Foniy dunyo be-esh kundir, be-esh kundir, ho-ov,
SoTilik ahdi-in sindur, ahdin sindur, ho-ov.
Billur q ada-ahlar birla m ay sungil, so q e -e ,
Xonaqo qaro-o tundur, qaro-o tundur, ho-ov...
SoTming ko‘zlari olayib ketdi; bu — muridning piri-
ga birinchi marta ko‘z olaytirishi edi.
— Taqsir, biron maslahat...
— Maslahat? — dedi eshon, xoxolab kuldi. — Odam
o'ldirgan bolaning otasiga qanday maslahat bo'ladi,
soTi? Bolasining yoniga nima uchun otasini jo'natm aydi
bu ahm oq o ‘rus? Adolat borm i kofirda?!
SoTming tanlariga birdaniga o 't tutashganday b o ‘ldi.
Butun vujudi qizigan tandirday tobiga kelgan edi.
Q o'llari ixtiyorsiz balandga ko‘tarildi, mushtlari o 'z-
o'zicha tugumlandi... Bu musht pirning boshiga tush-
moqchi edi. Faqat qarshidagi kim? Pir! Eshon! Eshon!
Eshonbobo! Yo‘q, unga qo'l ko'tarib bo'lmaydi! Yana bir
onda so'fi suvday suyuldi, qorday eridi, oriyat oyoqlari
bilan om onat yerni bosib, tashqariga chiqdi...
Uyga borib, indamasdan yotoqqa cho'zildi; kam pir-
ning savollariga javob bermadi. «Yana fe’li aynibdi choi
ning!» deb o'yladi kampir. U bechora hali voqeadan
xabarsiz edi.
Erta bilan nonushta chog'ida butun bo'lgan voqeani
yotig'i bilan kampirga aytganidan keyin so'fi kecha piri-
ning boshiga tushmoq uchun ko'tarilgan mushtning bu
kun o 'z boshiga tushayotganini ko'rdi. U musht shu
qadar dahshatli ediki, «kechaning o 'zida o 'z joyiga
tushirsam bo'lar ekan», deb o'yladi so'fi, achchig'idan
mushtini tishladi. Piyoladagi choyni yarim qoldirib,
ko'chaga chiqqan vaqtida so'fi o 'z-o'zini taniyolmay
qoldi. Oyoqlari xuddi tovut ko'tarib borayotgan m usul
monning oyog'iday bir-biriga tegmasidi. Barmoqlari biri
ochilib, biri yumilar, ichidan kuchli bir ovoz to'lqini
chiqib kelib, k o 'ch a o'rtasida tom og'iga yopishardi.
Salom berganlar aliksiz, so'rashganlar javobsiz qoldilar.
Uning yaqinidan o'tganlar mutloq turtildilar, dasturxon
291
ko‘targan xotinlar hammasi deyarlik qarg‘ab o'tdilar.
«Jinnimi, nim a balo?» degan ovozlar eshitildi, bu ovozlar
so'fming qulog‘iga «Kim jinni? O 'rusm i yo o'zlarimi?»
degan shaklda borib kirdi. Aravakashlarning «po‘sht,
po‘sht» degan ovozlari — «o'la, o ‘l!» degan kabi, ta ’na
shaklida eshitildi va xuddi yelkasi oldida to'xtagan otning
ko‘pikli tum shug‘iga qarab turib, «o'zlari o'lsin, o'zlari!»
deb so‘zlandi, aravakashlar aravalarini uning yonidan
sekingina burib o ‘tar edilar. Bozor o ‘rtasida bir nonvoy
obinon savatini tutdi, so‘fi ixtiyorsiz qo‘l uzatib, ikkita
nonni oldi, so'ngra bir nafas o'tm ay, nonni yana savatga
q o ‘ygach, nonvoyga qarab kuldi: «Men olam an ham , be
raman ham, u kishi faqat olishni biladilar!» dedi, yana
yo‘lga tushdi.
Shundan keyin yurishini sekinlatdi: o g'ir-og'ir o ‘y
surardi:
«Xudo, xudo bo'lib turib — ham oladi, ham beradi,
yo‘q-a, u ilgari jon beradi, keyin jo n oladi. Yer, yer
b o iib turib ilgari rizq beradi, keyin jo n oladi. Olgan be-
radi-da! Sen nimasan, pirim, sen? Xudodan zo'rm isan?
Yerdan kuchlimisan? Olasan — bermaysan. Olasan —
bermaysan...»
Xonaqoda nam ozdan keyin «sukut»ga ketib, mud-
rab o ‘tirgan eshonni Razzoq so'fm ing telba hayqirish-
lari uyg'otib yubordi. Eshon seskanib ketdi. K o‘zini
ochib, u yoq-bu yoqqa qaraguncha b o im asd an , eshik-
dan baland ovoz bilan so‘zlanib, Razzoq so‘fi kirib
keldi. Og'zidan ko'pik sochib, boshlarini jerkib-jerkib
so‘zlanardi:
— Xudoy xudo b o iib turib aw al jon beradi, undan
keyin oladi. Sen kimsan? Xudodan zo'rm isan, taqsir?
— Bay-bay! Tiling kesilsin, badbaxt! Kofir!
So‘fi o ‘sha xilda gapirganicha pirning boshiga kelib
to'xtadi.
— Yer jonidan — ilgari beradi, keyin oladi. Yerdan
ham kuchlimisan, taqsir?
— N im a b o id i senga, so‘fi? Jinni boidingm i?
— O 'zlari jinni, taqsir, o'zlari! Eshaklari jinni, itlari!..
292
— Hay, kim bor? Bolalar! — deb qichqirdi eshon,
o'rnidan turib orqaga tisarilib:
— Q ochma, taqsir! Hovuchingni och! M en gadoy
bo'lsam ham xurjunim ning ikki k o ‘zi to 'lad ir...
Sendaqalarni necha yil boqishga yarayman...
— Bolalar! — deb baqirdi yana eshon. 0 ‘zi tisarilib-
tisarilib borib, xonaqoning bir burchiga qisilgan edi.
— Q o'rqutm ang, taqsir, bechora muridingizni. Men
nim a qildim sizga?
So‘fi birdaniga yig‘lay boshladi. Tashqaridan muridlar
yugurib kelishdilar.
— Qayda qolding hammang? C haqira berib tom og'im
qirildi. Olib chiq bu jinnini! Suvga pish!
M uridlar hammasi so'figa yopishdilar.
— Tegma menga! — deb b o ‘kirdi so‘fi. — M en o'rus
sudidan qochib qutilgan kishi bo'lam an. Eshoningni sog‘
qo‘yamanmi men? A?
M uridlar istig‘for aytib so'fini qarg'adilar.
— Tiling qursin, tiling uzilsin!
— Kofir!
— Nasoro!
— Mardud!
Ko‘cha darvozalari taqa-taq berkitilgach, hovuzning
qalin muzini teshdilar: so'ngra so'fini yalang'och qilib
ko'targanlaricha hovuzga tashladilar. SoTming tani shu
topda Arabiston tog'larining saratondagi toshlariday qi-
zib yonardi. Unga xush yoqdi bu jazo... Suv ichida jinni-
larday n a’ra solib baqirardi. M uridlar kulishib qarardilar.
— Bas endi! — dedi eshon ichkaridan. — Endi ozroq
xipchin!
So'fini hovuzdan chiqarib olib, ingichka novda bilan
gavronladilar. Y alang'och va nam badaniga tekkan behi
savacho'p «chirs, chirs!» eta ovoz chiqarardi. Zarblar-
ning sanog'i anchaga yetgach, so'fi bir m arta qattiq far-
yod ko'tardi, shu bilan hushidan ketib, muridlar qo'liga
yiqildi...
U ndan keyin kuni bo'yi karaxt bo'lib yotdi. Kechasi
isitma boshlandi. Ichkaridan chiqqan bir kosa qaynoq
293
sh o ‘rvani m uridning yuziga irg‘itdi. Shundan keyin
m uridlar yana kaltakladilar. Faqat o ‘zi isitma bilan yonib
turgan odam kaltak zarbini sezmadi. U kaltaklar unga
uqalashday tuyulgan edi. Erta bilan o ‘ziga keldi, isitmasi
tarqalgan edi. Horg‘in ko^larin i ochdi, kaltaklangan yer-
larining achishganini sezdi. Qamish savacho‘pni kuydirib
kulini bogiadilar, orom olganday b o ‘ldi. Faqat bu orom
uxlamagan ko‘zlarining o ‘tkir talabidan o ‘zga emasidi.
Uxlab ketdi.
Ikki kundan so‘ng, u musichadek yuvosh va muloyim
bo‘lgan edi. Tashqariga chiqib yurdi; muridlarga kulib
qaradi. Faqat gapga javob bermadi. Xayoli boshqa joyda,
boshini chayqar, kulimsiragan ko‘zlari bilan muridlarga
tikilardi. Eshonga aytdilar: «haydab yuboraylikmi?» deb
so‘radilar.
— Yura tursin. Endi o ‘zi bilib ketadi, — dedi u, kul-
di.
Yana uch kundan so‘ng jum a kuni erta bilan nam oz-
ga turgan muridlar eshonning xonaqoda o ‘lib yotganini
ko‘rdilar. Soqollari yulingan, tom og'ida chuqur barmoq
izlari boridi. X onaqoning bir burchida kichkinagina
jovonchada eshonning eng aziz kitoblari saqlang‘uchi
edi; jovon ochilgan, kitoblar ham ochilib-sochilib
yotardilar. 0 ‘sha yerdan bir necha uch so‘mlik va besh
so‘mlik qog‘oz pul topib oldilar; ular ham sochilib yotar-
di.
— H am joniga, ham moliga qasd qilgan ekan,
bachchag‘ar! — dedi bir murid.
Boshqalar ham , boshlarini tebratib, bu fikrga
qo‘shildilar.
SoTidan darak yo‘q edi.
* * *
Qurbonbibi jinni b o iib paranjisiz va yirtiq kiyimlar
bilan eshonnikiga kelgan vaqtida uni zanjirga bog‘laydi-
gan odam ham topilmadi. Eshonning katta xotini rahmi
kelganidan muridlarga bryurdi; ular jinni xotinni tutib,
ichkaridagi katta tolga bog‘ladilar. Qurbonbibi bir nafas
294
tinm asdan, o ‘zicha so‘zlanar, kirn yoniga borsa, Zebini
maqtab gapirar, uning dutor chalishi, ashula aytishi,
chok tikishi, to ‘ppi bosishlarini hikoya qilar, yurish-tu-
rishlari, qaddi-qom ati, bo‘ylari, ko‘zlari va qoshlarining
chiroyliligini aytib, har kimdan «Qani, mening Zebim?
Qani, Zebonam?» deb so‘rar; shundan so‘ng ho ‘ngrak
otib, yig'lab yuborar edi.
Qish chiqishga yaqin allaqanday qarindoshlari kelib,
uni olib ketdilar. Qarilar, domlalar, parixon, azayimxon,
duoxon va boshqalarga pul berib o ‘qitdilar, ko‘chirtirdi-
lar, dam soldirdilar, foydasi b o ‘lmadi. H am on o ‘sha
eshonnikidagi singari har kimga qizini maqtab gapirar;
so ‘ngra h o ‘ngrak otib, achchiq-achchiq yig iag ach,
«Yoriltosh» kuyida o ‘zi to ‘qigan baytlarini o ‘qirdi:
Dostları ilə paylaş: |