«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati


(Xotin tomonidan Miryoqubga berilgan nom.)



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kecha va kunduz

(Xotin tomonidan Miryoqubga berilgan nom.)
«Bilmadim, bu poezd meni qayerga olib boradi? 
Qrimga deb yo‘lga chiqdim. Biletlar Moskvagacha. U 
yerda nim a bo'ladi? Ungacha nima bo'ladi? Bilmayman.
186


Bilmayman. N im a uchun bu safarga chiqqanim ni ham 
bilmayman... Qishloqqa jo ‘naganimda, to ‘rt-besh kun 
turarm an, deb o ‘ylagan edim. Bir kecha yotdim, xolos. 
Sahar turib, haligi bo'ynim ga osilgan ilonni chiqarib 
tashlagach, ichkariga kirdim. Xotinim ichkarini supura- 
yotgan edi. K o‘ziga qaradim, tuni bo ‘yi uxlamagani 
ko‘rinardi. M en ham tuni bo‘yi uxlayolmay chiqdim... 
Ilon kirgan edi qo'ynimga! Ilonni o ‘pgan harom lablarim 
bilan uxlab yotgan bolalarimni o'pay deb quyiga egildim, 
ko‘nglim chidam adi. K o‘rpaning qirg‘og‘ini o ‘pdim. 
Xotinim ko‘rib turgan edi. «Bu odam bizdan kechib ke~ 
tayotganga o ‘xshaydi. H atto o ‘z bolalarini ham o ‘pkisi 
kelmaydi», deb o ‘ylagandir, to iib -to sh ib yig‘lagandi. 
Bechora xotin, bilm aydiki, bolalarim ni o ‘pmasligim 
ularni sevganligimdan edi».
M a r ya m.
(Miryoqub tomonidan xotinga berilgan nom; xotinning
asl nomi Mariya emasmi?)
«Yo rabbiy! Yo rabbiy! N im a bu? Tushimmi, o'ngim - 
mi? Qaydaman? N im a holdam an? Kecham nimaydi? 
Bugunim nima? Ertamda nima bor?
Jakob nom erning eshigini ochib chiqib ketdi. M en 
darhol ichdan qulflab oldim. U ning o ‘z ko‘ziga qarab 
loaqal besh kun o ‘zimni qam oqqa hukm qilgan edim. 
Besh kunda besh m arta kechasi ham m a uxlaganida 
tashqariga chiqib kelishni chamalardim. Boshqa vaqt- 
larda doim uyda, doim shu kichkina, shirin va ishonchli 
uyda! Besh kun ichida nim alar bo‘lmas edi, deysiz? 
Ko'nglim da tashvishlarim yo‘q emasmidi, balki kelmay 
qoladi? Balki m endan aynidi? Balki bir oydan, bir yildan 
so‘ng kelar? Balki tez orada kelar, lekin o ‘ylari va niyat- 
lari o ‘zgarib, oddiy bir «xaridor» kabi kelar, bir soatga 
kelar, yarim soatga kelar... Shunday bo‘lsa, men nim a 
qilaman? Yana o ‘sha iflos muhitga qaytamanmi? Yo‘q! 
Yo'q! 0 ‘lim undan yengil... ancha yengil.
N im a uchun m en unga ishondim? N im a uchun? 
N im a uchun yot bir odam ning quruq so‘zi bilan butun 
niyatlarim , qasdlarim va xulyalarim dan kechdim ? 
Q anday esi past xotin ekanm an men! Y ana qaytib 
botqoqqa sakramoq uchun balandroqqa chiqibman...
187


Balandroq yerga chiqib turib, xuddi dengizga o ‘zini 
tashlaydigan hopituvchilar kabi, o ‘zimni yana o ‘sha han- 
daqqa tashlamoqchi bo‘libman! Bilmabman, o ‘ylamab- 
manki, handaqning ichida turgan vaqtingda odam uning 
havosiga ko‘nasan. Faqat bir m arta u yerdan chiqilgach, 
ochiq va sof havoga chiqilgach, tog1 havosi kabi toza 
havoli tepalarga chiqilgach... qaytib xandaqqa tushib 
bo ‘ladimi? Telbaman men! Telba! U puli ko‘p bir sav- 
dogar edi, shuni bilardim. N im a uchun m en unga «Ming 
so‘mga chek yozib ber, shunda ishonaman!» demadim? 
Yozib berardi. U ndan keyin istar kelsin, istar kelmasin 
edi. M an q o ‘lim da pulim bilan y o ‘lda b o ‘lardim ... 
maqsad yo‘lida bo‘lardim. Yozib bermasa, sevmaganligi- 
ni bilardim, unga ishonmas edim... aldanishdan qutu- 
lardim. M en telba!..
Ikki kecha, ikki kunduzning qanday o ‘tganini bil- 
madim. C hunki haligi xilda fikrlar, vasvasalar menga kun 
bermaylar edi. 0 ‘ylardim, o ‘ylardim, na yig’lashimni bi­
lardim, na kulishimni! Yo‘lakda eshigim yonida ehtiyot 
bilan bosilgan qadam lar eshitila boshladi. 0 ‘z -o ‘zini 
qamoqqa olgan yosh va go‘zal xotinga qiziquvchilar to- 
pildi, shekilli. Xizmatchi ovqat keltirgan vaqtida «N im a­
ga chiqib yurmaysiz?» dedi. «M eni so‘ragan kishi 
yo‘qmi?» dedim. «Yo‘q, — dedi,— Kim kelmoqchi edi?» 
«Erim», dedim , jim b o ‘ldi. S hundan so ‘ng oyoq 
sharpalari ham eshitilmas bo‘ldi.
Tushimmidi, o ‘ngimmidi? Ohistalik bilan eshikning 
chertilganini eshitdim . U ning m en bilan xayrlashib 
chiqqaniga faqat ikki kecha, ikki kunduzgina o ‘tgan edi. 
Bu chertish xizm atchining chertishiga o ‘xshardi. 
Xizmatchi bo‘lsa kerak, deb so‘ramasdan ochdim. U 
kirib keldi! Oh, shu aziat! Biz ko‘rishm adik, nim a 
uchundir u q o i uzatmadi, men ham unutdim . So‘z ham 
aytmadi. Soqov kabi kirib kelib, q o ‘lidagi biletlarni 
ko‘rsatdi. Xizm atchini chaqirib, hisoblarni uzdik. Darhol 
vokzalga chiqdik.
Ikkimiz bir uyda yotibmiz. Ko‘ngillarimiz — bir. 
Badanlarimiz — boshqa. Poezd tez yurib ketayotir. 
Ko‘zlarim yumildi... Tushimmi, o ‘ngimmi?..»
J a k o b .
188


«Toshkentdan kechasi o ‘tganga o ‘xshaymiz. Odamni 
zeriktiradigan quruq cho'lga kirib boramiz. Vagonimizda 
yangi nusxa Toshkent to'ppisi kiygan, sochini, bir en- 
likkina o ‘stirgan, po'rim kiyimli bir odam paydo bo'ldi. 
Kaltagina, chiroylikkina mo'ylovi bor... Oq yuzli. O 'zi 
ham chiroylik. Juda olifta qadam qo'yadi. Toshkent 
odamiga o'xshaydi. Maskovchi savdogarmikin? Yo za- 
konchimi? Yo mahkamalarda ishlaydigan odammi? H ar 
qalay, o'ris tiliga omil bo'lsa kerak, qo'lida o ‘ris gazetlari 
ko'ram an. Bizning xonamiz oldidan bir n e ;h a m arta u 
yoq-bu yoqqa o 'td i. Sinchiklab qaraydi. Bilmadim, 
mengami, Maryamgami? Q o'rqam anki, ko'zlari M ar- 
yamda! Toshkent savdogarlari olifta bo'ladi. Ovro'pa 
xotinlarini yaxshi ko'radilar. Eshikni berkitib qo'ydim ... 
Xona ichi dim. M aryam o'ng'aysizlana boshladi. Eshikni 
qaytadan ochib qo'yishga majbur bo'ldim.»
M a r ya m.
«Jakob meni sevadiganga o'xshaydi. Sevmagan odam 
munday qilmaydi. Oh, agar rost bo'lsa!
Chiroylik bir sart yigiti bizning xonam izga ko'p 
qaraydi. Unga qaraydimi, menga? Bilmayman. Menga 
qarasa kerak. Chunki erkak erkakka nega qarasin! Xotya, 
sartlarda erkak erkakni sevadigan odat bor emish... Qiziq!
Jakobchik, mening sevimli Jakobchigim ochiqdan- 
ochiq bezovta bo'la boshladi. Eshikni bir qur yopdi. 
Keyin m en bir-ikki m arta og'ir «uh» tortib edim, ochib 
qo'ydi. Oh, biz xotinlar! Shu sart yigiti tezroq gap tash- 
lasaydi. Jakobni yaxshilab sinardim. Tezroq sinasam, 
ko'nglim o'rniga tushsa.
Shu uchun y o ia k k a chiqdim . O chiq derazaning 
orqasida ketsiz cho 'l, yalang'och sahro uzala tushib yota- 
di... Qanday to'ydiruvchi yaknavlik! Yolg'iz bo'lsam , 
ilinchagim bo'lm asa, zerikib o'lardim . Tom osha bosh- 
landi: orqam dan darrov Jakob chiqdi. Yonimga o'tib, 
to'xtadi.
— Havo yaxshi-da? — dedi.
— Chakki emas, — dedim, kuldim.
Bu olov bilan o'ynashayotgan bolaning beparvo ku- 
lishi edi...
Sart yigit ham deraza oldida edi. Jakob uning
189


tom oniga o ‘tib to ‘xtadi. Poezd stansiyada bir oz to ‘xtab, 
jo ‘nagandan keyin sart yigit yonimizdan o ‘tdi, bizga 
q o ‘shni b o ‘lgan deraza oldida — mening qatorim da to ‘x- 
tadi. Shundan keyin sekingina Jakob ham o ‘sha to m o n­
ga o ‘tdi.
Sart yigit nega gap tashlamaydi? Janjal boiarm idi? 
Bo‘lsin! Janjal qo‘zg‘aladi, yotadi, faqat uyg‘onib «hoy», 
degan ko‘ngil javob eshitadi: «Labbay!» Menga shu ke­
rak. Sart yigit, u ham aziat! Xotin ko‘nglini bilmaydi. 
Achchig‘iir keldi, uyga kirib, eshikni yopib qo‘ydim.
Shoshma, shoshma! N im a gap? Ular ikkovi so‘zlasha 
boshladilar. Faqat janjalga o ‘xshagan yeri yo‘q...
Yana achchig‘im keldi. N u, ix!..»
J a k o b .
«Xayriyat, Maryamga emas, menga qaragan ekan. 
M en bilan tanishm oqchi b o ‘lganini so‘zladi. Tanishib 
oldik. Toshkentlik savdogar. Finlandiyaga borayotir 
emish. U qaysi mamlakat?»
M a r ya m.
«Jakob sart yigit bilan qalinlashdi. Endi u bizning 
xonada ko‘p o ‘tiradi. M en bir chekka-da. Y onimda 
Jakob... Jakobchik. Uning yonida yigit. Ruschani juda 
yaxshi bilar ekan bu yigit. Jakobni xijolat qildi. 
«Xotiningiz bilan tanishtirm aysizm i?» dedi, shekilli, 
Jakob menga qaradi. «Bu kishini taniysanmi?» dedi. M en 
qaydan 
taniym an? 
Qiziq! 
Q o ‘lim ni 
uzatdim . 
«Sharafuddin Xodjayev», dedi. Qanday qiyin ot! Jakob, 
Jakobchik... Bu boshqa. 0 ‘zi chiroylik narsa, lekin».
J a k o b .
«Savollarimning javobini endi topadiganga o ‘xshay- 
man. Bu yigit jadidlarning kattalaridan biri ekan. Endi 
«imperiya»ni so‘rab olay, deyman. Shunday gaplami 
gapiradiki, ko‘zim piyoladay b o ‘ldi. M en uyquda ekan- 
man... g ‘aflat bosgan ekan bizni. Millat degan narsamiz 
bor ekan, biz — om ilar uni — «fuqaro» deb yurganmiz. 
Bu yigit «millat» degan vaqtida allaqanday shirin eshiti- 
ladi.
Lekin «bu kishi kimingiz?» deb so‘ragani yom on 
b o ld i. N im a deb javob berishga hayron b o iard im . Hali 
javob topolganim yo‘q edi, o ‘zi yordam qildi: «ahliyan-
190


gizmi?» «На, ahliyam». Qutuldim! U ndan keyin bizning 
xonaga kirib o ‘tirib, «Ahliyangiz bilan tanishtirib 
qo'ymaysizmi?» dedi. M en M aryamdan «tanishmisan?» 
deb so‘ragunim cha b o ‘lmaydi, M aryam q o ‘l uzatib 
o ‘tiribdi. Kofirning qizi! 0 ‘rganib qolgansan-a!
Xayr, mayli, m en bu yigitga ishonam an. Uning 
boshida xotin savdosi borligini payqaganim yo‘q. U o ‘z 
«millati» bilan ovora.
H addidan oshib ketsa, biz, oddiy xalq, musht ham 
ko'tara beramiz!»
M a r ya m.
«Sart yigiti balo bo‘ldi. Jakob ertadan-kechgacha 
o ‘sha bilan gaplashadi. M en hech narsa anglamayman. 
0 ‘z tillarida gazetlar o ‘qishadi. Yigit o ‘rischa gazetlarni 
o ‘qib tushuntiradi. Bir tom ondan olganda, bu yaxshi, 
Jakobning fikri ochiladi. Odam bo‘ladi. Madaniylashadi.
Faqat men uni — shu yow oyi holida ham sevaman, 
shekilli. Zerika boshladim. N im a qilsam? Kitob topib 
o ‘qiy.
Jakobning yuzida va ko‘zida o ‘ychanlik aralash bir 
tabassum paydo bo‘ldi. Diqqat qildim: ko‘nglida ajib bir 
olov yona boshlaganga o ‘xshaydi. Oh, yo rabbiy! Meni 
sevgan ko‘nglidagi muhabbat olovi emasmi? Faqat... un ­
day b o isa , u ajib va shirin kulish bilan kulgan ko‘zlari ni­
ma uchun menga emas, boshqa yoqlarga, olislarga qaray­
di? Boshqa sevgining olovi emasmi? Oh, yo rabbiy! Yo 
rabbiy!..»
J a k o b .
«Bu yigit boshqacha chiqdi. M en izlagan pir shu 
boisa-ya. N im a uchun men shu vaqtgacha jadidlarni 
so'kib kelganman? Agar jadid shu b o isa , nimaga men ja ­
did emasman, nimaga mingboshi jadid emas, ham ma ja ­
did emas?.. Faqat noyib to ‘ra boylardan yerlarni, zavod- 
chilardan zavodlarni tortib oladiganlardan gapirdi, ular 
ham jadidlarga o ‘xshagan yangi toifa emish... Yo‘q, men 
mundan ehtiyot bilan bir so‘rab ko‘raman. 0 ‘zi aytib be- 
rar.
Noyib to 'ra bilan o ‘rtamizdagi aloqani, noyib to ‘ra- 
ning musulmon tiliga va xatiga omil ekanini, uning «im­
periya» to ‘g‘risidagi gaplarini gapirib berdim. U ham
191


gapirib ketdi... gapirdi... gapirdi... og'zidan ajoyib ta ’sir- 
lik so‘zlar to ‘kiladi. U so‘zlaming har bir donasi ko‘zim- 
dan bir qavat pardani sidiradi.
Ochildim... U m rim da birinchi m arta yangi tanishgan 
bir kishiga ko‘ngil, sirimni aytib berdim. Maryam vo- 
qeasini m endan batafsil eshitgandan keyin kaltagina bir 
so‘z qildi:
— 
Siz endi bu xotinni qo‘ldan chiqarmang! Bu, biz­
ning boshimizda danak chaqayotgan bir dunyoning qizi. 
Biz bularni ko‘ngildan yom on ko‘ramiz. Bular — bizning 
dushmanlar! Faqat bular hammasi, butun holda, dush­
man! Yakka-yakka b o ‘lganda, oralaridan d o ‘st topa 
olamiz. Yaxshi do‘stlar topiladi. Juda yaxshi d o ‘stlar... U 
d o ‘stlar bilan og‘iz burun o ‘pishar ekan, ularning 
changalidan qandoq qilib qutulishni bir nafas ham unut- 
maymiz!
Siz uni iflos chuqurdan tortib chiqaribsiz. U muni 
taqdir etadi, o ‘zining yosh va toza ko‘nglini sizga tu- 
tadi. Sizga qarashlaridan anglaymanki, uning ko‘ngli 
ko‘pdan sizniki bo ‘lgan! Siz baxtlisiz. U ham sizni en ­
di siz uchun yangi b o ig a n bir dunyoga olib kiradi. Siz 
unda haqiqiy onalarni ko‘rajaksiz. Millat bolalarining 
baxti haqiqiy, madaniy onalar qo‘lida bo‘lmasa, biz­
ning oqibatimiz yomon! Siz undan ko‘p narsa ola bi­
lasiz. Singillaringiz, qizlaringizni shularga o ‘xshab tar- 
biya qilsangiz, shundagina vazifangizni bajargan b o ia - 
siz! 
Eskilarning 
tili 
bilan: 
«Q o‘shoq 
qaringiz!» 
deyman... Q o‘shoq qaringiz — millatning, millat ona- 
larining saodati uchun!...
Bizning tilim izni biladigan am aldor oshnangiz 
to ‘g‘risida kelsak... Bizning mamlakatimizga rus huku- 
mati bir «mustamlaka» deb qaraydi, ya’ni mamlakatlar- 
ning o'gayi singari... Shu uchun bu yerga yaxshi amal- 
dorni yubormaydi. Bitta-yarimtasi adashib kelib qol- 
masa... Ulardan bizga do‘st yo‘q... Bizning d o ‘stimiz — 
o ‘zimiz. Bizning d o ‘stimiz — millat! U lar millat dush- 
manlari... Biz ularga dushman! Shuni unutmangiz!
M amlakatning tarixi, adabiyotiga oid qim m atbaho 
asarlarni tekinga berish ham da bir rus amaldoriga berish, 
bilmadim, nimaga teng? M encha, bu — millatga xiyonat!
192


U nday asarlarni siz to ‘plangiz, milliy kutubxona tashkil 
qiiaylik. T o'g'ri yo‘l — shu!
Bizdan necha baravar kichkina millatlar mustaqil bir 
hukum at qurib, o ‘z davlatlari ila O vro‘paning, shu 
madaniy Ovro‘paning markazida, ya’ni kindigi singari 
joyda yashaydi. Toshkent tramvayini o'shanaqalar aylan- 
tiradi... Bizning baxtsizligimiz — nodonligimizda, xolos. 
Millat uyg'onsin, ko‘zini ochsin, o ‘qisin, bilim olsin, 
m adaniy millatlar qatoriga kirsin, so'ngra u ham o'z 
davlati, o 'z baxti, o 'z saodatini quradi.
M illatni uyg'otish — uyg'onganlarning vazifasi. M ana 
siz: ancha eslik, hushyor, ziyrak odam ko'rinasiz. Ish bi­
lasiz ekan. Davlatingiz bor ekan. Faqat birgina aybingiz 
shuki, zam on ahvolidan xabardor emassiz. G azet o'qi- 
maysiz. Shu zam onda m undan yomon gunoh bormi? 
Q anday yaxshi gazetlar bor. O renburgda, Q ozonda, 
Ufada, Bokuda, Astraxanda, ayniqsa Moskvada, urush 
bitgandan keyin chetdan oldirib o'qing! Boqchasaroyga 
besh so 'm pul yuborsangiz, bir yilgacha h ar kuni 
«Taijumon» keladi. Bilasizmi, «Tarjumon» nima deydi?
Shu yerda men uning so'zini bo'lib, dedim, chunki 
juda payti kelgan edi:
— Boylarning yer-suvi, zavodchilarning zavodlari 
olinib, yalang oyoqlarga berilsin, demaydimi? Shuni 
aytib bersangiz.
— Siz sotsialistlarni aytasiz, — dedi. — Bizning 
oramizda sotsialistlar yo'q. Biz sotsialistlardan yiroqmiz. 
«Taijumon» nim a deydi? «Tarjumon» — jadid gazetalari- 
ning otasi Ismoil boboyning gazeti. Eng eski gazet... 
«Tilda, fikrda, ishda birlik!» deydi, ya’ni biz musul- 
monlar, turk xalqlari, bir til bilan gapiraylik, bir fikrda 
bo'laylik, bir ish qiiaylik, deydi. M undan yaxshi nima 
bor? Boylarning yerlari, zavodchilarning zavodi, fab- 
rikachilarning fabrikalari bilan bizning ishimiz yo'q. U 
ularning o 'z ishlari. Biz o'qiydigan gazetlarning hech biri 
unday demaydi. U lar qayta: «Boy bo'l! Zavod sol! 
Fabrika och! Besh minglab, o 'n minglab rabochiy ishlat! 
Milliy sanoatni rivojlantir!» deydi. «Vaqt» gazetasining 
mutasaddisi kim? — Romeyev. Bilasizmi, u kim? — U 
millionchi. Tilla konlari bor. Jadidlardan qo'rqm ang.
7
-
3084
193


Millatni biling, taning, unga xizmat qiling. Shu bilan siz 
ham jadidsiz. Nomingiz tarix betlariga yoziladi. Kim pul 
topm a, deydi sizga? M ana, men; Finlandiyada magazi- 
nim bor, Peterburgda magazinim bor: har yil yarmarka- 
ga borib ish qilaman. Fransiyada Lion, G erm aniyada 
Hamburg shaharlariga boraman. Teri, m o'yna, mahalliy 
sanoat mollarini o ‘tkazaman. Dunyoning pulini topa- 
man. Faqat mening o ‘g iim — uloqchi ot minib, poy- 
galarda yurmaydi, m endan pul olib, qim or o ‘ynamaydi, 
m ening topganim ni besoqolga, fohishaga berm aydi. 
0 ‘qiydi, bilim oladi, odam bo'ladi, madaniyat kasb eta- 
di. Bir ukam — Finlandiyada Xelsingfors gimnaziyasi- 
ning 5-sinfida. Bir ukam U fada m ashhur Oliya 
madrasasida. Akamning bir o ‘g ii — Toshkent real mak- 
tabida. 0 ‘z o ‘g iim hali kichik bola, Finlandiyada, max- 
sus muallim solib berganman, o ‘qiydi...
Endi bu jadidning gapdan to'x tash in i istamay 
qoldim...
M a r ya m.
«Jakob meni unutdi. U, haligi sartning afsuni ostiga 
tushdi. N im a qilaman men? Xayr, mayli, chidayman. 
M adaniy Jakob, albatta, til bilmas, y ow oyi, aziat 
Jakobdan yaxshiroq. U meni handaqdan tortib chiqardi, 
endi mening sababim bilan o ‘zi ham madaniy odam 
bo‘lib ketsa, qanday yaxshi!
Faqat, zerikdim . 
Kitob oldim . Jurnal oldim. 
0 ‘qidim... O'qiym an... bo‘lmaydi. Y o'l uzoq. Yaknav 
m anzaralar... 
Zerikishdan 
b o ‘g ‘ilam an. 
Jakobning 
bo‘yniga osilib bo‘g‘sam, deyman!
N ihoyat, bir rus xotin bilan tanishdim. Eri Toshkent 
shahrida advokat ekan. Onalarini ko'rgali Moskvaga ke- 
tayotir. Endi menga ham so'zlashadigan odam topilib 
qoldi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi, va h. k. gaplarimiz... 
sevgi to ‘g‘risida bo‘ldi!»
J a k o b .
«Qiziq: gap degan narsa shuncha ta ’sirlik b o ‘ladimi? 
Kechagina men «jadid» degan so‘zni eshitsam, belim 
qayishardim. Yurtimizning katta, obro‘li, eslik odamlari 
hammasi jadidlarni yoqtirmasidi. «Jadid — kofirning 
ashaddiysi», derdi Shahobiddin domla. G azet o ‘qiy tur-
194


gan bitta mullabachchani madrasadan rasvo qilib hayda- 
gan edi. Shahardagi katta boylarim iz bo'lsa, ular 
to'g'risida «tirranchalar», «haromilar» demasa, gapirol- 
masdi.
M ana, men endi jadidni ko'rib o'tiribm an. Erta-kech 
gapiga quloq solaman, qulog'im ni uning og'zidan uzib 
ololmayman... Bir yomon joyini ko'rganim yo'q. Gaplari 
hammasi m a’qul. Birovning mol-mulkiga chang sola tur- 
ganga o'xshamaydi... O 'zi ham badavlat odam. Halol 
kasb qilib pul topishni, dunyo orttirishni bilar ekan... Bu 
yomonmi?
Agar jadid shunday bo'lsa, men ham jadidm an... 
Fursatni to 'g 'ri keltirib turib:
— Imperiya nim a degani? — deb so'radim.
— Nega so'rab yotibsiz? — dedi.
— O 'zingiz bilgan am aldor oshnam bir kun 
«Imperiya botib boradi», dedi, shunda juda xafa bo'lib 
gapirdi.
— Uning imperiya degani o'ris podshosining qo'l os- 
tidagi yurtlar. U nda har qaysi millatdan bor, shu qatorda 
biz sho'rliklar ham bormiz. Ular, urush muvafifaqiyatsiz 
bitsa (shu so'zini tushunolm adim ), o'sha yurtlarning par- 
ch a-parcha b o'lib bo 'lin ib ketishidan qo'rqadilar. 
Rusiyani, shu quloch yetmas keng o'lkani, qilich kuchi 
bilan, qozoq o'risning nayzasi bilan qo'rqitib, butun ho- 
lida qiyomatgacha ushlab qolmoq istaydilar. Sog'in si- 
girni kim istamaydi? Oppoq, shirin suti bor...
— Nim aning suti bor? — deb so'radim men.
Kuldi.
— Siz-biz sog'in sigirmiz, bizning shirin sutimiz bor, 
ruslar va boshqa ajnabiylar bizni emib yotadilar. Bir biz 
emas. Qarangiz; Hindiston, Sharqiy Turkiston, Tunis, 
Jazoyir, M ag'ribiston, y a’ni M arokash... Misr ham 
Angliya qo'liga kirib bitdi. Endi asta-asta Turkiyani 
bo'layotirlar. Butun islom olami, musulm on o ik alari 
birm a-bir ajnabiylar qo'liga o'tayotir. Qarangiz Eronni, 
bir tom ondan, bizning Ivanlar, bir tom ondan, «Makkor 
Albiyon» o 'z nufuzlari ostiga oldilar.
U gapiradi, gapiradi. Men ham hayron bo'lam an. 
M uncha nom lam i qaydan biladi? Hammasi qandoq qilib
195


esida turadi? Hamm asini o ‘z ko‘zi bilan ko‘rganmi? Yo 
meni laqillatib, o ‘z ichidan chiqarib aytadimi? Hali 
Finlandiyada bir shaharning nom ini aytdi, til o'lgurni bir 
munday enga keltirib aytib b o ‘lmaydi... H ar qalay, bu 
xotin menga hech narsa berm aganda ham roziman. 
K o'zim ni to ‘sib yotgan pardalarni olib tashladi-ku.
... Faqat Maryam allaqaysi bir uyda bir xotin bilan 
tanishib olib, bizga o'xshagan suhbat boshladi. Bir xabar 
olib qo'yay, suhbatlariga birorta begona erkak orala- 
madimikin?
— M en bir xotinim dan xabar olib kelay! — dedim. 
Yonidan jildim.
Borsam, M aryam kitob o ‘qib yotibdi, narigi diqqat 
bilan quloq soladi. Bir erkak bor, yuqori so‘rida uxlab 
yotadi. Xayr, mayli, zerikmasin, bechora Maryam.
Yana jadidning yoniga qaytdim. U, birdaniga so‘rab 
qoldi:
— Sizning musulmon xotiningiz ham bormi?!
— Bor... yo‘q, yanglishdim: bor edi...
— H ar holda musulm on xotin bilan turib ko‘rgansiz-
ku?
— Ha... albatta.
— Endi, mana, tarbiyaning nimaligini o ‘z tajribangiz 
bilan bilasiz. Tarbiyasiz, ongsiz va nodon musulmon 
xotin bilan tarbiyalik madaniy ovro'palikni solishtirib 
ko‘rasiz. Farq yer bilan osmon qadar! Darhol bilinadi.
— Hali ham o ‘g‘limni o ‘ris maktabiga beram an, deb 
qo‘ydim.
— Bu fikringiz xato, Ibtidoiy tarbiyani rus maktabla- 
ridan boshlab bo'lm aydi, uni milliy maktablarda berish 
kerak. Ilgari milliy hissini o ‘stirib, o ‘z millatini tanigan- 
dan keyin rus maktabiga berish kerakki, hunarga, ixtisos- 
ga tegishli ilmlarni o ‘qisin. (Bu odam ning gaplarida shu- 
naqa men anglamaydigan so‘zlar ko‘p: u o ‘zi o ‘ylamas- 
dan gapirib keta beradi. Tez-tez to ‘xtatib so‘rashga men 
uyalam an. B a’zi so ‘zlarni anglam asam -da, ham m a 
gaplarini anglayman. G azet o ‘qiy bersam, tushunib ke- 
tarm an). U ndan keyin Germ aniya, Fransiya, Angliya 
mamlakatlariga, hatto dunyoning narigi chekkasidagi 
Amerikaga yuborib o ‘qitish kerak...
196


— 0 ‘ruslarning o ‘zida ham ilm ko‘p, shekilli-ku, na- 
riga yuborish nimaga kerak?
— O'ruslarda ilm ko‘p. O 'ruslar mutaraqqiy millat. 
Lekin ular o ‘zlari ham asl ilmni o'sha yoqdan oladilar.
— Shundaymi?
— Shunday. M ana bu urush tugasin. Finlandiyaga bir 
keling. U ndan nari birgalashib Germaniyaga boramiz, 
Fransiyani ko'ram iz, Angliyani tom osha qilib kelamiz. 
Shundan keyin jadidlarning nima dem oqchi bo'lganini 
bilasiz...
— Men hali ham sizning gaplaringizga qoyil kelib 
o'tiribm an...
— Qoyil kelgan boisangiz, millatga xizmat qilingiz
g'aflatda qolgan xalqni uyg'otingiz, yangi maktablar 
ochingiz! Bolalaringizni yangicha o'qitingiz.
— Albatta, albatta. Bundan keyin shunday qilaman 
endi. Ko‘zim ochildi... men ham taraqqiy qilib qoldim... 
Millatni odam qilishga urinam an endi...
— Habbarakalla! Siz Abdisamat mingboshi deganni 
taniysizmi?
— 0 ‘zimizning Abdisamat kalmi? Taniyman. Qish- 
log‘i bizga yaqin.
— Ana, haqiqiy millat xodimi o'sha! Ham m a ming­
boshi va amaldorlarimiz o'sha odamga o'xshasa, millat 
tez taraqqiy qilardi.
— Qizlarini yangicha o'qitadi, deb eshitaman.
— Qizlarini yangicha o'qitish uchun U fadan maxsus 
muallima oldirgan. Hozir o'sha muallimaga o'z uyida 
yangicha qizlar m aktabi ochib berm oqchi bo'libdi. 
Yaqinda yuqoriga ariza berib, «usuli jadid» maktabi 
ochishga ruxsat oldi. Toshkentdan biz muallim jo'natdik. 
U odam millatning otasi. Ham m am izning otamiz! K o'r- 
sangiz, salom ayting. Ham m a jadidning orzusi o'sha 
odamni bir kd'rish!
Maryam chaqirdi. Bilmadim, nima gap? Bu to'yilmas 
suhbatni bo'lib chopdim».
M a r y a m.
«Qarta o'ynab-o'ynab zerikdim. Jakob mendan ta- 
mom kechib yubordi... Jonim dan yomon ko'ram an u 
madaniy sartni! Yer yutsin uni!
197


Q artadan fol ochsam , b ir-b ir ketin «baxtsizlik» 
(neschaste) chiqadi. Q o'rqib qoldim. Demak, mening 
Jakobimni tortib olajaklar! M adaniyatdan yom on narsa 
bormi ekan dunyoda? H atto madaniylashgan sart ham 
ertadan-kechgacha valdirashdan bo ‘shamas ekan...
C hidayolm adim . 
C haqirdim . 
Kelsa, 
chinakam
gaplashib, masalani hal qilaman. Ana, kelayotir... keldi. 
Jakob!!»
J a k o b .
« 0 ‘yga kelib kirishim bilan, Jakob, — deb b o ‘ynimga 
osildi. Eshik ochiq, ham m aning ko‘zi bizda! Ana, 
ho‘ngrab yigiay boshladi!
Boshimga balo b o ia d ig an g a 
0
‘xshaydi. M ening 
fikrim hozir boshqa yoqlarda, boshqa ko‘chalarda. 
Maryam muni bilmaydi... Har qalay, silab-siypab yupat- 
dim. «Biz ozdan so‘ng qaytib kelib, tuni bo‘yi sen bilan 
gaplashib o ‘tiraman», dedim. Kulimsiradi...
Yo‘q, shu kulimsirashidan kechib ketolmayman!»
M a r ya m.
«Hech narsa deyolmadim, tilim tutildi... Bo‘yniga 
osilib yig‘ladim. Erkalatib, yupatib, va’da berib ketdi».
J a k o b .
«M oskvada bir-ikki kun to ‘xtaymiz. Shu vaqtda 
Maryam masalasini bir yog'liq qilish kerak. Shunga jazm 
qildim. Ungacha M aryamni yupatib borish kerak.
Maryam masalasi — kichkina masala. U oson hal 
bo‘ladi. Ammo miyamda paydo b o ig a n fikrlar meni 
qayerga olib boradi? Shunga hayronman».
M a r ya m.
«Jakobchikning menga muomilasi o'zgardi. Qanday 
baxtliman! Faqat... «U mening kimim, nimam? U ni men 
sevamanmi?» degan savollar miyamni tintalaydi. Keyingi 
savolning javobini o ‘zim berishim kerak. Endi bu to ‘g‘ri- 
da qat’iy bir flkr aytadigan vaqt keldi. Soddalik bas endi! 
Bir narsa deyishim kerak. «Sevam anm i, y o ‘qmi?» 
0 ‘zimga beradigan javobim Moskvagacha berilmagi lo- 
zim!»
J a k o b .
«Orenburgdan jo ‘nab edik, shirin so‘zlik «jadid» sha- 
harni ko‘rsatdi. Qaradim. Shahar orqada qolgan edi...
198


— Bu yerda bir madrasa bor. N om ini Husayniya 
deydilar. U ch qavat ovro'pacha imorat. U nda jadid 
ilmlari o ‘qiladi. Bilasizmi, uni kim soldirgan? Jadid- 
larning eng katta otaxonlaridan Ahmadboy Husainov... 
Juda boy odam edi. Usuli jadid maktablariga ko'p pul 
sarf qildi. Millatga qilgan xizmati sanoqsiz... Bizda 
ham shunday boylar b o ‘lsa? Andijonda Mirkomilboy 
bor. Eshitgandirsiz? Millat yo'liga bir chaqa bermay- 
di. Johil!..»
Tem ir ko‘prikdan o ‘tib, daraxtzor ichiga kirdik. 
0 ‘rmon daraxtlari sarg‘aya boshlagan edi.
— Menga qarang, — dedim men, — jadidlar ham: 
«Boylarning yer-suvi olinsin», der emish-ku? Birov m en­
ga shunday dedi, juda ishontirib aytdi!
— Yo‘q, yo‘q! Aslo. Ilgari ham aytib edim-ku: ular, 
sotsialistlar. Jadidlar sotsialist emas. Aslo! Aslo! Endigina 
A hm adboy H usainov to ‘g ‘risida gapirdim . Shunday 
odam jadidlarning otasi sanaladi...
— Unday bo'lsa, juda yaxshi, — deb qo'ydim men.
— Ori, rost, jadid. — Ilgari jadidlar orasida ham hali­
gi aytganingizdek, sotsialist bo‘lib yurganlar bor edi. 
C hunonchi, tatarlardan Ayoz Ishoqiy. U bir necha yil 
burun boylarga qarab ayyohannos tortardi. H ozir 
M oskvada boylardan yordam olib, gazet chiqaradi. 
Xolisanlillo millatga xizmat qiladi... Moskvaga borsangiz, 
o'sha gazetni topib o'qing... «So‘z» gazeti... juda yaxshi 
gazet!
Ko‘nglim bir m uncha tinchlandi. Jadidlarga endi is- 
honib qoldim. U lardan yolg‘onchi chiqmaydi. Yaxshi 
odamlar!
Maryamga va’dam bor edi, vagonda chirog‘lar yoqil- 
gach, xayrlashib, uyimga ketdim».
M a r ya m.
«Bu kecha Jakob men bilan b o ‘ldi. C hala-chulpa u 
gapirdi — m en angladim , chin ko‘ngildan m en 
gapirdim — u angladi. Anglashdik. Qanday baxtliman 
men! H ech shubha yo‘qki, Jakobning o ‘xshovsiz ko‘zlari 
bor... qop-qora, o ‘ynoq, jonli! Yo‘q! Men u ko‘zlardan 
kechib ketolmayman!..
199


N im a bu? Iqrorimmi? Sevganimni iqror qildimmi shu 
bilan? Sevamanmi m en uni?
Sevamanmi?
Y o‘qmi?
Sevaman!
Lekin... u sevmasa?
M endan oladiganini olib, q o ‘limga chek uzatsa?
M uni o ‘ylashdan ham q o ‘rqaman!
Lekin...
Sevishga haqqim bor!
Sevaman!
Narisini bilmayman!..»
J a k o b .
«Jadid yana M aryam m asalasiga to ‘xtaldi. K o 'p
gapirdi.
— Yurtingizda qolgan bolalaringizning tarbiyasini shu 
xotiningizga topshiring! Odam b o ‘ladi ular.
— Milliy maktabda o ‘qimaganlar-ku? — dedim.
— U nday bo‘lsa, davlatingiz bor, xususiy bir muallim 
yo muallima oling. Tez bo'ladi. Siz agar Qrimga borsan- 
giz, Boqchasaroy degan yerga tushing. «Taijumon» gaze- 
tasini izlab toping. 0 ‘sha yerdagi ustodlar bilan gapla- 
shing. Balki muallim, muallima xususida sizga yordam 
beradilar, yo‘l ko‘rsatadilar.
Q o ‘limga gazetning nom ini yozib berdi. M usul- 
m oncha xati xunuk ekan... M aryam masalasini Moskva- 
da hal qilishga to ‘g ‘ri keladi. Yangi ko‘rishgan kunim 
chizilgan rejalar buzildi... Endi uni Moskvaga tashlab, 
o ‘zim yana o ‘z yurtimga qaytib ketsam -mi? Jadidning 
so'zlari meni qo‘zg‘atib q o ‘ydi, uning so‘zlarini men 
ham boshqalarga xuddi o ‘shaning o ‘zidan chiroylik va 
ta ’sirlik qilib gapirsam, deyman. Odam lam ing ko‘zini 
ochsam, deyman.
Yo‘q... bo'linaydi. M aryam ni tashlab ketish qo‘lim- 
dan kelmaydi. Shoshma, jadid dom la ham M aryam 
to ‘g ‘risida k o ‘p narsalar dedi-ku! «M illat onalari 
yetkazish uchun g‘ayrimillatning onalaridan o ‘rnak olay- 
lik», dedi. Hali M aryamning o ‘rnak b o iish i bor... Y o‘q, 
uni tashlab bo‘lmas.
200


Qani, Moskvaga boraylik-chi. Ertaning g‘am ini eshak 
yeydi. Ana, Moskva atrofidagi yozloqlar ham bir-bir 
ketin o ‘ta boshladilar».
M a r ya m.
«Moskvaga vaqinlashib kelamiz. Ana, dachalar... ba- 
land imoratlar... katta shahar...
Faqat ko‘nglimni bir qistov, bir xafalik changallaydi. 
Allanarsaning belgisiz tashvishi, andishasi bor...
N im a u?
Ayriliq!
Y o'q, m en ayrilib ketolmayman!»
J a k o b .
«Ozoda musofirxonalardan biriga tushdik. Ikkimiz 
ikki xonadamiz. M aryamning ko‘zlarida haqorat qilingan 
bir qarash pirpiraydi. Beehora...
Jadid ketdi. U bilan vagonning o ‘zida xayrlashdim. 
Shundan keyin ko‘rmadim. Endi, uning shirin ovozi 
qulog‘im dan yiroqlashgach, ta ’sirli so‘zlarining shoshi- 
lish oqim i uzilgach... u so‘zlarni es tarozisida solib 
ko‘rayotirman.
Rostmi u gaplar? Yolg‘on emasmi? Bir musulmon 
odam ni din y o iid an , ota-bobolar, burungilar yo‘lidan 
chiqarish uchun g'ayridinlar tom onidan qurilgan tuzoq 
emasmi? Bu yigit nam oz-niyozni bilmaydi. Qiyofatida 
musulm onlik asari yo‘q... Domlalarimizning aytganlari 
rostmi ekan? Nega men u yigit bilan bahs qilishmadim?
Yo‘q, u bilan bahslashib b o ‘lmaydi. Uning gaplariga 
gap topib javob berish qiyin. Uning gaplariga hech kim 
javob aytolmaydi.
Qani, ko‘raylik, nim a b o ‘lar ekan. Qrimga bormay 
ilojim yo‘q. Men M aryam uchun b o is a ham boraman. U 
yerda jadidlarning kattalari bor emish. U larni ko‘ram an, 
gaplasham an. Agar jadidlarning asosi pu ch b o is a , 
«Xalifayi Rum» jadidlarga tarafdor b o iarm idi? H am m a 
tartib, nizom o ‘sha tom onda, deydi-ku. Yangicha o ‘qish 
R um dan kelgan... kalta kiyim R um dan chiqqan... 
Rumcha yoqalar o ‘sha tom ondan kelib, rasm boigan...
G ‘alati ahvolga tushib qoldim men. Miyam g‘ovlab 
ketmasa, deb qo‘rqaman. Ilgari tinchgina pul topishimni 
bilardim. O ta-bobom iz yurgan y o id a n bora berardim.
201


Endi allakim chiqib, «Ota-bobolarimning yo‘l egri edi, 
to ‘g‘ri yo‘l bu yoqda!» deydi. O dam ishonadigan qilib ay- 
tadi.
Shu ikki yo‘ldan birini tanlab olishim kerak. Birdanga 
ikki yo‘ldan yurib bo‘lmaydi.
Yana jadidlar bilan ko‘p so‘zlashmoq kerak. Gazet 
o ‘qish kerak. H ar kun-har kun yangi-yangi gazetlarni 
o ‘qish kerak. «Moskvada yaxshi gazet bor», degan edi, 
shuni axtarib topay. Yangicha kitoblar topib olib, ularni 
ham tatalab ko'ray.
Mayli, ishqilib ko‘zim ochilsin. Bilmagan narsalarni 
bilay. К о ‘р narsa o ‘rganay. «Bilgan bilm agandan 
yaxshi», deydi jadid. M ana bu gap — haq lekin!»
M a r ya m.
«Moskvagacha Jakob m en bilan b o ‘ldi. Muomilasi 
butunlay o'zgardi. Qarta, o ig u r, aldadimikin? 0 ‘zim 
yanglish ochdim m i? Yo teskarisiga aytadigan qar- 
tamikan?
Faqat, nim a uchun nom erda ikkovimiz ikki xonaga 
tushdik?? Demak, Jakob m en bilan ayrilishmoq istaydi. 
Agar ko‘nglida muhabbat b o ‘lsaydi — shaharda uch 
kecha birga b o ‘ldik, y o id a olti kechani birga o ‘tkazdik— 
menga yaqinlashardi.
M en qarshim anmi yaqinlashsa? Yo pul berish kerak, 
deb qo‘rqarmikin? Men hozir pul degan narsani o ‘yla- 
mayman. Istasa, o ‘z pullarim ni ham beraman. Faqat 
haydamasa bo‘ldi!
M en shoshib qoldim. N im a qilishimni bilmayman. 
Bu Jakob ju d a berk odam , hech narsaga tushunib 
bo'lm aydi. Y aponlarni shunday b o ‘ladi, derdilar. Bu 
ham Osiyo bolasi emasmi? Hamm asi bir balo!..
X o'p... ikkimiz bir xonaga ham tushdik, u kelib 
m eni o ‘pdi ham deylik... quchoqladi ham deylik... 
Albatta, u holda m en o ‘zimni tutolmayman... u ham 
tutolmaydi...
Faqat natija? N atija nim a b o ‘ladi? O datda erkaklar 
shundan so‘ng sovunadilar. Bu ham sovunsa... Q o‘limga 
chek uzatsa... X ayr-m a’zur, degani bo‘ladimi? Yo‘q, 
yo‘q! Cheki qursin! Puli qursin! Istamayman!..
C hora nim a, chora? Bilmayman...
202


M enda nima ixtiyor? M eni sotib olgan u, pul unda... 
Ixtiyor unda... 0 ‘shaning og‘ziga qaraym an-da. Ket, 
dermikin o ‘sha og‘iz? A?!»
J a k o b .
«Qrim sanatoriyasidan ikkitasining adresini oldim: 
«Ikki kishilik joy bormi?» deb telegramm bermoqchiman. 
Telegrammni yozdiray, deb edim, bo‘lmadi... Chunki, 
ikki joymi, bir joymi?
Ilgari M aryam masalasini hal qilish kerak. M en 
uchun-ku, u masala hal b o ig a n , faqat u nim a deydi? 
Hozir borib to ‘p p a-to ‘g‘risini so‘rasammi? So‘ray. Yo‘q! 
So‘z bilan so‘rash bo‘lmaydi... Qani mening chek daf- 
tarim? H a, mana. 0 ‘ruscha yozishni bilmayman-ku. 
Bo‘lmasa, sifrini yozib, tagiga q o i q o ‘yay... boidi!»
M a r ya m.
«Jakobni kuni bo'yi ko‘rmadim. Ovqatdan keyin o ‘z 
uyiga chiqib ketdi. Anchagacha kutib o ‘tirdim, kirmadi. 
N im a bo‘ladi bu ishlarning oxiri? M en haydaladigan 
b o id im m i? 0 ‘zini bu qadar chetga olishidan, og‘ir 
o ‘ychanligidan qo ‘rqaman.
Soat necha? H o ‘h -h o ‘... 11 ga yaqinlashibdi. Kech 
kirganda, yom on uxlabman. Jakob yotib qolgandir endi? 
Erta bilangacha yana judolik!
Endi o'rnim dan tursam... bir vannaxonaga chiqib... 
yaxshilab yuvinsam, undan keyin bir narsa yeb... pastga 
tushsam... Zerikdim. Baxtim yo'q mening!
X azon vaqti... tabiat asta-sekin o ‘lib boradi... 
Shunday-da, mening o iu k ko‘nglim tirildi. Yana o iish
uchunmi?..
Bir yaxshi sovuq suvki!.. Rohatlar qildim. Bu nima? 
Yo tavba! M en chiqib ketgandan keyin Jakob kirganga 
o ‘xshaydi...
Chek! Tamom! Sho'rim quridi...»
J a k o b .
«Bir quchoq gazet olib kelib o ‘qidim. Tili g‘alizroq... 
tez charchayman. Shu kecha M aryam bilan birga yotib, 
erta bilan q o iig a chekni beray, deb edim, keyin mulo- 
haza qildim: m undan — «Ishing bitdi. Xayr endi!» degan 
narsani anglamasin, dedim.
203


Chekni aw al berdim. Anglarmikan? Bir ozdan so'ng 
uyimni qufflab, yoniga boraman».
M a r ya m.
«Q ancha yig‘lasam , shuncha darm onim quriydi. 
Qrim sayohati peshonamga yozilmagan ekan. Bir kecha- 
ikki kecha «ket», deguncha birga b o ‘laman. M endan 
oladiganini oladi... So‘ngra pulni olib chiqib ketaman. 
Yana burungi hulya: Petrograd, Germaniya... aka. Faqat 
u hulyadan shu qadar qo‘rqamanki!
N im a qilay, sart yigiti y o ld a n urdi. «Sart xotiningni 
tashlama!» dedi shekilli, tag'in ziyoli. Iblis!
M en qarorim ni berdim, q at’iy qaror: m en uni seva­
man. U meni quvayotir. Mayli, bir-ikki kun tam om an 
meniki bo'ladi. Sevgan odam im bilan ikki qiyomat ke- 
chasi o ‘tkazganm an, deb shunga quvonib yurarman! 
Bo'ldi!
— Tuxum qovurmasimi? Mayli, bering. Bir shisha 
portveyn ham qo'shib keltiring! — dedim xizmatkorga.
Oh, may! K o'nglim da bir n ash ’a paydo b o 'ldi. 
Negadir sevinaman. Eshikni chertdilar. Kim u? Jakob!..»
J a k o b .
«Kirganimda, kechki ovqatni yeb bo'lgan ekan. May 
ham ichibdi. O 'zi xursand! Tushunganga o'xshaydi. 
Shunda ham shoshilmoqchi emasman. Ilgari bir oldidan 
o'tib, ba’zi vazifalarni bo'yniga qo'yish kerak, deb bila­
man. Turib kelib, bo'ynim ga osildi. Mastlik bilan juda 
qattiq jinnilarcha osildi. M en ham muqobala qildim... 
Faqat bir ozdan so'ng qo'lini bo'ynim dan olib qo'yib:
— O 'tir, — dedim.
— «Meni quvma, Jakob! — dedi. — M en senga bir- 
ikki kechalik mehmonman! Shu ikki kechaning ixtiyori 
menda! M en jinlanganm an, m en o 'tm an , olovman! 
Qarshi kelma menga!»
Kuldim.
— M en senga xotin bo'l, deb taklif qilmoqchiman. 
Sen nega m ehm onm an, deysan? Yo m en bilan birga 
yashashni istamaysanmi?
Rangi o'chdi. K o'zlari yoshlandi. Qaltiroq bosdi. 
Nafasi ichiga tushdi. Yoniga o'tib erkalatdim. So'ngra 
o'ziga keldi.
204


— 0 ‘ngimmi, tushimmi? — dedi. — Rost aytasanmi? 
Yo hazilmi? M unaqa hazillar odam ning o iish ig a sabab 
b o ‘ladi, Jakob!
— Bilasanmi, M aryam , m ening ikki qizim , bir 
o ‘g‘lim bor.
— B oisin.
— Katta qizim 12 da, qolganlari undan kichik...
— Juda yaxshi.
— Bolalaming saodati uchun xotinga javob berishga 
to ‘g‘ri keladi. Boshqa chora yo‘q. Qizlarni-ku bermas, 
o ‘g iim n i o lam an -u , tarbiyasini senga topshiram an. 
N im a deysan?
«Rost aytasanmi», deganni qilib, ko'zim ga qaradi. 
M en «rost» degan m a’noda bosh tebratdim.
— M en senikiman. N im a desang shu!
Ikki kishilik joy so‘rab, sanatoriyaga shoshilish 
telegramm jo ‘natdim. Deraza yonidagi keng va yumshoq 
kursiga o ‘zimni tashladim.
— Endi meniki bo idingm i, M aryam? — dedim.
Totli-totli kulimsirab kelib, qarshim da to'xtadi:
— Ko‘rishgan kunimizdan beri! — dedi.
0 ‘zi juda sokin va yuvosh edi. Telbalarcha quturish- 
lari ko‘rinmasidi. K o‘p intizorlikdan so'ng sevganiga 
qovushadigan haroratli juvonga o ‘xshamasdi. N echundir 
ko‘pdan beri er bilan yashab kelgan bir oila xotinining 
sokinligi boridi. Iliq sokinlik...
— Tugmani bos, — dedim.
Xizmatchi keldi, soat 11 b o iib qolganiga qaramas- 
dan, vannani qizitishga buyurdim. N om er xalqi pulni 
yaxshi ko‘radi. Bitta uch so‘mlikni olib, bir nafasda hozir 
qildi. M aryam ning pardozi uzoq ketishini bilganim 
uchun bem alol yuvinib chiqdim . M en chiqquncha 
M aryam kiyinib b o ig a n edi.
— Soat necha? — deb so‘radim.
— 12 dan bir oz o iib d i.
— Qani, yur boim asa!
K o‘zlari olaydi!
— Qayerga? Yarim kechada-ya?
— Yura ber, sen menikisan.
Yana totli-totli kuldi. Maskovda n o ‘g‘oylarning m a-
205


chiti borligini toshkentlik yigitdan eshitgan edim. U yigit 
shuni ayta turib ham jadidligini qildi: «Ko‘rdingizmi, — 
dedi, — dinli b o lish libosga qaramaydi. Bizning johil 
ulamo kimning salla-choponi b o ‘lsa, musulm on, deydi. 
Holbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda. Rus 
tilida bo‘lsa ham besh vaqt namozlarini tark qilmaytur- 
gan musulm onlar bor.
Yarim kechada biz — ikki telba ta ’qibdan qochgan 
o ‘g‘riday Maskov ko‘chalarida ot qo‘yib ketdik.
Im om ni uyg‘otib chiqdilar.
— Nikoh, hazrat, — dedim, n o ‘g‘oylar domlalarni 
«hazrat», der ekanlar.
Bir menga, bir unga qaradi.
— Siz-ku musulmonsiz, bilaman. Bu xonim musul- 
m onm i, yo‘qmi? — deb so‘radi.
— H ali-hozircha yo‘q.
— Qanday bo‘lar ekan?
Uyquli k o ‘zlari bilan m enga qaradi. Bitta o ‘n 
so'm likni uzatdim:
— Musulmonchilik — asta-sekinlik, hazrat. Asta-asta 
yo‘lga solib olamiz.
Pulni olib, doktorlar singari qaramasdan, kissasiga 
soldi:
— Voqean, — dedi hazrat, — shariatda ham javob 
bor-ku-ya...
Ko‘p o tm asd an , so‘fmi chaqirib chiqdi. U ni shohid 
qilib turib, nikohimizni o ‘qidi. SoTiga ham bir narsa 
berdik. Shu bilan mening nom im o ‘zicha qolib, yangi 
xotinimning nomi «Bibi Maryam Oysha qizi» b o ‘ldi...
Oysha qizi bilan er-xotin bo‘lib uyga qaytgan vaq- 
timizda, soat ikkiga yaqinlashib kelardi».
M a r ya m.
«Yo rabbiy! N ikoh o ‘qitib keldik, nikoh! M en agar 
boshim aylanib yiqilsam, hech bir taajjub qiladigan joyi 
yo‘q. M undan bir necha soat burun ko‘z oldimda o'lim - 
dan boshqa hech narsa ko‘rinmasdi. Ko‘zimdagi tum an 
boshqa narsani ko‘rsatmas edi. Holbuki, hali yosh edim 
va yashamoq istardim!»
Endi — nikoh! Nikohli er! M anfur botqoqdan abadiy 
qutulish!
206


Faqat... qanday nikoh? Boshqa begona bir dinning 
haddan tashqari sodda va, o'z umm atlari singari, vahshiy 
nikohi...
Na jilo, na porloqlik! N a savlat, na hasham! Hind 
faqiri qadar sodda va yalang'och... O 'chgan yonar tog'lar 
kabi nursiz va ziyosiz. Eskirgan kema kabi ravnaqsiz va 
ayanch...
Yo'q! Yo'q! Yo'q! Bu, balki, ham m a uchun — shun­
day. Ammo men uchun... men uchun: undan issiq, u n ­
dan yorug', undan porloq va m uhtasham nikoh yo'q! 
Endi ham ma iztiroblar — orqada, ham ma qora kunlar — 
o'tdi. Endi u — meniki, o'zimniki!»
J a k o b .
«M ana, M aryam endi meniki bo'ldi. O 'zim niki, 
o'zim dan boshqaga tirnog'i ham tegmaydi. Ana u ayt- 
gandek, dushm anning bu fitnachi qizini qo'ynim ga 
olarkan, uning hali hech bir qondirilmagan, chanqoq va 
qizg'in lablariga lablarimni qo'yarkan, millatni, uning jo- 
hil onalarini, bechora qizim, singlim va opalarim ni 
o'ylashim kerak...
Odamning nafasi shunaqa o'tkirm i? Bir xushmo'ylov 
toshkentlik to 'rt kunda meni boshqa ko'chalarga burib 
yubordi! M en hali puxta jadid bo'lganim yo'q... Jadidlar 
to'g'risida gumonlarim yo'q emas. Lekin ko'nglim o'sha 
tom onga moyil bo'lib qoldi. M en ham endi «millat odam 
bo'lsin!» deyman. «Ota-bobolar yo'li haq», deyishga en­
di tilim bormaydi. Jadidlarni ham «bular — haq!» deb 
ochiq aytolmayman... Ammo jadidlarning deganlarini 
boshqalarning deganlaridan ko'ra osonroq va tezroq 
anglaym an... 
Yo 
ular 
o 'zlari 
shunaqa 
chechan 
odamlarmikan? Bizning Shahobiddin domla to 'rt og'iz 
gapirguncha odam ni sil qilib yuboradi. U gapirganda — 
o 'z gapiga o'zi ham ishonolmaganday gapiradi... Hech 
bir ta ’siri yo'q!
Y o'q, bizning musulm onlar ham endi tartib, nizomga 
tushmasalar bo'lmaydi!
M aryamning ko'zlarida g'alati bir olov yonadi. Shu 
topda, shu ko'zga jon bersam arziydi. Bir h afta-o'n kun 
burun nomerda — ko'p qatori — tasarruf qilgan bo'lsam , 
bugun qanday asar qolardi? Hech qanday! Akbarali
207


nechtasini tasarruf qildi? Behisob! 0 ‘zim ham behisob 
tasarruf qilganman. Bugun bir asari bormi? Y o‘q! Q o‘l 
yuvib to ‘kilgan suvday, izsiz-asarsiz o ‘tdi-ketdi ham ­
masi... Bu-chi? Bu qanoat orqasida qo‘lga kelgan davlat! 
Bu, xushm o‘ylov yigit aytganday, m illat bolalariga 
haqiqiy onalar qozonish yo‘lini ko'rsatadi. Bu millatga 
xizmatning boshi, boshlanishi!..»
M a r ya m.
«Jakob fonarni o ‘chirgan edi, men yana yoqdim. Bu 
d a fa u hayron bo'ldi: uning ko‘z oldida boyagi chekni 
mayda-mayda qilib yirtdim. U peshonam dan yumshoq- 
qina bir o'pib qo‘ydi. Shundan keyin fonar endi bu kecha 
yonmaydigan bo'lib o ‘chdi. Tashqarida telba shamol 
quturardi... Mayli, qutursin, menga nima!..»
XIII
Sultonxon...
Z ebining m ingboshiga unashilganini eshitgandan 
keyin Sultonxon har narsadan umidini uzgan edi. 0 ‘sha 
kunning o ‘zidayoq masalani ko‘ndalang qilib q o ‘ydi.
— M en chiqam an mingboshidan! — dedi onasiga. — 
Boshqa erga tegaman. Ustimga kundosh kelishiga tobim 
yo‘q.
— Bir oz bardosh qil, qizim.
— Bardoshi nimasi? Poshshaxon necha yildan beri 
bardosh qilib, yosh um rini chiritdi. 0 ‘sha badbashara 
kuyovning yuzini ham besh oygina to ‘yib ko‘rgan emas!
— 0 ‘shalar ham qanoat qilib o ‘tiribdi-ku, qizim.
— Ular esini yegan bo‘lsalar, men yeganim yo‘q! 
Mening esim bor. U m r degan bir keladi. Yoshlik ham bir 
keladi. U lar ham umrlarini, ham yoshliklarini o‘z q o ‘llari 
bilan o ‘tga tashlar ekanlar, m en ham shu jinnilikni qilay- 
mi? M en yoshman!
— N im a qiiaylik bo'lm asa?
— Otamga ayting. Chiqarib olsin.
— Otang xafa boiarm ikin?
— Xafa bo‘lsa, chiqarib olmasa, m endan koyimasin. 
Shunday ishlarni qilayki, boshini ko'tarib yurolmaydigan 
boisin!
208


— Hay, unday dem a, qizim. Yaxshi niyat qil.
— Niyatim yaxshi. Sevmaydigan erdan chiqib sevadi- 
ganiga tegaman, deyman. Nimasi yomon? Ikkita opam 
bir yaxshi, o ‘z tengi bilan um r qilib o ‘tiribdi-ku. Mening 
aybim nim a? Ertagacha otam dan javob olib bering. 
Bo'lmasa, hammangizni yerga qarataman!
Zarda qilib o ‘rnidan turdi va kavishini naridan beri 
oyog'iga ilib, onasi yonidan chiqa boshladi. Bu bir do'q 
edi.
— Jinni b o im a , qizim, — deb qichqirdi onasi orqasi- 
dan. — Bugunoq gaplashaman otang bilan. Tepa soching 
tik bo‘lmay tursin!
— Ertaga javob kutaman! — degan ovoz keldi yiroq- 
dan.
Ayb Sadriddin cho‘loqning o ‘zida edi. Tevarak-atrof- 
dan ko‘p sovchi chiqdi bu qizga. Hammasini qaytardi. 
Ba‘zilariga qiz o ‘zi ham roziydi, onasi ham yo‘q demas- 
di. «Yo'q, — dedi Sadri c h o io q , — ikki qizimni qishlo- 
qiga berdim, bittasini shaharlikka beram an. Juda loyiq, 
qobil joyini topib, badavlat, obro‘lik odamga beraman!» 
Qizning yoshi o ‘n yettidan o'tganda, ona tashvishlandi: 
«Nimaga shaharlikka beram an, deysiz? Qizning yoshi 
o 'n sakkizga ketdi. Bekor qaritib q o ‘yasiz!» Bunga qarshi 
o ‘jar ch o ‘loq: «Awal quda qilib, keyincha o ‘zim ham 
shaharga ko‘chm oqchiman», deb javob berdi. Xullas, 
uning o'jarligini yengolmadilar. Qiz chiroylik, oppoq, 
do‘ndiq va ta ‘rifli boig an id an cho‘loqning bu katta um i- 
di ancha davom etdi.U ning bu ahm oqlarcha o'jarligini 
faqat mingboshining obro‘si sindira oldi. Mingboshiga 
rad javobi berib, uning qo‘l ostida tinch turolmasligini 
bildi va «хо‘р» dedi. Mingboshi ta ‘rifiga qiziqib uni ol- 
gandan so‘ng, bir kun o'tm asdan, odamlarga «Qari qiz 
ekan», deb gapirdi... Shunda, Sultonxon ota-onasini 
qarg'ab, qancha yig'lagan edi.
H ozir qiz 19 ga yetayozdi. Chinakam , mingboshi 
yangi qayliqni olib, m uni butunlay tashlab yubordi. Jabr 
axir yosh narsaga!
X otinining m a’qul so'zlarini qaytarolmagan Sadri 
cho'loq o ‘z o ‘rtog‘i Abdulla sarkorni mingboshiga vakil 
qilib yubordi. «Shuncha yil yaxshimi, yom onm i — xiz-
209


matlarini qildi. Endi yangi kanizaklari bor. Munisiga 
ruxsat bersalar. Yoshi o ‘tmay turib, bir joyga bersak».
Sadri 
cho 'lo q n in g
elchisiga 
ham
m ingboshi 
Poshshaxonning otasi tom onidan q o ‘yilgan elchiga 
bergan javobni berdi. M uning ustiga yana ta ’na ham qilib 
qo ‘ydi: «Kim olardi endi u kampirni?» Sadri cho'loq bu 
javobni eshitgandan keyin alamiga chidolmasdan, bir 
oyog‘i bilan dikang-dikang qilsa ham, tishini tishiga 
qo‘yib chidashga majbur edi. Mingboshiga kuchi yetadi- 
mi? Shaharga ariza berishi mumkin: «Advokat yaxshi pul 
olib, yaxshi ariza yozib beradi. Foydasi b o ia d im i?
Ham m a am aldorning tili bir emasmi? Shuncha ariza 
berganlar nim a qiloldi? Bu zolimning jabriga xudo o ‘zi 
xat tortmasa, bandasi nevlaydi!»
Kampir yig‘lab yubordi. Yengi bilan ko‘z yoshini ar- 
tarkan:
— Qizning avzoyi buzuq! — dedi. — Mingboshidan 
chiqarib olmasa, satanglar bilan do'st tutisham an, deydi. 
N im a qildik endi?
— N im a qilarding? — dedi Sadri c h o io q pastgina 
ovoz bilan. — Bardosh qilasan, chidaysan. Boshqa iloji 
yo'q.
— Satanglarnikiga borib d u to r-m utorga ilashar- 
mikan? Yosh narsa...
— Yotig'i bilan ayt: mayli endi, vaqtini choq qilib 
yursa yura tursin, am mo-lekin haddini bilsin, haddini...
C ho'loq o'rnidan turdi.
— Voy, o 'la qolay! — dedi kampir. — Sho'rim bor 
ekan!
Otasi fotiha bermasa ham , yosh juvonga o'z ko'nglini 
bir ish qilib ovutmoqdan boshqa chora qolmagan edi. Bu 
to'g'rida unga maslahat ko'rsatadigan mahram o'rtoqlari 
bo'lm aganidan ham da opalari biri unda, biri bunda 
sochilib, o'z-o 'zlari bilan ovora bo'lganlaridan ovunish 
yo'llarini qizning o'zi axtarishga majbur. U ndan keyin, 
opalarga ishonib bo'ladimi. Opa — ba’zida do'st, b a’zi- 
da — dushman... Singil ham shunday!
Ishni 
avval 
o 'z i 
tug'ilgan 
uyda 
boshladi. 
Mingboshinikiga borishni bir yoqqa tashlab qo'yib, har 
kun o'rtoqlarini to'plar, o'yin-kulgi, dutor, ashula bazm-
210


lari qilardi. Keyincha ular bilan. birga u yoq-bu yoqqa yu- 
radigan b o id i. Bular hammasi jonga tekkanda o ‘tirib 
yigiar, so'ngra mingboshinikiga qarab jo'nardi. U yerda 
ko‘proq Umrinisabibinikiga, Enaxonlarnikiga o ‘tar, qal- 
lob baqqolning egizak qizlari bilan dalalarga chiqib 
o ‘ynardi.
Zebi kelin b o iib kelib, birinchi marta shaytonlaganda, 
yana kurash olovi tutashdi. Umrinisabibining harakati bi­
lan tutqaloq har kun tutadigan b o id i. Bechora soddadil 
Sultonxon hovliqm a U m rinisabibining so‘zi bilan u 
tutqaloqlarga anchagacha um id ham b o g ia b yurdi. 
«M ingboshi bir jahli kelsa, haydab soladi yashsha- 
magurni!» deb o'yladi. Rashk olovi bir oz pasayganda, 
orqa-oldini ham o ‘ylab ko‘radi: «Xo‘p, u yashshamagurni 
haydadi. Yaxshi! M undan menga nim a? U ni haydab, 
menga qaytarmidi? Yana bittani oladi. M en yana yetim 
b o iib yura beram an. Mayli, o ‘sha yashshamagur bilan 
b o ia qolsin!» Bu insof ovozini boshqa bir ovoz chiqib 
bosadi: «Bu ishni qilgan Poshshaxon bilan Xadichaxon. 
Men u shaharlik qiz bilan olishmayman. Unga adovatim 
yo‘q. M en nom us kuchidan anovi ikkalasi bilan oli- 
shaman!» M ana shu ovoz uni ko‘p kuchlar sarf qilib, bir 
necha kun Zebini shaytonlatdirishga majbur qildi.
U ham bir necha kun, xolos...
Chunki bir-ikki kundan keyin o ‘zi ham bu fikrdan 
qaytib qolgan edi. Ikkinchi tom ondan, ikkala katta kun- 
doshning Zebini yumshatish uchun juda qattiq harakat 
qilayotganlarini eshitdi. Endi Umrinisabibi bilan uning 
qizini oyoq bostirmay qo‘ydilar. Enaxonga ham katta 
kundoshlar sovuq m uom ila qilganlar. U endi kam 
chiqarmish. 0 ‘zi y o lg iz qolgan Zebi qachongacha chi- 
dash beroladi?
Shu bilan Sultonxon bu kurashda yengilganiga o ‘zi- 
o ‘ziga iqror b o id i. Endi nim a qilish kerak? «Yana o ‘z 
kayfimga qarayman!» dedi u o ‘z -o ‘ziga.
Qandoq qilib «o‘z kayfiga qarash» masalasi oson 
masala emasidi. Endi u masalang «qandoq qilib yosh 
um rim da orzu-havas ko‘rib qolaman», degan shaklda 
qo‘yishga to ‘g‘ri kelardi. Satanglarni uncha ham jini sev- 
mas edi. U ning miyasida boshda chuchm alroq b o is a
211


ham satanglikdan k o ‘ra yom onroq va m udhishroq 
qadamlarga tortuvchi xayollar qo'zg'aldi...
U ch kecha, tuni bo'yi uxlamasdan, butun xayoliga 
zo‘r berib, ag‘nay-ag‘nay o ‘ylagandan so‘ng q at’iy qaro- 
rini berdi... va shu bilan tinchlanib, uyquga ketdi. Ertasi 
kuni peshingacha dang qotib uxlaganini ko‘rgan kampir 
hayron bo'ldi:
— Shunaqa ham uxlaydimi odam degan? Tur, ay­
lanay, bolam.
Ko'zini ochib, bir oz qarab turgach, onasim quchoq- 
ladi:
— Oyi, o'ping peshonamdan! Menga insof kirib qol­
di. Endi kundoshlarimning yoniga jo'naym an. U lar bilan 
apoq-chapoq bo'lib yashayman.
— Aylanay, bolam, eslik bolam, kenja bolam! — deb 
erkalatdi kampir.
O 'sha kuni kechlatib, mingboshinikiga jo'nadi.
Hakimjonning Miryoqubga aytgan quyidagi so'zlari 
to'g 'ri edi:
«Endi, birdaniga ju d a boshqacha b o'lib kelibdi. 
Darvozadan kulib, quvnab kirib kelgan emish. Ham m a 
hayron, deydi».
Miryoqub ham bekor aytadi, deb bo'lmaydi:
«Xotin kishining ko'nglini xudodan boshqa hech kim 
bilmaydi. Ishqilib, m undan qo'rquvlik!» degan edi u.
* * *
Ikki katta kundosh dushmanlarining bu xilda o'zga- 
rishi sababini bilolmadilar. Xadichaxon:
— Esini topsa-topgandir, — dedi.
Poshshaxon bu fikrga qo'shilmadi:
— «Tashi yaltiroq, ichi qaltiroq» degan gap 
bor, — 
dedi u. — M uning bu kulishidan qo'rqaman! Zebixon bi­
lan m uncha apoq-chapoq bo'lishi bekor, deysizmi?
Xadichaxon o 'z so'zida qattiq turdi:
— N im a qilsin? Q o'lidan nima keladi? Kuyovin- 
gizdan chiqib, boshqa erga tegaman, deb edi, ku- 
yovingiz ko'nm adi. Otasi qizini har qancha yaxshi 
ko'rsa ham, mingboshi bilan o'chakishuvdan qo'rqadi. 
Mingboshi bo'lsa, qayrilib ham qaramaydi... N im a
212


qilsin? Qayerga borsin? N ochor-noiloj o ‘zini xursand 
qilib yuradi-da.
— Zebixon bilan apoq-chapoq bo'lganiga nim a dey- 
siz? O'zining ashaddiy dushmani?
— U ham noilojlikdan, aylanay. Boshqa iloji yo'q. 
U ndan keyin Zebixon yom on qizmi? Kim o ‘rtoq b o iish - 
ni xohlamaydi? Xushchaqchaq, bazmbob, ochiq...
— Yo'q, jonim , xom o'ylaysiz. Juda xom o'ylaysiz.
— Ko'rarmiz. Bir kun m a iu m bo'ladi.
— Ha, ko'rarmiz.
Sultonxon bo'lsa, ko'zini to 'rt qilib, tashqaridan 
bironta arizachi xotinning kirib kelishini kutardi. 
Mingboshiga ariza olib keladigan xotinlar, aksari, qatiq, 
qaymoq va qovun-tarvuz singari narsalarni ko'tarib kelib, 
uch kundoshdan qaysi biri uchrasa, shunga yolvoradilar.
— Aylanay, oyimposhsha, shu arizani eringizga berib 
qo'ying. N ohaqdan bola-bechoraga zulm qilayotirlar... 
Aylanay, bolam, orzu-havasingizga yeting, bola-chaqa 
ko'ring, tilagingizni bersin xudoyim!
Mingboshi dodhoning xotinlari m unaqa yolvorish- 
larga juda balanddan turib qarardilar. Arizachi xotinlar- 
ning yaxshi tilaklari ularni ko'pda qiziqtirmas edi.
— O'zingiz bering, xola! Biz aralashmaymiz...
— Aylanib ketay, sizdan nima ketadi? Bir og'iz so'z... 
Bizning qo'lim izdan olmaydi.
— O '-o'v... xola! Juda shallaqi narsa ekansiz. O 'zi ol- 
masa, mirzasiga bering.
Bechora kam pirlar yig'lagunday bo'lib, ichlarida 
qarg'ay-qarg'ay, chiqib ketardilar.
Mingboshi shoshilish ravishda shaharga chaqirilgan 
edi. Sultonxon «Arizachi kampirlarning ichkariga qat- 
nashi endi avj oladi», deb kutardi. H ech kim yo'q... 
Kechgacha hech qayerga chiqmay, dam uyida, dam 
ayvonda, dam sahnda o'tirib, ko'p kutdi... Hech kim 
kirib kelmadi. «Nima balo bo'ldi bu arizachilarga?— deb 
o'ylardi u. — Kerak bo'lm aganda, quloq-m iyangni yey- 
dilar. Kerak bo'lganda, jimib ketadilar... Teskari dunyo!»
Nihoyat, asr bilan shorn o'rtasida bir kampir kirib 
keldi. Shu topda ikkala katta kundosh Zebining uyida 
ovqat ustida edilar.
213


— Aylanay, bolam, — dedi kampir. — Mingboshi 
dodhoga arz bilan kelib edim...
— Obbo, yana bitta arizachi keldi. Shulardan to'ydim
bu dargohda! — degan ovoz eshitildi Zebining uyidan. 
Poshshaxonning ovoziydi.
— Qaerdan keldingiz? — dedi Sultonxon va ayvon- 
dan pastga tushdi.
— Q o'ya bering, — dedi u yoqdan Xadichaxon. — 
Kundoshingiz muom ila qilayotir. U hali zerikmaganga 
o'xshaydi.
— Toshloqdan keldim, aylanay. Shuncha joydan pi- 
yoda keldim. Qari narsaman.
— 0 ‘zingiz kim boiasiz?
— M en, aylanay, Q iyom iddin hojining onasi 
b o ‘laman. Tanirmikansiz?
— Voy, aylanay, xola, — dedi birdaniga Sultonxon. — 
Qiyomiddin hoji akamning onasimisiz? Voy, u kishi 
otamning eng yaqin o ’rtog'i-ku!
Ikkala «qadrdon» quchoqlashib k o ‘risha ketdilar, 
Sulton butun bu suhbatni kundoshlariga eshitdirmoq 
uchun m um kin qadar baland ovoz bilan olib borardi.
— Ana, topishib, ham ketdi! — dedi Xadichaxon 
ichkaridan.
— «Pes pes bilan... qorong‘ida!» — dedi Poshshaxon.
— Hay, ana u xotinni... N ega unday deysiz? 
Nafasingiz qursin!
Bu Zebining ovozi edi.
— X o‘p, xolajon, Qiyomiddin hoji akamning ishlari 
bo'lsa, albatta, to'g'rilaym iz. Paranjingizni olib, bir nafas 
o'tiring, biror piyola choy ichib, dam olib ketarsiz.
— Y o'q, aylanay, o'tirsam , kechga qolib ketarman, 
Shomdan keyin yolg'iz ketishga qo'rqam an.
— Odam qo'sham iz, xolajon. O 'tiring, choyim tay­
yor.
— Voy, aylana qolay, ishimning o'ngidan kelganini 
qarang.
Choyga o'tirdilar.
— Qani, arizangizni menga bering-chi.
Arizani olib, u yoq-bu yog'ini qaradi. So'ngra o'ng 
cho'ntagiga solib qo'ydi.
214


— Q iyom dan oling, xolajon. Arizangizni darhol 
to ‘g‘rilatamiz.
— Xudo yarlaqasin, bolam.
Kampirga ikkinchi piyola choyni uzatib, uyiga kirdi. 
0 ‘ng cho‘ntagidagi arizaning ichiga chap cho‘ntagidagi 
«ariza»ni ham olib qo‘shgach, yana kampirning yoniga 
chiqdi.
— Nonga qarang, xola. Qiyomdan oling!
— Endi men jo ‘nayman, bolam. Arizani o ‘zingiz 
kuyovingizga topshirib q o ‘yarsiz.
— Odam qo‘shaymi?
— Yo‘q, aylanay, ovora bo‘lmang. Vaqt bor, o ‘zim 
ham keta olarman.
Turdilar.
— Xolajon, tashqarida Hakimjon degan mirza bor. 
Bu arizani o ‘sha kishiga berib o'ting. «Mingboshi dod- 
honing xotinlari — Sultonxon ayangiz tayinladilar», 
deng. U ndan keyin o ‘zim ham chaqirib tayinlay- 
man. H am m a ish o'shanda. 0 ‘sha o ‘zi to ‘g‘rilab yu- 
boradi.
— Ilohim, orzu-havasingizga yeting, aylanay!
— Ehtiyot b o iin g , xola. Boshqa birovning arizasini 
ham qo‘shib qo‘ydim. U ham zarur edi. Kampir paran- 
jisini yopindi.
— Xolajon, — dedi Sultonxon ovozini pasaytirib, — 
mirzaga jinday pul berish kerak edi.
Kampir yonini kavladi.
— 
B ori-yo‘g ‘i 
uch 
tanga 
pulim
bor ekan, 
boiarm ikan?
— Shoshmang xola, eplaymiz.
Uyga kirib, bitta uch so'mlik qog‘oz pul olib chiqib 
kampirga uzatdi.
— Yaxshi qoling, aylanay, bolam!
Hakimjon, ovqatni endi yeb bo‘lib, so‘richada choy 
ichib o'tirardi.
— Aylanay, bolam, Hakimjon mirza sizmisiz?
— Ha, men.
— M ana bu arizani...
— Mingboshi o ‘zlari yo'q, xola, ertaga olib keling.
— Mingboshi dodhoning xotinlari Sultonxon ayangiz
215


tayinladilar. M ana, ikkita ariza, — dedi kam pir va ustiga 
pulni qo‘yib uzatdi.
Birinchi galda pulni ch o ‘ntakka solgach, arizani ocha 
boshladi.
— Bo‘pti, xola. Siz bora bering. Jum a kuni erta bilan 
javobini olasiz.
K am pir duo qila-qila chiqib ketdi. Hakimjon kam - 
pirning arizasini, o ‘z odati bo‘yicha, naridan-beri o'qib 
chiqdi. «Ha, oson ish ekan», deb qo‘yib cho‘ntagiga sol­
di. Ikkinchi arizani ochdi.
— Xudoyo tavba! Bu nim a gap?
C hiroqqa yaqin olib bordi. Bir choy qog‘ozining 
orqasiga oddiy karandash qalam bilan:

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin