Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1111
w www.oriens.uz June 2022 Aleksandrovnaning o‘limidan keyin nashr etilgan "Kar va soqovlarning maktabgacha
ta'limi" monografiyasi shaklida tuzilgan.
Bundan tashqari Deana Hughes, Gary L. Sapp, and Maxie P. Kohlerlar
”Eshitish qobiliyati zaif bolalarni intellektual baholash masalalari” bo‘yicha
monografiya yozdilar. Eshitish qobiliyati zaif bolalarni baholash bir qator holatlarga
to‘la muammolar ya’ni haqiqiy baholash choralarining yo‘qligi, noto‘g‘ri
nazariyalar ,taxminlar, kognitiv jarayonlarning ishlashi to‘g‘risida bilimlarning
etishmasligi kabi xusuiyatlarni o‘rganishdi. Ushbu monografiya muammolar va
eshitish qobiliyati zaif bolalar bilan olib borilgan tadqiqotni tavsiflaydi. Tekshirish
uchun ushbu masalalar, Universal Nonverbal Intelligence Testidan foydalanishgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI Eshitishda nuqsoni bor bolalarning intelektini o‘rganish uchun bir qancha
metodlardan foydalaniladi."Ravenning progressiv matritsalari" - bu mahalliy
tadqiqotlarda keng qo‘llaniladigan test. Sinovning materiali mutlaqo og‘zaki
bo‘lmagan, batafsil ko‘rsatmalar talab qilinmaydi va test natijalarini qayta ishlash
juda oddiy. Shuning uchun ham ushbu testdan karlarning og‘zaki bo‘lmagan
fikrlashini mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda diagnostika qilish uchun ko‘p
foydalaniladi.Ushbu tadqiqotda muhokama qilinadigan testning rangli versiyasi 12 ta
vazifaning uchta seriyasini o‘z ichiga oladi, ularning qiyinchilik darajasi asta-sekin
o‘sib boradi.
V N. L. Belopolskayaning "Yo‘qolgan ob'ektlar" (G. I. Rossolimo
metodologiyasining modifikatsiyasi), bu bolaning kundalik hayotda xabardorlik
darajasini baholashga imkon beradi. Texnika - bu bolalarga tanish bo‘lgan
vaziyatlarni (o‘g‘il bola qo‘llarini yuvadi, qiz chizadi) tasvirlaydigan rasmlar
to‘plamidir, lekin har bir rasmda tasvirlangan vaziyatda zarur bo‘lgan ob'ekt mavjud
emas. Bola o‘sha kerakli obyekt nimaligini topsihi kerak.. Mustaqil javob berish
qiyin bo‘lgan taqdirda, bolaga barcha etishmayotgan narsalarni ko‘rsatadigan
variantlar taklif etiladi va u ulardan ushbu vaziyatga tegishlisini tanlashi mumkin.