Shukurullo mardonov umida zokirova


 Badiiy merosi asosida pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

10.2. Badiiy merosi asosida pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik 
tarbiyalash, uning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash - bu pedagog 
kadrlarni o‘qitish va tarbiyalashga zamonaviy talablar darajasida bajari-
ladigan davlat ijtimoiy-pedagogik buyurtmasidir. Bo‘lajak o‘qituv-
chilarni ota-bobolarimizning muhim badiiy merosi asosida ma’naviy-
estetik tarbiyalash muammosini hal qilishda, avvalo, zarur bo‘lgan 
“tushunchalar makoni”ni aniqlashtirib olish kerak: “ma’naviyat”, 
“ma’naviy-estetik tarbiya”, “badiiy meros”, “badiiy qadriyat”, “milliy-
badiiy qadriyatlar”, “estetiklik”, “estetik qadriyat”, “estetik tarbiya”, 
“estetik madaniyat”.
Ushbu kategoriyalar mohiyatini zamonaviy ta’lim siyosati va tad-
qiqot kontekstida aniqlashtirib: “ma’naviyat”, “badiiy qadriyatlar aso-
sida ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “o‘zbek xalqining badiiy merosi 
asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “bo‘lajak o‘qituvchilarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash” tushunchalarini shakllantiramiz; tadqiqot 
konsepsiyasini ifodalaymiz; pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida 
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasi ko‘rsatkichlarini 
ishlab chiqamiz; pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak 


157
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashga tizimli yonlashuv; 
shuningdek, pedagogik kadrlarni milliy-badiiy meros asosida ma’naviy-
estetik tarbiyalashda ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlaymiz.
“Qisqacha pedagogik lug‘atda” (-M .: GTI, 2005) “Ma’naviyat” 
deganda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) umuminsoniy va milliy aha-
miyatga ega bo‘lgan, eng yuqori qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayo-
nida shakllangan, yuqori intellektual, axloqiy va hissiy-irodaviy 
rivojlanishni ko‘rsatuvchi tizim, ijodiy (o‘quv) faoliyatiga qodir shaxs; 
2) shaxsni rivojlantirish va o‘zini o‘zi tartibga solishning eng yuqori 
darajasi, uning asosini insoniy qadriyatlar tashkil qidadi; 3)... insonning 
Olloh bilan uchrashishga bo‘lgan eng yuqori intilishlari [148, 42]. 
“Insonning ma’naviy hayoti - bu faol faoliyat jarayonida insonning 
axloqiy, intellektual-estetik ehtiyojlari va qiziqishlarini rivojlantir-ish, 
shakllantirish va qondirishdir” [149, 43].
Ma’naviy ta’lim umuminsoniy ma’naviyatga erishishga qaratilgan. 
Ma’naviy-estetik tarbiyalash. Biz ushbu tushunchani yuqoridagi qayd 
etilgan nazariyalar asosida shakllantiramiz. Bizning nazarimizda 
ma’naviy-estetik tarbiyalash - estetik tarbiyaning ajralmas qismidir. 
Bu tabiatda, hayotda, san’atdagi yuqori estetik hodisalarning qayta 
shakllantirilishi natijasida paydo bo‘lgan estetik hissiyotlar, qiziqishlar, 
bilimlar, ehtiyojlar, intellektual, estetik-ijodiy rivojlanish, shakl-lanish 
va qanoatlanish jarayonlaridir. Insonning ma’naviy-estetik fazilatlarini, 
birinchi navbatda, milliy-badiiy xazina “abadiy qadriyatlar”ni ifoda 
etuvchi milliy-badiiy merosda shakllantirishdir.
Tadqiqotlarimiz quyida muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan 
“tushunchalar makoni”da: “abadiy qadriyatlar”, “badiiy qadriyat”, 
“badiiy meros” va “milliy-badiiy meros” kabilar ko‘rib chiqiladi. 
Badiiy qadriyatlar asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash – bu este-
tik hisni (tuyg‘uni) shakllantirish, rivojlantirish, qanoatlantirish jarayo-
ni (san’atning yuqori darajadagi badiiy asarining emotsional-hissiy 
idrok etilishi), bu badiiy-estetik bilim, tushuncha va g‘oyalarga, 
badiiy asarga qadriyatli munosabat (baddiy asarni o‘rganish, mulohaza 
qilish, tushinish), bu jarayonga intellektual-ijodiy yondashish, paydo 
bo‘lgan badiiy-estetik bilimlarni ko‘rsatish, badiiy asarga munosabatni 
shakllantirish, shaxsning badiiy-estetik sifatlarini shakllantirishdir. 
Ma’naviy-estetik tarbiyalashning badiiy merosga asoslanishi - bu 
o‘tmishdagi odamlarni badiiy madaniyati bilan tanishtirish jarayonida 


158
“abadiy badiiy qadriyatlar” namunalariga, shu jumladan, haqiqiy este-
tika va yuqori badiiy ijod namunalariga hamda xalq ijodiyoti – folklor 
namunalariga tayanish tushuniladi. 
Shuningdek, asarni hissiy idrok etish bilan estetik hissiyotlarni 
(hayrat, quvonch, zavq, mamnunlik, ma’naviy farovonlik) rivojlantirish, 
shakl lantirish va qondirish jarayoni; intellektual-ijodiy darajadagi 
g‘oya viy va badiiy tushunchasini, badiiy-estetik xususiyatlarini bilish, 
unga bo‘lgan hissiy va qadriyatli munosabatini aniqlash jarayo nida 
intellektual-kognitiv qobiliyat; qabul qilingan badiiy-estetik taas-
surotlarni, bilimlarni, tushuncha va g‘oyalarni o‘zida aks ettirish, 
qobiliyat (ma’naviy, ijodiy, kommunikativ, ma’rifiy va boshqalar) 
orqali ma’naviy-estetik salohiyat va badiiy qadriyat to‘g‘risidagi 
mantiqiy-analitik mulohaza, shaxsning ma’naviy-estetik fazilatlarini 
shakllantirishni taqozo qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash umumiy ta’lim tizimida, gumanitar va 
pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida sodir bo‘ladi, unga o‘zbek 
xalqining yuksak badiiy “abadiy qadriyatlari”, milliy o‘ziga xosligi, 
umumbashariy, milliy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi hamda ma’naviy-
estetik tarbiyalash manbai sifatida qaraladi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda o‘zbek xalqi 
va ajdodlarining o‘tmishdagi badiiy madaniyati – “abadiy milliy-badiiy 
qadriyatlar”i namunalaridan foydalanish, shu jumladan, miniatyuralar, 
an’anaviy me’morchilik, bezak san’ati, “kitob bezatish, folklor, 
she’riyati” - Bobur, Mashrab, Nadira, Berdaxlarning she’riyatlari, ota-
bobolarimiz san’atining yuksak ma’naviy-estetik, estetik-ma’rifiy qad-
riyatlari, kuchli salohiyati va yorqin milliy koloriti bilan tanishtirish 
jarayonlari tushuniladi. Bu jarayon:
- hissiyotlarni shakllantirish - estetik (hayratlanish, quvonch, zavq-
lanish, mamnuniyat, ma’naviy farovonlik), milliy g‘urur tuyg‘usi, 
milliy o‘zlikni anglash (san’at asarlarini hissiy-idrok etish bilan);
- o‘zbek xalqining badiiy merosining ko‘plab “abadiy qadriyatlari” 
asarlarini - hissiy, intellektual-ijodiy, mantiqiy-kognitiv, badiiy-tahliliy 
(berilgan algoritmlarga muvofiq) idrok etish;
- o‘zbek xalqining boy milliy-madaniy merosi xazinasi asariga 
o‘zining hissiy-estetik va qadriyatli munosabatni aniqlash;
- kelajakdagi o‘quv-pedagogik amaliyotida o‘zbek xalqining badiiy 


159
merosidan olingan ma’naviy-estetik e’tiqodlar, motivlar, bilimlar, 
tushunchalar, g‘oyalar, taassurotlar, qobiliyatlar, ma’naviy-estetik 
salohiyatni “integratsiyalash”;
- o‘zining ma’naviy-estetik, kasbiy-shaxsiy rivojlanishiga ob’ektiv 
baho berish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik kamoloti, shu jumladan, 
milliy-badiiy merosning yuqori darajadagi kasbiy-shaxsiy rivojlanish 
omiliga bo‘lgan ehtiyojlarini faollashtirish.
Umumiy va milliy-madaniy bilimlar egallanmoqda, yuqori milliy 
fazilatlar, birinchi navbatda, ma’naviy-estetik tarbiyalovchi milliy-
ma’naviy tarbiya amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot konsepsiyasining asosiy pozitsiyasi. Zamonaviy ta’lim 
tizimida dolzarb va talabga javob beradigan ma’naviy-estetik, xususan, 
pedagogik tarbiyada, zarur:
- davlat ta’lim siyosati bilan bog‘liq zamonaviy umumiy metodologik 
qoidalarning aniq ta’rifi;
- zamonaviy matnda “ma’naviyat”, “ma’naviy-estetik tarbiya” tu-
shunchalarini oydinlashtirish;
- talabalarning yosh xususiyatlarini inobatga olish, shaxsning 
ma’naviy-estetik komponentining yaxlit rivojlanishi, kasbiy-shaxsiy 
shakllanishida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlash;
- pedagogik fanlari dasturlarini modifikatsiyalash va uning bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi imkoniyat-larini 
aniqlash;
- ishlab chiqilishi: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiya-
lashning umumiy pedagogik tizimi (pedagogika fanlarining fanlararo 
aloqalari darajasida)ni, o‘ziga xos mavzu (talabalarni o‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha materiallar tayyorlash) sini;
-o‘zbek xalqining milliy-estetik qadriyatlarga asoslangan boy badiiy 
merosidan bo‘lajak o‘qituvchilarning hissiy-estetik, intellektual-ijodiy, 
kasbiy-faoliyatli rivojlanishi hamda ma’naviy hayotining boyitilishini 
ta’minlaydigan yuqori darajadagi milliy-estetik qadriyatlarni tanlab 
olish orqali ularning estetik talablarni, rivojlanayotgan pedagogik 
faoliyatga qiziqishlarni shakllantirish va qonoatlantirish;
-bo‘lajak o‘qituvchilarning hissiy-estetik, intellektual-ijodiy, kasbiy-
faoliyatli rivojini ta’minlovchi o‘zbek xalqi badiiy merosidan yuksak 
milliy-estetik qadriyatlarni tanlash orqali ularning ma’naviy hayotini 


160
boyitish, ya’ni kelgusi pedagogik amaliyotida kerak bo‘ladigan estetik 
talablarini qandirish uchun amalga oshirish;
- o‘zbek xalqining ma’naviy-estetik merosini o‘rganish bo‘yicha 
ma’ruzalar mazmuni, ularning texnologiyalari, laboratoriya ishlari, 
amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarni aniq mavzular bo‘yicha ishlab 
chiqish (yuqori darajadagi badiiy qadriyatlar namunalaridan foydalangan 
holda);
- bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ishlab chi-
qilgan mezonlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga ma’naviy-este-
tik ta’sir ko‘rsatadigan sharoit va omillarni, samarali shakllar, maqbul 
usul va vositalarni aniqlash. Bunda bo‘lajak o‘qituvchining ma’naviy-
estetik qiyofasi takomillashadi, kadrlar tayyorlash sifati yaxshilanadi.
Muallif konsepsiyasining aniqlangan va shakllangan tushunchalari 
asosida davlat ta’lim siyosatining muayyan pozitsiyalari va qoidalari 
nuqtai nazaridan, milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarning 
ma’naviy rivojlanishi, pedagogik jarayonga tizimli yondashuvi 
asosida, uning eng muhim didaktik tamoyillari, talabalarning yoshini 
va maqomini hisobga olgan holda, ularning kasbiy-pedagogik tayyor-
garligi, kelajakda bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash 
imkoniyatlari (ularning dasturlarini biroz o‘zgartirgan holda), ma’naviy-
estetik tarbiyaning emotsional jihatdan ustuvorligi intellektual, 
intellektual-ijodiy va qadriyatli omillari, o‘z-o‘zini anglash va ijodiy, 
amaliy, kasbiy-pedagogik jihatdan o‘zini ifoda etish, ma’naviy-estetik 
o‘z-o‘zini tarbiyalash zarurligini anglash, bo‘lajak o‘qituvchilarning 
ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlarini, jadval va tarbiya tizimini 
ishlab chiqdik.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlari (Pedagogik fanlarni o‘rganish 
jarayonida):
1. Davlat ta’lim siyosati kontekstida ma’naviy-estetik rivojlanish 
zarurligini kasbiy-shaxsiy anglashi, idrok etishi.
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida zarur bo‘lgan kategoryalar, 
tushunchalar va g‘oyalar, bo‘lajak o‘qituvchini ma’naviy-estetik 
tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar. Pedagogik fanlarni o‘rganish 
jarayonida o‘zbek xalqining badiiy merosiga asoslangan ma’naviy-estetik 
tarbiyasi mazmuni, ushbu materialda ma’naviy-estetik rivojlanishning 
imkoniyati va kelajagi to‘g‘risida tushnchaga ega bo‘lishi.


161
3. O‘zbek xalqi badiiy merosining “abadiy qadriyatlari”, bu 
milliy g‘urur va umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi, ularning ulkan ma’naviy-estetik 
tarbiyaviy salohiyati to‘g‘risida tarixnavislik bilimlarga ega bo‘lish. 
4. Idrok - o‘zbek xalqining badiiy merosiga oid qator “abadiy 
qadriyatlar” bo‘yicha asarlarni o‘rganish: 1) hissiy-estetik fikrlash-
idrok qilish, anglash; 2) intellektual-ijodiy, badiiy-tahliliy darajada 
o‘qish (berilgan algoritmlarga muvofiq); 3) badiiy asarga bo‘lgan 
o‘zining munosabatini aniqlash: a) hissiy, b) qadriyatli, v) asarning 
kelajakdagi pedagogik faoliyatda foydalanish istiqbollariga kasbiy 
qarashlari (talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda). 
5. O‘zbek xalqining badiiy merosidan olingan ma’naviy-estetik 
e’ti qod lar, motivlar, bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar, taassurotlar, 
qobi liyatlar, ma’naviy-estetik, maorifiy-pedagogik salohiyatning kel-
gusi pedagogik o‘quv amaliyotidagi “integratsiyasi”, asarlarda: 1) 
metodologik; 2) tarixnavislik va san’atshunoslik mazmundagi; 3) idrok 
qilish. Va asarlar tahlili; 4) nazariy-pedagogik; 5) uslubiy. 6) o‘z = 
analitik (tahlilchi) , baholovchi (berilgan havola bo‘yicha).
6. Ma’naviy-estetik jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirishga bo‘lgan 
ehtiyoj: a) ajdodlarimizning badiiy merosi sohasida; b) o‘zbek xalqining 
badiiy madaniyati sohasida; v) boshqa xalqlarning badiiy merosi 
to‘g‘risida; g) kasbiy va shaxsiy hayotda.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni badiiy merosning yuksak namunalarida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash jadvalida quyidagi komponentlarni 
(qismlarni) ajratib ko‘rsatamiz: motivatsion-ta’kidlovchi, kelajakli-
mo‘ljalli, kategorial-tushunchaviy, tarxonavislik, o‘quv-anglash, badiiy-
tahliliy, ijodiy-namunaviy, o‘zini o‘zi takomillashtirish – bularning 
barchasi bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash asoslari 
tizimiga kiritilgan hamda pedagog kadrlarni tarbiyalashning kasbiy 
yo‘nalganligida hisobga olingan.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash tizimi. 
I. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik rivojlanish zaruratini 
ijtimoiy-shaxsiy va kabiy-pedagogik motivlar asosida tushunib etishlari. 
Kelgusida ma’naviy-estetik ishlar mazmunini, uning ma’naviy-estetik 
rivojlanishdagi imkoniyat va istiqbolini muhim kabiy-shaxsiy omil 
ekanini tushunib etishlari.


162
II. Kerakli tushunchaviy “makon”ni o‘zlashtirish.
III. Milliy g‘ururni ifoda etuvchi o‘zbek xalqining badiiy mada-
niyatining “abadiy qadriyatlari” haqida tarixiy bilimlar. Ular orasidan 
yuksak ma’naviy-estetik mazmundagi tarbiyaviy xususiyatga egalarini 
tanlash.
IV. O‘zbek xalqining badiiy merosin asarlarni hissiy idrok etish, 
anglash, ularni mantiqiy-tahliliy, badiiy-estetik o‘rganish va baholash 
(tavsiya etilgan ko‘rsatma asosida), ularga munosabati (hissiy-shaxsiy, 
ob’ektiv-qadriyatli).
V. Bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, 
malakalarning ma’naviy-estetik darajadagi pedagogik, uslubiy va 
boshqa ishlarda aks ettirilishi.
VI. Bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zining ma’naviy-estetik rivojlani-
shiga bo‘lgan bahosi (kasbiy-shaxsiy nuqtai nazardan).
VII. Bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zini ma’naviy-estetik takomillash-
tirishga bo‘lgan ehtiyojlari.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyalariga tizimli 
yondashuv pedagogika fanlarini o‘qitish modelida amalga oshiriladi:
Pedagogika tarixi
Pedagogika nazariyasi
Pedagogik mahorat
Ta’lim texnologiyasi
Izoh: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni 
ularning o‘zaro aloqalari, modifikatsiyalangan dasturlarga muvofiqligi 
pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida keltirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holada (“abadiy qadriyat” sanalmish 
o‘zbek xalqining ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid badiiy merosining 
zamo naviy kategorial-tushunchaviy apparati; bo‘lajak o‘qituvchilarni 
o‘zbek xalqining yuksak badiiy merosi obrazlarida ma’naviy-estetik 
tarbiya lash haqida; tadiqotning mualliflik konsepsiyasi; pedagogik 
fanlarni o‘rganish jarayonida zamonaviy pedagogik kadrlarni o‘zbek 
xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash mezon-
larining ishlab chiqilishi; pedagogik fanlar bo‘yicha o‘quv kurslarida 
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy qadriyatlari, boy 
madaniy merosi asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-estetik tarbiyalash 
tizimining xolisona asoslanishi), shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni 
tarbiyalashning metodologik asoslariga murojaat qilib, zamonaviy 


163
yoshlarning ma’naviyati, shaxsning ma’naviy rivojlanishi to‘g‘risidagi 
davlat ta’lim siyosati, pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik 
tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik ehtiyojari aniqlandi.
Birinchidan, bular quyidagi ijtimoiy-pedagogik shartlar: davlat 
ta’lim siyosatining tegishli qoidalari; O‘zbekiston Respublikasi birinchi 
pre zidenti I.A. Karimovning ma’naviyat, ma’naviy tarbiyaga oid 
asarlaridan tezislar; professor-o‘qituvchilar uchun kadrlar tayyorlash 
milliy dasturining talablari, xususan, ma’naviyat, talabalarning ma’na-
viy ma’rifatiga bo‘lgan ehtiyoji; ma’naviy-estetik tarbiyalashning 
kuchayishi va ta’lim tizimi, shu jumladan pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanadigan fanlar va ob’ektlarning rivojlanishi; davlat ta’lim 
siyosatida talabalarning tarbiyasi, ma’naviy tarbiyasiga, ayniqsa bo‘la-
jak o‘qituvchilar - yangi avlod o‘qituvchilarga - oliy o‘quv yurtla rida, 
e’tiborni kuchaytirish talabi; o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy mero-
sidan badiiy qadriyatlarga ustuvorlik berish – badiiy-estetik g‘oyalar, 
barkamol avlod badiiy-estetik g‘oyalar tashuvchisi, yoshlarni ma’naviy-
estetik tarbiyalash sohasida, ayniqsa milliy-ma’naviy fazilatlarni 
shakllantirish va rivojlantirishda foydalanilishi kerak bo‘lgan, ma’na-
viy-estetik potensiali, zamonaviy shaxsning fazilatlari, hissiy mada-
niyat, faol ijodiy tafakkur (ayniqsa estetik idrok etish jarayonida 
- anglash - tushunish - badiiy va tahliliy o‘rganish - asarni baholash 
- xalqning tarixiy-madaniy merosidan yuqori badiiy ijodni yaratish); 
estetik – ma’naviy - estetik ongni shakllantirishga bo‘lgan talab – 
“estetik boy dunyoqarash”ning asosi; o‘zbek xalqining ma’naviy-
este tik badiiy merosini bilish zaruriyati - boshqa xalqlarning badiiy, 
madaniy merosini muvaffaqiyatli rivojlantirish-ning kaliti; pedagogik 
kadr larni ma’naviy-estetik tarbiyalash - davlat, jamiyat, xalq ta’limi, 
o‘quv muassasalarining ijtimoiy-pedagogik buyurtmasi-dir.
Pedagogik kadrlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash uzoq davom etadigan ijtimoiy mohiyatga 
ega muammodir. Bu pedagogik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishi, 
ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini va, albatta, davlat ta’lim 
siyosati va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga 
yordam beradi. Yangi avlodning yuqori intellektual va ma’naviy boy 
o‘qituvchisi - yuqori milliy-ma’naviy va umumbashariy fazilatlarga ega, 
har tomonlama rivojlangan, ijtimoiy talabga ega shaxs tarbiyalanadi. 
Va buning kafolati - davlat ta’lim siyosati sanaladi.


164
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muammosini 
hal qilish, birinchi navbatda, shaxsning ma’naviyati va ma’naviy 
rivojlanishi bo‘yicha davlat ta’lim siyosatining “Ta’lim to‘g‘risida” 
gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, zamonaviy 
olimlarning ma’naviyat, ma’naviy tarbiya to‘g‘risidagi izlanishlari 
metodologik pozitsiyalari asosida ko‘rib chiqilishini talab qiladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini maqsadli o‘rganish zarur va 
uning asosida o‘rganilayotgan muammoni hal qilish uchun nazariy, 
metodologik va tashkiliy-pedagogik ko‘rsatmalarni aniqlash zarur.
Pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda badiiy meros 
muammosini uslubiy jihatdan ko‘rib chiqish, bo‘lajak o‘qituvchilarni 
o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik shartlarini aniqlash muhimdir.
Bir qator zaruriy mezon, tushuncha va atamalarni ko‘rib chiqish, 
ayniqsa: “ma’naviy-estetik tarbiyalash” kabi tushunchalarni 
shakllantirish muhim ahamiyatga ega. “Badiiy qadriyatlar asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zbek 
xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy va estetik tarbiyalash”.
Muallifning tadqiqot konsepsiyasi uslubiy jihatdan zarur - bo‘lajak 
o‘qituvchilar uchun o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-
estetik tarbiyalash mezonlari, jadvallari, tizimlarini (Pedagogika 
fanlarini o‘rganish jarayonida), shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning 
fanlararo tarbiyaviy modelini ishlab chiqish zarur.
Uslubiy materiallar asosida, kategorial-tushunchaviy apparat, o‘z-
bek xalqining madaniy-tarixiy merosidan olingan “abadiy badiiy 
qadriyatlar”ning ma’naviy-estetik potensiali, ishlab chiqilgan mezonlar, 
bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘rganilayotgan ilmiy tarbiya tizimi, o‘quv 
va intizom asosidagi jadvallar, o‘zbek xalqining badiiy merosi, bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik 
shart-sharoitlari - davlat, milliy mafkuraviy, ijtimoiy, tarbiyaviy, ijti-
moiy-pedagogik, kasbiy-pedagogik, aniq ma’rifiy, shaxsga yo‘nal-
tirilgan, ma’naviy jihatdan talabchan, estetik jihatdan muhim milliy 
xususiyatlari aniqlangan.
Davlat ta’lim siyosati darajasida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-
estetik tarbiyalashning metodologik asoslari, pedagogik kadrlar uchun 
ishlab chiqilgan ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlari, talabalarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash jadval va pedagogik tizimi, pedagogik 
kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning metodologik, nazariy, 


165
uslubiy va nazariy asoslarining muammoni muvaffaqiyatli hal qilish 
uchun zarur shart-sharoitlardir.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin