«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kecha va kunduz

Muallim М. М.»
Qarshisida choy quyib o ‘tirgan Hakimjon shu gazetni 
topib ko‘rsatganiga allaqachon dunyo-dunyo pushaymon 
b o ‘lgan edi. U bir necha yil shu odamga mirzolik qilib, 
uning jahli kelgan va tutoqqan vaqtlarini ko'p ko‘rgan 
bo‘lsa-da, bugun shu kichkina maktubchaning bu daraja 
yom on ta ’sir qilganiga hayron b o ‘lardi. M ingboshi 
mirzaning qo‘lidan dastlabki bir piyola choyni olib, h at­
to bir h o ‘plamasdan yoniga qo'ydi va shu b o ‘yicha uni 
tam om esidan chiqarib yubordi. Hakimjon sovuq choyni 
uning oldidan olmoqqa botinolmas edi... Choynakdagi 
choy ham allaqachonlar sovub b o ld i. Hakimjonning 
ikki ko‘zi mingboshida, uning qizarib-bo'zargan yuzlari- 
da, jahl bilan, tajanglik bilan qisilgan panjalarida: g ‘ijim- 
lanib bir musht holiga kelgan gazetda... X o‘jayinning 
mudhish ovozini ko‘rib, sal narida daraxtga suyanib tu r­
gan Mirzabobo ham hayron. Darvozabonlik qiluvchi 
mirshabga: «Arzga kelganlarning hech birini qo'ymaysan. 
X o'jayinning fe'li aynib turibdi...», deb M irzabobo 
to m onidan ta ’lim ot berilgan, endi darvoza orqali 
M iryoqubdan boshqa hech kimning oyoq bosib o ‘ta 
olishi m um kin emas. Haykalday qotib tura berishdan 
M irzaboboning, doim bir vaziyatda qimirlamay o'tira 
berishdan 
H akim jonning bellari qayishib 
ketdi... 
Mingboshi dam gazetni ochib, u yoq-bu yog‘ini aylanti- 
rib qarar, dam bo'lsa, panjalari orasiga olib, uni g'ijimlar, 
tez-tez darvoza tom onga qarab:
— 
M iryoqubdan darak yo'qm i? — deya so ‘rab 
qo‘yardi.
Mingboshi bu savolni qaytargan ham on Mirzabobo 
yugurib ko‘chaga chiqar, bir ozdan so'ng qaytib kirgach, 
«yo‘q», degali botinolmasdan, mo'layib jim qolardi.
87


Nihoyat, mingboshi qo‘lidagi gazetni bir tom onga 
irg‘itib, o ‘rnidan turdi.
— Miryoqub qani deyman senga, Miryoqub?! — deya 
baqirdi.
Bu yow oyi darrandaning b o ‘kirishi edi! M irzabo- 
boday odam tutila-tutila:
— Darrov... otni egarlab... uyiga borib kelaymi? Yo... 
shaharga chopaymi? — dedi.
— Endi esingga keldimi, itvachcha!.. — deb baqirdi 
mingboshi.
So‘ngra asabiy odim lar bilan ichkariga tom on yurdi. 
Ichkaridan ham uning baqirgan ovozi eshitilardi. Faqat 
uchala xotin uning nima uchun kayfi ketganidan bexabar 
edilar. 0 ‘zaro bir-birlariga nazar tashlashgach, ko‘z 
ishorati ila katta xotinga vakolat berdilar. Xadichaxon 
bir-ikki qadam oldinga bosib kelib:
— N im a bo'ldi sizga? — deya so‘radi. Shu topda o ‘zi 
yengilgina qaltiram oqda edi.
Mingboshi nihoyat darajada odobsiz bir so‘z bilan 
baqirib javob qildi. Ikkala yosh xotin sekin-sekin orqala- 
riga tisarilib, o ‘z uylariga kirib ketdilar. Xadichaxon tu r­
gan joyida qotib qoldi...
— Yelkamda o ‘n putdan o ‘ttiz put yukim bor... — 
dedi mingboshi.
Bu ham baqirishga yaqin bir ovoz bilan aytilgan edi.
U chala xotin ham bu yukning nimaligini anglab 
yetolmadilar. Xadichaxonning fikricha, mingboshiga 
«irim» qilgan edilar. Endi uni «qaytartirmoq»dan o ‘zga 
iloj yo‘q edi. Bu fikr boshqa kundoshlarning rniyala- 
ridan ham o'tm adi emas... Faqat Xadichaxonning bu 
fikri q at’iy b o ‘lsa kerakkim, yashirishga lozim ko‘r- 
madi:
— G ‘anim lar qasd qilganga o ‘xshaydi. Q aytarm a 
qildirib bersammi? — dedi.
— Ayollarning bilgani irim, bilgani qaytarma, bilgani 
azayimxon... Qovog‘i uchsa ham azayimxonga chopa- 
di... — dedi mingboshi.
Va shu so‘zlarni aytarkan, uning bulutli yuzlarida jin- 
dakkina ochilish alomatlari ko‘rindi. Shu ochilishdan 
dadillanib b o ‘lsa kerak, Xadichaxon yana e ’tiroz qildi:


— 0 ‘zingiz, o ‘z og'zingiz bilan «yuk bosdi», de- 
madingizmi?
Mingboshi kulib yubordi:

«Yuk bosdi», degan bo‘lsam «qanday yuk?» deb 
so'ragin-da, bachchag‘ar! — dedi u.
Bu vaqtda uydagilar ham asta-sekin tashqariga 
chiqib, yaqin o ‘rtaga kelgan edilar. Mingboshi davom 
qildi:
— Uchalang kam yukmisan menga?
— N im a og‘irimiz tushdi sizga? — dedi Xadichaxon.
— G azetni o ‘qi, bilasan... Senlarning tufaylingdan 
yom on nom im yetti iqlimga ketdi... Hammang bir qora 
m o‘yimga arzirmiding, qalay?.. Agar olm oqchi b o ‘lsa, 
ham mangni ikki qo‘llab tutardim o ‘sha gazetchi dayus- 
ga!.. Menga bitta xotin bas edi... zurriyotlik bo ‘lsa... 
Shuncha davlatni kimga ishonib qoldiraman? U chta 
bezurriyotgami?..
— Nimaga ham m ani barobar ayblaysiz? Fazilatni 
og‘izga olmaysizmi?
— Fazilating menga asqotarmidi? Bir-ikki yildan 
keyin birovlarning qo‘liga suv quyadigan bo‘ladi. Qiz 
farzand b o ‘larmidi? Qaysi biring ota-onangga asqot- 
ding!..
Bu m a’qul gaplarga e ’tiroz qiladigan joyi b o ‘lmasa 
ham, Xadichaxon yana bir nima dem oqchi edi, tashqari- 
dan darvozaning xarxasha bilan ochilgani eshitilib, 
so‘ngra «ha» deguncha ichkari eshik ketidan Mirza- 
boboning yo‘g‘on ovozi chiqib qoldi:
— X o‘jayin, Miryoqub akam keldilar!
M ingboshi darvoza ochilgan h am on tashqariga
yugurgan edi.
U chiqib ketgach, uchala kundosh bir yerga to ‘planib, 
kuyovlarining avzoyini m uhokam a qildilar. Ancha nari- 
beri gaplardan keyin ertaga erta bilan Xadichaxonni 
cho‘loq azayimxonnikiga yuborishga qaror berildi...
Mingboshini tashqarida Miryoqub ham o ‘sha sovuq 
xabar bilan qarshi oldi:
— Xo‘jayin, sizni gazetga uribdilar! M ana, ko‘ring!
«Salom» yo‘q, «alik» yo‘q, ikki g‘ildirakli aravasidan
tushar-tushm as, qo‘lidagi gazetni mingboshiga uzatib,
89


kular yuz bilan shu so‘zlarni aytgan Miryoqub ming- 
boshining ko‘ziga shu topda itdan ham xunuk ko‘rinib 
ketgan edi.
— Tur-e, afting qursin sening!.. Gazeting boshingni 
yesin!..
Gazetni olib, uning yuziga irg'itdi.
Miryoqub esa «qah-qah» solib kuldi, yerga tushgan 
gazetni engashib yerdan oldi-da, qoqib, ko‘ziga surtgach, 
to ‘rt buklab cho'ntagiga soldi, so‘ngra tezgina ming­
boshining q o ‘ltig‘iga kirib, apil-tapil uni so ‘richaga 
keltirib o ‘tqazdi.
— 0 ‘tiring, xo'jayin! — dedi o ‘zi ham qarshisiga 
o ‘tirarkan. — Nima bu tajanglik? N im a bo lib d i? Dunyo 
buzilibdimi?
0 ‘zi uchun Miryoqubdan boshqa chin ko'ngildan 
kuyadigan odam yo‘qligini mingboshi yaxshi bilardi. Shu 
uchun uning bu kungi harakatini sira anglayolmay qoldi. 
Aravasidan tushmay turib, «Xo‘jayin, sizni gazetga urib- 
dilar!» dedi, so‘ngra o ‘sha gazetni (o ‘sha gazetning o ‘zi- 
ni) uzatdi... Bu nim a gap? Tushimi, o ‘ngimi? Yo ishon- 
gan tog‘i ham ag‘darilmoqchimi? Yo Miryoqub ham 
boshqa yoqadan bosh ko‘tarm oqchim i? Miryoqubsiz 
uning kuni kun bo'ladimi? Bu davlatlar, obro'lar, amal- 
lar, kattaliklar... hammasi qamishning to ‘zg‘og‘iday bir 
nafasda to ‘zib ketadimi? Miryoqub burungi Miryoqub 
bo‘lsa, to mingboshi o ‘zi gap ochm aguncha, bu qora 
xabar to ‘g‘risida gap ochishga ham botinolmasligi lozim 
kelardi... Albatta, ko‘ngillarida hech gapni saqlamay- 
dirgan og‘zi b o ‘sh odam lar b o ia d i. Lekin unaqa 
odamlarning nomlari «Miryoqub», ayniqsa «Miryoqub 
epaqa» bolm aydi. Miryoqubning tishlari, har holda, 
lablaridan kuchliroq-ku! Lablarini tishlari orasiga olsa, 
tili o ‘lgur, bir oz ko‘milib turardi-ku... Faqat Miryoqub 
hech bir ishni bilmasdan qilmaydi!
H aligidek bem a’ni vahim alardan so‘ng, nihoyat, 
m ana shu keyingi natijaga kelganidan keyingina, ming­
boshi esini boshiga to ‘pladi va M iryoqubning yuziga 
gazetni irg‘itgani uchun o ‘z -o ‘zidan koyidi. Uning tirriq 
ta ’bi ham tezgina o‘rniga tushdi, yuzi kuldi...
— Hazilingni qo‘y endi, — dedi u oddiy va hatto bir


daraja muloyim ovoz bilan. — M enga bir maslahat top. 
Yetti iqlimga yomon nom im ketdi...
Miryoqub juda tinchlik bilan, kulib turib, bemalol 
gapirardi:
— H a, balli, mana bunday deng! Jahl bilan, g‘azab 
bilan, tutoqish bilan bu to ‘g‘rida h ech narsa qilib 
b o ‘lmaydi. Bu m ahkam angizdagi qora fuqaro bilan 
bo‘ladigan ish emaski, chaqirtirib kelib, Mirzaboboga 
buyursangizu, yerto'laga olib tushib, qichigan yerini 
qashlasa! Yozgan odam o ‘sha berkitilgan maktabning 
domlasi... jadid! U allaqachonlar o ‘z yurtiga yetib oldi, 
gazet bo'lsa, gazetchisi bilan birga Toshkentda... Siz- 
bizning emas, bizdan kattaroqlarning ham b o ‘yi yetmay- 
di. Gazet yozadiganlar, odatda, zakonchi bo‘ladi... Ular 
bilan yarim poshshoga o ‘xshagan ulug‘ odam lar olish- 
masa, uncha-m uncha odam lar bekor kelmaydi. Jadidlar 
hammasi m ahm adona keladi...
— Jadiding nimasi? N im a degan gap o ‘zi?
— M aktabini yoptirgan vaqtingizda aytib bergan 
edim-ku.
— Esda qolgan, deysanmi?
— Jadid degani «yangi» degani bo‘lsa kerak. Yurt 
orasida yangilikni rasm qilarmishlar... Yangi o'qish, 
yangi maktab, yangi urf-odat, yangi kiyim, har narsa 
yangi...
— Eskicha bo‘lsa, kimga zarari tegar ekan?
— Unisini bilmadim... Ishqilib, jadidlarning qasdi shu 
emish...
— Yangi mingboshi, yangi qozi ham, desang-chi!
— Albatta, o ‘ziga mos keladigan mingboshi b o ‘lsin, 
deydi jadid...
— Darvoqe, Shamsiddin mingboshi bilan T o‘raqul 
bo‘lus to ‘g‘risida hech narsa yozishmaydi-ku jadidla- 
ring... N imaga mening to ‘g‘rimda yozishadi?
— Abdusamat mingboshini osmonga ko‘tarib yozgan- 
laridan xabaringiz yo‘qmidi?
— Ha, aytgancha, bulturmidi?
— Ha, bulturidi. Qanday maqtab yozishdi.
— Jadidlaringga tushunolm ay qoldim-ku! M en butun 
umrimda to ‘rtta xotin olibman. Uning ham bittasi o ‘z


ajali bilan o ‘lgandan keyin... Abdusamat bir o ‘ntacha 
xotin oldi... Hali ham to ‘rttasi qo‘lida — naqd... Nega 
uni yozmadi jadiding?
— Mening jadidim emas, xo'jayin! Shunday bo‘lsa 
ham , mening bilishimcha, jadidlar yangilikni mayl qi- 
ladigan odam ni yaxshi ko‘radilar.
— Ha, aytgancha, Abdusamat o ‘z qishlog‘iga yangi 
tartib maktab ochgan emasmi? Durust...
— Abdusamat mingboshi hovlisida muallim saqlab, 
o'g'illarini o ‘qitadi. Jadid maktabiga pul bilan qarashadi. 
Odamlarning bolalarini yubortiradi. O 'zi jadid gazeti 
o'qiydi...
— Shuning uchun jadidlarning ko'zi uning o ‘nta xo- 
tinini ham ko‘rmaydi, degin.
— Shunday, Jadidlar, yangi maktabga qarashmagan 
boylarni, «nodon, johil, u-bu» deb so‘kishadi. Ularning 
maktabiga ozgina yordam qilgan boyni «xamiyatlik boy- 
larim izdan falon, falon...», deb osmonlarga k o ‘tarib 
yozishadi... Siz ham jadid maktabini yoptirmasdan, og‘iz 
uchida, «ha-pa» deb q o ‘ysangiz, sizni ham m aqtab 
yozishardi.
Mingboshi shu yerda Miryoqubga tom on egildi va 
pastroq ovoz bilan dedi:
— Noyib to ‘ra qo‘ym adi-da, qandoq qilay.
— Noyib to 'ra ham ayyor odam. O 'zi buyruq berib 
yoptirsa bo‘lardi, unday qilmadi. O 'zi bir chekkada turib, 
siz orqali qildirdi... Tayoq endi kelib, sizning boshingiz- 
da sindi!
— Y o‘q, shoshma, m en noyib to'raning yonlariga bo- 
ram an, «Ilojini qiling, o'zingiz aytgansiz», deyman. 
Qani, yo'q desin-chi!
— Y o'q deyishdan qo'rqarm idi? Y o'q, deydi, tonib 
tura beradi...
— Nega, axir? Nega?
— Bugun tonadigan bo'lm asa, o'sha vaqtda o 'zi o'z 
buyrug'i bilan yoptirmasmidi?
— Tonganiga qo'yam anm i?
— N im a qilardingiz? Urarmidingiz?
— Urib bo'ladimi?
— N im a qilardingiz?
92


Mingboshi jim bo'ldi. Bir qo'lini chakkasiga olib 
borib, boshini qashladi...
Ikkalasi ham bir oz jim qolgach, yana mingboshi gap 
boshladi:
— Bir maslahatini topm asak bo‘lmaydi. M en bu ish- 
ni shunday qoldirib ketolm aym an... 
Sham siddin, 
T o ‘raqul, Abdusamatlar qo‘sh karnay bilan jar solisha- 
di... Bilasanmi?
— Bu gapingiz rost, xo‘jayin. Ularnikida kechadan 
beri to ‘y!
— 
0 ‘sha 
m aktabdor dom lani 
toptirib 
kelib, 
Mirzaboboga topshirsamu, yerto‘lada bir burov solsa, 
deb edim. Shunda, ehtimol, ko‘nglim bir oz o ‘rniga 
tusharmidi...
— Boya aytdim-ku, endi uning arvohini ham topol- 
maysiz.
— Nima qilamiz bo'lm asa?
Miryoqub javob bermadi. U aytmoqchi bo'lgan so'zi- 
ni fikr tarozisiga solib o ‘lchamoqda edi. N ihoyat, ming­
boshi tom onidan haligi savol yana qaytarilgandan keyin:
— N im a qilardingiz, tishni-tishga qo‘yasiz, xo‘ja- 
yin!- dedi.
Mingboshi irg‘ib o ‘m idan turdi.
— Tishimni-tishimga qo‘yadigan hezlardan b o ‘lsam, 
ma, ol, bu shop-shaloplarni! — dedi u baland ovoz bi­
lan. — Menga pasport olib ber, Makkatulloga jo ‘nayin!
— 0 ‘tiring, xo'jayin! — dedi M iryoqub, uning ovozi 
ham bir oz ko‘tarila tushgan edi. — 0 ‘shqirish bilan, zar- 
da bilan bitadigan ish emas bu. 0 ‘ylaylik, bir chora 
topaylik!
So‘ngra o ‘m idan turib, ayvonga bordi; u yerda choy- 
nak bilan piyola turgan edi, sovuq choyni piyolaga 
to ‘ldirib quygach, bir shimirishda tam om qildi. So‘ngra 
orqasiga qaytarkan, odatdagidan qattiqroq va tezroq 
so‘zlandi:
— G azetni shaharda ko‘rdim. Shundan beri tadbir 
axtaraman. H ech bir tadbir topolmaganim uchun no- 
chor-noiloj kulgiga zo‘r bergan edim. K atta ariqdan xat- 
layolmagan vaqtingizda kulgingiz keladi... Bilasizmi?
— Bilaman.
93


— Yiqilgan polvon ham achchig‘ini kulib yengadi, — 
dedi yana Miryoqub.
Mingboshi bir oz jim qolgach:
— Ishqilib, bir chora topm asang b o ‘lmaydi, — dedi.
Faqat bu keyingi jum la quturgan darrandaning emas,
suvga pishilgan mushukning og‘zidan chiqm oqda edi...
0 ‘yga botgan Miryoqub boshini ko‘tardi:
— 0 ‘zimizning gazetga kelishtirib bitta javob yoza- 
miz. Jadid gazetda sizni so‘kkan boMsalar, o ‘z gazetamiz- 
da biz maqtaymiz, muallimni yomonlaymiz. Shu bilan 
tarozining biz tom on pallasi bosib tushadi. Abdusamat- 
larning karnayi bolalar chaladigan qamish nayga aylanib 
qoladi. Shu bas!
— Ha, mayli!
— Durustmi? — deb yana qaytarib so‘radi Miryoqub.
— Durust! — dedi mingboshi. — 0 ‘zing yozasanmi?
— Bilib gapirasizmi, xo‘jayin? M en gazetning o ‘zini 
tuzuk-quruq o ‘qiyolmayman-ku, unga xat yozish qayoq- 
da! 
Muni o ‘z ahli, o ‘z ustasi yozadi. Shaharga tush- 
ganimda, to'g'rilab chiqaman.
— Bo'pti, — dedi mingboshi. — Ishqilib, o ‘zing epla.
So'ngra o ‘rnidan turib, Miryoqubga yaqin keldi va
uning qulog‘iga egilib:
— Pul kerak bo'lsa, ayama lekin! — dedi. — Pul de­
gan narsa topilib ketadi, obro' topilm ay-di, obro‘!
* * *
Oradan ikki hafta o ‘tgandan keyin M iryoqub sart tili- 
da chiqadigan hukum at gazetasining bir nusxasini 
keltirib, indamasdan mingboshining quchog‘iga tashladi. 
U nusxada quyidagi maktub bosilib chiqqan edi:
«Hurmatli gazet muallifi to ‘raga salomdan so‘ng an- 
dog‘ arz qilinurkim, jadid nom toifaning shaharlarda 
chiqarilaturg‘on gazetida Akbarali mingboshi xususida 
noloyiq iboratlar bilan ta ’rif qilingan bir nom a chop 
qilindi. Shu xususda haqiqat yuzasidan izoh qilib aytur- 
mizkim, Akbarali mingboshi qariyb o ‘n to ‘rt yildan bu- 
yon oq podshohimizning azamat davlatlariga sadoqat bi­
lan xizmat qilib, shuncha zam on mobaynida hech qan- 
day sarzanishga mustahiq b o ‘lmadilar. Shahar va uyezd
94


hokimi to ‘ralar va fuqaro va boyonlar va ahli ilm toliblar 
va hokazo hech kimsa m azkur mingboshidan jiddiy 
norozi bo‘lganlari yo‘qdur. Va balki hamisha uning haqi- 
da xayri duodadirlar. Ul beodob maktabdor b o ‘lsa, ham ­
ma fuqaroning nazarida past va haqir ko'rilgan edi. O'zi 
nam oz o ‘qimasdan va maktabda go‘dak bolalarga yer 
m udaw ardur, ya’ni misli tarvuz yumaloqdur, deb shari- 
atga xilof ilmlarini ta ’lim bergani vajhidan fuqaro bezov­
ta bo‘lib, har xil qiliqlar paydo bo'lib, yurtning osoyishi- 
ga xalal kelganidan mazkur m aktabdorning maktabini 
janobi Akbarali mingboshi berkitib erdilar. Bu vajhidan 
tam om fuqaro va alalxusus boyonlar, tolibi ilm mul- 
labachchalar, mudarrislar, imomlar, shayxlar va zokirlar, 
so‘filar bag‘oyat m am nun bo‘lib, ul shahanshohi jahon 
oq podshohimizning va ham ul ulug' martabalik yarim 
podshoh janoblarining haqlariga duo aylab, shunday odil 
va insoflik fuqaroparvar am aldorlarni qo‘yganlari uchun 
ularga minnatdorlik izhor qiladurlar, vallohi a ’lam bis- 
savob.
T am m at-tam m at tom on yozguvchi kam ina xolis 
fuqarodin mulla Rivojiddin a ’lam Mulkobodiy».
Buni o ‘qitdirib eshitgandan keyin mingboshi juda 
xursand bo'ldi. Endi to ‘y bu tom onda boshlandi. Endi 
buning karnayi dunyoni buzajak, narigilarniki bo'g'ulajak 
edi. Endi yetti kishvar, yetti iqlimda Akbarali rning- 
boshining qanday yaxshi am aldor bo‘lganini bilajaklardi. 
Oq podshoh bo'lsinu, yetmish ikki toifaning tilini biladi- 
gan tilmochlari bo‘lmasin! U tilm ochlar tom onidan tar- 
jim a qilinib berilgandan keyin, bu maktubni oq podshoh 
albatta, o ‘qitib eshitajak... balki o ‘zi o ‘qiyajak... balki o ‘zi 
gazetning tiliga tushunsa... qo'l ostida shuncha toifa 
yashaydigan bir podshoh o ‘z fuqarolarining tilini bilsa 
ajabmi? Mulla Rivojiddin o ‘zi ajab bir xushtahrir odam! 
Yozishini ко1 ring: suvday ravon! H am m a uqadi, ham m a 
anglaydi! Oq podshoh nega anglamasin? Shundan keyin 
Peterburgdan Toshkentga — yarim podshohga telegram- 
ma kelsa: «Mening shunday yaxshi amaldorim bor ekan, 
qadriga yetib, hol-ahvolidan xabardor bo'lib turibsan- 
mi?» Ana, shundan keyin, Toshkentdan chopib keladi- 
gan katta to ‘ralarni ayting! U vaqtda shahardagi hokim
95


va pristup to ‘ralar Akbarali mingboshiga «chas» («chest») 
beradigan boladi! U nda narigilar mingboshi emas, kech 
kuzdagi chivindan ham battar bo'lib qolishadi!..
Bu safar gazetni bag‘riga bosib, shu xil shirin xayol- 
larga botgan mingboshi irg‘ib turib, qarshisida o ‘tirgan 
Miryoqubni quchoqlash va butun davlatini unga tutib 
yuborishdan o ‘zini z o ‘rg‘a to ‘xtatib qoldi. Bunday 
odamga qancha qilsa va qancha bersa oz.
Shunday bir xursandlik ichida suzgan mingboshiga 
M iryoqubning yana boshqa arzlari bor edikim, ular ham 
ahamiyat jihatidan gazetdagi maktubdan sira qolishmasi- 
di.
— Xo‘jayin, ko‘nglingiz o ‘rniga tushdi, shekilli? — 
dedi u bir turli g‘urur bilan, lekin bu so‘zlar ortiqcha 
«moylanish» va xushomaddan yiroq edi.
Mingboshi boyagi kayfni to ‘la aks ettirib, javob qildi:
— Nimasini aytasan!
— Bo‘lmasa, naryog‘ini eshiting.
— Naryog‘ini?
Mingboshining ko‘ngliga darhol iztirob tushib ulgur- 
gan edi. Shunday yaxshi bir xabardan keyinga qoldirilgan 
arz, albatta, xayriyatdan gapirmaydi. Agar yaxshi gap 
bo‘lsa, Miryoqub uni gazetdagi maktubdan burun ayt- 
masmidi? *Xo‘jayinning besaranjom ko‘ng!ini tinchitay, 
undan keyin yotig‘i bilan bu xabarni eshitdiray», degan 
b o ‘lsa-chi?! Y o‘q, amali ham qursin, o bro‘si ham! 
Mingboshilikning shop-shalopi og'ir b o ‘lmasa ham, o ‘zi- 
ga yarasha og‘ir tashvishlari bor... Katta odam b o iish
ham qiyin!..
M ingboshining haligi so ‘ng savolida butun shu 
iztiroblarning mazmuni bor edi. «Epaqa» laqabini tashiy- 
digan tulki u savolning ostida yotgan behuda tashvish- 
larni darhol payqadi. Shu uchun darrov:
— Bugun sizning to ‘yingiz! — deb qo‘ydi.
Va so‘zida davom etdi.
Masala Qumariq paynovidan suv ichadiganlarning 
hokimga bergan arizalari xususida edi. Ariza berganlar- 
ning boshida kimlar turganini o ‘tgan safar noyibning 
mingboshiga aytgan so‘zlaridan anglab olgan Miryoqub 
Qumariqning etaklarigacha borib kelib, ham m a gapni
96


bilganini va tegishli tadbirlarni o'tkazib kelganini gapirdi. 
Ariza egalarining adabini berish vazifasi uning o ‘z 
bo'yniga yuklatilganligidan, haligi «o‘tkazilgan tadbirlar» 
bilan u o'sha vazifasini ham bajarib kelgan edi.
— Yaxshi. Ariza berganlar Yodgor echki bilan U m ar­
ali puchuq ekan. Aniq bilibsan. Xo‘sh, endi, qani gapir- 
chi, ular xususiga nim a tadbir qilding?
Miryoqub kuldi:
— N im a tadbir qilding, deysizmi?
— Ha, nima tadbir qilding, deyman.
Mingboshi butun diqqatini shu nuqtaga to 'p lab , 
Miryoqubga tom on biroz egila tushgan edi. Miryoqub 
kulishida davom etib:
— Bolalarga tayinlab keldim: pastdagi yerlarga ham 
uncha-m uncha suv berib turinglar, dedim.
Mingboshi yana ovozini коЧага tushdi:
— Shu adab berganing bo'ldim i?
— Adab berganim bo4m asa, shunday qilarmidim, 
qalay? — deb Miryoqub yana kuldi.
— N echuk ya’ni?
— Inso f ham kerak axir, x o ‘jayin! Sizning yer- 
laringizni sug'orib bo'lgandan keyin suvni yana Q um- 
ariqqa ochib q o ‘ysa bo'ladi. Ancha suv ortadi. Hech kim 
dod demaydi. Ayb chorakor bolalarda. Sizning obro‘- 
yingizga tayanib, beparvolik qilganlar.
— Nimaga?
— Nimaga b o iard i. Ular yerlarni sug'orib bo4gandan 
keyin Q um ariqqa yana qaytib suv ochm as ekanlar. 
Shuncha suv yondagi eski ariqlarga, pastliklarga tushib, 
ekinsiz yerlarni ko ‘llatib yotar ekan. 
Pastdagilar 
o ‘zlaricha kelib, suvni ochgani q o ‘rqishar ekan. Mirob 
bo4sa, og‘iz ocholmaydi.
— Ortiqcha suv bo4sa, mayli bersin, — dedi ming­
boshi. — Hech narsa demayman. Lekin haligi ikkovining 
adabini berish kerak edi. Nimaga mening ustimdan ariza 
tashlaydi?
— Adabini berish kerak bo4sa, tutib olib uramizmi? 
Yo ko‘pchilik oldida xo'rlab so‘kamizmi? Yo bo‘lmasa...
Mingboshi M iryoqubning og‘zidan so‘zini uzib oldi:
— H ar nim a qilamiz! — deb baqirdi. So‘ngra ovozini
4
-
3084
97


pasaytira tushib ilova qildi: — M en ikkalasini chaqirtirib 
olib, Mirzaboboga berishdan ham toymayman!
— Bir marta hokimga ariza bergan odam larni urib 
boMmaydi. Keyin ular hokimga yana qayta arz qilsalar, 
yo bo‘lmasa, hokimning ustidan arz qilsalar, yom on 
bo'ladi. Advokatlarning arizasini bilasiz-ku!
M ingboshi indayolm ay qoldi. Nafasi ichida edi. 
Faqat o ‘z fuqarolaridan ikkita boyga kuchi yetmaganiga 
hech chidayolmasdi. Yo‘g‘on oyoqlaridagi zo‘r-zo ‘r ka- 
vishlari bilan bezovta bo‘lib yer depsinardi.
Miryoqub bu holni ko‘rganidan keyin uni tinchit- 
moqchi b o ‘ldi, mingboshiga juda tanish bo'lgan kulim- 
sirash bilan uning yoniga o 'td i va dushm an eshitsa 
ishonadigan bir ovoz bilan:
— Ularning adabini dehqonlarning o ‘zlari berisha- 
di! — dedi.
So‘ngra mingboshining hayron b o ‘lib o ‘ziga tikilgani- 
ni ko'rgach, Qumariqda ko‘rib kelgan dasisalarni so'zlab 
berdi. Uning so'zidan anglashilardikim, Qumariqqa bor- 
gan vaqtida u yerga suv yetmay alamzada bo‘lib yurgan 
oz yerli kam bag‘allardan bilagi yo‘g'on uch yigitni 
chaqirib, ularning yerlariga suv tegmaslikda mingboshi­
ning hech bir aybi yo‘qligini, ham m a ayb Yodgor echki 
bilan Umarali puchuqda ekanini so‘zlagan. Yigitlar bu- 
ning sababini so'ragan vaqtida Miryoqub ularni Sada- 
qayrag‘och degan joyga olib borib, ekinlarni ko'rsatgan. 
Chinakam o ‘sha joyda mingboshining bir shapaloqqina 
yeri b o ‘lib, soya joyda qolib ketganligidan, g‘o ‘zalari un- 
cha o ‘smagan, ko‘p chigitlari chiqmay qolgan ekan. U 
yerning yon-veridagi k o ‘p yerlar U m araliboy bilan 
Yodgorxo‘jaga qarar ekan. Ularning yerlari mingboshi­
ning paynovidan suvni juda bemalol ichganlari uchun 
ekinning ko‘rinishi nisbatan yaxshi bo‘lgan. Ana o ‘sha 
ekinlarni yigitlarga ko‘rsatib turib, «Mana, ko'ring endi, 
kimning yeri ko‘p ichar ekan suvni!» degan. Shundayoq 
yigitlar mushtlarini tugimlab, boylarning yerlari tomonga 
o ‘qtalganlar, «Hap siznimi!..» deganlar. Shundan keyin, 
Miryoqub yigitlarni o'tirishga d a’vat qilib, ularga bir 
yashirin gap aytmoqchi b o ‘lganini so‘zlagan. U lar yurak- 
lariga talvasa tushib va lablari qaltirab, uning og‘ziga ti-
98


kilgach, sirni hech kimga aytmasliklari to ‘g‘risida ular- 
dan qattiq va’da olgan; undan keyin Umaraliboy bilan 
Yodgorxo‘ja tom onidan hokimga berilgan arizadan gap 
ochgan. Miryoqubning gapidan yigitlar anglaganlarkim, 
Umaraliboy bilan Yodgorxo‘ja yaqinda hokim to ‘raga 
ariza berganlar va u arizada o ‘z yerlarini necha yildan 
beri suvsiz qolayotganini, Qumariqdagi suvning faqat 
mingboshiga qarashli yerlar bilan boshqa ba’zi birovlar- 
ning yerlarini sug‘organini, bularning yerlariga hech bir 
suv oshmaganini yozganlar... Shu gapni eshitgandan 
so‘ng yigitlaming biri irg‘ib o ‘rnidan turgan va mushtini 
tugimlagani holda « 0 ‘zim tutib olib uram an, zang‘ar- 
larni!»... deya o ‘shqirgan... So‘ngra Miryoqub turib, bun- 
day degan: «Mingboshi dodho b o ‘shagan suvning siz 
tom onga oqishiga qarshi emas. Lekin o ‘sha ikkoviga 
o ‘chakishib, pastga suv bergisi kelmaydi, « 0 ‘shalarning 
yeri ichadigan b o ‘lsa, ham maniki qurib ketgani yaxshi», 
deydi. Baribir, pastga suv berganimiz bilan sizga suv 
tegmaydi, ham m a suvni ular ikkisi to ‘sib oladi!» Bu so‘z 
yigitlarning yaralariga tuzqalam pir b o ‘lib tushgan; ular 
uchalasi bir og‘izdan «Mingboshi dodho suvni pastga 
o‘tkaza bersin, ular bilan o ‘zimiz gaplashamiz!» deganlar. 
M iryoqub ularning o ‘z oldilarida m ingboshining 
chorikorlarini chaqirib, bo‘shalgan suvni pastga o ‘tkaz- 
m oqqa buyruq bergan.
Mingboshi M iryoqubning bu arzini, ertak tinglagan 
yosh boladay, buyuk bir zavq va nash’a bilan tinglamoq- 
da va erta-indin ikkala boyning boshiga tushadigan han- 
gomalarni ko‘z oldiga keltirmoqda edi. Uning fikricha, 
o ‘sgan bolaga eski kiyimi tor kelganday, Miryoqubga 
ham endi «epaqa» laqabi kamlik qilardi. Unga boshqa bir 
munosib laqab topish lozim kelardikim, unday laqabni 
endi bu qishloq odamlari topolmasdilar, buning uchun 
A m ir N avoiy yoki M avlono Jom iy, yo bo'lm asa, 
Shomashrabning tirilib kelishi darkor edi.
Mingboshi Q umariqda chovrilgan u g‘alati nayranglar 
va u nayranglarning ustasi to ‘g‘risida shunday shirin 
o ‘ylarga ketgan, Miryoqub esa mingboshining xursandlik 
va kayf bilan mast bo'lgan yuzlariga tikilgan bir paytda 
ichkaridan bir tovoq to ‘la manti chiqib, dasturxonning
99


o'rtasid an jo y oldi. M iryoqub bu dargohda tez-tez 
ko‘rinib turadigan bu serqatiq, semiz va yog‘liq rnanti- 
larga qadrdon do‘stini ko‘rganday shirin bir kayf bilan 
tikildi, so‘ngra ko‘zlarini tovoqdan ko'tarib, mingboshi­
ning yuzlariga qaragach, shu topda tovoqdagi m anti bi­
lan tovoqqa tom on egilgan yuz o ‘rtasida hech qanday 
farq ko‘rmadi: ikkalasi ham shu qadar yog‘liq edi!
Mingboshi q o ‘l yuvishni unutib, «oling-oling»ga 
qaramasdan, besh panjasini barobar botirib, tovoqqa hu- 
jum boshlaganini ko‘rganidan keyin, Miryoqub irg‘ib 
o'rnidan turdi-da, q o ‘l chayqamoq uchun ariq tom onga 
yugurdi. Lekin mingboshi dodhoning ajdar kepatali ish- 
tahasini bir oz to ‘xtatmoq lozim edi; shuning uchun 
Miryoqub uning aqlini o ‘g‘irlamoq maqsadida qichiq 
masaladan gap ochdi:
— T o‘yni nima qildik, xo‘jayin? — dedi u qo‘lini 
chayqab turib.
Mingboshi boshini tovoqdan ko‘tarmay, og‘zida bir 
manti, q o ‘lida ikkinchi m anti bilan shoshilib javob qildi:
— 0 ‘zing bilasan! M en qaydan bilay!
Miryoqub mingboshining bu javobidan shu topda 
uning m antidan boshqa hech bir masala bilan mashg‘ul 
bo‘lolmasligini angladi. Chinakam , u qo'lini chayqab 
dasturxon boshiga kelganida, tovoq yarimlay degan edi. 
Shu uchun ular ikkalasi ham bir ozgina jim qolishni ep 
ko‘rdilar. Ayniqsa, mingboshi, og‘ziga paxta tiqqan kabi, 
jiddiy sukutga tolmishdi...
Tovoqning u yer-bu yerida u ch -to ‘rtta qatiqsiz manti 
qolgach, mingboshi dodho tovoqdan boshini ko‘tardi. 
Faqat ikki ko‘zi va qo'lining m o‘ljali tovoqda edi.
— Ha, xo‘jayin, — dedi M iryoqub, — bo‘ldingizmi?
— B o ld im hisob! Qani ol sen ham! — dedi m ing­
boshi va o ‘z oldidagi yolg‘iz mantiga qo‘l uzat-di... 
Ungacha M iryoqub ham o ‘z tomonidagi m antilarni bir 
joyga to ‘plab olgan edi!
Tovoq b o ‘shalib, o ‘rtadan ko‘tarildi, uning o'rniga 
katta choynakda choy keldi. Shundan keyingina ming­
boshining gap-so‘zga ko‘chm ak istagani m a’lum b o ‘ldi.
— Q ani, qizdan gapir endi, betavfiq! — dedi u. — 
Otasi nim a depti?
100


— Siz ilgari qizning o'zidan gapirib bering. Qalay, 
ovozi m a’qul bo ldim i?
— So‘rab nim a qilasan? Senga butun avliyo-anbiyo- 
larni shafe keltirib aytamanki, o ‘sha qiz menga nasib 
b o ‘lsa, undan keyin xotin olishni bas qilaman!
— H ech kim ni shafe keltirm ay tura turing hali. 
Keyingi ikkitasini olgan vaqtingizda ham , har safar «bas 
endi! Shu — oxirgisi!» derdingiz. Bo‘lmaydigan va’- 
dalarni til uchiga keltirmang, ichkarida tura tursin... 
Vaqti kelganda, va’da bermasdan ham bittaga tayanib 
qolsangiz b o ‘laveradi...
— Ishonmaganingni qara, benamoz! M en astoydil 
gapirayotirman. Xudo bitta, so‘z bitta!
— H o ‘h -h o ‘L Hali shu darajaga borib qoldingizmi? 
Bo‘lgan ekan!
— Nimasini aytasan. U kelsa, uchovidan ham kech- 
m oqchim an. Uchoviga qayrilib qaramay, deyman... bor- 
yo‘g‘imni o ‘shanga beray, deyman...
— Sizga nim a bo‘ldi, xo‘jayin? Aqlingiz joyidami? Yo 
yo‘qmi?
Mingboshi ko‘zlarida allaqanday bir iztirob bor edi. 
U ning og‘zidan chiqqan so ‘zlar, tildagina aytiladigan 
so‘zlarga o ‘xshamasdi. Miryoqub butun um rida ko'rilm a- 
gan bu h^?l qarshisida shoshib qoldi. Yana bir necha m ar­
ta boshini egib, «ho‘h -h o ‘-h o ‘h -h o ‘» deya takror qildi.
Oraga jimlik ch o ‘kdi. Faqat M iryoqubning chuqur 
o ‘yga ketib, torta-torta choy ichgani eshitilardi. M ing­
boshi q o ‘lidagi choyni hech bir luzumsiz aylantirib, 
sovutmoq bilan ovora edi.
— H o ‘h-ho"! — dedi yana Miryoqub. — Otasi qurg'ur 
yaqin kelmaydi-ku.
— A? — dedi mingboshi. Choyni yerga qo‘yib, butun 
vujudi bilan Miryoqubga tikildi.
— SoTisi qurgur yom on taqvodor ekan, xo‘jayin.
— N im a depti?
— Ayta beraymi?
Mingboshi qichqirdi:
— Aytmay nim a qilasan! Yashirarmiding?
— U m rida peshonasi sajda ko‘rmagan odamga qiz 
beramanmi? — depti...
101


Mingboshi negadir «qah-qah» solib kuldi:
— Toza avliyo ekan-ku, — dedi. — Benamozga qiz 
bermas ekanmi? A, avliyosi tushkur-ey!
— U ndan keyin, betavfiq, buzuq yuradigan, depti...
Mingboshi yana «qah-qah» soldi:
— Sen bilan yurib, shunday b o ld im , betavfiq! Epla 
endi o'zing. M en bir ish qilib olaman qizni! Menga 
bermay kimga beradi?
Shu choqqacha zo‘r berib allanarsalarni o ‘ylamoq- 
da bo‘lgan Miryoqub yana cho'ntagidan soatini olib 
qaradi:
— H o‘h -h o ‘, — dedi, — o ‘n ikkiga yaqinlashib qolib­
di. M en ketdim, xo‘jayin.
0 ‘rnidan turdi.
— Shoshma, — dedi mingboshi, u ham o ‘rnidan tur­
gan edi. — Maslahat nima b o ‘ldi? Otasi bermaydi, deb 
keta beramanmi?
Miryoqub 
kavishini kiyib, sallasini boshiga q o ‘n- 
dirgach, mingboshiga yaqinlashdi.
— Xotirjam b o iin g , xo‘jayin! — dedi. Ovozida jiddiy- 
lik, keskinlik va o ‘ziga ishonch to ‘lib yotardi. — Otasini 
unatam iz, qiz sizniki bo‘ladi. M en o ‘zim bajaraman bu 
ishni.
Mingboshi uning orqasiga bir-ikki m arta urib qo'yib:
— Senga ishonam an, senga, yo'lvorsim , yo‘lvor- 
sim! — dedi.
Mingboshi, kechaning chuqur jimligida kattakon kav­
ishini taqillatib, esnay-esnay, ichkariga kirib borarkan, 
Miryoqub M irzaboboni yoniga olib, darvoza darchasi- 
dan ko‘chaga chiqqan va qishloq itlarining to ‘polon 
«vov»lari o ‘rtasida keta turib, johil soTming qaysarligini 
sindirish uchun turli-tum an tadbirlar axtarardi...
VIII
Razzoq soTming uyidagilar «mingboshi» degan so‘zni 
unutayozgan edilar. Mingboshi to'g'risidagi dovruq bir 
xil daydi shamollarday to ‘satdan kelib qolgan, so‘ngra 
soTming m a'lum so‘zlaridan keyin butunlay jimib ketgan 
edi. Qurbonbibi yana qo‘n i-qo ‘shnisidan ish olib, ko‘rpa
102


qavishga o ‘tirdi. Zebi bo‘lsa, hovuz b o ‘yiga to ‘shakchani 
solib, kashtasiga berildi. 0 ‘lmasjon har o ‘tganida, de- 
yarlik so‘fming baland devoriga osilib, xipchin sindiradi- 
gan bo ‘ldi... Endi kashtachi qiz «voy, o ‘la qolay!» deb 
ichkariga qochmas, faqat betiga ro ‘molini parda qilib, ik­
ki beti cho‘g‘day yongani holda, kulimsiragan ko'zlari ila 
haligi pardaning yonidan m o‘ralardi...
Saraton yaqinlashganga o'xshaydi. Oftob tandurini 
qizita tushdi. Kechagina ko‘klarda qanot qoqib o ‘ynash- 
dan tuganmas lazzat olgan qushlar endi daraxtlarning 
quyuq ko‘lankali shoxlarida o ‘tirib olib, issiqdan jon 
saqlaylar. K o‘cha-ko‘ydan birorta otliq yo arava o ‘tgun- 
day bo‘lsa, dunyo-dunyo chang ko‘tariladi... Odamlar, 
jonvorlargina emas, dov-daraxtlar, jonsiz maxluqot ham 
entikib, bo‘g‘ilib nafas olgan kabi.
So‘fi ham daydishdan tiyildi. N echa kundan beri suh- 
batga ham borm aydi. D arpardalarga choyshabdan 
pardalar to ‘stirib, uyni qorong‘i qildirib, bitta kiygiz- 
chadan boshqa ham m a paloslarni oldirib tashlab, qoq- 
langan yerlarga qalin-qalin suv urdirib... ertadan-kech- 
gacha uydan chiqmaydi. Oldida yaxna choy, yonida 
yelingich, o ‘zicha zikr qilgan b o ‘ladi. Bir qarasangiz, 
«H ikm at»'dan baytlar o ‘qib, h o ‘n g -h o ‘ng yig‘laydi... 
Dam b o isa , suhbat hofizlari singari asta-asta xirgoyi qi- 
ladi.
— Xonaqodan kechib yubordingiz, shekilli! — dedi 
bir kun Qurbonbibi.
— Valdirama, Fitna! — deb qichqirdi so‘fi. So‘ngra 
yana o ‘z ishiga berildi.
— Eshon buvam xafa b o ‘lm aydilarm i? Qanday 
muridsiz! — dedi yana bir kun Qurbonbibi.
— Shu issig‘da suhbatga hafsala borm i? Qiziq 
ekansan... — dedi so'fi. Bu d a fa , teskari burilib, uyquga 
ketdi...
Allakim ichkari eshik ketidan «So‘fi! Hov, so‘fi!» deb 
chaqirgan vaqtida, so‘fi og‘ir uyquda, Qurbonbibi esa 
qavib b o ig a n k o ‘rpani egasiga topshirm oq uchun 
qo‘shnilarnikiga chiqib ketgan edi.
1
X o ‘ja A h m ad Y assaviy asari.


Bu chaqiriqni hovuz b o ‘yida o ‘tirib eshitgan Zebi 
ro'm olini pana qilib, eshik oldiga keldi.
— Kimsiz? N im a deysiz? — deb so‘radi.
U yoqdan sodda va bir oz dag‘al, lekin quvnoq bir 
erkak ovozi keldi:
— Ha, Razzoq soTming ojizalarimisiz? Qalaysizlar, 
om on-eson bormisizlar?
— Xudoga shukur, — deb qo‘ydi Zebi.
— Men otangizni aytgali kelib edim...
— Uxlab yotgan b o ‘lsa kerak. U yg'otib beraymi? 
Zarurmi?
— Eshon bobom y o ‘qlatdilar. U yg‘otm asangiz 
bo‘lmaydi. «Tez, oldingga solib kel!» dedilar...
— Xo‘p b o ‘lmasa, uyg‘otib berayin.
Zotan, juda sergak uxlaydigan soTi birinchi chaqiriq- 
dayoq uyqudan uyg‘ongan edi. D aф ardaning bir qanoti- 
ni ochib, tashqariga u n soldi:
— Kim u? N im a deydi?
Elchi soTming ovozini eshitdi:
— M enm an, soTi, m enm an. Xudoynazar!
Elchining kim ekanini bilganidan keyin soTi uning
nim a uchun kelganini so‘rab o iirm ad i.
— Shoshmang bo ‘lmasa, hozir chiqam an, — dedi.
Apil-tapil hovuz bo‘yiga o ‘tib, tahorat yangilay bosh­
ladi.
Qurbonbibi qo ‘shnilarnikidan qaytib chiqqan vaqtda, 
so‘fi allaqachon ketib bo‘lgan, Zebi esa uyni yig‘ishti- 
rarkan, birgina qizil olma uchun dovol oshib boqqa tush- 
gan yigitcha to ‘g‘risida ashulani dang qo‘ygan edi.
— Hay, Zebi, otang qani?
— Eshon buvam oldirib ketdilar.
Ashulaning b o ‘linishini istamagan qiz javobni kalta 
qilib, yana sernash'a qo‘shig‘ini boshladi. Faqat kam pir 
shu topda gapga va gaplashuvga juda qiziqardi. Chunki 
ко‘ф а qaviq uchun bu safar pulni ko‘pgina to ‘laganlar, 
boz ustiga «muncha chiroyli va tekis qavigani» uchun uni 
o ‘z yuziga maqtaganlar, ikkinchi tom ondan, choining 
«bir haftadan beri uyda sasib yotgandan so‘ng» yana xo- 
naqo tom onga yo‘l solishi kampirning b o ‘g‘ilgan ta’bini 
ocha tushgan edi.
104


— Xudo um rlarini bersin eshonbuvamning! M uncha 
yaxshi qilibdilar! Erkak degan hadeb uyda yota bersa, sa- 
sib ketadi...
— Hali ham ko‘rpalaridan allaqanday hidlar bu- 
ruqsaydi... — dedi Zebi.
— Oftobga olib chiqib yoy! Iloji b o ‘lsa, hovliga olib 
o ‘tib, qoq! — dedi Qurbonbibi besh-oltita siyqa tangani 
qayta-qayta sanarkan. — Yaxshi bo‘libdi, aylanay, bo- 
lam , otangning og‘ir jussasini eshonboboday odam
ko‘tarmasa, kim коЧага oladi?
Bir oz jim qolgach, eski hasratini boshladi:
— Ilohim, qovoqqinasi o ‘chsin uning... Yuragim 
laxta-laxta qon bo'ldi. Qovog‘idan doim qor yog‘adi, 
vajohati doim qish, doim izg‘irin... Yo bir maslahatni 
aytib b o ia d i, yo ro 'zg ‘or ishini. Koshki. boshqa 
m o‘m in-m usulm onday bir kasb qilib, besh-o‘n tanga 
topib kelsa... Yo‘q, yo‘q! O 'zi to ‘y -m o ‘yga borib, 
qornini to ‘yg‘azib kelsa bo ‘ldi, boshqa bilan ishi yo‘q! 
«Uyda xotinim bor, qizim bor, ular nim a yeydi?» deb 
o ‘ylamaydi. Xonaqoning tekin shovlasini yeb, yomon 
o ‘rgangan-da! M ehnat qilib, peshona terisini oqizishga 
endi ko‘ngli o lg u ri unamaydi. Akasi sho‘rlik qancha 
yalindi — «Qishloqqa chiq, birga ishlaylik!» deb. 
K o‘nm adi sira! M ehnatga tobi bormi, qalay? Och qol- 
sa ham , b o ‘yni ishga yor bermasdan, shu bo‘yicha 
o4ib keta beradi. Tag‘in har yil bir qur hajga jovdi- 
raganiga kuyaman! Yonida bir chaqasi yo‘q, nimaga 
ishonib bo‘lsaykin, har yil bir qur «boshput» oladi. 
Chinakam jo ‘naydigan kishiday, bor puliga un olib, 
yog‘ olib — kulchalar yoptiradi. Taraddud bitg‘andan 
keyin, hajga borish qolib keta beradi-da, yogMiq patir- 
larni xonaqodagi tekinxo‘r soTilar yeydi! Ado bo'ldim
m en mundan!.. Kuydim m en m undan...
Ko‘rp a-to ‘shakni hovliga tashib yotgan Zebi bu has- 
ratlam i tinglarkan, sho‘rlik onaning tog'day bardoshiga 
qoyil b o ‘lardi. Onasining juda og‘ir yuk ostida entikkani- 
ni bilganligidan, esini taniganidan beri unga har to ‘g‘rida 
yordam qilishga tirishib, butun ro ‘zg‘or ishini o ‘zi eplab 
kelar, onasiga hech bir og‘irini tushirmas edi. Zotan, bu 
ro ‘zg‘orni Qurbonbibining qavigan ko‘rp a-to ‘shak va
105


guppilari ila Zebining chevar q o ‘llaridan chiqqan chorsi 
va do'ppilari tebratib kelmaydimi?
— Peshonamizga bitgani shu b o ‘lsa, qandoq qilaylik, 
oyi! — dedi qiz.
Bu vaqtlar ular ikkalasi hovligacha yoyilgan paloslarni 
qoqmoqqa kirishgan edilar.
— Albatta, bolam, qazoga chora yo‘q. Shunday bo‘lsa 
ham ko‘ngil to'lib ketganda, chidamay gapirasan-da, 
odam...
Ikkovi ham jim qolib, o ‘z ishlariga berildilar. Bir oz- 
dan so‘ng kampir kuyinishdan bosilib oddiy ovoz bilan 
so‘radi:
— Eshon bobom nimaga chaqirtirdi ekan? Kelgan 
odam aytmadimi?
— Bilmadim, juda zarur, shekilli, «Oldingga solib 
kel», degan ekanlar. Otam o ‘zi ham apil-tapil tahorat 
yangilab chiqib ketdi.
— Yaxshi bo‘libdi. Biror joyda to ‘y-m o'y bordir. 
Otang kelmasa ham ehtimol, bolam, qishloq-pishloqqa 
chiqishadiganlar. Bo‘lmasa, m uncha jadallatib chaqir- 
tirmasidi.
— Qishloqqa chiqib ketsa, yana yaxshi! — dedi Zebi.
Shu topda uning yuzlariga quvnoq bir kulish yoyilgan
edi.
— Saltanatxonni chaqirtiray, deb edim. Bir kelib 
o ‘ynab ketsa, yaxshi bolaridi.
— Mayli, bugun kechgacha otang kelmasa, ertaga 
chaqirtirarsan.
Qizning yuziga yoyilgan va borgan sari quyilmoqda 
b o ‘lgan quvnoqlik, qumga tushgan tom chi kabi, birdani­
ga y o ‘q b o ld i; uning jiddiylashgan k o ‘zlariga endi 
tashvish ko‘langalari cho‘kkan edi.
— N a unimiz bor, na guruchimiz. Yana nonqoqiga 
chaqiramizmi? — dedi qiz. Onaning javobini kutib o ‘tir- 
masdan, o ‘rtangan bir ovoz bilan ilova qildi: — Yo‘qchi- 
likdan qutular kun bormikin?..
— Koyima, qizim, — dedi ona, — o ‘rtog‘ingni quruq 
jo ‘natmaysan. Osh-suvingga yetguligini eplaymiz.
Zebi k o ‘zlarini keng ochib qaradi:
— Rost aytasizmi?
106


Qurbonbibi ro ‘molining uchidan boyagi tangalarni 
olib, qiziga uzatarkan, ovini yiqitgan mergan singari, 
ko‘ngli sevinch bilan to ig a n i holda:
— M ana, bolam, ko‘rpa qavig‘idan pul tegdi! — dedi.
Zebi ikki qo‘lini onasining bo‘yniga tashladi; ona 
uning sochlarini ikki-uch m arta yum shoq-yumshoq sila- 
gandan keyin, og‘zini u sochlarning o ‘rtasiga q o ‘ydi. 
Shunday qilib, ikki alamzada ko‘ngil juda qisqa bo‘lgan 
quvonchlarga berildilar...
* * *
Faqat bu to ‘rt devor orasiga kiradigan quvonchlari 
o ‘tkinchining nazariday bir nafasga kirib chiqadilar. 
U larning kirganini z o ‘rg‘a payqaganlar chiqqanini 
payqayolmay qoladilar.
0 ‘sha to ‘rt devor ichida tug‘ilib o ‘sgan, o ‘sha to ‘rt de- 
vorning tund nazarlaridan boshqa hech narsa ko‘rmagan 
va unga ko‘nikib qolgan bechoralar o ‘z hollarining m un­
cha fojialarini payqay olarmidilar? H ar qanday quvonch- 
ni o ‘zlarining o ‘sha tor dunyolaridan axtarmoqqa majbur 
bo‘lgan sho‘rliklar tashqaridan adashib kirib qolgan oriyat 
quvonchlariga ishonib, k o ‘ngil qo'yarmidilar?..
O datda xufton o ‘ta r-o ‘tm as yotog‘iga kirib, ilk sahar 
uyqudan uyg‘onadigan Zebi otasining kelish-kelmasini 
bilib, shundan keyin xotiijam uxlamoq uchun ancha- 
gacha onasi bilan gaplashib o ‘tirdi. Ular ikkalasi topgan- 
tutgan gaplarini bir-birlariga aytishib, uch choynak 
choyni tamomladilar. Butun el bir uyquni urib b o ‘lganda 
ham so‘fidan darak b o ‘lmaganidan keyin ona-bola uning 
eshonbobo bilan birga biror joyga ketganiga hukm 
qildilar. Zebi ertaga o ‘rtoqjonini chaqirtiradigan bo'lib, 
shirin xayollar bilan uyquga ketdi.
Bir tom ondan, juda kech yotib, ikkinchi tom ondan, 
nihoyat darajada totli tushlar bilan ko‘p rohat uxlagan- 
ligidan u ertasi kuni odatdagidan ancha kech uyg'ondi. 
U yqudan ko'zini ochib, tevarak-atrofga qaragach, 
tashqari eshikning karrakday ochilib turganiga k o ‘zi 
tushdi. Demak, so‘fi qaytgan edi. O 'zining bu qadar qat- 
tiq uxlaganiga hayron bo'ldi. Otasi odatda darvozani ju ­
da qattiq taraqlatardi. Ichkaridan «labbay» deb javob
107


berilgandan keyin to birov chiqib darvozani ochguncha, 
badjahl so‘fi bardosh qilolmas, qo'lidagi tayoq bilan zo ‘r 
berib darvozani savardi... Demak, butun shu taraq-tu- 
ruqni eshitm agan Zebining o lg u d a y qotib uxlagani 
m a’lum bo'lardi. Endi Saltanatxonni chaqirish havasi 
yellarga uchdi... Endi yana haftalarcha soTming boshi 
uydagi yostiqdan ko‘tarilmaydi. Endi yana qanchagacha 
yosh qizning guldek um ri hovuz bo ‘yida igna sanchib 
o ‘tadi.
0 ‘rnidan turib, bet-ko‘zini yuvdi, o ‘choqqa o ‘t yoqib, 
choydishni qo‘ydi, so‘ngra tashqari eshikni yopib qo'yib, 
sekingina uy tom onga bordi. Bir juft darparda yopiq 
bo‘lganidan uyning ichi bir oz qorong’i edi. Astagina 
quloq berdi: birovning xo‘rsinib yiglagani eshitilardi. 
Yana ham qunt qilib tingladi. Yig‘lagan onasi edi. 
K o'ngli shuv etib ketdi. Bir ozdan so ‘ng soTming 
g‘udurlagani eshitildi:
— Xotin kishini yig‘lashga haq qilgan xudo... Yig‘lay 
ber!
Shundan so‘ng uy ichida og‘ir bir jimlik ch o ‘kdi. 
Qurbonbibining yig‘isi xo‘rsinish darajasiga tushib qoldi. 
Keyincha u ham jimib ketdi.
U zoq jim likdan so‘ng soTming og‘ir bir tom oq qir- 
gani eshitildi. So‘ngra u odatdagi am irona ovozi bilan:
— Qani, bo‘l, choyingni ber! — dedi.
Kampir ezilib muloyimlashgan ovoz bilan:
— Shu yerga beraymi yo eshikka chiqasizmi? — deb 
so'radi.
SoTi yana o ‘sha dag‘al ovoz bilan:
— D im uyda nima bor! — deb qichqirdi.
Onasi tashqariga chiqqach, Zebi borib uning b o ‘yni- 
ga osildi. Qurbonbibining ko'zlari qizarib, qovoqlari 
ko‘kargan edi.
— Nimaga yig‘ladingiz, oyi? — deb so‘radi Zebi.
Onasi darhol javob berolm asdan bir oz o ‘ylanib tur-
gach:
— H ech... — deb qo‘ydi.
Javobning birdaniga berilmagani, so‘ngra bu «hech» 
degan m a ’nisiz javob Z ebining tashvishga tushgan 
ko‘nglini battar tashvishlantirdi.
108


— U nima deganingiz? Bekorga yig'laydimi kishi?- 
dedi u.
Qurvonbibi yana jim qoldi.
— Oyi, bir yomon gap borga o ‘xshaydi. M endan 
yashirib yotirsiz! — dedi Zebi.
Uning ko‘nglidagi tashvish endi tilga, ovoziga o ‘tgan
edi.
O na endi bu safar bolasini qondirgunday javob 
berm oqqa majbur bo'lganini payqadi. Faqat nim a de- 
yishini bilmasidi.
— So‘rab nim a qilasan, bolam? Otangning fe’lini bi- 
lasan-ku, bekordan-bekorga m eni g‘azablab o ‘tiribdi...
— N im a deydi, axir?
— N im a derdi? Boshimni olib, bir yerga ketaman, 
deydi... to ‘ydim senlardan, deydi...
Zebi onasining bu gaplariga ishonib, ko‘ngli ancha 
tinchigan b o ‘lsa-da, onaning o ‘zi o ‘z og‘zidan chiqqan 
bu yolg‘onlarga ishonolmas, «o‘zim ishonmagan narsaga 
qizim bechorani qanday ishontiraman», deb o ‘ylardi...
— Otam ning shunaqa xulqi bor, — dedi Zebi. — 
Ba’zi-ba’zida fe’li aynisa, «ketaman»ga tushadi. Q o‘ying, 
xafa bo‘lmang. E rta-indin bosilib qoladi. Ugari qilmagan 
b o ‘lsaykin...
Zebining bu muhokamasi onaning ko‘nglini darrov 
tinchitdi. Qizining bu so‘zlarida va u so‘zlarni aytgan 
vaqtidagi ovozida yosh bolalarda b o ‘ladigan bir soddalik 
ko‘rinardi. Qiz bechora hali ko‘p sodda! U onasining 
og‘zidan nima chiqsa, darrov ishonadi! Faqat ona becho­
ra o ‘z qizini qanchagacha aldab yura oladi? Qizning bu 
soddaligi qanchagacha davom etadi? Bu aldashlar erta- 
indin ochiq haqiqatlar qoshida chilparcha bo'lib sinmay- 
dilarmi? U vaqtda aldamoq uchun so'z topiladimi? Yosh 
qizning «qars» eta yorilishi m um kin bo'lgan ko'ngil 
shishasini yamash uchun onaning tadbir sandig'ida hech 
narsa topiladimi? Sodda qiz til uchida aytilgan bir-ikki 
og'iz gap bilan tinchlanib, so'riga joy qilgali chiqqan 
vaqtida ayvonning bir chekkasida o'rnid an jilolmay qol­
gan onaning ko'nglida shu tashvish va shu andishalar ay- 
lanardi. 
K eyincha qizning tam om tinchlanganini 
ko'rgach, Qurbonbibi ham iztiroblardan yengillanganday
109


b o ‘ldi. So‘riga kelib, tayyor dasturxonga o ‘tirgach, 
Zebining peshonasidan o ‘pib-o'pib qo‘ydi.
Otasini nonushtaga chaqirm oq uchun kirgan Zebiga 
Razzoq so‘fi nimagadir:
— Choyingni hovliga chiqib ich! — deb buyurdi.
Bu buyruqqa na ona e ’tiroz qildi va na qiz. Ayniqsa, 
Zebi butun bu narsalarni otasining fe’li ayniganidan 
ko‘rardi. Onasining ko‘zlarida shuncha iztiroblar qaynab 
toshgani holda yosh qizning sodda ko‘ngli ularni ko'rol- 
mas edi. Onaning ko‘ngli sir berkitish orqasida g‘ashidan 
yorilay deganda, qizning ko‘ngli dam 0 ‘lmasjonni, dam 
Saltanatxonni erkalatib o ‘ynardi. Hovuz bo‘yida yana 
o ‘sha qo'shiq, yana o ‘sha yoqimli ovoz suvlarning jimji- 
masi ustida yo‘rg‘alardi. Yana o ‘sha kashtalarning, yana 
o ‘sha kular yuzli ipaklari ilang-bilang chiziq ustidan 
borib, kungiralaming shaklini qavartirardi. Yana o ‘sha 
devordan yana o ‘sha aravakash bola m o ‘ralab, yosh qiz­
ning mungli q o ‘shig‘ini b o lard i...
Bir kun ertalab ikkita qo‘y bilan bir arava un-guruch 
kelib kirgandan keyin onasining andishalik ko‘zlariga 
qaramasdanoq, tunov kungi ko‘z yoshlarning m a’nosiga 
tushundi. Yosh qizning ko‘ngil shishasiga bir tosh kelib 
tekkan kabi b o ‘ldi...
N onushtadan bir oz keyin qo‘ylar kelgan b o ‘lsa, tush- 
ga yetmasdanoq qassob tayyor b o ‘ldi va Razzoq so‘fi 
etagini beliga qistirib, yenglarini shimarib tashqariga 
jom larni, savatlarni tashimoqqa boshladi. Q o‘ylarning 
qop-qora qonlari yerlarni bo ‘yamasdan turib, tashqari 
tom ondan xursand ovozlarning:
— T o ‘y qulluq bo‘lsin, soTi!
— Juda soz bo‘libdi!
— Bunday davlatni kam bandasiga beradi xudo! — 
degan xushomadlari ko‘tarildi.
Endi onaga qo‘shilib qiz y iglar, qizga qo‘shilib ona 
yig‘lardi. Bularning yig‘ilari kuchaygan sari tashqari 
tom ondan kelayotgan xushomadlar ham kuchayar, butun 
m ahalla-ko'y Razzoq soTming baxtini olqishlab, chapak 
chalardi!


* * *
O 'rtaroq bir xonadonning orzu-havasli kattakon 
to'yidan hashamatliroq bo‘lib o'tgan fotiha to ‘yidan 
keyin Q urbonbibining ko'zlarida yig'laydigan yosh 
ham qolmagan edi. Zebining ko'z yoshlari sira tinm a- 
di. Bu orada Saltanatxon ikki marta kelib ketdi. 
Qumrixon keldi, boshqa o'rtoqlari kelishdi, har yo'l 
bilan Zebining ko'nglini olishga, uni yupatishga urindi- 
lar. Bo‘lmadi! Ko‘z yoshlari ariqning suviday o ‘zlari 
kelib, o'zlari quyulardilar. Ilgariroq kunda yuz marta 
qizini yupatgan, uning ko‘z yoshlarini yenglari bilan 
artgan ona endi u yoshlarga ko'nikib qolgan, in ­
dam asdan o ‘z ishiga mashg‘ul bo'lar, to 'y hozirlikla- 
rini ko‘rardi.
H ar haftada bir keladigan qo'y, un-guruchni tashi- 
m oqdan Razzoq so'fming qo'llari qabardi... Toza gu- 
ruchlar bilan bo ‘rdoqi qo‘ylarning palovlarini yemoqdan 
quyuq yog‘lar m e’dasiga urdi... Yog‘liq qo'llarini arta 
bermoqdan uning eski bedana mahsisi oynaday yaltirab 
ketdi. Butun bularning orqasida ona bilan bolaning 
qaynoq ko‘z yoshlari quyilardi. Butun bu n o z-n e’matlar 
yosh qizning ko'ngil shishasini sindirish bahosiga tushgan 
edi. Faqat so'fi ko'ngildan va uning nozik shishasidan bir 
narsa anglaydigan odam bolm aganligidan bu kattakon 
ishning oqibatini xayol qilgan vaqtlarida «kelasi yilga (in- 
shoollo!) hajga ketish nasib bo'ladi», degan umidlar bilan 
xursand b o ‘lardi...
Birinchi marta qo'y kelgan kundan beri butunlay esi­
dan og'ib qolgan Qurbonbibi fotiha to'yidan keyin bir oz 
o'ziga kelgan edi. Bora-bora Zebining ko'z yoshlari ham 
quridi. U ham xuddi suratday jonsizgina sudralib yura 
boshladi. Burungiday onasining hech bir so'zini qaytar- 
mas, nima desa, og'zidan chiqqan ham on bajarardi. Es- 
hushi o'zida bo'lm agan bu jonsiz suratning yog'ochday 
qotib qolgan qo'llari va barmoqlari ila ro'zg'or ishlarini 
yana burungiday puxta bajarishlari — onaning qurigan 
ko'zlarini ham yana yosh bilan to'lg'azib yuborardi. 
Zebining og'zidan na bir og'iz so'z chiqar, na bir bayt 
qo'shiq, na bir oh-voh. Bu hoi onaning iztirobini besh 
battar oshirardi. «Bu ketishda, qizim sho'rlik, to'yga
1 1 1


yetarmikan, yo‘qmikan?» degan xayollar onaning bag'ri- 
ni tilardilar.
Eshonning chaqirtirib ketgan kunining ertasiga 
Razzoq so'fx uyiga qaytib kelganidan keyin — 
«Qizingni mingboshiga berib keldim, taraddudingni 
qil!» degan, shundan so‘ng Qurbonbibi yig‘lashga bosh- 
lagan, uni Zebi yupatgan, shu bilan ish fotiha to'yiga 
borib yetgan edi. Bu orada anchagina vaqt o ‘tsa ham 
Qurvonbibi o ‘z eridan — ilgari rad qilgan mingboshi­
ga keyincha rozilik berishining sabablarini so‘ramadi. 
G apning rosti, yuragi betlab so‘rolmadi. Ilgari Zebi o ‘z 
otasidan qanday qo‘rqib qochgan b o isa, endi Q ur­
vonbibi ham o ‘z eridan shuncha o ‘zini chetga tortar- 
di. Zebining haligi ahvoli ko'ngliga tashvish solganidan 
keyin chidayolmadi; bir kun Zebining yo‘q vaqtini 
topib turib, eriga so‘z ochdi:
— Boshim gangib, hech narsa deyolmay yotibman...
— Ha, nim a demoqchisan, Fitna? — So‘fl avvalgiday 
quruq va sovuq gapirardi.
Qurbonbibi xo'rsinganidan bir ozgacha nafasi b o ‘g‘zi- 
ga tiqilib, gapirolm ay turdi. Keyin nafasini bir oz 
o ‘nglab, yana boyagiday xo‘rsinish ovozi bilan b o lib - 
b o iib so‘zladi:
— Bu nim a qilganingiz? Bu...
— Ha, nima qilibman, bachchag‘ar?
— Ilgari... mingboshi olgurga... bermayman, deb ke­
lib edingiz... Qo'rsayib... m aqtanib gapirib edingiz... 
«Benamozga... qiz yo‘q!» degan edingiz... Qani u q o ‘rsa- 
yishlar? N im a bo‘ldi? Tuppa-tuzuk soTi odam bir ben- 
amoz, bir bo'zaxo'rga qiz berib o ‘tiribsiz?
— Bersam nima b o ‘pti, bachchag‘ar? 0 ‘z qizim...
— 0 ‘z qizingiz-ku... Tengini topib bering-da... 
Eshonbuvamning man qilmaganlariga hayronm an. Ha... 
ha...
Shu yerga kelganda, Qurbonbibi bir oz dadillanib, 
ovozini ko‘tara tushdi. G o ‘yo eshonbobo tom onida 
b o iib , Razzoq so‘figa qarshi chiqajak edi:
— Ha... ha... endi bildim! Bu gapdan, vallohi a la m , 
eshonbuvaning xabarlari yo‘q! B oim asa, sizning bu be- 
huda ishingizni qildirtirmas edilar.
U yoqda soTi achchig‘i kelib, baqirish o ‘rniga, bir 
narsadan xursand b o lg a n d a y , miyig‘ida kulib tu- 
rardi.
Qurbonbibi davom etdi. U ning ovozi yana ham 
ko4arila tushgan edi.
— Shoshmang! Eshonbuvamga borib dod deyman! 
Ori rost, bir b o ig a n ishni endi buzdirish m um kin emas- 
ku-ya, ishqilib sizdan dod deb bir ko‘nglimni bo‘shat- 
masam bolm aydi...
— E ablah, Fitna! — dedi so‘fi kulib turib. — Esing 
yo‘qligi shu-da! Shu-da esi pastliging! Shu-da xotinliging!
Qurbonbibining achchig‘i keldi:
— «Echkiga o ‘lim, qassobga yog’!» M en o io lm ay
garangman, siz hadeb kulasiz. Ha, eshonbuvamga aytol- 
maymanmi?
— Ha, ayt! Ayt borib! — dedi so‘fi yana kulib turib.
— Ablahligingni pirimizga ham ko'rsat, Fitna!
— Obbo, aqlli-ey! Shoshmang, hali! Eshonbuvam 
g'azablagandan keyin esingiz kiradi. Hali yogliq palovlar 
bilan mastsiz!
SoTi kulishdan to ‘xtab, jiddiylashdi.
— Bas, deyman, ahm oq, b o ldi! — deb qichqirdi u. — 
H ech narsadan xabaring y o ‘q, valaqlay berasanm i? 
Mingboshiga bergin, deb qistab yurib, meni ko'ndirgan 
eshonbuvamning o ‘zlari bo'lsa, nima deysan?
Qurbonbibi ixtiyorsiz:
— Voy, o l a qolay! — deb baqirdi. — Eshonbuvam 
o'zlari boshmi hali? Voy, sho‘rim qursin-ey!
Bechora kam pir boshlariga mushtlardi.
— M ushtla boshingni, Fitna! — dedi so'fi yana o ‘sha 
jiddiyat bilan. — K o‘proq mushtla, yor o ‘sha esi past 
boshni!..
Ikkalasi ham jim bolishdi. S o li ham on o ‘sha jiddiyat 
bilan bir nuqtaga tikilgan, Qurbonbibi endi bir oz o ‘zini 
to ‘xtata boshlagan edi. U oddiy va tinch ovoz bilan 
so'radi:
— Eshonbuvam qistagan b o lsalar, qattiq tursangiz 
bolm asm idi?
Faqat kampirning bu so‘zlarida endi taqdirga tan 
berish unlari bor edi. Bu unni soTi ham payqadi. U bu­
r n
113


gun nechundir bir oz yumshara tushgan, xotini oldida 
o ‘zini oqlamoqqa tirishganday ko'rinardi.
— Hovliqmay gapirsang-chi, Fitna... Dunyoni buza- 
san...— dedi u. — M en ko‘p olishdim. «Benamozga qiz 
bermayman!» dedim. «Sen-bizning ming yil ibodatimizu 
ularning bir kunlik xizmatlari — bab-barobar! Mingboshi 
qancha m o‘m in-m usulm onlarning hojatini chiqaradi, 
qancha alam zadaning dodiga yetadi! Q ancha o 'g 'ri, 
kisavur, qaroqchining jazosini beradi! Q ancha nohaq 
b o ‘lgan ishlarni haqqa qaror topqizadi. Ibodat ham — 
ibodat, m o ‘m in-m usulm onga xizmat ham — ibodat! 
Balki bu keyingisi — a ‘lo!» dedilar. N im a deyin? Nima 
deb bo'ladi? M en omi bo'lsam , savodim bo'lm asa, oq- 
qorani tanimasam, u kishi mulla bo'lsa, zabardast bo'lsa, 
xudoning buyrug'ini tushunsa, shariatni, tariqatni suvday 
bilsa... nim a deyman?
S o'flning o 'z xotiniga astoydil kuyib-yonib o 'z 
qilmishlaridan buncha duru-daroz hisob berib o'tirishi — 
m ana shu edi. Buni Qurbonbibi tegishincha taqdir qila 
bildi. Eriga issiq nazar bilan qarab, uning ahvoliga endi 
bir daraja achina boshladi. Shu uchun ancha og'irlik va 
bosinqilik bilan:
— M en-ku hech narsa demas edim, — dedi u, — 
m ana bu qizingiz xuddi bir suratga aylanib qoldi... 
Q o'rqib yotibman...
— O 'rtoqlarini chaqirtir, Fitna... O 'yin-kulgi qi- 
lishsin... U tarafdan men ham to'yni tezlatay... Tezroq 
berib qutulaylik.
— Saltanatxon o'rtog'ini o ‘zi ham chaqirm oqchi 
bo'lib turib edi, — dedi kampir. — Siz uyda bo'lganingiz 
uchun...
— M en xonaqoga ketaman. Chaqirtira bersin. U n- 
guruch bo'lsa serob... Pul ham bor, orzu-havas qilaman, 
desa, mana pul. Bozordan oldirsin. Ko'ngli xohlaganini 
qilsin!
Shu so'zlarni ayta turib, yonidan bitta o 'n so'm lik 
yangi qog'oz oldi, uni barmoqlari orasida uvib, shirshira- 
gan ovoz chiqardi, undan keyin yuzlarida shu choqqacha 
hech bir ko'rilm agan bolalarcha quvonish bilan kampir- 
ga uzatdi.
114


Kampir um rida ko‘rmagan o'ntalikning naqshlariga 
qararkan, shu naqsh singari jonsiz bo‘lib qolgan sho'rlik 
qizini ko‘z oldiga keltirdi-da, ko‘zlariga ixtiyorsiz yosh 
olib yubordi...
IX
Zebini tushirib kelish uchun shaharga borgan xotin- 
lar, ularning o ‘z tillari bilan aytsak, «qudalar», boshlari- 
da Poshshaxonga o ‘xshagan eslik va ayyor bir juvon tur- 
ganiga qaram asdan, negadir Kichkina m ittini nazardan 
qochirdilar. «Kichkina mitti, xon xo‘jani yiqitdi», deydi 
o ‘zbek maqoli. Q udalar qofila si shaharga jo'narkan, 
Umrinisabibini aravadan o ‘z qo‘li bilan tushirib yubor- 
gan va unga qarab, «Agar to ‘yda yo to ‘ydan keyin men 
sizni uyda ko‘rgunday bo‘lsam, mingboshi dodhoga aytib 
avaqtaga jo ‘natdiraman!» degan Poshshaxon U m rinisa­
bibining qizini yo ko‘rmadi, yo ko‘rsa ham nazariga il- 
madi. Poshshaxonning qo‘ygan qizlari, ya'ni uning o ‘z 
«odamlari» shaharning o ‘zida, yo‘lda va har yerda Zebi 
bilan birga bo'lishib, farishta qiyofasidagi shayton kabi, 
uning ichiga kirib, pistoqi ta ‘zimlar va serxushomad 
gaplar bilan uning ko‘nglini ovlab, mingboshi dodhoga 
uni «isittirarkan», o ‘zlarining muvaffaqiyatlaridan hech 
bir shak-shubha 
qilm asdilar. 
T ezda-tezda 
ularni 
chaqirib, ta ‘limot berib turgan Poshshaxon o ‘z odamla- 
rining m a‘ruzalarini eshitgandan keyin, boz ustiga o ‘zi 
ham chimildiq ketiga o ‘tib, Zebi bilan jonajon o'rtoqday 
gaplashgandan so‘ng, «qizning muqovamatini sindirdim, 
o ‘jarligini yengdim!» deb o ‘ylardi. 0 ‘ziga ko‘p bino 
qo‘yganlarning aldanishi yom on b o ‘ladi! Ikki qiz va bir 
juvonning 
b u tu n 
m ehnatlarini 
U m rinisabibining 
Kichkina mittisi bir necha og‘iz gap bilan yuvib tashlash- 
ga juda oson muvaffaq b o ld i. Umrinisabibini ishga solib 
qo'yib, o ‘zi allaqaylarda tajangligidan kokilini yulib yur- 
gan Sultonxon endi shayton kulishi bilan kulib, qo‘li tol- 
guncha chapak chalsa bo'ladi. Uning ko‘ngli olddan 
sezish yo'li bilan bir narsa sezgan bo'lsa, hali ham jirtak 
chalib kulayotgandir. Kim biladi!
Q o f i l a — karvon.
115


Shaharda bir necha m inut, qishloqda mingboshiniki- 
da undan ham ozroq xoli fursat topib, Kichkina mitti 
Zebiga aytiladigan ham ma gapni aytib oldi. Mingboshini 
shunday tasvir qildiki, endi uning o ‘rniga — kuyov roli- 
da — bir dev kirib kelsa, Zebi «jon!» derdi. Buning usti- 
ga, «bechora Sultonxonning m a‘sum ko‘z yoshlari», «ik­
ki ittifoqchi» (Xadichaxon va Poshshaxon)ning ming bir 
«hiylalari» ham (xotinlar o'zlari xuddi shu shaklda — 
«hiyla-a» deb gapiradilar) yosh va m a‘sum bir qizning 
samimiy tili bilan bir-bir bayon qilindi. Shu uchun to ‘yga 
yaqin va to ‘y kunlarida o ‘z o ‘rtoqlari bilan kulib gaplash- 
gan, Poshshaxonning odamlariga esa qiyomatlik d o ‘stlar- 
day muomala qilib, ularga «g‘alaba» g‘ururini bergan 
Zebi qishloqqa jo ‘nar kuni birdaniga o ‘zgarib, yoniga o ‘z 
onasidan boshqa hech kimni kirgizmay, birdaniga burun- 
gi quruq «surat» shakliga kirgach, «ittifoqchilar» 
shoshilib qoldilar. Zebi o ‘zi uchun ajratilgan katta uyga 
kirib, ipak chimildiqning ketiga o ‘tgan vaqtida «ikkala it­
tifoqchi» to'ychi xotinlarni ham unutib, dasturxon va 
osh-suv masalalarini ham birovlarga topshirib, o ‘zlari 
Poshshaxonning uyiga chekildilar va bu o ‘zgarishning 
sababini tekshirib, chorasini axtarm oqqa boshladilar, 
ko‘p o ‘yladilar, ko‘p rejalarni chizib ko‘rdilar... Faqat, 
shu Kichkina mitti hech birisining esiga kelmadi. Shu 
uchun o ‘zgarishning sababi bilinmadi!
Ular bir chora topishdan ham ojiz edilar, shu qaltis 
paytda aqllari hech narsani olmasdi. Bir tarafdan, ku- 
yovning kirar vaqti yaqin, ikkinchi tarafdan, hovli yuzi 
to la xotin-xalaj, bola-chaqa, yetti iqlimdan odam bor, 
shovqin-suron, qiy-chuv, miya aynaydi... miya aynaydi, 
xolos! Bir kuchli ovoz bo‘lsa-yu hovliga chiqib o ‘kirsa va 
xotin-xalaj bir nafasgina jim bo'lsa... Bular o ‘ylab, bir 
fikr chiqarsalar!
Holbuki, xotin-xalajning qiy-chuvi avj olayotir.
— 
Shoshm ang, nim a gap? — dedi birdaniga 
Poshshaxon.
D arhaqiqat, tashqarida xotin-xalajning um um iy xori 
boshlangan edi. Hovlidagi xotinlar ham masi birdan al- 
lanima deb bir so‘zni takrorlab, shovqin solardilar. Bular 
ham birin-ketin hovliga chiqishdi.
116


Kichkinagina bir voqea bo‘lib o'tgan edi.
Zebi kattakon uyning to ‘g‘risida, ochiq deraza 
yonidagi burchakda, chimildiq ketida onasi bilan bir­
ga o'tirardi. U ncha besaranjom bo‘lgani ham ko'ril- 
masdi. H atto xotinlarning qiziqroq gaplarini eshitsa, 
kulib qo'yardi... Hovlida derazaning tagginasida turgan 
ikkita xotin — kim ekanliklari nom a’lum! — tik hol­
da o ‘zaro gaplashib turib, gapni mingboshi dodho va 
Zebi to ‘g‘risiga ko‘chirdilar. Zebi ularning suhbatlarini 
yuragi o ‘ynab 
turib tinglar va onasi suhbatga mone 
bo‘lmoq istasa, yo‘l qo‘ymasdi. Ikkala xotin ovozlarini 
picha коЧага tushib, xotinlar qiy-chuvi orasida suh­
batda bemalol davom etdilar, Zebining qulog‘i ham 
go‘yo derazaga osilib qoldi.
— Qizingiz yetilib qoldi, mingboshi dodhoga bermay- 
sizmi? — dedi ularning bittasi ovozini коЧага tushib.
Yana biri ovozini ancha baland chiqarib, bunday dedi:
— Buvatavakkal adirida odam soniday yo'g'on ilonlar 
bo ‘lar emish. Shularga bersam boim aydim i!..
Zebi, «oh» deb qichqirdi-da, onasining quchog‘iga 
yiqildi. Xotinlar chuvillashib, chimildiqqa tom on yugur- 
dilar. «Voy, nim a bo4di? Voy, nima bo4di? Voy, оЧа 
qolay! Voy, sho‘rim!» Ovozlari har tarafdan yuksaldi. 
Chim ildiq atrofini qurshab, «Voy, nima bo‘ldi?» degan 
xotinlar orasida haligi ikkovi ham bor edi...
Bir ozdan so‘ng ular ikkovi oradan yo‘q b o ‘lishdi. 
Ularning kelib kelmaganini hech kim bilmaydi. Shun­
cha ko‘p xotin-xalaj orasida ikkita xotinga son bormi?
Poshshaxon bilan Xadichaxon voqeani surishtirib 
ko‘rdilar. H ar og‘izdan har xil gap chiqardi. «Allakim 
kelinga eshittirib kuyovni yomonladi», deganlar b o ld i. 
« 0 ‘z qulog'im bilan eshitdim», deganlar bo‘ldi. Faqat 
uydagi xotinlar — «Tashqaridagilar gapirdi!» dedilar, 
tashqaridagilar ichkaridagilarni aybladilar...
Zebi ko‘zlarini m o‘ltiratib, qo‘li ko‘ksida, bedarm on 
yotardi. Og‘zini ochib bir so‘z demas, savollarga javob 
bermas, yoniga kirgan Enaxonni ham tanimasdi. Rangi 
paxtadek oqargan, qovoqlari burishta uchib tushardi.
Poshshaxon Umrinisabibining eshigiga qulf soldirib 
qo'yib, «ittifoqchisi» bilan yana kengashgali kirdi. Bu sa-
117


far kengash juda kalta b o ld i. Chunki vaqt nozik, tezroq 
chora ko'rish lozim, kuyov kiradigan vaqt b o ‘lgan edi.
— Kuyovingizni buguncha kirgizmay tursak, — dedi 
Poshshaxon. — Ertaga Zebixonni aldab-suldab yo‘lga so- 
lardik... Keyin, olib kirib qo‘ysak, undan narisini erkak 
kishi o ‘zi eplab olardi...
— A-v-v... — dedi Xadichaxon. — Koshki ep degan 
narsa bo‘lsa kuyovda...
— Unisi rostku-ya... H ar qalay, ertagacha xudo 
poshsho, egam... Bugunning maslahatidan keling.
— Haligi maslahatingiz durust... Buguncha tursa 
tursin, o ‘lmas...
— 0 ‘lmaydi, albatta... Peshonasidan ko‘rsin... Ish­
qilib, Sultonxonning oshig'i olchi!
— Nimasini aytasiz. Umrinisa fitna yetkazgandir bu 
choqqa...
— Q o‘yadi, deysizmi? Erta qachon...
— Jirtak chalyapti, desangiz-chi, yashshamagur...
Ikkalasi ham bir nafas jim qolishdi.
— 
M aslahat 
haligi b o ‘ldim i? 
— 
dedi yana 
Poshshaxon. — Buguncha kirmay turadim i? Yaxshi 
maslahat.
— Boshqa iloji ham yo‘q. Ammo u o ‘ja r kuyovni kim 
ko‘ndiradi bunga?
— G 'alati ekansiz? Kim ko'ndiradi? Miryoqub akan- 
giz-da...
— 0 ‘zingizning akangiz...
— H amm amizning akamiz...
— Chaqirib ayting, bo‘lmasa.
— Y o'q, siz kattasiz, siz ayting! M en yaqin yo‘la- 
mayman!
Xadichaxon M iryoqubni chaqirib gaplashgali tashqari 
eshik oldiga chiqdi. Poshshaxon Zebidan xabar olgali 
yugurdi.
* * *
Sultonxon, to ‘yga bir necha kun qolganda, onasiniki- 
ga ketgan edi. Ketarkan kimdan so‘rab — ijozat olib 
ketishini bilolmadi. So‘raganda, kimdan ham so‘raydi? 
Mingboshining onasi rolida hozir Xadichaxon. Unga
118
kirib yalinadimi? Yo Poshshaxonga ta ‘zim qilib, undan 
so‘raydimi? U lar nima deydilar? Til uchida «Voy, ay­
lanay, voy, o ‘rgulay» qilsalar ham , ko'ngillarida « 0 ‘1а, 
o lg a n in g yaxshi! Alam qildimi? Qochging keldimi? 
Qoch, orqangga qaramay qoch, kavishingni qo'ltiqlab 
qoch!» demaydilarmi? Mingboshidan so‘rash kerak edi, 
albatta. Uning oldidan o ‘tmay bo‘lmaydi. U er, er — 
podsho, xotinning inon-ixtiyori o'shaning qo‘lida. Faqat 
shu topda mingboshining ko'ziga oq-qora ko'rinmaydi. 
Mingboshi shu kunlarda o ‘z soyasidan ham bexabar. 
Besh-olti oy burun bor edi uning Sultonxoni. Endi yo‘q! 
Bir yil burun uncha-m uncha «Sultonim» deb turardi 
mingboshi. Tez-tez buning yonida b o ‘lardi. Bu dargohga 
erta bahorda Zebining qadami tekkandan beri Sultonxon 
butunlay nest-nobud b o ld i. Kechagi botgan quyosh- 
day... unutildi!
Paranjasini yopindi, U m rinisabibining darchasiga 
yaqinlashganda, birdan to ‘xtadi va orqasiga qaytib, 
Xadichaxonning uyiga tom on yo'naldi.
— Men oyimlarnikiga ketyapman. U ch -to 'rt kun ay- 
lanib, ko‘nglimni yozib kelay...
X adichaxon «ha, mayli», deb q o ‘ya qolsa nim a 
bo'lardi? Juda chidamay ketsa — indamasinidi, bunga 
qarab miyig'ida bir kulsinidi — shu ham yetib ortardi. 
Yo'q! Poshsha afsunchining bu o ‘rgatma iloni bir m arta 
nishini botirib olmasa, boladim i?
— Voy, bu nim a qilganingiz, Sultonxon? Shunday 
yaxshi to ‘ylar boiyapti...
Tili zo‘rg‘a-zo ‘rg‘a qaldirab:
— T o‘ygacha... kelaman... — deya oldi Sultonxon.
U m rinisabibining 
darchasidan 
hatlar-hatlam as
h o ‘ngurak otib, yig'lab yuborgan edi.
U yerda ko‘p o ‘tirmadi. Bir oz hasratlarini aytib, 
ko‘nglini bo'shatgandan keyin, K ichkina m ittidan foy- 
dalanish to ‘g‘risida bir-ikkita m aslahat k o ‘rsatib, 
onasinikiga ketdi. Shu bo'yicha to ‘y kuni ham qaytib 
kelgani yo'q.
Yangi kelin kelgan kunning ertasiga — xuddi nonush- 
ta chog‘ida Umrinisabibi yetib bordi. 0 ‘pkasi og‘ziga 
tiqilib, o ‘lguday halloslab turib, kutilmagan yutuqlardan
119


gapirdi. Kichkina mittining katta ishlari, ayniqsa deraza 
oldida tom osha bergan ikki xotinning o ‘yinlari o ‘lgan 
Sultonxonni tirgizdi. Uning behollik va uyqusizlikdan 
yumilgan ko‘zlarini qayta boshdan ochirdi. U m rinisa­
bibining burishgan terili barm oqlarida yangi uzuklar 
yaltiradi! Ikkalasi bir-birini quchoqlab, shirin-shirin 
nash‘aga botdilar.
— Yo‘q, xola, hali erta! Erta hali...
— N im a demoqchisiz, aylanay?
— M a’rakani yig‘ishtirishga hali vaqt erta.
— N im a qilaylik, aylanay? M eni u eshikka qadam 
bostirishmaydi. Qizim kirib yurib edi, haligi ikkala xotin­
ning ishidan keyin o ‘rtadagi eshikka qulf soldilar.
— Yo‘q, xola! Yo‘l topiladi, topish kerak.
— X o‘p, aylanay, topamiz.
— Topamiz!.. Topamiz... topamiz... topamiz...
Aqli boshqa joyda boMgani holda Sultonxon hadeb 
shu bir so‘zni takrorlardi. Birdan so'rab qoldi:
— Enaxon qayerda? U ni kirgizishadimi?
— U ham mavaqt Zebining yonida.
— B o‘lm asa, o ‘sha bilan gaplashing. Bugunoq 
gaplashing. H ozir borib gaplashing.
— Hozir jo ‘nayman b o ‘lmasa.
— Menga qarang!
Ikki q o ‘li bilan U m rinisabibining ikki yelkasiga 
yopishdi. Yuzini uning yuziga yaqin olib bordi.
Menga qarang, xolajon! Enaxon Zebiga d o ‘st. 
Chinakam d o ‘st. Mingboshiga xotin b o ‘lishini hech xoh- 
lagan emas. Hali ham xohlamaydi. Q o'rqm asdan, ochiq 
gaplasha bering. G apdan gap chiqadi. G apdan maslahat 
chiqadi!
Umrinisabibi kattakon belbog‘ini un-guruch bilan 
to ‘lg‘azib, darrov yo‘lga chiqdi.
Enaxonlarnikiga borib kirgan vaqtida Enaxonlarning 
butun oilasi yoyilgan qopning tegrasida jugari uqalab 
o ‘tirardilar.
— Aylanay, Enaxon. Shoshilib turibman. Sizga ikki 
og‘iz gapim boridi.
Ikkalasi birga hovliga o ‘tdilar. Ariq bo'yiga o ‘tirishgan 
ham on Umrinisabibi gap boshladi:
120


— Zebixonning ahvoli qalay, aylanay? Jindak gapirib 
bering, hech narsa bilolmay, yuragimiz ezilib ketdi. 
K o‘zimning qoracho‘g‘iday yaxshi ko‘rardim.
— U ni yaxshi ko‘rmagan kirn bor, xolajon? Ham m a 
yaxshi ko‘radi. Yaxshi ko‘rish boshqa ekanu, tole boshqa 
ekan...
— Nimasini aytasiz, aylanay? Yetti uxlab, bir tushiga 
kirmagan kunlarni ko‘rdi sho‘rlik...
Bir oz to ‘xtaldi. Ro‘molchasini ariqqa solib h o ‘llan- 
gan yuzini bir qur artib oldi.
— Kuyib ketdim, aylanay... Bir joyda o'tirolm ay- 
m an... Qizim Bahridan so‘rayman, bir og‘iz gapni eplab 
gapirolmaydi. Kecha kechasi o ‘sha yerdaydi. Shaharga 
ham birga borib edi. G ap sourasam, xuddi tili yo‘q so- 
qovday «i, i...» qiladi, xolos... Yuragim «tars» eta yoril- 
gunday b o ‘ldi. Shundan keyin bu yerga chopib keldim, 
aylanay.
Sodda Enaxon bu yolg‘onlarning hammasiga astoydil 
ishonardi.
— Zebixon endi picha durust, — dedi u. — Kecha 
kechasi kuyov kirishga yaqin allakimdan bir yomon gap 
eshitib...
U shoshilmasdan ham m a b o ‘lgan gaplarni aytib ber- 
di. Bu gaplar hammasi Umrinisabibiga m a’lum b o ‘lsa- 
da, eshitmagan odam day birushta «voy, tovba! Voy, o ‘la 
qolay! Voy, sho‘rlik! Shunaqami?» deb turdi.
— Endi ham m a hayron, xolajon... Bugun kechasi n i­
m a b o ‘larikin? Kuyov kirmay turib, bu shunaqa qiladi. 
Kuyov kirganda nim a bo‘lar ekan?
— Shuni aytaman, aylanay!
— M en hech chiqqim y o ‘q o ‘sha tom onga. 
Chiqmasak, oqibatdan emas. Bizni deb kelib tuzoqqa 
tushdi sho'rlik. Menga shunday ko‘zlarini m o'ltiratib 
qarasa, yuragim «jig‘g‘!» etib ketadi...
— Rost, aylanay, rost... H amm a deganlaringiz rost...
— Bu ishni qilgan kundosh o lgu rlar, endi o ‘zlari ham 
hayron...
— Yashshamagurlar...
— Sultonxon b o ‘lsa, u yoqda jirtak chalyapti.
— Yashshamagur...
121


— Azayimxonlarga katta-katta sarf qilyapti, deydi... 
Otasi boy emasmi? Onasida ham bisot kattaymish...
— Yashshamagurlar...
— Bir o ‘ylaganda, u bechorada ham ayb yo‘q.
— Rost aytasiz, aylanay...
— Ana u kundoshlarda ham ayb yo'q.
— Albatta, aylanay...
— Kundoshlik o 'zi bir balo.
— Nimasini aytasiz, aylanay...
Enaxon og'ir bir «uh» tortib, o'rnidan turdi.
— Jindak turib yana chiqib bormasam bo'lmaydi. 
Yuragim bo'lsa sira betlamaydi. Bu kecha nim a qilamiz 
endi, bilmadim...
— N im a qilardingiz? — dedi Umrinisabibi. — D od- 
voyiga qaramasdan, kuyovga q o ‘shasiz-da, aylanay!
— Menga qolsa, bir um r qo'shm as edim, — dedi 
Enaxon. Yana qaytib joyiga o'tirdi.
Umrinisabibiga bor-yo'g'i shu gap kerak edi. Darhol 
o'rnidan turib, ariqning u yuziga o'tdi va Enaxonning 
yonginasiga o'tirdi. Ustozidan olgan ta'lim ini eslab, ikki 
qo'lini uning yelkasiga qo'ydi va boshini o ‘z boshiga 
tom on tortib turib, ko'ziga m ahkam tikilgani holda 
so'radi:
— Zebixonga chinakam do'stmisiz? Y o'q, aylanay. 
Xudoyimni o'rtaga qo'yib ayting: astoydil do 'stm i­
siz?
— G um oningiz ham bormi? Jonim ni berishgacha 
borman!
— Bo'lmasa, mening gapimga kirib, Zebixonning 
qulog'iga sekingina shipshitib qo'ysangiz: har kun 
yolg'ondan bo'lsa ham bir soat, yarim soat o'zidan ketib 
tursa...
Umrinisabibi birdaniga ovozini pasaytirdi:
— Bilasizmi, aylanay, bu kuyov shunday narsaki, har 
qanday xotin o 'zi xohlab borib bo'yniga osilmasa... 
o'zicha hech narsa qilolmaydi! O 'zi ham qarib, darmoni 
ketib qolgan... N imaga hadeb uylana berar ekan, hayron- 
man.
— Pul quturtiradi! — dedi Enaxon.
— Rost aytasiz, aylanay, davlat quturtiradi!
122


U m rinisabibi yana ovozini pichirlash darajasiga 
tushirdi:
— Bilasizmi, aylanay, oq poshsho yetti qiron bilan 
urishayotgan emish... H am m a fuqarosi qirilib tam om
boMipti... Yurtida odam qolmapti. Bugun emas, ertaga 
mingboshilarning ham m asini urushga olib ketarmish...
— Og‘zingizga yog1, xolajon!
— Rost gap bu... Hakimjon aytipti... Mingboshining 
mirzasi emasmi? Til biladi u... gazet o ‘qiydi...
— Sizga kim aytdi?
— Bir joydan eshitib qoldim. Hakim jon borib yuradi- 
gan joydan. Siz, aylanay, Zebinisaga sal uchini chiqarib 
qo ‘ysangiz b o ‘ldi. U yog‘ini o ‘zi eplaydi... eslik qiz... 
Mingboshi urishga ketdimi, ham m a qutuladi uning dasti- 
dan. Yovlashgan qiron juda kattaymish... Indam asdan 
kelib o'ldiradigan o ‘qi bormish... O sm ondan qanot taqib 
kelib urisharmish... Mingboshingiz o ‘q tegmasdan turib 
yiqiladigan odam ... «Urushga borasan», dedimi, ta ­
mom ... yuragi yorilib o ‘ladi!
— Ilohim, aytganingiz kelsin! — dedi Enaxon.
Shu paytda Xolmatning «епа!» deb chaqirgan ovozi 
eshitildi.
Ikkala ham dard o ‘rinlaridan turib, ichkariga tom on 
yurdilar.
Shunday qilib, o'sha kechadan boshlab Zebining 
tutqalog‘i har kun nam ozshom paytida m untazam tu- 
tadigan bo‘ldi.
X
Mingboshi ishning bu ravishga kirishini hech bir kut- 
magan edi. Boshqa ham m a kishilarday u ham Zebining 
tutqaloqlarini «qizning nozi», deb bilar va tezda o ‘tib 
ketishiga ishonardi. Shu uchun kunduzlarini juda be- 
saranjomlik bilan o ‘tkazib, kech kirganda, entika-entika 
ichkaridan sevinchlik xabar kutardi. Besh kungacha har 
oqshom bir xilda sovuq xabar chiqib turdi: «kelinchak- 
ning tutqalog‘i tutib qoldi...» Bu besh kun ichida m ing­
boshi, o ‘z iqroricha, besh yillik zahm at tortgan edi... 
M ahkam a ishlarini Hakimjonga tashlab qo‘ydi, zotan,
123


to'yga ikki kun qolganda, yonidagi m uhr ham Hakim jon 
kissasiga tushgandi. M iryoqub — bir joyda bir nafas 
o'tirolmaydigan narsa — olti-etti kundan beri mingboshi 
yonidan jilmaydi. Jahli chiqib, to 'n in i teskari kiymoqchi 
bo‘lgan mingboshini gap bilan sovutadi va yo‘lga soladi.
— 0 ‘zingiz aytasizki, — dedi Miryoqub, — sizga 
«gah» deganda, qo'lga q o ‘nadigan tayyorgina qush 
bo isa... M unaqa qo‘lga qo‘nmaydigan yow oyi qushlam i 
ovlashga hunaringiz yo'q ekan. Shunday bo'lgandan 
keyin tishni tishga qo‘yib, chidash kerak, xo'jayin!
— C hidab-chidab shu yerga keldim.
— Obbo-o! U ch kun o ‘tmay turib-a! Shuncha bar- 
doshsizlikmi? Y owoyi qushni asta-sekin aldab-aldab 
o ‘rgatadilar. Q o‘rqitsangiz, «pirr!» etib uchib ketadi.
— Uchib keta qolsin! Shu topda «bor, ket!» degim 
bor.
— Esingiz joyidami, xo'jayin? Menga qarang... bu n i­
ma gap? «Ket», desangiz, jo n deydi. Shamolday uchadi. 
Unga sizning «ket!» deganingiz yow oyi qushga qafas 
darichasini ochganday gap. Kim arm onda qoladi? Umi?
Mingboshi o ‘ylab qoldi. So'ngra yuw oshlanib, dedi:
— Rost aytasan. Qariganda esning ham mazasi ket- 
ganga o ‘xshaydi...
Miryoqub bilan Xadichaxon shu besh kun orasida 
bir-birlaridan qochmaydigan darajaga keldilar. Xadicha­
xon uni kunda uch m arta chaqirsa, bu uni besh marta 
chaqirardi. Pichir-pichir gap, pichir-pichir gap... masla­
hat!
Tutqaloq besh kun batartib davom etganidan keyin, 
Miryoqub mingboshining juda yomon b o la boshlaganini 
payqadi. 0 ‘zining ikki g'ildirakli sariq foytunini oldirdi.
— Qani, yuring, xo'jayin! — dedi.
Mingboshining e ’tirozi va bahonalariga qaram asdan,
yetaklab olib borib, foytunga o'tqizdi va, orqalarida 
yarog'li ot qorovul, ertalab yo'lga tushdilar.
Shaharda mingboshini eng yaxshi va obod samovarga 
tushirdi.
— Boplab nonushta qiling, xo'jayin, choy iching. 
Tom osha qilib turing. Men tezda kelaman! — dedi.
Yana foytunga o'tirib ketdi.
124


M ingboshi qaym oqlar va shirm on no n lar bilan 
nonushta qilarkan, shaharga nima uchun kelganini bilol- 
masdan boshi aylanardi. 0 ‘yladi, o ‘yladi, oxiri: «Bir 
qaltis ish chiqib qolganga o ‘xshaydi. Bo'lmasa buncha 
shoshilinch kelmas edik. Bu Miryoqub bir ishni o ‘yla- 
masdan qilmaydi», degan qarorga keldi.
So‘ngra yana o ‘ylashda davom etdi.
«Shu qironlarning bir-biri bilan urushgani yom on 
b o ‘ldi... Ko‘p odam qirildi, deydi noyib to ‘ra. Mening 
mirzam Sokolov ham daraksiz ketdi. U ch oydan beri 
daragi yo‘q. Yurt ham, samovarday asta-asta qaynab 
yotibdi. Bir toshadi bu! Yomon toshadi lekin. Odam - 
larning yuziga qarasam, o ‘ris-musulm on hammasining 
ko‘zi bejo... «yutaman», deydi. Qimm atchilik borgan sari 
avj olyapti. Shunday oq poshshoning xazinasi qoqlanib 
qoldimikin? Oq poshsho mening gapimga kirsa, yurt 
bersa berardiki, tezroq yarash qilib odam lam i tinchitardi. 
Allaqaylardagi yurtlarni, deb boshini qazoga tutadimi 
kishi...»
Bu o ‘ylar mingboshining miyasiga birinchi kelayotgan 
o ‘ylar edi. U bunaqa narsalarni o ‘ylab o'rgangan odam 
emas. Faqat yurt orasida har xil gaplar yuradi. Hamma 
amaldorlarni, shu qatorda mingboshilarni ham urushga 
jo ‘natarmish, deydilar. H am m a yurtni poezdga solib, 
Germaniyaga qarshi haydarmish, degan gaplar eshitiladi. 
Bu gaplar mingboshiga ta ’sirsiz qolmaydi. Mingboshi 
ham «zam ona oxir» b o ‘lishiga ishonadi emasm i? 
«Zamona, chinakam oxirga yetgan b o is a kerak», deb 
o ‘ylaydi: «Yo‘l ochiq b o ‘lsa, hajga ketardim», deb qo‘ya- 
di. Yana orqasidan: «Yo‘l ochiq vaqtida qayda edim? 
Tavfiqni ham ju d a kechikib berayotir xudovandi 
karim...», deydi o ‘z -o ‘ziga.
0 ‘ylanib o ‘tirib, ustunga suyanganicha uxlab qoldi. 
K o'zini ochgan vaqtida Miryoqub tepasiga kelib, «Qani, 
yuring, xo‘jayin!» deb turardi.
Bu safar M iryoqubning o ‘z foytuni emas, kirakash 
izvosh bilan yangi shahar qismida bir qavatli eskiroq bi- 
noning shiyponli zinasi oldida to ‘xtadilar. Mingboshi 
xursand bo ‘lib kuldi, bu joy unga tanish edi.
— Qani, yuring, xo‘jayin!
125


— Qishloqda aytsang bo'lm asm idi? Xuddi zinasining 
tagiga olib kelguncha hech narsa demaysan.
— M en sizni yom on yo‘lga boshlaym anmi, x o '­
jayin? — dedi Miryoqub va kuldi.
Mingboshi ham m a’lum kulishi bilan kulib, eski ga- 
pini takror qildi:
— Obbo, betavfiq-ey!
S haharning buzuqlik ila nom chiqargan m ashhur 
nom erlaridan biri edi. Bu nom erga keladigan kishilar 
faqat ayshu ishrat uchungina to'xtalardilar. Shu uchun u 
bir xonali ayrim uylardan iborat b o ‘lib, yarim qorong'i uy- 
chalarda bir kart, ikki-uch eski kursi, bir ovqat stoli va bir 
jovonchadan boshqa hech narsa bo‘lmasdi. Odam ning 
hayvonlik hirslari avj olgan vaqtda har narsadan go'zal 
ko‘rinadigan bu xonalarga u hirslardan ozoda bo'lib kir- 
gan odam ni d a’fatan belgisiz bir qo'rquv hissi bosardi. U 
xil hirslardan ozod bo‘lish bilan ko'pda maqtanolm aydi- 
gan bizning mingboshiday odam ham burun bir necha 
m arta kelgan vaqtida kutilgan xotinlar kirguncha, deraza 
oldiga borib — iflos va quruq sahnning xunuk manzarasi- 
ga tikilar va shu yerdan tezroq chiqib ketgisi kelardi.
Bu d a f’a mingboshi xona ichiga kirganidan keyin o ‘z 
ko'zlariga ishonolmadi. Xonalar yaxshilab tozalangan, 
devorlarga har xil gullarning va yalang'och xotinlarning 
suratlari osilgan, devorda likkagini o ‘ynatib, katta bir 
soat chiqillam oqda, kunduz bo'lishiga qaram asdan, 
xulyorangli1 qalpoq ostida yorug‘ fonarlar yonib turadi. 
Qatorasiga ikki xona, ikkovini bir-biriga ulaydigan eshik- 
lar katta ochiq... birinchi uy ikkinchidan kengroq, unda 
katta bir stol, oppoq dasturxon yopilgan, usti to ‘la har xil 
ovqat, shirinlik va ichkiliklar... Ovqatlar orasida yasama 
gullar... Yerda chiroylik bir gilam. Kursilar — yangi va 
toza. Bir chekkada oynali, kattakon kiyim jovoni, uning 
ketida oppoq choyshab va qo‘sh parquv bolishli kart... 
Kart oldida — yerda poyandoz gilamcha. Narigi uyda 
oppoq choyshabli bitta kart, qo‘sh parquv bolish, bitta 
jovoncha — boshqa narsa yo'q. Faqat bunda ham kart 
oldida poyandoz gilamcha... H ar uyning fonari boshqa
1 X ulyorang — p u sh tu p an g .
126


rang bersa ham, ranglar hammasi odam ning hirsini qitiq- 
laydigan allaqanday sirli va g‘alati... Devordagi yalan- 
g ‘och xotinning oppoq va tekis tanlari depsinib turgan- 
day, xuddi joni borday jozib... Kulimsiragan ko‘zlari 
yuqoriga tom on bir oz kerila tushgan qilday ingichka 
qoshlari... havas va o'ynashning choparlari! Ko'kraklari 
olmaday kichkina va tarang...
Mingboshi kirgan ham on xursandligini ochiq bildirib 
kuldi va Miryoqubning yelkasiga qoqib turib, dedi:
— 0 ‘lma, betavfiq! Boplabsan!
— Kamarni yeching, xo'jayin, — dedi Miryoqub, — 
ikkala uy sizniki. H ech narsani o ‘ylamang. Yeng, iching, 
kayf qiling. Sassiq so'fining nozli qizi axir bir kun shay- 
tonlashlardan charchay-di. Qachon bo‘lsa ham u sizniki! 
U ni o'ylam ang sira, undan qolishmaydiganlar bor bu 
yerda.
Shu yerda mingboshi shodligidan b o ‘lsamikin ochil- 
moqchi va ko‘nglidagi bir sirni Miryoqubga ochm oqchi 
bo'ldi:
— Bilasanmi, Miryoqub? Men u qizga qiz deb, xotin 
deb talabgor bo‘lsam ekan...
Miryoqub ko‘zlarini keng ochdi va mingboshining 
yoniga kelib o ‘tirdi.
— N im a deysiz, xo‘jayin? N im a, nima? «Eski og'iz- 
dan yangi so‘z?»
— 0 ‘zim ham hayronm an. Ashulasini eshitsam
bo'ldi, deyman o 'z ko‘nglimda. Ashulasiga, ovoziga 
ishqim bor, unaqa itlik yo‘q...
— Obbo! Itlik yo'q! Sizda-a? E tavba...
— N on ursin agar...
Miryoqub irg'ib o'rnidan turdi:
— Bo'pti bo'lmasa! — dedi u. — Itlikni shu yerda 
qoldirib, uning yoniga odam bo'lib qaytasiz. U nda qiz 
sizniki! Bo'ldi, xo'jayin! M ana bu yer har qancha itlik 
qilsangiz ko'taradi...
Shu topda o'zining negadir «odamlasha boshlagani» 
to'g'risida o'ylab ketib, Miryoqubning so'ng so'zlarini 
eshitmagan bo'lsa, mingboshini ayblash kerak emas. Bu 
qabih odam so'ng vaqtlarda o'zining o'zi ekaniga ham 
uncha ishonib yetolmaydi.
127


— M en bir aylanib kelaman, xo'jayin.
— Qayerga bormoqchisan?
— S o'ram ang, xo'jayin. Siz ayshingizga qarang. 
Hamma itlikni shu yerga ko'm ish kerak-a! Bilasizmi? 
Kerak bo'lsa, o'zingiz bilasiz, m ana tugma, shuni bosila- 
di. U yoqdan odam kirganda, tortinm ay buyura bering, 
ham ma narsa bor...
Chiqa boshladi. So'ngra eshik oldidan yana orqasiga 
qaytdi.
— X o'jayin, — dedi unga to m o n egilib. — 
Hammasiga bir stakandan quyib berasiz. U ndan keyin 
bittasini tanlab yoningizga olasiz. Boshqalari chiqib keta­
di... Tartib shu!
— Bittasiga ko'zim to'ym asa-chi?
— U yog'ini o'zingiz bilasiz. Itlik ham toza joyida 
ekan, xo'jayin!
U yerdan chiqib, Miryoqub nom er egasining o 'z uyi­
ga kirdi. Xo'jayin o ‘n bitta xotinni uning oldidan — 
yasov tortdirib to 'rt m artadan o'tkazdi. Qiziq: Miryoqub 
birinchi safarda ularning yuzlariga qaradi. Ikkinchi, 
uchinchi va to 'rtin chi safarda faqat yurishlariga nazar 
soldi. So'ngra yettinchisini ko'rsatib turib, dedi:
— Mening nomerimga yubor. Men kelguncha jilmas- 
dan o'tirsin. Birovga ko'rsatm a! Ha! V anna bor-a? 
Vannaga tushirtir. 

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin