi. Yana bittasi bir joyga 
bekingan bo'lsa kerak. Daragi yo'q...
— O 'sha ikkalasi qishloqda qoladigan bo'lsa, biz 
qishloqni tashlab ketamiz! — dedi birov.
— Rost aytasan! — deb qichqirdi olomon.
Mingboshi nim a qilishini va nim a deyishini bilmasdi.
N ihoyat, qarorini berdi:
— O lom on tarqalsin. H am m a uy-uyiga ketsin. 
Tirikligini qilsin. Aybdorlami biz o'zim iz topib, jazosini 
beramiz.
U ning so'zlarini am in ham baland ovoz bilan takror 
qildi.
248


— Ishqilib, insof bilan tergalsin! Yurtda ayb yo‘q!
— Yurt og‘iz ochmay turib, Umaraliboy so‘z boshladi.
— H am m am izni haqorat qildi.
— Mingboshi tog‘aning o ‘zini ham haqorat qildi, 
zang‘ar!
Amin borib, shu so‘ng so‘zni aytgan odamga d o ‘q qil­
di:
— Jim tur, ablah! U naqa gaplarni gapirma!
Yana o'zaro g'udrashib-g'udrashib to ‘planganlar tar- 
qalib ketdilar. U lar ketgach, mingboshi machitga borib, 
voqea joylarini ko‘rdi: imom dom lani topdirib kelib, vo- 
qea to ‘g‘risida batafsil m a’lum ot oldi. Im om q o 'rq- 
qanidanm i yo boshqa bir xayol bilanmi, b o ig a n voqeani 
aynan gapirib berdi. O rtiqcha yolg‘on qo‘shmadi, hech 
kimni qoralamadi, hech kimni yoqlamadi ham. M a'lu- 
mot olingandan keyin domlaga javob berildi. Endi ikki 
ellikboshi, bir am in va bir mingboshi maslahat uchun 
m achit ayvoniga chiqib edilar, tashqaridan Yodgorxo'ja 
kirib keldi. Mingboshi qaragali ulgurmay turib, boy 
shovqin soldi.
— Mingboshi yotadi to 'rtta xotinni olib! Bu yerda 
yalangoyoqlar, boshkesarlar, o ‘g‘rilarning dastidan hech 
kimga kun yo‘q! Bu qanday zam on b o id i?
Mingboshi supa qirg‘og‘ida to ‘xtadi.
— Shovqin solmay gapiring. Q ulogim iz bor.
— Bizning boiusim izda q u lo g i bor odam lar qolgani 
y o'q o ‘zi! Endi yer-suvimizni sotib, boshqa taraflarga 
ketmasak boim aydi.
— N im a b o id i sizga, Yodgorxo‘ja? Nega y o tig i bilan 
gapirmaysiz? — dedi amin.
— Sen gapirma, xotintaloq! Sendan kattarogidan 
ham qo‘rqmaym an men!
— N im a, nima? — dedi mingboshi. — Sen quturib- 
san, Yodgor! Senga odam muomilasini qilib b o im as 
ekan o ‘zi. Yurt bilib qilganga o'xshaydi...
— Voy-do-od!.. — deb qichqirdi Yodgorxo‘ja. — 
V oy-do-od 
A kbaralining 
dastidan! 
Aytmadimmi! 
H am m a o ‘g‘ri, boshkesar, yalangoyoqlarning boshida 
Akbarali o'zi turadi! Kechalari yigitlari bilan bosma qila­
di. Yigitlari hammasi bosmachi, o'g'ri...
249


— Olib bor bachchag‘arni! Qamab qo‘y! — deb baqir­
di mingboshi; jahlidan o ‘z q o ‘llarini chimchilardi.
Hech kim qimirlamadi.
— Qamatib ko‘rchi, qani! Qamatib ko‘rchi! N im a qi- 
lar ekanman! 0 ‘g‘ri, bosmachi!..
— Hoy, bolalar, senga aytaman! — deb qichqirdi 
mingboshi. — Olib bor bu bosmachini, qamab qo‘y o ‘sha 
hujraga!
Darvoza oldidagi yigitlardan uchtasi kelib boyga 
yopishdilar. Boy ularning uchalasiga ham so‘z bermas- 
dan, og‘zidan to ‘xtovsiz «kufur» sovurardi. Keyin boshqa 
yigitlar ham yopishib, uni o'rtaga oldilar: zo 'r bilan 
soTming hujrasiga olib kirib, ustidan qulf soldilar. Bu 
vaqtda m achitda darvoza oldiga yana odam lar to ‘plana 
boshlagan edi. Mingboshi o'zining eski, sinoqta yigitla- 
ridan birini eshik oldiga qo‘ydi: yangi yigitlardan ikkisini 
uning yordam iga berdi. S o'ngra sinoqta yigitning 
qulog'iga egilib, bir oz ta ’limot berganidan keyin guzarga 
chiqib, otiga otlandi. Ot tizginini ushlab turgan aminga 
ikki og'izgina so‘z dedi:
— Yurt ham tinchidi, boylar ham tinchidi. M undan 
keyin ikkovi ham nom a’qulchilik qilmaydi. Yurtga ham 
nasihat qil: o ‘z boshiga ish tutmasin. Kerak b o ‘lsa, bizga 
arz qilsin. 0 ‘zimiz adabini beramiz!
Shundan keyin otning boshini burib, yigitlari bilan 
birga o ‘z qishlog‘iga qaytib ketdi.
Q orong‘i tushgan, yo'lning ikki tom onida — quruq 
g ‘o ‘zapoyasi qolgan, b a ’zi joylarda g ‘o ‘zapoyasi ham 
yulinib yalang‘ochlangan yerlar endi birinchi qorning 
sovuq tamosini kutib yotardilar. Kelishda birushta chopib 
kelib oq ko'pikka tushgan otlar bu qisqa to ‘xtalishda jin- 
dak dam olgan bo'lsalar-da, yana o ‘sha xilda tez yurishga 
toblari y o 'q edi. U nch a-m un ch ag a charcham aydigan 
saman yo‘rg‘a qam chining yeli bilan oyoqlarini bidrat- 
moqqa boshlaganda, mingboshi o ‘zi uning boshini tortib 
qo‘yardi. Yigitlarning otlari, bari bir, qam chi zarbi bilan 
ham shoshilmoqchi emasdilar. Yigitlar mingboshiga ma- 
lol kelmaslik uchun ohistagina g‘ingshib ashula boshladi- 
lar. Nozik zam on, qorong‘i kecha, sovuq havo, keng da- 
lada bu xirgoyi negadir mingboshiga yoqib ketdi.


— Ha, yigitlar, ovozingni ko‘tara tush!
Yigitlar bir yerga g‘ujum bo‘lib olib, ashulani bir 
yo‘sinda cho‘zib yubordilar. Otlar ham ashulaning zar- 
biga oyoq tashlab, ohista-ohista borardilar.
Bu chopib kelish va hademay yana otga otlanib uyga 
qaytishning bem a’niligini mingboshi o ‘zi ham anglagan 
edi.
«Butun bir qishloq qo‘zg‘olon ko4ardi, — deb o ‘yla- 
di u. — Bir odam ni chala o ‘lik qilib tashladilar. 
M achitning panjaralari sindi. Yana birisi qochib qutul- 
masa, u ham o ‘lardi yo mayib bo‘lardi. Yigit-yalang chi­
nakam quturgan edi. Bu, hazilakam gap emas. Qishloq- 
ning ikki ellikboshi, bir am ini hech narsa qilolmasdan, 
menga odam yuboribdilar. Apil-tapil kiyinib, otga o t­
lanib, yetti-sakkiz yigitim bilan keldim. K elishim
chakana bolm adi! Faqat natijada? N atija nim a b o ‘ldi? 
N im aga erishdim! N im a qildim? N im ani bajardim? 
Yigit-yalangning arzini eshitdim (mingboshi, negadir, 
endi yurt degisi kelmaydi). Yodgorxo'ja o ‘shqirib kelib 
edi, qam atib q o ‘ydim. Jindak hovuridan tushm asa 
b o ‘lmaydi. 
0 ‘z 
qilm ishiga 
pushaym on b o ‘ldim i, 
yo 'q m i — uni bilm aym an, am m o-lekin bugun-erta 
chiqib ketishiga qattiq ishonib turganini yaxshi bilaman. 
Qam oqdan chiqsa, menga yom on osiladi. Iloji bo'lsa, 
yarim podshogacha boradi. Q o‘ymaydi lekin! Bitta og'zi 
katta boyga kuchim yetmagandan keyin bu shop-shalop- 
ni nega taqdim etdi? A, puli tushkur-ey! Amaldan ham 
kuchlik ekan-a!.. Rost-da, Yodgorxo‘janing oqibati nima 
b o iish in i m en bilamanmi? Shunday katta mingboshi? 
Yo‘q, bilmayman! U ni shu holda ko‘p saqlab bo'lm aydi, 
ertaga erta bilan yo konvoy bilan shaharga jo ‘natiladi, yo 
chiqarib yuboriladi. Boshqa yo‘l yo‘q! Shu yo‘llarning 
qaysi biri m a’qul? Qaysi biri ep keladi? Qaysi birini qil- 
sam, o ‘zimga xayriyat bo iad i? Bilmayman! H ayron­
man... Shu topda Miryoqub juvonm arg b o ‘lsaydi. Bir 
og‘iz gap bilan m a’qul maslahatni topib berardi: «Qo‘y 
ham butun, bo‘ri ham to ‘q» bo'lardi. Xotin dardiga qol- 
may o'lsin, betavfiq! Bitta g‘ayridin topib, necha oylik 
yo‘lga ketibdi-ya!..»
Otlar 
9
‘lchovli qadam tashlab va boshlarini jirka-jirka
251


ilgari bosarkan, yigitlarning goh ko‘tarib, goh pasayadi- 
gan mungli ashulalari ostida m ingboshi dodhoning 
miyasi shu xil fikrlar bilan tashvishlanardi. Mingboshi 
o'zining Miryoqubsiz hech narsaga yaramaganini um rida 
birinchi marta o'z-o'ziga iqror qildi. To'g'risi — qilishga 
majbur bo'ldi. Mingboshi qancha o'ylasa ham m a’qul bir 
maslahat topa olmadi. Miyasi charchadi. Boshi yengilgi- 
na og'riganday, ko'zlari tinganday bo'ldi. «Xayr, qo'y, — 
dedi yana o 'zig a-o 'zi. — Uyga boraylik-chi. H ech 
bo'lm asa, Hakim jondan maslahat so'rarman».
So'ngra yigitlarga yuzlandi:
— Qani, yigitlar, sho'xroq ashuladan bo'lsin! Janoza 
bosib ketdi hammayoqni.
Yigitlar kuldilar. Y o'lda uchragan kichkina bir qish­
loqdan chiqqach, sho'x ashula boshlandi. Ungacha qish 
nafasining sovuq va seijahl shamoli qo'zg'aldi, uning ig- 
nalari yuz va quloqlarga achitib-achitib sanchilardi. Qor 
uchqunlari kelib goh-goh yuzlarni chimchilardi. Bir oz­
dan so'ng saman yo'rg'aning oyoq bidratganini ko'rib, 
yigitlar ham qamchiga zo 'r berdilar va el uyquga yotgan- 
da, o 'z qishloqlariga kirib bordilar. Hayal o'tm ay, yigit­
lardan ikkitasi charchamagan otlardan ikkitasini olib, 
yana Qumariqqa jo'nadilar, Yodgorxo'jani bo'shatib yu- 
borishga farmon berilgan edi. Sultonxonni o 'z hujrasida 
qoldirib, negadir halitdan qishlik po'stinini ustiga tashlab 
va uyqusiragan singari dovdiranib hovliga chiqqan 
Hakimjon ikki yigitni u yoqqa jo'natgach:
— Chakki qilib qo'yibsiz, xo'jayin! — dedi. — 
Bilmadim, bu ishingizning oqibati nima bo'larkan?
— N im a bo'lsa bo'lar! — dedi mingboshi. — Olsa 
amalini oladi-da. Jonni olarmidi? Shuncha yil xizmat 
qilganman.
— M unday nozik vaqtda xizmatga qaramaydi, xo’- 
jayin.
Mingboshining jahli chiqdi:
— Uyqudan qolibsan, mirza! — dedi u. — Tur, joying- 
ga kirib yot! Erta bilan gaplash men bilan. YuvuqsizL
O 'zi ham tappa-tappa qadam tashlab, ichkariga yura 
boshladi. Mingboshi bu uzun suhbatni munday ch o 'rt 
kesib ichkariga yo'l solganiga ichdan xursand bo'lgan
252


mirza o ‘z uyiga kirgan vaqtida, mingboshi dodhoning 
xotini yuragini changallab o iirard i.
— Q o'rqm ang, — dedi Hakim jon uni p o ‘stini orasiga 
olib, — siz o ‘z uyingizda o'tiribsiz...
Bu kecha Hakimjon qancha kam uxlagan b o ‘lsa, 
mingboshi undan ham kam uxladi. Yarim kechada katta 
xotinini uyg‘otib, jindak go‘sht qovurtirdi. Bir shisha 
aroq bilan uni yegandan keyin yana bir shisha aroqni 
yarim qildi va shundan so'ng och b o ‘ridav uvlab-uvlab 
uyquga ketdi.
XVII
Kechasi 
tashqariga 
bir 
qarich 
qor 
tushdi. 
Derazalarning oynaklari panjara gulchin singari g'alati- 
g'alati naqshlar bilan bezandilar. Jips yopilmaydigan 
eshiklarning ikki qanoti orasidan sovuq qorning zaharli 
izg‘irini kirib, uylarning tokchalarini aylanmoqqa, uning 
sovuq «huv-huv»lari shift oralaridan eshitilmoqqa bosh­
ladi. Q aldirg'ochning tashlandiq uyasidan chigirtkaniki 
singari ingichka hushtak ovozi chiqardi: izg'irin berkinib 
olib, sho‘xlik qilayotganga o ‘xshaydi!
Hakimjonning uyqusiragan ko‘zlarini uqalab turib 
kecha yarmida qilgan vahimasi mingboshining o'ziga 
ta ’sirsiz qolmagan edi. Kechasi ichilgan bir yarim shisha 
aroq uning miyasini tarozi toshiday og‘irlashtirib, bir 
nafasda ko‘zlarini yumdirgan b o isa -d a, tong yorishar- 
yorishmas yana bezovtalik bilan uyg‘onishiga sabab 
b o id i. Ko‘zini ochgan vaqtida boshi xuddi pressga tush­
gan toypaxtadek yorilgudek b o iib og'rirdi. Z o ‘rg‘a- 
zo‘rg‘a qayrilib yoniga qaradi: sevimli bulbuli, sochlarini 
to ‘zdirib, shirin uyquda rohat qilmoqda edi! «Nima qil- 
sam? Uyg‘otsammi? Yo uyqusiga xalal bermasammi?» 
deb o ‘yladi mingboshi. Faqat boshida o iirg a n alvasti 
yo‘g‘on boltasini q o iig a olib, endi o ‘tin yorishga kirish- 
ganidan chor-nochor qichqirishga majbur b o id i:
— Tur, hay! Tur, deyman! — Bu mingboshining o ‘z 
sevimlisini birinchi marta senlashi. — Qotib qolibdi 
bachchag'ardi qizi! — Zebini turtdi. — Tur, deyman, 
tur!!
253


Zebi ko‘zini ochib, darhol eshik tom onga qaradi:
— Kim u chaqirgan?
— M enman, men. Tur o ‘rningdan! — dedi mingboshi 
uning yelka tom onidan. — Tur, kechagi aroqdan olib 
ber!
— Sizga nim a bo‘ldi?
— Keyin bilasan. Bo‘l, aroqdi ber tezroq.
Bir katta piyolaga choch qilib to'ldirgandan keyin bir 
shimirishda ichib bo'ldi.
— Ah, xudoga shukur! — dedi. — Yotib uxlay ber. 
Hali vaqt erta.
O 'zi og‘irlik bilan o'rnidan turib, tashqariga chiqdi. 
Tashqarida jo n asari yo'q. H am m a uyquda. Yangi 
yoqqan qor oyoq ostlarida g'irchillam a etik singari ovoz 
berib yotardi. Darvoza darichasi ochiq: demak, yigitlar- 
ning namozxoni O 'lm as ota namozga chiqqan. So'riga 
borib o 'tirm o q ch i bo'ldi: so'ridagi yig'ishtirilm agan 
paloslar qalin qor ostida qolganlar. To'shakcha ustidagi 
dumaloq bolish — tepasi qor, ikki yoni quruq — chala 
bo'yalgan tuxum singari chuchm al va g'alati ko'rinardi. 
Ayvondagi gilamga chiqib o 'tirib , boshini chayqab 
ko'rdi. O g'rig'i tarqalgan, yengillashganday bo'lgan, 
lekin miyaga o'ylarni to'playdigan holda emasdi. O 'ylar 
bulut ustiga mingashgan bulutday mujmal va rangsiz edi­
lar. Gilamga uzanib, boshini qo'llari ustiga qo'ydi: be- 
mahal qishning sovuq tongida shamollab uyquga ketmoq 
istardi. Bo'lmadi. Uyqu kelmadi. Ko'zlarining ust par- 
dasi yum ilsa-da, ich pardasi yum ilm oq istamas edi. 
G o 'y o b ir bo'lak go 'sht boshining oldiga — xuddi 
peshona tepasiga kelib olib, bilakdagi tom irday birushta 
lo'm shib turardi. «Nima bo'ldi menga?» deb o'ylam oq- 
chi bo'ldi mingboshi: shu uch so'zni miyasiga to'play ol- 
madi. U chala so'z boshini uch burchiga tarqalib, har 
tom ondan poym a-poy ovoz berdi: «Bo'ldi... nim a... 
menga?...» O 'rnidan turib, kattakon chorsisini suvga 
botirdi, so'ngra naridan-beri siqib olib boshiga bosdi va 
shu bo'yicha kasal odamday o'ngtab yotib, uyquga ketdi.
Hakimjon kelib uyg'otganda, soat 11 ga yaqinlashgan 
edi. O 'rnidan turm asdanoq yotgan joyida u ch ta-to 'rtta 
qalampir solingan achchiq sho'rvadan yarim kosa ichdi.
254


Ustiga katta ko‘rpa tashladilar, yotib terladi. Shundan 
keyin miyasi joyiga kelganday b o iib o in id a n turdi.
— Miryoqub akam dan xat bor, — dedi Hakimjon.
— Kim olib keldi?
— Boshqa qog‘ozlar bilan birga shahardan yuboribdi-
lar.
— N im a debdi?
— O 'qib bera qolay.
Hakim jon o'qiy boshladi. Boshida uzundan-uzoq 
duoyu salomlar — hammaga alohida-alohida, nom m a- 
nom...
— O 'ta ber, — dedi mingboshi.
— U ndan keyin y oidagi sarguzashtlar...
— 0 ‘ta ber...
— U ndan keyin Qrimning to g iari, dengizlarining 
ta ’rifi. Bir necha bet...
— 0 ‘ta ber... Laqma b o ‘lmay oisin! Q achon kelishi- 
ni aytmaydimi?
— Yo‘q, — dedi Hakimjon. Xatni endi Hakimjon o ‘z 
ichida o'qiy boshladi.
— Haligi manjalaqi to ‘g‘risida hech gap yo'qmi?
— Yo‘q. Bir joyda «juda xursandman, ayshim joyi­
da», debdi.
— Uning ayshi joyida b o im ag an vaqti yo‘q... Mening 
uyim kuydi bu yerda! 0 ‘ta ber!
— M ana m unda bir gapi bor. «Agarda bironta nozik 
ish chiqib qolsa va ham hokim to ‘ra bilan xilvatda 
gaplashmakni taqozo qilinsa, ham ma gapni Zunnunboy 
orqali noyib to ‘raning og‘achalariga aytilsin. Inshoollo, 
har qanday m ushkul ishlar ham hayriyat saranjom
topqay».
— Shunisi kerak edi bizga. Yana qaytib o ‘qi! Ha, bal- 
li, endi qayerga tushgani bormi, yo‘qmi?
— Ha, adresi bor.
— B oim asa, tezlik bilan telegramma jo ‘nat. «Tez 
yetib kelmasang boim aydi», degin. Uqdingmi?
— X o'p, xo‘jayin. Menga qarang, dodho. Xatning 
boshida g‘alati bir gap bor, siz qunt qilmay o ‘tdingiz.
— Xo‘sh, xo‘sh? Qani?
— M ana m uni eshiting: «Janobi hurmatlik otaxoni-
255


miz, qiblagohimiz, millatning otasi va taraqqiyparvar 
m ulla Akbarali afandi mingboshi dodho hazratlariga 
ko‘p -ko ‘p salomdan so‘ngra andog' m a’lum va ravshan 
bo'lgaykim... v.h.».
— Nima' balo? Jinni bo'ldim i? Yo‘q yerdagi bem a’ni 
so‘zlar...
— Bilasizmi, xo'jayin, bu so'zlar hammasi jadidlar 
aytadigan so'zlar. A bdisam at m ingboshiga Sam ar- 
qanddan bir jadid muftining yozgan xatini ko'rib edim. 
O 'shanda ham «millatning otasi, taraqqiyparvar...» degan 
gaplar bor edi...
— N im a degani u?
Hakim jon bu bem a’ni savolga javob bermaslikni ep 
ko'rdi. Shu uchun kaltagina qilib:
— O 'zim ham hayronm an, bilmayman, — deb qo'ya 
qoldi.
— Ishqilib, bizni Abdisamatga tenglashtiribdi, degin. 
M iryoqubdan kelgan oqibat shu bo'libdi-da...
Shu topda mingboshining yuzida yosh bolalarning 
arazlashi singari bir narsa boridi. Hakimjon m uni darrov 
payqadi. U aw al bilinar-bilinm as qilib kuldi, keyin 
ovozida bir nav ermak asarini bosolmagan holda ming­
boshiga «nasihat» qildi:
— Y o'q, xo'jayin, unday demang. Miryoqub akam ­
ning sizdan boshqa hech kimi yo'q. Sizga hech qachon 
ignadek yomonlikni ravo ko'rmaydi.
— Men ravo ko'ram anm i, bo'lm asa? — dedi ming­
boshi.
Shu topda uning ko'nglidan «Mening kimim bor u n ­
dan boshqa», degan alamlik bir fikr o'tdi. Mingboshi bu 
og'ir suhbatni yopmoqchi edi, shu uchun darrov so'zni 
boshqa tom onga burdi:
— Xo'sh, bolalar kelishdimi?
— Yo'q, xo'jayin.
— Nima, nima? Shu vaqtgacha kelmadimi? Qumariq 
qanchalik yo'l ekan? Xuftonda odam jo'natgan edik.
— Bilmadim, xo'jayin.
Xuddi shu paytda, yangi yigitlardan biri arvoh otni oq 
ko'pikka tushirib, chopganicha yetib keldi. Darvozani 
ochguncha bo'lm ay otdan o'zini tashlab, rangi o ‘chgan
256


va halloslagan holda mingboshining qarshisiga kelib 
lo'xtadi.
— N im a gap? M uncha hovliqding?
— Ish yomon, xo‘jayin. Ish yomon...
Yigit so‘zlay bilmasdi.
— 0 4 ir, damingni rostla! Bitta-bitta gapir!
Mingboshi o ‘zi ham ikki qulog‘ini dikkaytirdi. Yigitga
bir piyola choy berdilar, ichdi, nafasini rostladi. So‘ngra 
birin-birin so‘zlab berdi.
* * *
Mingboshining kechasi jo ‘natgan ikki yigiti bu qish­
loqdan chiqmay turib, u qishloqda yana to'polon bosh- 
landi. T o ‘polonni qam oqda yotgan Y odgorxo‘janing 
barzangiday ikki o ‘g‘li bilan narigi — kaltaklangan 
Umaraliboyning bir o ‘g ‘li boshlaydilar: keyingi boy- 
vachchaning q o iid a kichkinagina oppoq «Smit-vesson» 
to ‘pponchasi b o ‘ladi. Bular avval Yodgorxo'jani qam oq- 
dan qutqarib, keyin Umaraliboyni kaltaklaganlarning 
boshlig‘i hisoblanmish M am aturdini otib o'ldirm oqchi 
bo'ladilar. M amaturdining o ‘zi Umaraliboyga yigirma yil 
qarol b o ‘lgan kishi.
T o‘xtasin boyvachcha qo‘lidagi oppoq to ‘pponchani 
yaltiratib qorong'idagi guzar oldidan o ‘tar ekan, ovozini 
bemalol q o ‘yib yubordi:
— O 'z xo‘jayiniga, non-tuzini ichgan kishisiga qo‘l 
ko‘targan odam qanday odam b o ‘ladi? — deb 
so'zlanadi.— U nday odam ni tirik qo‘yish yaramaydi. 
Uni tirik q o ‘ysak, boshqalar ham shunga ergashadigan 
bo'ladi.
Aka-uka boyvachchalar ham bu flkrni m a’qul topadi- 
lar va mardlarcha qadam q o ‘yib, guzar oldiga — m achit- 
ga o ‘tadilar. Bu vaqtda guzarda oq alanga qilishib o ‘tir- 
gan bir-ikki yigit darrov borib, eshitgan gaplarini 
Mamaturdiga aytadi. M am aturdi qora sinchalog‘i bilan 
o ‘ng qulog‘ini bir kavlab olgach, juldur guppisini yelkasi- 
ga tashlab, uyidan chiqib ketadi: birozdan keyin ular 
ham besh-o‘n kishi b o ‘lishib, ko'prik oldida — baqqol 
do‘konining ayvonchasiga to'planadilar. Bu vaqtda bi­
rinchi qor qo‘shinining ilg‘orlari bu yerga yetib kelib,
9
-
3084
257


b ir-b ir qator chizila boshlaydilar. A chchiq izg‘irin 
childirmasini q o ‘liga olib, g‘ijbangni qizitadi...
— M en hech kimga tegm oqchi em asman, — deydi 
M amaturdi. — M achitda gap boshlagan kim b o id i?
O'shalar! 0 ‘zlari «xotintaloq», deb so‘kinmasa, biz q o i
ko‘tarm as edik.
— Ha, albatta, — dedi yigitlar.
— Biz endi ham q o i k o ‘tarmaymiz. Q o i ko‘tarib 
kelsalar, albatta, jo n boricha tortishamiz.
Pakana T o‘xtash ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmaydi:
— U lar q o i ko‘targandan keyin qo‘l ko‘tarsak, kech 
qolamiz, og‘aynilar, — dedi u. — Orqalaridan quvib 
borib, birdaniga soldirmasak boim aydi! Ha!
Erali semizning juvozkash bolasi T o‘xtashning fikrini 
quwatlaydi:
— Bostirgandan bosgan yaxshi, albatta!
— Yo‘q, senlar tushunmaysan, — dedi M am aturdi.— 
«Og‘zi qiyshiq b o is a ham boyning o ‘g‘li gapirsin», degan 
gap bor. Kim kuchlik? Puli bor kuchlik. Podsholik, 
amaldorlik, yarim podsho — ham m asi puli borning 
og‘ziga qaraydi.
— «Puli borning gapi o ‘ng, puli yo'q n in g gapi 
to ‘ng»,— deydi yana bittasi.
— H a, barakalla. Biz oldin q o i ko iarsak , bu nomard 
amaldorlaring butun qishloqni otuv qilishdan ham toy- 
maydi. 0 ‘zlari bir nim a deb kelishsa, biz o'shanga qarab 
m uom ala qilaylik.
— Ha, ha, to ‘g‘ri, — dedi qishloq yigitlari.
Bir oz o ig a n d an keyin M am aturdi boshini ko‘tardi:
— Menga qara, bolalar! Uning qasdi menda. M en 
o ‘zim olishaman. Senlar aralashmasang ham b o iad i. 
Senlarda qasdi yo‘q.
Yigitlar ham m asi bir ogizdan:
— Y o‘q! — deb qichqiradi. — Biz senga q o i te- 
gizdirmaymiz!
Bu orada uchala boyvachcha qamoqdagi «bechora»ni 
qutqarib olish uchun qancha zo‘r berib, hech narsa 
chiqara olmaydilar. Mingboshining sinashta yigiti qattiq 
turadi, miltiq q o ‘ndo g ‘ini o ‘z k o ‘ksiga qadab turib 
qichqiradi:


— 
Yaqin kelganingni otaman! M ingboshidan buyruq 
kelguncha hech kimni yaqin keltirmayman.
Uning yonidagi yigitda ham ov miltig‘i b o iganidan 
boy bolalari qo‘rqadilar: to ‘pponchani qo‘yniga solib 
turib qahram on boyvachcha achchiq-achchiq so‘kinadi: 
bu bilan ular uchovi tez-tez qadam q o ‘yib, m achitdan 
chiqib ketadilar. M achitning chap biqinidagi tor ko‘cha 
bilan dalaga chiqib, undan suv b o ‘ylab to ‘p p a-to ‘g‘ri 
M amaturdining uyiga boradilar. U yerda M am aturdi 
boim aganidan «biror joyda berkinib yotgandir», deb 
uyning har tom onini qidira boshlaydilar. M amaturdining 
gangib qolgan xotini «ko‘chaga chiqib ketdi», guzardagi- 
lar «falon» desa ham quloq solmadilar. Xotin bechora 
boyvachchaning q o iid a oppoq to ‘pponchani ko‘rgandan 
keyin qo'rqib, k o ‘chaga chiqib ketadi va ovozining 
boricha baqirib «dod» dem oqqa boshlaydi.
Xotinining faryodini eshitgandan keyin M am aturdi 
ishning nimaligini darrov payqaydi, yigitlar bilan birga 
o ‘z uyiga qarab yuguradi. «Hay, hay! Hay, hay! Bu nima 
gap?» deb eshikdan kirgan ham on boyvachcha ayvon ol­
didan yugurib kelib, unga qarata o ‘q uzadi. 0 ‘q 
M amaturdining chap yelkasiga tegib, uni yarador qiladi, 
u yoqdan pakana T o ‘xtash yetib borib, kaltagina bir ta- 
yoq bilan boyvachchaning q o iig a uradi, to ‘pponcha 
ikki-uch qadam nariga borib tushadi, narigi ikki boy­
vachcha bularga qarab tosh otishga kirishadilar. Shunday 
qilib, ikki orada yana urush boshlanib, natijada aka-uka 
boyvachchalarning biri o lad i: biri ozroq kaltak yegandan 
keyin qochib qutuladi, to ‘pponchali boyvachcha esa 
to ‘pponchasidan voz kechib, q o ro n g id a bir joyga berki- 
nadi. Qon ko‘p ketganligidan M amaturdi ham yiqilib qo- 
ladi. Uning xotini erta qachon o ‘zidan ketgan b o iad i.
M achitda esa hujraning darpardasini ag‘darib 
tashqariga chiqqan Yodgorxo‘ja ikki yigitga so‘z bermay 
chiqib ketmoqchi b o ia d i: yigitlar qor bilan namlangan 
yerda u bilan ancha olishgandan keyin q o i-o y o g in i 
bog'lab, yana hujraga kiritib qo‘yadilar. Shundan keyin 
ikki yigit yetib borib, mingboshining buyru g in i eshittira­
di. Boy q o ‘l-oyog‘i bo'shalgandan keyin yigitlarni 
masxara qilib kuladi: juda b o im a g ‘ur gaplar bilan haqo-
259


rat qilib so‘kadi: «Hammangizni ottirib yubormasam, 
nom im ni boshqa qo‘yaman», deb qichqiradi. Yigitlar in- 
damay tura beradilar. Faqat yengilgina kulib qo‘yadilar. 
Yangi yigitlaming biri qattiqroq kulib yuborgandan keyin 
boy turib unga yopishadi — urm oq qasdida b o ‘lsa kerak. 
Shundan keyin sinashta yigitning m an qilganiga qara- 
masdan, mingboshining yangi yigitlari uning o ‘zini an- 
chagina kaltaklab tashlaydilar.
Butun shu hangom alar bo‘lgan vaqtda qishloqning bir 
am in va ikki ellikboshisidan hech biri ko‘rinmaydi: ular 
m ingboshi ketar-ketm as, uylariga kirib yashiringan 
bo‘ladilar...
* * *
Mingboshi butunlay gangib qoldi. N im a qilishini bil- 
maydi. Kim dan maslahat so‘rashga hayron bo‘ladi. Shu 
tirrancha H akim jondan m aslahat so‘ray bersa, u nim a 
xayollarga boradi? Holbuki, bu Qumariq voqeasi uni ikki 
o ‘t orasiga tashlab q o ‘ydi: bir to m o n d a haqligi ochiq 
ko‘rinib turgan fuqaro, xalq; bir tom onda — puli ko‘p, 
obro‘lik katta boylar. M ingboshining o ‘zi uchun, shu to p ­
da, fuqaro qo‘rqinch emas: mingboshi nim a desa, «yo‘q» 
demaydi fuqaro. Boylar bo‘lsa na fuqaroni bir chaqaga 
oladi (m unisi-ku, mayli-ya), na mingboshini (mana, m u- 
nisiga chidab b o ‘lmaydi!). O chiqdan-ochiq so‘kadi, haqo- 
rat qiladi, xalq oldida «seni u qildim, bu qildim!» deb baqi- 
radi. Mingboshiga qolsa, ikkala boyni Sibirga jo ‘natardi. 
Lekin bu b o ‘ladigan ish emas. Fuqaro qancha haqli bo ‘lsa 
ham , shahardagi kattalar puli borning tarafmi oladi, unga 
ozor bermaydi. Endi m undan keyin boylar ham tek tur- 
maydi: bor-yo‘g‘ini advokatga berib, kattakon arizalarni 
yozdiradi: katta noyibga, uyezd hokimiga, yarim pod- 
shogacha ariza yuboradi. Ishqilib, mingboshining boshini 
ye may qo‘ymaydi... Qani endi, Miryoqub bo'lsa! Albatta, 
bir tadbirini qilardi. Q o‘ymasdi.
«Attang, — deydi mingboshi o ‘z -o ‘ziga. — Qishloq 
odamlari chakki qilibdi. Kechaning o ‘zida ikkala boyni 
o ‘ldirib yuborishsa yaxshi bo‘lardi. Ayb menga tushmasi- 
di: chunki m en u yerda yo‘q edim. Juda soz b o ‘lardi. 
Attang, attang...»
260


N im a qilishini bilmasdan ichkariga kirib, tashqariga 
chiqib, hovliga o ‘tib, ko‘chada aylanib, kech kirguncha 
xayol surib yurdi. Kech kirganidan keyin Zebining yoni­
ga kirib, kechagi ovqat bilan birga bir shisha aroqni ichib 
oldi. So‘ngra to ‘shakka yonboshlab o ‘zining qo‘pol va 
xunuk ovozi bilan turli-tum an, almayi-aljayi qo‘shiqlarni 
aytishga boshladi...
U chala xotin dahliz eshigi oldida to ‘xtashib, ashulani 
eshitar va ag‘anab-ag‘anab kulardilar. Faqat, birgina 
Poshshaxonning ko‘zlarida Zebining to ‘yidan burun 
b o ig a n i singari o ik ir bir jiddiyat ko‘rinardi. Bu jiddiyat 
ichidagi o g ir iztiroblarning ko‘zlarda aks etgan k o ia - 
galari edi. U ning shu topdagi ko'zlariga tikilib qaragan 
kishi q o ‘rqib ketadi. Faqat har biri o ‘z kunini o ‘zicha 
k o iay o tg an kundoshlar u k o ‘zlarning qo‘rqinch ifodala- 
ridan bexabar edilar... «U yenggan, yutgan, o sh ig i olchi 
kelgan, deganini b o id irg an kundosh emasmi? N im a 
g‘ami boisin?..» K undoshlar shunday o ‘ylaydi.
Lekin haqiqatda...
H aqiqatda esa mingboshi xotinlari orasida eng jonli 
va eng esligi b o ig a n bu juvon Sultonxonga qarshi ochgan 
kurashining natijasidan norozi edi. Zebi kelmasdan b u ­
run qanday zo ‘r berib o ‘ylagan b o is a , endi undan 
ko‘proq xayol suradi. U ning xayoli daryolarday bu ju- 
vonni allaqaylarga oqizib olib ketadi. Ushlab b o is a ekan 
xayollaming uchini!
«Nima b o id i? Zebixonni keltirdik: qancha qiyinchi- 
liklardan so ‘ng uning qaysarligini sindirib, q o ‘ziday 
yumshoq-yuvosh va muloyim qilib, mingboshiga top- 
shirdik. Mingboshi endi undan xursand: Zebixonning 
ham xafa b o ig a n i m a iu m emas.
N ega xafa b o isin ? Mingboshi o ‘zi qari b o is a ham 
quw ati joyida: u o ‘zi bir xotinga qanoat qiladigan b o isa, 
xotin kishi, albatta, qanoat qiladi. U ndan keyin, «Yosh 
xotin qari erkakni yashartiradi», degan gaplar bor: qari- 
ganda uylanadigan erkaklar shu hikmatga amal qilar 
emish. Mingboshiga tegmagani bilan Zebixonning baxti 
kularmidi? M a iu m emas. Mingboshi qari b o isa , uning 
o ‘rniga mutloq yosh bir yigit kelishiga kim kafolat berar- 
di, deysiz? Zebixonning otasi qizining noziga qaraydigan
261


kishimi? Y o'q, aslo yo‘q! Mingboshi bilan oralari tuzal- 
gandan keyin m uni Zebixonning o ‘zi iqror qilmadimi? 
Bir kuni kundoshlariga nim a dedi u? «Ov, — dedi, — qiz 
bolaning peshonasi qursin! O 'zi xohlab erga tega olarmi- 
di? M eni otam shu qari odamga berdi, deb koyiyman: 
munga bermasa kimga berardi? 0 ‘zim suygan yigitga be- 
rarmidi, qalay? Tantiligi tutib ketganda, eshonboboga 
berib yuborardi... U m undan besh battar! Xo'sh, m ing­
boshining o ‘zi, odam lar aytganday, juda xunuk va bad- 
bashara odammi? Albatta, ko‘p erkaklardan xunukroq... 
O 'lgudek qo'pol... Ammo-lekin dunyoda 
undan ham
xunuk, undan ham qo'pol erkaklar bor-ku! M unga 
bermasalar, o'shalardan biriga ham bermas edilar, deb 
kim ayta oladi? Hech kim!»
Poshshoxonning o'tkir o ‘yi, o ‘rgimchak iniday har 
tom onga yoyilib, miyasini g‘ovlatdi. Tinim yo‘q u o'ylar- 
dan!
«Sultonxonning o'm ini Zebixon egalladi. Mingboshi 
Zebixonning uyiga butunlay кара tikib oldi. U uydan goh 
yosh kelinning quvnoq va bolalarcha kulishi, goh qari 
kuyovning xursand qiyqirishlari, goh b o 'lsa, yangi 
qayliqning yo‘rg‘a zarbli dutori bilan shirin va shirinlik 
ovozi, goh bo'lsa, yangi keltirilgan gram ofonda 
Netayxonning qichiq yallalari eshitiladi... Ana, turmush! 
Ana, kuyov-qayliq! Poshshaxon bilan Sultonxon qayliq 
bo'libdimi? Zebixonga elchi qo'yib yurilgan vaqtlarda 
mingboshi bir so'z degan emasmidi: «Shuni qo'lga keltir- 
sam, bor-yo'g'im ni tutam an. B or-yo'g'im shuniki b o 'la­
di. Bittagina bola tug'ib bersa, m erosxo'rim bo'ladi. 
Boshqalarga hech narsa yo'q!» Yaqinda ham H akim ­
jonga aytgan emish: «M en endi topdim baxtim ni. 
H am m ayog'im shuniki. Boshqalarga b esh-to'rt tanob 
yerni tirikligimda o'tkazib berib, qolgan davlatimni bata- 
mom shunga qoldiraman». Mingboshining katta davlati- 
dan katta meros kutgani uchungina qora ko'zli Miryoqub 
Poshshaxonni quchog'iga olgan emasmidi? Orada va’da 
berishlar bo'lgan emasmidi? Miryoqubday qora va chi- 
royli ko'zli, tanijoni sog‘, o'zi bardam , bazmchi, aysh-u 
ishratni ham m a vaqt shirin suhbat bilan boshlaydigan, 
ozoda va shirin so'zli erkakni qanday topib bo'ladi?


M ingboshining ham m a davlati qolm aganda ham , 
ko‘proq qismi Poshshaxonga qolganda, Miryoqub yana 
quchog‘ini ochib kelardiku-ya. Bir o ‘ris xotin bilan al- 
laqayoqqa ketgan emish. Bu erkak xalqi shunaqa itmijoz 
b o ia d i. Bittaga ilashsa ergashib ketaveradi... Mayli, 
o ‘ynab keladi. Mingboshining katta davlati tinch qo‘ya- 
di, deysizmi?»
Poshshaxonning kuchli o ‘ylari shamolday uchadi, ba- 
land-pastni aylanadi. Qani endi ularni tutib boisa!
«Miryoqubga va’da qilingan katta davlat yaqin o 'rta- 
da Zebixonga tegadurg‘onga o ‘xshaydi. Mingboshi, axir, 
ham m a xotinlaridan qari. So‘ng vaqtlarda aroqqa yom on 
berildi. Bu xilda icha bersa, birida b oim asa, birida yura­
gi kuyib o ia d i. O iim i ham yaqin endi uning! Yurt be- 
saranjom... Mingboshiga emas, undan kattarogiga ham 
so‘z bermaydi. Qumariqdagi to ‘polon mingboshining 
oshiga zahar qo‘shib qo‘ydi, o iir a r joyini topolmaydi. 
Mingboshi bu ketishda oim agan d a ham yo bekor b o ia ­
di, yo boshqa. A chch ig i kelsa, «vayna»ga ketib qoladi... 
Bordi-yu, bir kun erta bilan mingboshi jon taslim qildi. 
Davlati nim a b o ia d i? Davlati qursin! H am m ani yeb ado 
qiladiganga o ‘xshaydi. Ilgari to ‘rt kishi o ‘rtasidaydi, endi 
besh kishi o ‘rtasiga tushdi. Ilgari hech b o im asa, har 
kimga o 'z hissasi tushadi, degan umid boridi: endi uch 
xotinga bir hovuchdan yer, qolgan hammasi Zebixonga. 
Dunyoda o ‘z oyogiga o ‘zi bolta chopadigan ahm oq harrt 
boiadim i?»
Oynaga qaraydi Poshshaxon: «M ana, mana, o ‘sha 
ahmoq!» deydi, yigiashga hozirlangan ovozi bilan qah- 
qah solib kuladi.
Poshshaxonning jahliga tekkan yana bir narsa — 
Sultonxonning beparvoligi! Shu beparvolik, shu o ‘ynab- 
kulib yurishlar Poshshaxonni sil qiladi, sil!
«Nima b o id i bu juvonga? Ertadan-kechgacha kun­
doshlari bilan o ‘ynashadi, gapiradi, ashula qiladi, kuladi, 
kuldiradi, tegishadi, hazil qiladi, qitiqlaydi, qochadi, 
quvlaydi, quvlashadi. Qor yoqqanidan beri qishloqning 
yarim xotin-qizlari bilan qor otishib chiqdi... U chta bilan 
«qor xati» o ‘ynab yutdi... N im a balo b o id i bu juvonga! 
Kech kirsa, xuftondayoq o ‘zi uyiga chekilib, eshikni ichi-
263


dan berkitib oladi: tong otguncha dom-daraksiz yo‘q 
b o ‘lib singib ketadi... Eng ashaddiy dushmani Zebixon 
edi: eng yaqin o ‘rtog‘i Zebixon bo'lib qoldi. Ikkalasi sir- 
dosh, mahram...»
Bir zam on Sultonxonning boshidan o ‘tgan uyqusiz 
kechalar endi Poshshaxonning ko'zini yumdirmaydi. H ar 
kuni shom dan tortib, azongacha yotgan joyida u yoq-bu 
yoqqa ag'anab o ‘y o ‘ylaydi. K o'p o'ylash natijasida, 
Sultonxon o ‘zining m a’lum qarorini berib darhol ishga 
kirishgan edi, endi Poshshaxon ham , o ‘zining qo‘rqinch 
qarorini berdi va ishga boshladi. «Endi bir o ‘q bilan ikki 
qushni ag‘darish kerak».
* * *
Poshshaxonning qarori qanday q o ‘rqinch b o ‘lsa, 
uning bajarilishi shu qadar tez va oson bo'ldi: baqqoldan 
yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada er- 
tadan-kechgacha qaynadi: ertalab uning suvi bir choy- 
nakka solinib, Zebining uyiga olib kirilishga m o'ljallan- 
di... Bu vaqtda mingboshining qolgan uchala xotini 
Dadaboy baqqolning katta qizinikiga ziyofatga chiqib 
ketgan edilar. Mingboshi esa shoshilinch sur’atda sha­
harga chaqirilgan, yashirib b o ‘lmaslik darajada besaran- 
jom lik va talvasa ko‘rsatgan holda ertalab shaharga 
jo ‘nab ketgan edi. Poshshaxonning uyida allaqanday bir 
qarindoshi o'tirganligidan kundoshlari uni qistamadilar. 
X adichaxon kelib uni tashqariga chaqirib olgan va 
«M ehmoningizni jo'natgandan keyin chiqing. Kechga- 
cha o ‘ynashib o ‘tiramiz», degan edi.
Shunday qilib, o ‘zi yolg‘iz qolgan Poshshaxon be- 
malol Zebining uyiga kirdi... Tokchada bir kichkina 
choynakda «tabarruk» suv bor edi, u suvga Razzoq 
soTming iltimosi bilan eshonning o ‘zi duo o ‘qib dam 
solgan, uni ichgandan so'ng tez fursatda Zebi hom ilador 
b o iib , bola tug‘ishi kerak edi. Choynakdagi «tabarruk» 
suvni h o 'l obrezga to‘kib tashlab, o ‘rniga o 'z choy- 
nagidagi suvni to 'ld ird i. Tam om . «Zebi kechqurun 
chiqib suvdan ichadi-da, til tortm ay o ia d i. T o‘rtinchi 
xotinning u ch in ch id an boshqa kundoshi b o ‘ladimi? 
M uni yosh bola ham biladi...»
264


U ydan to ‘pp a-to ‘g‘ri baqqolning qizinikiga chiqdi. 
Anchagacha kundoshlari va o ‘rtoqlari bilan gaplashib, 
o'ynashib, kulishib o ‘tirdi. 0 ‘zi zahar berayotgan kun- 
doshini bir quchoqlab o ‘pti... Zebining o ‘pishlari issiq 
va astoydil b o is a ham, Poshshaxon negadir halitdan 
uni o iik n in g sovugan lablaridan olganday b o ia r va 
nishab suvga tegib turgan maysa uchiday yengilgina 
qaltirardi. Q ahqahalar bilan dunyoni boshiga ko‘targan 
vaqtlarida ham o ‘z q o iin in g beixtiyor ko‘kragiga borib 
qolganini payqar, allaqanday sovuq bir tum an par- 
chasining ko‘kragida ivirsib, u yer-bu yerga qadalib 
yurganini sezardi. Shu qadalgan narsani chiqarib 
yubormoq uchun o ‘zini zo'rlab b o is a ham , bir-ikki 
m arta qattiq-qattiq yo‘taldi. Faqat bu yo‘tal uning 
og‘zidan emas, allaqanday yetti yot begonalarning 
og‘zidan chiqdi, bu y o ia l ovozidagi oriyat shu qadar 
ochiq ediki, y o ia ld a n so‘ng Poshshaxon yana ko‘ksi- 
ni gijim lashga majbur b o id i.
— N im a b o id i jo nim , sizga? S ham ollab-netib 
qoldingizmi? — deb so‘radi Zebi.
Zebining shu m ehribon, shu sodda, shu bolalarcha 
m a’sum ko‘zlarida samimiyatdan boshqa hech qanday 
m a’no b o im asa-d a, Poshshaxon unda quyidagi so‘zlarni 
o ‘qidi: «Bir meni oidirganing bilan maqsadingga yeto- 
larmiding? Bekor mening yosh jonim ni juvonm arg qil- 
ganing qoladi».
Shundan keyin, haligi tum an parchasi ko‘krak 
tegrasida ot q o ‘yib, chopqillay boshladi. Butun a’zoi- 
badanidan yalm ogiz kampirning muzdek sovuq q o ilari 
o im alaganday b o iard i. Yosh juvonning rangi 
o ‘ch- 
di.
Kundoshlari uning tegrasini oldilar:
— N im a b o id i, Poshshaxon, sizga?
— Sovuq oldiribman, shekilli...
— Chiqib yoting, b oim asa.
Ovqatga ham qaram asdan, uyiga chiqib ketdi. Shu 
b o ‘yicha ertasi kuni ham boshini koiarolm adi...
265


XVIII
— Akbarali, sen shunday bir ish qilibsanki, — dedi 
noyib to'ra, — endi mundan nari men seni himoya qilol- 
masman.
Mingboshi nim a deyishini bilmasdan yerga qarab 
jim gina o ‘tirardi.
Noyib to ‘ra davom etdi:
— Ikkala boy bir b o ‘lib eng yaxshi advokatga ikki 
quloch ariza yozdirishib, to ‘p p a-to ‘g‘ri hokim to ‘raga 
tutibdilar. Hokim to ‘ra telefon berdi, m endan bir oz 
koyidi. Arizani ko‘rdim. Yomon narsalar bor unda... Seni 
endi hech kim himoya qilolmas, deb qo‘rqaman...
Mingboshi beixtiyor boshini ko'tarib, noyib to ‘raga 
qaradi, so‘ngra yana burungidan ko‘ra pastroq engashib, 
am irkon etigining bukilgan boldirlariga tikildi.
Noyib davom etdi:
— Hozir, sen kelmasdan bir oz burun, bir odamni 
Qumariqqa yubordim. Uchastka pristavi ham o ‘sha yer­
da. M achitda ikki boyga qarshi musht ko‘tarib chiqqan- 
larning hammasini qam oqqa oladi. Boshqa chora yo‘q. 
Im om domlaga bizning nom im izdan rahm at aytishga 
buyurdim. Juda yaxshi so‘z qilgan, deydilar.
Mingboshi chidayolmadi:
— Taqsir to ‘ra, men hayronman: haligi qam oqqa oli- • 
nadiganlarda zarracha gunoh yo‘q-ku. Bu qanday b o ‘la- 
di? Agar o ‘zingiz o ‘sha yerda b o ‘lsangiz, ikkala boyni 
otardingiz...
— Bilaman, — dedi noyib, — juda yaxshi bilaman. 
U naqa m ingta arizadan sening bir og‘iz so'zingga 
ko‘proq e ’tibor qilaman. Boylarning quturgani rost, su- 
rishtirib ko‘rdim. U lar o ‘z qilmishlarining jazosini tort- 
ganlar...
Mingboshi dadillandi:
— U nday bo‘lsa, munday adolatlik podsho vaqtida 
ochiqdan-ochiq nohaqlik qilishga qanday yo‘l q o ‘yiladi?
Noyib kuldi:
— Soddasan, Akbarali. Podsholik ham m a vaqt yurt­
ning obro‘ylik odam larini himoya qiladi. O bro'y davlat 
bilan topiladi, m uni bilasan. U ndan keyin, qishloq
266


odamlarining shunaqa o'zboshim cha harakatlariga yo‘l 
qo‘yib bersak, oz vaqt ichida qishloqdan qo'l yuvishimiz 
kerak bo'ladi. Sen xomsan siyosatga...
— M en bir omi odam m an, — dedi mingboshi, — 
siyosatingizni bilmayman. Q o'lim dan kelganicha pod- 
sholikka xizmat qilib keldim. Shuncha zam on qilgan xiz- 
m atim ni nazarga olmasmikin?
— Men ham shuni o'ylayman. Akbar, sen hozircha 
boraver. Men hokim to ‘raning oldida seni oz bo'lsa ham 
him oya qilib ko'ram an. B o'lm asa, sening o'rningga 
boshqa odam qo'yarmiz. Davlating katta, yeb yota be­
rasan. O'zing ham qarib qolding.
— Mayli, taqsir, — dedi mingboshi bir oz yengil to r­
tib, — am aldan tushiringiz, mayli. Qarigan vaqtimda 
so'roq berib yurishga nafsim qo'ymaydi...
— Menga qolsa, senga tegmas edim, Akbar. Ish hokim 
to'rada. Hokim to'rani yo'lga solish qiyin bo'ladi, unga bir 
narsa degani qo'rqam an... chunki, ish juda xunuk. Xayr, 
boraver, iloji bo'lsa, o'sha ikkala ko'ppak bilan o'zing 
bitish. Balki, arizaning beoqibat qoldirilishini so'rab, ariza 
berarlar. Miryoqub bo'lsaydi, senga oson bo'lardi...
Shu bilan mingboshi ko'ngli buzilib mahkamadan 
chiqdi. Mingboshilikdan bekor qilsalar, uncha qayg'ur- 
mas edi; munga o 'z nafsini bir ish qilib ko'ndira olardi. 
Lekin «Akbarali mingboshi amalidan bekor bo'libdi», de­
gan xunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdisamat kaptar- 
larning qanotiga ilib, shamolning qo'ltig'iga qistirib, 
yomg'irning tomchisiga joylab, bulutning qo'yniga solib 
uchiradi; har bir uchgan qarg'a shuni aytib qag'illaydi, 
shu bilan ikki kun ichida u shumli xabar yer yuzini ay- 
lanib, Makkatillogacha yetib boradi. U yerda ming­
boshining eski kushandasi Nasriddin baqiroq Ka'bayi 
sharifning baland tomiga chiqib, arab tilida ayyuhannos 
tortadi... U ndan ko'ra o'lgani yaxshi emasmi?
Z unnun bilan birga noyib to'raning uyi oldidagi past- 
gina skameykaga o'tirdilar.
— M en ham eshitdim, ota, xunuk gap bo'libdi, — de­
di Zunnun.
— Yomon bo'ldi bu ish, shu sababdan sening yoning- 
ga keldim. Yaqinda Miryoqub akangdan xat kelib edi.
267


«Ba’zi bir nozik ishlarni Z unnun bilan gaplashinglar, u 
o ‘zi noyib to ‘raning bekasiga aytib to ‘g ‘rilaydi», degan 
ekan. Shunga kelib edim.
— Jonim bilan, ota! M iryoqub akam aytmasa ham
qilib beram an. Bemalol buyura bering.
— H am m a gap hokim to ‘rada, deydi. H ayronman. 
Века bilan gaplashgin-chi, nima maslahat berar ekan.
— Siz Eski shaharga tushib, kechgacha bir aylanib 
keling. M en beka bilan gaplashib q o ‘yaman. Kech payti- 
da javobini aytaman. Shunga qarab ish qilasiz.
Mingboshi o ‘sha kunni zo‘rg‘a o ‘tqazdi. Nam ozgar 
b o im asd an turib Zunnunning oldida edi.
— Katta pul kerak emish, — dedi Z unnun birdaniga.
Mingboshi ham ustidan tog‘ tushganday yengil nafas
oldi.
— Pul bilan bitadigan b o ‘lsa, mayli. Pul topiladi.
Mingboshining yengil nafas olganini ko'rib, Z unnun
ham ochila tushdi, uning ko‘zlarida burungi andisha qol- 
magan edi.
— Bekamiz bunday dedilar: «Hokim to ‘raning xotini 
bilan o ‘zim gaplashib ко‘ram an, ish qaltis, bir narsa 
chiqadimi, yo‘qmi — oldindan aytolmayman. H ar qalay, 
bir ming, bir yarim ming pul kerak», deydilar. « 0 ‘zimga 
b o isa, Akbarali qadrdon odam , ish eplanadigan b o isa , 
keyincha bir narsa qilar», deydi. «Ammo, deydi, ish juda 
nozik, bir narsa chiqarib boiarm ik in , yo‘qm ikin— hay­
ronman», deydi. «Pulni olib kela bersin yotib qolguncha 
otib qolaylik», deydi. «Ammo m enga ishonib o ‘zi 
harakatsiz yurmasin», deydi.
— Qulluq, Zunnun, qulluq senga. Bu ish — tuzal- 
maydiganga o'xshaydi. Xayr, mayli, erta-indin pulni 
eplab olib kelayin. Bir urinib ko‘raylik. Chiqsa-chiqar, 
chiqmasa otasining go‘riga...
— Ichkariga kiraylik, ota. Bitta-yarimta choy qilay.
— Yo£q, Z unnun, to m o g im d an hech narsa o ‘tmaydi.
Mingboshi Z unnun bilan xayrlashmasdanoq o ‘rnidan
turib ketdi. U yerdan chiqib, oddiy bir mayxonaga kirdi. 
Bir shisha aroqni jindek kabob bilan ichib oldi. So‘ngra 
miyasi xamirday ko‘pchib, ot ustida qiyshaya-qiyshaya 
orqasida ikki yigiti bilan qishloqqa jo ‘nadi...


* * *
Uydagilar allaqachon yotgan edilar. Dovdiragancha 
qoqilib-yiqilib Zebining uyiga kirib bordi. Miyasi hech 
narsa anglamasdi, shunday bo'lsa ham ertaga yo indinga 
bir ish qilib loaqal uch ming so‘m pul topishga jazm qil­
di. M uning uchun hech qanday tadbirdan chekinmaya- 
jak edi.
— Tur, hay! — dedi Zebiga.
Zebi yotgan joyidan turib, fonam i balandlatdi.
— Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi?
— Ha, kosada osh bor.
— Ber buyoqqa.
Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, uning ovozida- 
gi bu g'ayritabiiy qo'rslik va qattiqlikka hayron bo'ldi, 
boshini ko'tarib, unga tikildi, «o'zimi, boshqami?» de­
ganday...
— N imaga menga qaraysan? Yo mastmisan, sin- 
taloq?— dedi mingboshi.
Zebi 
indam asdan 
dasturxonni 
yoyib, 
oshni 
qo'ydi.
— Och muni! — M ingboshi yonidan bir shisha aroq 
olib uzatdi.
— M en ochishni bilmayman, — dedi Zebi, ko'z 
yoshlari qavog'iga kelib tizilgan edi.
— Mening xotinim bo'lib aroq ochishni bilmaysan- 
mi? — dedi mingboshi, xoxolab kuldi. — O'rgan! M ana, 
qarab tur! — Shishaning tagiga y o 'g 'on shapalog'i bilan 
ikki marta urdi, po'kak sachrab chiqib, shiftga tegdi, 
so'ngra u yerdan sachrab, tokchadagi katta jom ga kelib 
tushdi, «jar-r-rang»... etd ijo m .
— H a - h a - a L — dedi mingboshi. — Jom laringni 
jaranglatdim, sintaloq!
Bir-bir ketin ikki piyolani to'latib ichdi, yengi bilan 
og'zini artdi. So'ngra bir piyolani choch qilib Zebiga 
uzatdi:
— Ma, ich! Odam bo'lasan!
— Voy, o'la qolay! Aroq ichamanm i? Qo'ying, gapir- 
mang!
— O dam bo'lasan, deyman! 01! O-ol!!!
269


Zebi orqasiga chekilib yig‘lab yubordi.
— Q o‘y, mayli, ichmasang ichm a, — dedi ming­
boshi.— 0 ‘zim ichaman!
Bir shishani tam om qilib, yuvuqsiz qo‘li bilan oshga 
chang soldi. Oshning yarmi barmoqlari orasidan dastur­
xonga, ko‘rpa-to‘shakka, o ‘zining liboslariga to ‘kilardi. 
Zebi devorga suyanib bu qo‘rqinch kuyovni tom osha qi- 
lardi...
Mingboshi og‘zida t o i a osh bilan: «Netayxon, ay­
lanay, yodimga tushdi-е...» deb xirgoyi qildi. Oshli og‘iz 
bilan boshlangan xirgoyi tom oqqa tiqildi, mingboshi 
qalqib ketdi va og‘zidagi oshni kosaga purkab yana osh­
ga qo 'l uzatdi. Zebining ko‘ngli aynidi, shekilli, sekingi­
na tisarila-tisarila dahlizga chiqdi. Dahlizda bir piyola 
sovuq suv ichdi. Yuragi kuygani bosilm adi shekilli, 
yana quymoqchi bo'ldi. Suv yo‘q edi. Bir qanoti ochiq 
eshikdan uyga qaradi. Mingboshi yana bitta shishani 
ochib, piyolaga to ‘ldirayotgan edi... Zebi tashqariga 
chiqib, toza qor bilan q o iin i yuvdi, toza qorni yuzlariga 
surkadi, jindak yedi. Ancha shamollab va yengillab kir­
gan vaqtida, mingboshi dasturxon yonida ag‘nab uchib 
qolgan edi. U ni qo‘zg‘atib o ‘tirm asdan, dasturxonni 
sekingina yig‘ishtirib oldi-da, bir chekkaga bir yostiqni 
tashladi, ustiga bir to'shakchani yopindi, fonarni pastla- 
di, shu bilan uyquga yotdi. Orada qancha uxlagandir, 
o ‘zi ham bilm aydi, besaranjom b ir qichqiriq bilan 
uyg‘ondi:
— Suv! Suv! — deb qichqirardi mingboshi.
Zebi uyqusirab kelib, yana fonarni balandlatdi. 
Ungacha mingboshining qo‘rqinch ovozi yana ko‘tarila 
tushdi:
— Sintaloqdi qizi, suv, deyman! Stiv! Yuragim kuyib 
ketdi... Yonib ketdi!.. Suv! Suv!!!
Zebi shoshib qoldi, tez borib choynakdagi tabarruk 
suvni q o iig a oldi va — hech narsa o ‘ylashga fursat 
yo 'q — darhol mingboshiga uzatdi...
Mingboshi choynakdagi suvni bir shimirishda tam om
qildi. Zebi endi uning tinchib uyquga ketishini kutardi. 
Yoniga yumshoq bolishlardan ikkitasini q o ‘ydi, ustiga
270


kichkinagina bir to'shakni yopdi. Mingboshi ham tinchib 
qolganday bo‘ldi.
Zebining kipriklari endi bir-biriga tekkanda, m ing­
boshi birdaniga dahshatli bir tovush chiqardi. O 'rnidan 
turib kamarlarini, to ‘nlarini apil-tapil yechishga boshla­
di. Zebi butun bu harakatlarni boyagi singari mastlik 
asarlari, deb o'yladi. Uning kam ar va to'nlarini bir-bir 
olib, qoziqqa ildi, ikkalasi uchun solingan joyni tuzat- 
di — erini sekingina olib borib yotqizmoqchi bo'lardi...
M ingboshining ko'zlari ch an o g 'id an chiqib keta 
boshladi. U endi ko'ylaklarini yirtib, ko'ksini, tom oq- 
larini tintalay boshladi... Bor kuchi bilan zo‘r berib nafas 
olishga tirishardi. So'ngra buzuq ovoz bilan zo 'rg'a- 
zo'rg'a:
— B o'g'm a, bo 'g 'm a meni!.. — deb qichqirdi.
Bir-ikkita qadam bosib, devordagi javonga suyandi, 
bir nafas tinch qolgach, yana bo'g'ziga qo'l uzatib, etla- 
rini cho'zdi. Ko'ksiga mushtladi. U ndan keyin bir qo'li- 
ni yuqori ko'tarib, boshiga qo'ydi. K o'zida ikki-uch 
tom chi yirik-yirik yosh ko'ringan edi. G 'alati, yuvosh, 
muloyim, beozor va ayanch nazar bilan Zebiga qaradi va 
ikkala qo'lini qo'yib yuborib, boshini bir tomonga shilq 
etib tashladi-da, o 'zi ham devorga suykana-suykana 
sekingina yerga o'tirdi, bir nafas o'tirgandan keyin bir 
tarafga qiyshayib, ohistagina yonginasiga yiqildi va shu 
bo'yicha qimirlamay qoldi...
Nafasi ichiga tushgani holda devorga orqasini berib 
butun bu fojiani kuzatayotgan Zebi bo'lgan ishni angla- 
dimi, yo'qm i — harholda, qish kunida, yugurganicha 
ko'ylakchan tashqariga chiqdi va ixtiyorsiz faryod soldi.
Kundoshlari ham birin-birin uyg'onib chiqdilar va 
mingboshining keng ichkarisida azonga yaqin to 'rt xotin­
ning azani bildirgan yig'i ovozi ko'tarildi.
U lar orasida o 'q otib m o'ljaliga tegizolm agan 
Poshshaxon ham boridi. Kim biladi, mingboshining 
o'limiga yig'laydimi u juvon, yo Miryoqubning bevafo- 
ligiga, yo bo‘lmasa hayf ketgan kuchalaga...
271


XIX
Kundoshlik orqasida yuz bergan bu jinoyat zam on- 
ning nozikligi orqasida olovga tashlangan jizzadek bo'ldi. 
Kichkinagina uyezd shahrining kichkina va tor miyali 
amaldorlari — ham m asi askardan yetishgan «azamat- 
lar» — kelishmagan b ir tasodifning to 'rt chaqaga arzima- 
gan bu qurbonini zam onning zo 'r qahram oni darajasiga 
ko'tarib yubordilar. S h u bilan ular yangi fath etilgan 
o'lkada va yangigina bo'ysungan «vahshiy» xalq orasida 
juda yaxshi va ziyrak siyosat yurgizib, o'sha xalq orasidan 
shunday eslik va tadbirlik, toj-u taxtga nisbatan shunday 
sodiq va astoydil m a’m u r yetishtirganliklarini o'zlaridan 
yuqori amaldorlarga ko'rsatm oq istardilar. Bularning 
shuncha yillar zo 'r b erib zo 'rg 'a -z o 'rg 'a yetishtirgan 
ziyrak davlat odamlarini m unaqa osongina (kuchala bi­
lan!) o'ldirib keta bersalar, o'lkada tutilgan siyosatning va 
ham u siyosatni am alga oshiruvchilarning bir chaqalik 
obro'si 
qoladimi? 
A yniqsa yerli 
xalq 
o 'rtasida? 
Siyosatning obro'sizligi nim a demak? Idora usulining 
obro'sizligi emasmi? H indistonga qo'shni va darvoza 
bo'lgan bir mustamlakadagi siyosatga to'kis-tugal obro' 
ta ’min etilgan b o 'lish i kerak. Y o'qsa natija yomon. 
Qo'rqinch!!!
M ana shu vahima va tashvishlar bilan liq to'lib 
Toshkentga tomon q a n o t qoqqan depeshalar (rasmiy 
telegrammalar) voqeaning uchinchi kunida Toshkentdan 
O'lka harbiy sudining sayyor hay’atini uchirib keldi. 
So'roqning o'zi esa sudning yetib kelishidan ham tez 
o'tdi. «Munday shoshilinch sud urush maydonlarida 
bo'lm asa, boshqa jo y d a bo'lishiga aqlim yetmaydi!» deb 
piching qilib gapirdi tilm och...
Bu odam eskidan b e ri sudlarda ishlab, m uttaham lik- 
ka guvohnoma olgan q ad rd o n tulkilardan emas, negadir 
chetdan, xolis kishilar o rasidan chaqirilgan edi. Uni sha­
har odamlari, ayniqsa, yerli xalq kam taniydi. Nihoyati, 
pochtada ishlovchi (o 'z i yerli xalqdan yetishib qolgan!) 
pastroq bir ma’mur...
Ammo zakunchi... Zakunchi — boshqa odam! Bu
272


odam, yo'q, bu zot Turkiston o ‘lkasining qaysi bir olis 
joyida (Zakaspiyda em asm ikan?) davlat xazinasining 
ko'pgina pulini yeb qo'ygan askariy bir to ‘ra. Agar 
haqiqiy qonunlarga amal qilinganda, uni yo otish, yo 
umrlik surgun qilish shart edi. Faqat u o ‘zi juda issiq 
mamlakatda yashasa ham , boshida qalin-qalin soyabon- 
lari bor ekan, ular o'z kishilarini butunlay kuydirib tash- 
lashga yo'l qo'ymaganlar. Ularning soyalarida bu zot 
askariy rutbalaridangina ajrab, kissasi ko'p ham qoqlan- 
masdan, o'lkaning u chekkasidan bu chekkasiga «sur­
gun» bo'lib, o 'z istagi bilan «surgun» bo'lib kelgan va 
munda... xususiy zakunchilik kasbiga kirishgan. Davlatni 
aldab o'rinlatgan kishi boshqalarni aldab o'rinlatolm ay- 
dimi? Tajriba — zo'r, davlat — o'zi! Bu odamning 
cho'pqatlari juda ko'p. O 'z-o'zin i hurmatlay bilgan hech 
bir zakunchi tom onidan olinmaydirgan ham m a «gumon- 
lik ishlar»ni shu kishi oladi va ko'pincha yutib chiqadi. 
Xullas, mustamlaka o'lkasining nodon yerlilari orasida 
uyezd miqyosiga yarasha ish ko'radigan kichkinagina bir 
Plevako1.
M ahalliy tergovchining «tergov protokoli» bilan har- 
biy sud prokurorining ayblash qog'ozi zakunchining 
qo'liga topshirilgan vaqtda, u boshqa katta bir ishni olish 
to'g'risida o'ziga o'xshagan bir kishi bilan gaplashib 
o'tirgan edi. Kim ekan u — «o'ziga o'xshagan» kishi? 
Shaharda bo'lsin, uyezdda bo'lsin, uni tanimagan odam 
yo'q, o'zi yerlilardan. Yerli xalq uni — «Obrezqora» deb 
ataydi. O 'rta bo'yli, qopqora tanli arvoh, qotm a bir 
kishi... Bu zakunchi — ruslardan chiqqan «advokat» 
bo'lsa, O brezqora — yerli xalqlardan chiqqan «ad­
vokat»... Qaysi bir sud majlisida «yolg'on guvoh»ga hojat 
ko'rilsa, Obrezqora tayyor. Uning bu xislati ham ham - 
maga otning qashqasiday m a’lum. K atta-katta qozilar, 
boylar, obro'lik odam lar shu Obrezqora bilan olishib... 
yer bilan yakson bo'lishgan! M uni ham ham m a biladi. 
Shu uchun ham m a qo'rqadi... «Bu Obrezqora «bosma»2
1 R usiyada inq ilo b d an b u ru n d o n g 'i c h iq q a n advokat.
2 B osm achilik, b anditlik.
273


qilishdan ham toymaydi!» deb gapirishadi shahar 
odamlari.
Shunday aziz bir cho‘pqat «xizmat haqi» besh ming 
so‘mlarga yetib boradigan bir «ish» topib kelib, shu 
to ‘g ‘rida qaymoqlashib o ‘tirganda, allaqanday harbiy 
sudning befoyda ishiga vaqt sarf qilish — zakunchiga an ­
cha og‘ir keldi. Kelgan qog‘ozlarga ustidangina bir ko‘z 
yugurtirib oldi-da, bir chekkaga tashlab qo'ydi. U lar o ‘z 
mundarijalarida zikr etilgan shaxslar singari, to so‘roq 
kunigacha, yo‘qlanmasdan va esga olinm asdan tash- 
landiq holda qolib ketdilar. So‘roq kunigacha zakunchi 
ularni xotirlab qo‘yishga ham fursat topolmadi. Kichkina 
shaharning kichkina Plevakosida ikkitagina qog‘ozni 
ko‘rib chiqishga fursat topilmaydimi? Vokzal qarshisida- 
gi ko‘chada bir salqin takya bor, uni ertadan-kechgacha 
shunda o'tirib, Obrezqora bilan qim or o ‘ynaydi, deydi- 
lar. 
D em ak, 
fursati 
em as, 
hafsalasi 
b o im a g a n . 
Arziydigan ish b o isa, hafsala ham topilardi-kuya.
So‘roq kuni erta bilan haligi ikki «yetimcha»ni topib 
oldi va nonushta ch o g id a allanechuk bir ixlossizlik bilan 
tezgina ko‘rib chiqdi. Bu ish shu qadar tez bajarildiki, 
nonushta dasturxoniga zakunchi kelib o iirm asd an bu- 
runroq quyilgan bir stakan choy ikkala qog'oz o ‘qib 
chiqilgandan keyin ham sovunib yetmagan edi, shu 
uchun uning sovunishini yana bir oz kutishga to ‘g‘ri kel­
di. Ikkala qog'ozning m azm uni ham , zakunchiga xuddi 
go‘daklar falsafasidek tuyuldi. Qog‘ozlarni o ‘qib turib 
ham da ularni o ‘qib b o ig a n id a n keyin advokatning 
cho‘ziq yuzlariga bir kulgi yoyildi, uning moshbirinch 
m o ‘ylovlarini ikki tomonga kerib yuborgan bu kulishda 
chinakam otaning boladan kulganiga o ‘xshagan bir narsa 
boridi...
Ammo protokolga sovuq qarashda faqat zakunchini- 
gina ayblash mumkin. Yozuv mashinasi b o im ag an ter­
govchi mahkamasining mirzasi bechora protokolni juda 
zo‘r diqqat va hafsala bilan ko‘chirgan. Ori rost, yerli 
xalqning nomlarini yozishda u ham chalasavod bolalar- 
ning ishini qiladi, ya’ni «Akbarali» degan so‘zni bir jo y ­
da «Umarali», yana bir joyda Amir o ‘g‘li», yana bir joy-
274


da «Qambar vali» deb yuboradi... Zotan, buning nim a 
ahamiyati ham bor? Til kelmagan narsaga qalam qanday 
kelsin? «Akbar» bo'ldi nim a, «Qambar» bo'ldi nim a — 
baribir emasmi? Bir sartning nomi!
Insof qilish kerak: protokol nihoyatda chiroylik xat 
bilan yozilgan. Q og'oz betida xuddi poezdning izlari- 
day tep-tekis ketadi. H am m adan ham «d» va «Ь» harf- 
larini ko'ring! Hayron qolasiz! Qayerda «d» uchrasa, 
quyrug'i chapga qayrilgan; qayerda «Ь» uchrasa, 
quyrug'i o'ngga qayrilgan. Ikkovining ham quyrug'i ba- 
landda; ikkovining ham quyrug'i kulcha bo'lgan ilon- 
day buralib-buralib yotadi! Protokol emas, tomosha! 
Tomosha!..
U nda m ana bu narsalar bor:
Bo'lib o'tgan voqea, o'ldirilganning kimligi, uning 
Rusiya davlatiga sadoqat bilan qilgan ko'p yillik xizmat- 
lari, idora ishlarida ko'rsatgan ziyrakligi va ustaligi 
batafsil bayon qilinadi; o'ldiruvchi ayolning kimligi esa 
bir necha og'iz so'z bilan aytib o'tiladi. Guvohlar (ming­
boshining uch xotini) bir og'izdan o'zlarining aralashma- 
ganliklarini so'zlab, «Zebinisaxondan boshqa hech kim 
qilmaydi», deydilar. Xolis tariqasida so'ralgan qo'ni- 
q o 'sh n ilar bunday deydilar: «M ingboshining boshqa 
xotinlari ko'nib qolgan edilar; Zebinisaxon bo'lsa ancha- 
gacha mingboshini xafa qilib, xotin bo'lgusi kelmay, 
o'zini kasallikka solib yurdi. So'nggi vaqtlarda mingboshi 
bilan um r qilishga ko'ngandek bo'lib edi; bir necha kun 
yaxshigina yashadilar. Bu keyingi muomilalar, bizning 
fikrimizcha, ko'z bo'yash uchun qilingan bo'lsa kerak. 
E ndi bilsak, qiz o'lgurning g'arazi boshqa ekan». 
Mingboshining ikkinchi xotini Poshshaxon o'sha vo- 
qeadan bir kun burun shamol oldirib qo'yib, notob yot­
gan ekan; tergovni uning yotgan yerida o'tkazishga maj- 
buriyat ko'rilgan.
Aybdorning o'ziga berilgan savollar va uning javoblari 
shunday zo 'r protokolda ham m adan oz joy oladi. Shu 
qadar ozki, mirzaning qalam uchini siyohga botirib 
o'tirishiga arzimaydi. Tergovchi bechora shunga ham 
um r sarf qilgan-da, sho'rlik!
275


Bor-yo‘g‘i ikkita savol, ikkita javob. Savollar kalta- 
kalta, javob undan ham kalta:
— Mingboshiga suvni kim berdi?
— M en berdim.
— Demak, mingboshini o id irg an — siz?
— Yo‘q...
«Ayblash qog‘ozi» esa protokoldan bir yutim, ya’ni 
shu qadar kalta! Unda, protokoldagi m aiu m o tn in g xu- 
losasi: mingboshining ziyrakligi va tadbirkorligiga oid 
kalta-kalta, lekin kuchlik va haybatlik iboralar. So‘ngra 
talab: «Falonchi falon m odda bilan falon jazoga mus- 
tahiqdir». Xullas: qon hidi!.
Sud majlisiga yarim soat qolganda, zakunchi keldi. 
Sud b o iad ig an binoning boqchasida tikka turib aybdor 
bilan gaplashdi. Bu gaplashuv ham kaltagina savol-javob- 
dan iborat b o ‘ldi. Bu d a fa savollarning adadi ikkidan 
beshga chiqdi:
— Mingboshiga suvni kim berdi?
— M en berdim.
— Suv choynakda ekan; choynak kimniki edi?
— Meniki edi.
— Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?
— Bilardim.
— Choynakdagi suv zaharlik ekan; demak, eringizga 
zaharni siz bergansiz?
— Choynakda zahar borligini bilmadim. Erimni men 
oid irg an im yo‘q...
Zakunchi yelkasini qoqib, yiroqlashdi.
Voqeaning yuz berganiga bir necha kungina b o id i. 
Bu to ‘g‘ridagi dovrug‘ hali shaharga eshitilgani yo'q. 
Bitta-yarimta shahar odamlari eshitgan b o isalar ham
Zebining ota-onasi bu gaplardan bexabar b o isalar kerak. 
U lar hali qizlariga mingboshi dodhodan avlod tilab, 
eshonboboning tabarruk nafaslaridan yana tabarruk suv 
hozirlab qo'ygandilar... Jum ani o ik azib , cholning o ‘zi 
bir borib ham kelar... U m id kattadir! Basharti ular bilgan 
b o isalar ham , zakunchi solish yoki bir joyga arz qilib 
bosh urishni na chol biladi va na kampir! G apning 
kaltasi, ular «o‘rus m ahkam alariga borib, b ir narsa
276


chiqarolmaydilar». Juda chidamay ketsa, Razzoq so'fi 
to ‘p pa-to ‘g‘ri eshonboboning yonlariga boradi; o ‘zini 
ko‘tarib urib yig‘laydi... Shu!
Zebi bo‘lsa, o ‘sha zaharlanish hodisasidan beri doim 
karaxt bir holda b o ‘lardi; uning miyasi birdan falajga 
y o iiq q an kabi edi. U butun bir so‘roq, tergov, konvoy, 
sud va zakunchilarga ajib bir loqaydlik bilan — xuddi 
jonsiz odam day qarar; nim alar deyishni, o ‘zini nechik 
mudofaa qilishni, nim a deb gap qaytarishni o ‘ylamasidi. 
Uning miyasida, miyasining ham allaqaysi olis bir bur- 
chagida xira va tum anli bir fikr; u fikr shuncha olisda va 
xiraki, uning nim aligini anglayolm aydi bechora... 
Miyasini tugumlab juda zo ‘r bergan vaqtda u tum anli fikr 
mana bu kepataga kirganday bo‘ladi: «Men o ‘ldirganim 
yo‘q... Bu aniq... M eni q o ‘yib yuboradilar... Yana o ‘sha 
yerga qaytam anm i?.. N im a keragi bor... O yim -chi? 
Oyimning yoniga qaytaman... Erim o ‘lib qoldi, dey­
m an... Yig‘layman...»
Sud majlisi bo‘ladigan keng zalda shamollar uchib 
o ‘ynardi. Q ator-qator chizilgan Vena kursilari haftalik 
uyqularidan hali ham uyg‘onmagan edilar. Eng oldingi 
qatorda hokim, noyib, garnizon boshlig‘i, politsiya bosh- 
lig‘i, pop; uchinchi qatordagi eng chekka kursida oppoq 
va zo ‘r sallali chol — jom e m achitning ingichka ovozli 
im omi o ‘tirardi. Bir tom onda — zakunchi, bir tom on­
da — tilmoch; boshqa hech kim yo‘q.
Zebi ikki konvoyning yalang‘och qilichi o ‘rtasida 
zalga kirib keldi; ustida qora barqut paranji, qora 
chim m at, oyog‘ida qora am irkon mahsi-kavish bilan 
sud qarshisiga kelib to ‘xtadi. Bu omonsiz suddan va 
bu yaltiragan yalang‘och qilichlardan ko‘ra uning o ‘sha 
qora qiyofasi qo‘rqinch edi: o ‘rta asrlardagi Ispaniya 
inkvizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kar- 
dinallariga o ‘xshardi... Pop qaradi, boshini chay- 
qadi; domla qaradi, «astag‘furullo» o ‘qib, soqolini sil- 
kitdi.
Sud raisi, nihoyat, tilmochga yuzlandi:
— Aytingiz, aybdor yuzini ochsin.
Tilmoch bu buyruqni Zebiga tushuntirib berdi.
277


— Voy, o ‘la qolay! Shuncha nom ahramning oldida 
yuzimni ocham anm i? U ndan ko‘ra o ig a n im yaxshi 
emasmi?
Bu so‘z taijim a qilib berilgach, pastdagilarning ham ­
masi deyarlik, sud hay’atidan bir necha kishi yengilgina 
kulib oldilar. Ulardan ikki kishi ayrildi: birinchisi — ni- 
hoyatda semiz va yo‘g‘on gavdali garnizon boshlig‘i; bu 
odam , tovuqning qaqagiashiga yaqin bir tovush bilan 
ovozi boricha va birdaniga qahqah soldi. Hamma unga 
tom on o ‘girildi. Sud raisi chinqiroq chaldi. Garnizon 
boshlig‘i yonidagi ro‘molchasini olib, yuz-ko‘zlarini arta 
boshladi... Ikkinchisi — imom domla; bu kishi o ‘zlari- 
ning ingichka — hushtak singari ovozlari bilan, ixtiyorsiz 
«masha-ollo!..» deb yubordilar. H am m a u kishiga tom on 
evrilgach, qip-qizarib va ham... qo'rqib boshlarini quyi 
soldilar.
— Siz bu ayolga tushuntirib aytingiz; yuzini ochmasa 
b o ‘lmaydi. Sudning qoidasi shu. Paranji ostida aybdor- 
dan boshqa kishining hozir bo‘lishiga y o i qo‘ymaslik 
uchun biz uning yuzini ochtirishga majburmiz. Aytingiz, 
qarshilikdan foyda yo‘q!
Zebi xuddi o'yinda sherigiga achchiq qilgan boladay 
teskari burilib oldi. U indamay turganligidan sud raisi 
yana so‘z oldi:
— Yaxshilab tushuntiringiz, yuzini ochmasa, sud 
majlisini olib borolmayman.
— Olib bormasa mayliga... — dedi Zebi. — Bilganini 
qilsin!
Tilmoch o ‘zi kulib, qip-qizarib turib, taijim a qildi.
Sud raisi ovozini ko‘tara tushdi:
— Harbiy sud m asxaram i bu kishiga? Aytingiz, 
yaxshilik bilan ochsinlar. B oim asa kuch bilan ochti- 
ramiz!
— Voy, sho4im! Shuncha erkak o4irsa-ya! 0 ‘lganim 
ming marta yaxshiroq!
So'ngra ovozini pasaytiribroq tirkadi:
— Otam ning piriday kap-katta sallalik domla o4irib- 
dilar. Qanday yuzim bilan qarayman?..
278


V
Sud raisi endi bu safar muloyim gapirdi:
— Aytingiz, sud tom onga qarab, domlaga orqasini 
o'girib tursin!
Zebi yana indamadi. Domla o ‘tirgan joyidan bir oz 
ko‘tarila tushib:
— Hechqisi yo‘q, qizim! — dedi. — M en qaramay- 
man!
— M ana bular-chi? — dedi Zebi. Sud hay’atini 
ko'rsatdi.
Endi bu safar domla o'rnidan turib tilmochga yuzlan-
di:
— Eshoni mirzo! Menga ijozat berilsa, shu ayolga ik­
ki og‘iz nasihat qilsam.
— M arham at, taqsir!
Domla Zebining yoniga borib, nasihatga boshladi. 
Zebi, borgan sari susayib b o isa-d a, domlaning har bir 
so‘ziga javob qaytarardi. Oxirda, domla o ‘z dindosh- 
lari o ‘rtasida mashhur bo'lgan bir e ’tiqod masalasini 
ochdi:
— Koflr bilan itning farqi yo'q. Itdan qochmaysizmi? 
Shunday b o isa, kofirdan ham qochmasangiz b o iad i. Bu 
joiz.
Domla shunday joyda bu xil gaplarni gapirishdan ju ­
da q o ‘rqadi. Shuning uchun boshda boshqa so'zlar bilan 
Zebiga ta ’sir qilishga urindi. U urinishlardan tezroq bir 
natija chiqmagandan keyin majlis ahlini mahtal qilib 
qo'ymaslik uchun bu masalani ochishga majbur b o id i. 
Majbur!.. Shu uchun so'ngi so'zlarni juda past ovoz bilan 
aytgan edi.
Zebi unadi:
— B oim asa, siz o ‘zingiz nariroqqa borib o'tiring!
— X o'p, qizim, xo'p, — dedi domla. T o‘rt-besh qa- 
tor orqaga borib o'tirdi.
Hammaning ko'zi domlada ekan, Zebi chimmatini 
yuzidan oldi va sudga tom on evrilgan holda bir q o iin i 
yana yuziga parda qildi.
— M ana, qila qol so‘rog‘ingni!
H ozir b o ig an lar o'rtasida «bu sodda musulm on qizi-
279


ni uyaltirmaslik uchun» ko'zini boshqa tom onga burib 
o'tirganlar bilan birga ikki ko'zini undan uzmagan va al- 
lanimalar deb o'zicha so'zlanib, lablarini tez-tez qim ir- 
latganlar ham bor edi...
A ybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol 
o'rnidan turib, aybnomani o'qidi. U ndan keyin yana 
kalta savol-javoblar ketdi. Bu d a f a ularning adadi orta 
tushdi:
— Aybnomani eshitdingizmi?
— Ha...
— Mingboshi suvni o 'zi so'radim i?
— Ha, o'zi so'radi...
— Mastmidi?
— K o'p aroq ichib edi.
— Suvni kim berdi?
— M en berdim.
— Choynakdamidi?
— Ha...
— M ana bu choynakmi?
— Ha...
— Kimning choynagi bu?
— Meniki.
— Siznikimi?
— Ha, meniki.
— Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?
— Bilardim.
— Qanaqa suvidi?
— Irim suvidi.
— Kimga qilingan irim.
— Menga...
— N im a uchun irim qildirardingiz?
— Farzand bo'lsin, deb...
Pastda o'tirganlarning domladan boshqalari, so'ngra 
sud hay’atid an bir-ikki kishi, zakunchi va tilm och 
yengilgina kulib qo'ydilar.
— Nega u suvni mingboshiga berdingiz?
— Juda tashna bo'lib so'ragan edi, shundoqqina 
tokchadan olib uzatdim.
280


V
— Choynakda zahar borligini bilarmidingiz?
Zebi kuldi.
— Qiziq ekansan (o ‘rusni sizlab b o im ay d i), m en 
qayerdan bilay?
— Demak, eringizni o ‘zingiz o ‘ldirdingiz?
Zebi qattiqroq va cho'zibroq javob berdi:
— Y o'-o'-q!.. 0 ‘libmanm i o ‘z erim ni o ‘ldirib.
U ning bu so ‘nggi javobidan qiz bolaning o 'z
o'rtog'iga o ‘zini oqlab gapiradigan sodda gaplaridagi 
gunohsiz ohang boridi: Voy, o i a qoling, men shunaqa 
dermidim?»
Zebi sud raisining bola emasligini qanday bilsin? Shu 
yerda o ‘tirgan shuncha erkakning oyday ravshan bir 
narsani anglamasliklarini qaydan bilsin? «O 'rus-m usul- 
m on bo'lib shuncha odam o ‘tiribdi, axir. Mingboshini 
oid irg an Zebi emasligini hammasi biladi. Bilib turib 
yana qaytalab so‘ray bergani qiziq! Yo o'sm oqchilab 
so‘rarmikin?»
Sud raisi gapirm oqchi bo'lib o'rnidan turgan vaqtda 
Zebi — «Ana, so‘roq tam om bo'ldi. Endi uyimni qandoq 
qilib topib boraman?» deb o'yladi.
— O 'tiring, — dedi sud raisi Zebiga.
Sekingina va ehtiyot bilangina o'tirdi. Sud raisi so'z 
oldi;
— Voqea shu qadar ochiq, masala shu qadar ravshan- 
ki, meningcha, majlisni davom ettirishga ham hojat yo'q. 
Aybdor o'zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini 
iqror qildi. Shunday bo'lgach, biz hukm chiqarish uchun 
ichkariga kira bersak, deyman.
Sud majlisda faqat aybdorga berilgan savollar, so'ngra 
tergov protokoli bilan hukm nom aning eng kerak joylari 
tarjima qilinar; boshqa so'zlar o'ruscha ketardi. Shu 
uchun til bilmagan Zebi o'tirgan joyida gapirgan to 'ra- 
ning yuz harakatlarini tom osha qila boshladi.
Sud raisi prokurorga qaradi:
— Siz nim a deysiz, zoti m uhtaram?
Prokuror o 'rnidan turib, ikki qo'lini stolga qo'ydi-da, 
yarim engashib turib, dedi:
281


— 
Men bu taklifga qarshi emasman. Albatta, mening 
bu masalada boshqa mulohazalarim bor. M en urush vaq- 
tining nozik paytlarida bo‘lgan bu o ‘ldirishga oddiy 
o'ldirish kabi qarayolmayman. O'ldirilgan odam Rusiya 
davlatiga va podshoga sadoqati bilan tanilgan odam edi. 
Uni «yosh sart» maxfiylari, ayniqsa, ularning dushm ani- 
miz bo‘lgan Turkiya bilan fikran bog'lanishgan unsurlari 
yomon ko'rardilar. Men bu «sodda» va «guvohsiz» sart 
ayolining shunday unsurlar qo'lida o'yinchoq bo'lm a- 
ganidan amin emasman... Biz sart xalqiga allanechuk 
beparvolik bilan qarab o ‘rganganmiz; qo'yday «yuvosh 
ular!» deymiz. Albatta, ularning m amlakatlarini qon 
to ‘kib olgan fotihlar sifatida bu qarashimiz bir nav to 'g 'ri 
ham bo‘la biladi. Faqat bizga endi bu noto'g'ri qarashni 
tashlash kerak! Turkiyadagi 1908-yil inqilobi, o'zim izda- 
gi shumlik — beshinchi yil to ‘poloni, Erondagi so'nggi 
mashrutiyat harakatlari sartlarning ko'zini ochayotir... 
Zohirda rus madaniyatiga yopishib kelgan Ovro'pa qi- 
yofali jadidlar, aksari kular yuzli yosh savdogarlardan 
iborat bo'lgan «yosh sart» kadrlari — imperiyaga qarshi 
tish qayrashda Turkiya ittihodchilaridan qolishmaylar... 
Durust, sart xalqining ko'pchiligi muazzam davlatimizga, 
sevimli podshohimizga sodiq... Eslik, tajriba ko'rgan kat­
ta savdogarlar; qishloqning o b ro ii boylari; ayniqsa, 
ulamo toifasi «yosh sart»larning nufuzini qirqish uchun 
z o 'r berm oqdalar; bularni bilam an. Lekin haddan 
tashqari ehtiyot bilan, sergaklik bilan ish olib bormasak, 
bir kun emas, bir kun haligi ko'pchilikning «yosh sartlar» 
bayrog'i ostida bosh ko'tarishi juda m um kin narsa. 
O'zingiz bilasiz, dekabristlar xuruji chog'ida davlat va 
davlatchilikka, podsho va Vatanga qarshi bo'lgan un­
surlar buyuk Pyotrning ulug' shahrida birgina maydonni 
zo'rg'a to'lg'azgan edilar; 1906-yilda o'sha xilda bog'o- 
vot maydonlarining soni-sanog'i bo'lm adi. Holbuki, biz 
yaqindagina eshon to'poloni bo'lib o'tgan joydan uncha 
olisda em asm iz... U vaqtda m uhtaram m uttafiqim iz 
Angliya biz bilan tegishgan bo'lsa, endi dushmanimiz 
Germaniya va uning qo'g'irchog'i bo'lgan Turkiya biz
282


bilan unaqa hazillashib o ‘tirmaydi. M uni bilish kerak! 
Kechagina bo‘lib o'tgan tog‘ voqealari, Qumariq hodi- 
salari nazarimizdan qochmasin, taqsirlar!
Mana shu nuqtalardan qarab, m en bu «soddadil», 
«yuvosh» va «gunohsiz» sart qiziga eng oliy jazo talab qil- 
moqchi bo'lam an. M odomiki, masala o'zi bu qadar 
ravshan va aybdorning o'zi o 'z og'zi bilan iqror qilib 
turibdi, mayli, muzokara ochib o'tirm asak ham bo'ladi. 
Men o 'z fikrimni m uhtaram sud hay’atiga arz qilib, 
masalaning bu tom oniga ham diqqat qilinmog'ini so'ray- 
man.
Zakunchi, sud raisining murojaatini kutmasdanoq 
o'rnidan turgan edi:
— 
M en ham so'z aytishdan voz kechaman! — dedi u, 
yana darhol joyiga o'tirdi.
Sud hay’ati o'rnidan turib, ichkariga chekildi.
«Ana, — deb o'yladi Zebi, — o'zim aytgan. Hamma 
gap oyday ravshan... Endi uyimni topib ketalarmikin- 
man?»
Chorak soat o'tm asdan, hukm nom ani eshittirdilar. 
U nda bu ishning asosan siyosiy bir rangdan xoli emasli- 
gi iqror qilinmoq bilan birga, bu so'roqqa to'g'ridan- 
to 'g 'ri aloqasi bo'lmaganligi, ishning u jihatini alohida 
tekshirib, lozim ko'rilgani taqdirda, qaytadan ish 
qo'zg'atm oq tegishli mahkamalarning vazifasi ekanligi; 
endi bu o id irish hodisasi to'g'risiga kelganda, masala­
ning ju d a aniq anglashilganligi, aybdorning o 'zi 
tom onidan necha martalar iqror qilingani, shu uchun 
guvoh jalbiga va muzokaraga lozim ko'rilmaganligi ayti- 
ladi.
U ndan keyin: «Aybdorning qilgan gunohi og'ir bo'lib, 
hozirgi urush vaqtida va nozik sharoitlar ichida davlat 
odamiga qasd qilgani uchun falon moddalar bo'yicha 
oliy jazoga hukm qilish kerak bo'lsada, bovujud O'lka 
harbiy sudining sayyor hay’ati aybdorning madaniyatsiz 
yerli xalq ayoli ekanini, o'zining yosh va turmushda 
tajribasizligini va ham ham m a gunohlarini nomus bilan 
iqror qilib bo'yniga olganini nazarda tutib, falon, falon
283


moddalar bo‘yicha yetti yil surgunga hukm qildi. Bu 
hukm ustidan tegishli joylarga shikoyat qilish mumkin», 
deyiladi.
Tilmoch hukm nom ani to ‘rt og‘izgina qilib eshittirdi:
— Aybdor Zebinisa Razzoq so‘fi qizi Harbiy sudning 
hukmi bilan yetti yil Sibir qilindingiz. Norozi b o iib ariza 
bersangiz mumkin.
H ukm nom a o ‘qilib bitar-bitm as, zaldagilar chiqa 
boshlagan edilar. 0 ‘qilib tam om b o ig ach , sud raisining 
ishorati bilan, qilich yalang'ochlagan konvoylar yana 
boyagi taxlitda Zebini olib chiqib ketishdi. Shundan 
keyin sud hay’ati ham chiqib ketdi. Zalda faqat tilmoch, 
zakunchi; undan keyin nim a uchun o'zining bu yerga 
chaqirilganini bilm agan im om dom la qolgan edi. 
Tilmoch dom la imomning yoniga keldi:
— Taqsir, siz jindak sabr qiling. M en hozir kelaman, 
undan keyin gaplashamiz.
Dom la yuragini q o iig a olib, rangi o ‘chgan, lablari 
bir oz qaltiragani holda... sud zalida qoldi. Zakunchi 
tilm ochni olib tashqariga — Zebining yoniga chiqdi, 
Zebi chim m at ostida h o ‘n g u r-h o ‘ngur yiglam o qd a 
edi.
Zakunchi so'radi:
— N im a deysiz? Ariza yozib beraymi?
Zebi xo‘rsingan ovoz bilan yigiab turib, uzuq-uzuq 
javob qildi.
— Kimga?
— Yuqoriga.
— U nda... nim a b oiadi?
— N im a bolaridi: ehtimol, yana so‘roq b o ia d i; ishni 
qaytadan ko‘radilar.
— Kim... ko‘radi? Shular... ko‘radimi?
— Boshqa sud ko'radi.
— Baribir... op-ochiq turgan narsani... bular tushun- 
maydi-yu, ular tushunarm idi?
— Ariza yozib beraymi?
— Q o‘yaqol!.. M en uchun... ovora b o iib o ‘tirma...
Zakunchi kulumsirab tilmochga qaradi, u yelkasini


qoqdi. Zakunchi boqcha darvozasidan chiqib ketmak 
uchun o ‘sha tom onga qarab yurdi.
— Hay, shoshm a, — dedi Zebi. — Siiaharda... 
Shaharda... ota-onam ... bor... ko‘rsatarmikin?
— Avaxtaga olib borgandan keyin ko‘rsatadi.
Zakunchi darvozaga qarab ketdi. Tilmoch u bilan
xayrlashgach, yana domlaning yoniga kirdi.
— Eshoni mirza, — dedi domla im om uni besaran- 
jom lik bilan qarshi olib, — meni nimaga chaqirgan ekan- 
lar?
Tilmoch kuldi:
— Sizni, taqsir, sud sadri chaqirtirgan edi. Basharti 
qasam berish lozim b o ‘lib qolsa, m usulm on shariatiga 
muvofiq qasam berish uchun.
— Qasam bermadilar-ku?
— Lozim bo‘lmadi, taqsir. Ayol o ‘zi iqror...
D om la anglayolm adi, shekilli, m irzaning so‘nggi
so'zini savol shaklida qaytardi:
— 0 ‘zi iqror?!
Tilmoch yana kuldi:
— Ha, o ‘zi iqror... Eshitmadingizmi?
— 0 ‘zi iqror emas, inkor qildi, shekilli-ku?
— Damingizni chiqarmang, taqsir. Bu nozik masala...
— Ha, albatta, albatta...
— Endi, taqsir, sud raisining sizdan iltimosi bor: 
o ‘zingiz eshitdingiz, bu ayol Razzoq so‘fi degan odam - 
ning qizi, o 'z eriga zahar bergan. Eri xizmati singgan 
mingboshilardan ekan. Prokuror otib oidirilsin, degan 
edi, sud qabul qilmasdan, yetti yilga Sibirga kesdi. Ertaga 
jum adan keyin m achitda ikki og‘iz gapirib qo‘ysangiz, 
dedilar.
— N im a to ‘g‘rida, mirza?
— Ya’ni oq podshoning sodiq odamlariga kim q o ‘l 
ko‘tarsa, oqibati m ana shunday b o ‘ladi, degan maz- 
munda...
— Xo‘p, eshon mirza, xo'p. Albatta, aytaman, albat­
ta. Endi menga ruxsatmikin?
Domlaning bu savolida xuddi gunoh qilgan odamning
285


ochiq bezovtaligi sezilardi: «Meni qamamasmikin?» de­
ganday... Tilmoch muni payqadi shekilli, quruq va sovuq 
javob berdi:
— Bora bering.
Domla, maktabidan «ozod» bo'lgan eski maktab bo- 
lalari singari, o ‘zini eshikka urdi va o ‘sha onda ko'zdan 
yo‘q b o ‘ldi. Tilmoch kuldi: «imon yo‘q taqsirimda», de­
di o ‘z -o ‘ziga. So'ngra bitta-bitta qadam bosib eshikka 
tom on borarkan, aylanib orqasiga qaradi; keng zal bo 'm - 
bo‘sh, xuddi yetimchadek ko'rinadi. Suddan so‘ng u 
yoq-bu yoqda tartibsiz qolib ketgan kursilar, bozorchilar- 
ning karvonsaroyda bog'lagan otlari singari, bir-birlariga 
teskari evrilganlar... K o'k yopiqli uzun stol ustida sud a ’~ 
zolaridan birining ko‘zoynak qutichasi qolib ketgan; zal 
o'rtasidagi og'zi ochiq pechdan o ‘tinning charsillab yon- 
gani eshitiladi.
Tilmoch yana oldinga yurdi va boshini chayqay- 
chayqay.
— Bezobraziye, bezobraziye!1 — deb so‘zlandi.
XX
Jum a nam ozidan so'ng tashqaridagi jam oat duv eta 
o'rnidan turdi va fotihani kutmasdan, o 'z ishiga ketdi. 
Ayvondagilar ham ularga qo'shildilar. U nda-m unda yak- 
ka-yarim kishilarning bo'ynilarini quyi egib-egib, foti­
hani kutganliklari ko'rilardi. N am oz duosi, undan so'ng 
«duoyi xolis» o 'tg ach , ayvon bilan tashqari tom on 
bo'shadi; xonaqo ichidan ham yo'tala-yo'tala bir necha 
kishi chiqib ketdi. Ular ham chiqib bitgach, im om turib, 
so'z boshladi. Um um an, jam oat oldida gapirishni sev- 
maydigan o'zining imomlik vazifasiga ham juda rasmiy 
ravishda qaraydigan; uyidan jom ega kelib, jom edan uyi­
ga qaytguncha salom-alikdan boshqaga og'iz ochmaydi- 
gan, onda-son da yangi kelinchakday m uloyim va 
yumshoq yo'talib qo'yadigan, ingichka ovozli domla
1 S h arm an d alik , sh arm an d alik .
286


im om bir necha og'iz so‘z qilib, sud raisining iltimosini 
rasman o ‘rniga qo‘ydi va qaytib joyiga o'tirdi. Shundan 
keyin xonaqodagilar asta-sekin chiqa boshladilar. 
H am m a chiqib bo'lgandan so‘ng, bir-ikki marta ingich- 
ka yo'talib domla ham o'rnidan turdi va eshikka tom on 
yurdi. Xonaqo ichi yarim qorong'i edi. Eshik oldida 
qorong'ilikdan birdaniga bir ovoz keldi:
— Taqsir, arzim bor edi...
So'ylovchisi qorong'ida qolib ko'zga ko'rinm agan- 
ligi uchun domla bu kutilmagan sharpadan cho'chib 
tushdi:
— Astag'furullo! — dedi domla shoshilib va orqasiga 
tisarilib, qo'lini ko'ksiga olib bordi.
Q orong'idagi odam yoriqqa chiqib kelib, so'zida 
davom qildi:
— Kechiring, taqsir. Akbarali mingboshini qaysi xoti­
ni o'ldiribdi?
— Qanaqa odamsiz? A w al bir yo'talib, sharpa qilsan- 
giz boim aydim i? Hayvon ekansiz-ku!
— Kechiring, taqsir, bilmabman.
— Bilmabman... Q achongacha bilmaysizlar, axir?
— Kechiring, taqsir, ayb menda. Akbarali ming­
boshining to 'rtta xotini bor. Bitta xotini mening ojizam 
bo'ladi. Shunga so'rovdim, taqsir.
D omla o'zini to'xtatdi va bitta-bitta bosib u odam - 
ning yoniga keldi, «e afting qursin!» degan m a’noda u 
odamga qaradi. So'ngra dedi:
— N om ini unutibm an... Qora paranjisi boridi... 
Vallohi a ’lam, otasining nomi... bir narsaki so'fi... ha, 
Razzoq so'fi... Razzoq so'fi...
So'fining nom ini bir necha m arta takrorlab, xonaqo 
eshigidan chiqdi. Razzoq so'fi esa rangi o'chgan va qalti- 
ragan holda eshikka suyanganicha qoldi.
N ihoyat, o'ziga kelib, m achitdan chiqqach, uyiga 
ham xabar bermasdan, o'tkinchi bir aravaga yarim so'm
berib, qishloqqa jo 'nad i. U yerda Hakim jondan boshqa 
hech kim yo'q edi. Hakim jon bo'lgan voqeani anglatdi 
va Zebining tergovchilar va doktorlar kelgan kunning
287


o'zidayoq shaharga olib ketilganligini so‘zladi. Sud huk- 
m idan Hakimjon ham bexabar edi.
— N im a qilaman endi men? — deb so‘radi so‘fi.
Uning ovozida ojizlik va alamzadalikdan kelgan bir
qaltirash boridi. 0 ‘lgudek ayanch qaltirash... Hakimjon 
so‘figa tikildi. Burungi soTidan, yaqindagina kelib bir 
hafta yotib ketgan soTidan asar yo'q. Uning rangi, ma- 
chitning jaydari shamidek, sapsariq... go’yo kasaldan 
yaqindagina bosh ko'targan. Faqat Hakimjon sipolikni 
qo'ldan bermay, og'ir va keskin javob qildi:
— N im a qilardingiz? U yer, bu yerga arz qilib 
ko'ring. Bu nozik zam onda arz qilishdan biron natija 
chiqarmikin? Nevlay-da. Bir sudning hukmini yuqo- 
riroq bir sud buza oladi-ku-ya. Zam on nozik, ish nozik; 
shundan qo'rqaman!
So'fming undan keyingi so'zi Hakimjonni butunlay 
shoshirib qo'ydi:
— O'rusga ham qiyin, — dedi so'fi. — Unday usta 
am aldorni endi C hin-M ochindan topib kelmasa, bu 
yurtlarda topilmas...
Hakimjon, hayron bo'lganidan, qo'lini yoqasiga olib 
bordi va «so'fi gapirayotirmi, yo boshqami?» deganday 
qilib, yana so'fming yuziga tikildi. Darhaqiqat, so'fining 
o'rnida uning ko'lagasi yo arvohi singari bir narsa ko'ri- 
nardi. Hakimjon bu d a f’a so'figa achingan bo'lsa-da, 
javob berishda o'sha sipolik yo'lini buzmadi.
— Odam tayin bo'lgan. Indinga kelib mansabiga 
o'tiradi.
— O 'rusga odam qahat emas ekan bo'lm asa, — dedi 
yana so'fi.
Shundan keyingina, H akim jon, so'fm ing nim alar 
gapirayotganidan o 'zi bexabar bo'lganini payqadi. So'fi 
davom etdi:
— Kim u kishi?
M ana bu savol Hakim jonni yana shoshirib qo'ydi. 
«Rost aytdim i bu odam yo m eni m aym un qilib 
o'ynatadimi?» deb o'yladi u, shu sababdan qo'rsroq va 
jerkibroq javob berdi.
288


— Siz tanimaysiz! Zunnunboy degan! Oldin Noyib 
to'raning xizmatida bo'lgan kishi!
— Tadbirlik ekan boMmasa, — dedi yana so‘fi.
Hakimjon soTiga endi ochiq bir jirkanish bilan
qaradi. So'fi esa yig‘iga o'xshagan bir kulimsirash bi­
lan undan ko'zini olmasdi. Yosh yigit chidayolmadi, 
shekilli, tez-tez bosib ichkari eshik oldiga borib 
qichqirdi:
— Fazilatxon! M ehmonga dasturxon chiqaringlar!
Ichkaridan javob bo'lishini kutm asdan, haqorat
ko'rgan kishiday, tappa-tappa bosib ko'chaga chiqib ket­
di.
Fazilat ichkaridan bir mis tovoqda non bilan mayiz 
ko'tarib chiqqanda, tashqarida na Hakimjon boridi va na 
so'fi!
* * *
So'fming arz qilib boradigan birdan-bir mahkamasi 
yana eshonboboning xonaqolari edi. Dasturxonni kut­
m asdan darhol yo'lga chiqdi va yarim yo'lni arava bi­
lan bosib, to 'p p a-to 'g 'ri xonaqoga bordi. Eshon yo'q 
edi. «To'yga ketdi», dedilar. Kutib o'tirdi va o'yga tol- 
di:
«Eshon bobo nim a qilsin? U kishi zakunchi edi- 
miki, ariza bitib bersa? O 'rus tilini bilarmidiki, amal- 
dorlar, sudlar bilan chiqishsa? Basharti, zakunchiga, 
amaldorga, sudga boriladigan bo'lsa, hammasiga pul 
kerak, m o'm ay-m o'm ay pul kerak, m enda unaqa pul 
yo'q. Zebining orqasida endi qo'lga pul tusharmikin, 
deb umid qilardim; endigina kaftim qichisha boshla- 
gan edi. Bu hodisa kaftimning qichig'ini vaqtidan il­
gari bosib qo'ydi...
Eshon bobo xotirjam, bir chaqa ham bermaydilar. U 
kishi, albatta, beram an desalar-ku, qo'llaridan keladi; 
har qalay katta zakunchining ishtahasini qondiradigan 
dunyolari bor. Faqat ne choraki, u kishi berib o'rganm a- 
ganlar, olib o'rganganlar; «O'rgangan ko'ngul o'rtansa 
qo'ymas», deydi. U kishini berishga o'rgatish qiyin! U
289


kishi shuncha badavlat bo'lib turib, eshikdan gadoy kir- 
sa, qo'liga qaraydi, «nazri yo'qmikin?» deb.
Bu xabarni qizning sho'rlik onasiga eshittirish kerak 
hali! Mening ko'nglim tosh-metin! Faqat onaning yolg'iz 
bolasiga bo'lgan mehri shunday kuchlik narsaki, undaqa 
tosh-metinlarga qarshi o 'z tosh-m etinini irg'itadi; balki 
bir irg'itishda parcha-parcha qilib tashlaydi... Y o'q, bu 
kecha uyga borib bo'lmas. Bu kechani shu yerda tunay- 
man. Eshon bobomga arz qilib, maslahat so'rayman. Bir 
narsa der, axir... Unday desam, ikki kundan beri uyga 
qaytganim yo'q. Uydan «jumaga boram an», deb 
chiqqanman. Kampir nima o'ylaydi? Haligi shum xabar 
qulog'iga kirgunday bo'lsa, turgan joyida qotib qolmay- 
dimi? Y o'q, borib ko'nglini ko'taray... Yo'q! H ar nima 
bo'lsa ham, eshon bobom kelsinlar. Bir og'iz aytib o'tay, 
nima der ekanlar».
N ihoyat, 
eshonbobo 
keldilar. 
Kayflari 
chog', 
nash’alari baland, ovozlarida allaqanday bir sho'xlik 
bor. «To'yda qimiz ichganga o'xshaydilar, — deb 
o'yladi so'fi. — K o'p ichsa, u ham odam ni ayni- 
tarmish. Qishda qimiz nim a qiladi? H ayronm an... 
Xayr, o'zlari biladilar».
Eshon bu voqeani eshitgan edi; lekin unga o 'z muridi 
Razzoq so'fming aralashganini bilmasidi. So'fi ko'zlarida 
marvarid donalariday yirik-yirik yoshlar ko'ringani holda, 
bilganicha aytib berdi. Pir kulib turib (kulib turib!) eshitdi. 
Bu n ash ’alik kulish, bu kayfi chog'lik, bu ovozdagi 
sho'xlik hech nari-beri bo'lm adi. So'fi voqeaning eng 
qo'rqunch joylarini aytib bergan vaqtida ham eshonning 
yuz-ko'zlarida ham on o'sha sho'x va o'ynoq kulish jil- 
valanardi. «Men toshga gapirayotibman, shekillin», degan 
o'yni o'ylab oldi so'fi: orqasidan darrov istig'for aytdi... 
So'zini bitirgach, So'fi eshonning og'ziga tikildi va «mu- 
borak» so'zlariga m untazir b o'lib qoldi. Eshonning 
sho'xligi yana orta tushgan edi.
X onaqo kuylarining eng sho'xini olib, boshini 
to'lg'ay-to'lg'ay, butun vujudi bilan silkina-silkina kuyla- 
di:
290



Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin