Ma’ruza: 20.Suvdagi sport turlarining fiziologik tasnifi.
Reja:
1.Suzishning fiziologik tasnifi
2.Suzuvchilarda somatik va vegetativ uzgarishlari
2.Kayikchilikning fiziologik tasnifi.
SUV ORGANIZMNING YASHASH MUXITIDIR.Suzish sportning ommaviy turi bulib, odam salomatligini yaxshilaydi.ayniksa usatgan organizmning jismonan bakuvat bulishida katta axamiyatga ega. Suv muxiti organizm salomatligini yaxshilash bilan, uning turli omillarga, jumladan kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Suzish odam uchun xos bulmagan muxit-suv muxitida bajariladi. Suvning zichligi dengiz satxi bilan teng balandlikka xavo zichligiga nisbatan 760 marta kup bulib kishining xarakatlanishiga kuchli karshilik kursatadi. SHuning uchun xam suzish tezligi yugurish tezligigia nisbatan ancha kam buladi. Masalan, suzuvchi 49-50 soniyada 100m masofani suzib utadi, ya’ni bir soniyada 2 m. masofaga suzadi. YUguruvchi esa 100 m masofani 10 soniyada utadi, ya’ni bir soniyada 10 m. masofani utadi. bundan tashkari suvdagi kishini 3 m/s. tezlik bilan tortiladigan bulsa, suzuvchida yokimsiz sezgi yuzaga keladi. Suvdagi kishini 10 m/s tezlik bilan tortilganda kishi unga arang chidaydi, undan yukori tezlikka dosh berolmaydi. Bundau tezlik bilan tortilishda suvning karshiligi dengiz satxi bilan teng tekislikda soatiga 624 km. tezlik bilan xarakatlanishdagi xavo karshiligiga barobar buladi. D.Frayer suv ostida sinaluvchilarni 10 m/s, tezlik bilan sentrifuga aydantirgan. Bunda teri ostiga kon kuyilishi, yaxshi boglab kuyilmagan buginlar boylamlarining chuzilishi va xatto kishilar engining buzilishi xolatlarini kuzatgan.
Suvning solishtirma ogirligi 1.0 g/sm2 ga barobar. Kishi suvga tushganida gavdasini sikib chikargan suvi mikdroiga teng vaznni yukotadi. Arximed konuniga asosan 80 kg vaznli kishi suvga tushganda 1.5 kg vazniga ega buladi, ya’ni gipogravitatsiya sharoitida buladi.shuni aytish kerakki kishining suvdagi vazni albatta suvning solishtirma ogirligiga karab uzgaradi. Bu jixatdan degiz suvi, chuchuk suvga nisbatan kuprok solishtirma ogirlikka ega. SHuning uchun xam chuchuk suv xavzvlaridagiga nisbatan dengiz suvida vazni yana xam kamrok buladi.
Suzishda suvning issiklik sigimi va issiklik utkazishi kabi xususiyatlari xam muxim axamiyatga ega. Suvning issiklik sigimi xavoga nisbatan 5 marta, issiklikni utkazish esa 28.7 marta kup buladi. SHuning uchun xam kishi tanasidan issiklik yukotilishi xavoga nisbatan suvda ancha tez boradi. Kishi tanasidagi issiklik zaxirasi urtacha xisobda 2008 kkal ga teng.SHu sababli xarorati + 40 s bulgan xavo muxitidan kishi 8 soatdan ortik tura oladi. SHunday xaroratli suv muxitida esa kishi taxminan 2 soatdan keyin xalok buladi.
XARAKAT APPARATI FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI. Suzuvchining xarakat faoliyatiga suvning zichligi katta ta’sir kursatadi. Suzishda gavdaning gorizantal xolatda bulishi organizm sistemalari ishiga ma’lum ta’sir kursatadi. Xarakat siklining turli fazalarida suvning gavda gavda xarakatiga karshiligi xar xil buladi.Suzish bilan shugillanishda kuriklikda orttirilgan xarakat shakillari butunlay uzgariladi, xarakatni boshkarish kaytadan kuriladi. Suzishga urganishda erdagi xarakat reflikslari ishlanadi.kuriklikdagi gavdaning tik xolatda xarakatlanishi suvda gorizantal xolatda surilish bilan almashtiriladi. Bunda xarakat erga depsinish urniga suvga depsinish orkali buladi.
Suzuvchilar muskullarini yukori darajda ixtiyoriy bushashtirish kobiliyatiga ega buladilar, chunki suv muxitida muskullar tonusi keskin pasayadi.
122
Suzida tananing xamma asosiy muskullari ishga tortiladi. Erkin usul bilan suzishda, chalkancha va batterflyay usuli bilan suzishda kul muskullari va elka kamari muskullari xarakatlanish kuchining 70% ini beradi, brass usuli bilan suzishda esa asosiy ishni oyoklar bajaradi. suzIsh jismoniy mashklarning foziologik tasnifi buyicha asosan siklik dinamik ishdan iborat bulib, undan kushimcha atsiklik xarakatlar-orkaga tashlanish bilan, burilishlar bilan kuzatiladi.
Suzish utiladigan masofaga karab xar xil kavvatda bajariladi: 25.50 m.masofaga suzish maksimal kuvvat bilan, 100, 200 va400 m ga suzish submaksimal kuvvat bilan va undan ortik masofalarga suzish urtacha kuvvatda amalga oshiriladi.
E.Iokl va P.Iokl suzish va yugurish buyicha 100 m masofani utishda jaxon rekordlarini takkoslab yukoridagi konuniyatni belgilaganlar 1500 m masofani yugurib utishda 100 m masofani utishdagi tezlikka nisbatan tezlik urtacha xisobda 30% ga kamayadi.,400 m.ni suzib utishda esa xarakat tezligi 10% ga kamayadi. 5000 m ga yugurish va 1500 m ga suzishda esa 100 m yugurish va suzishdagi tezlik 37% va17% ga kamayadi.
SHu sababli E.Iyukl va P.Iokl xozirgi vaktda odam organizmi imkoniyatlarining suzishdagi chegaralarini belgilash juda kiyin deb kursatadi. Bu suzish buyicha rekordlarning borgan sari ortib borishi bilan tasdiklanadi.
SENSOR SISTEMALAR FUNKSIYASINING TAKOMILLASHISHI. Sport faoliyatida sensor sistemalar yoki analizatorlar fuksiyasi muxim axamiyatga ega. Suv muxiti kishining kurish va eshitish kobiliyatini pasaytiradi. Odam suv ostida bulganida xamma narsalarni xira kuradi, xatto suv juda tinik va yaxshi yoritilgan bulsa xam anik predmetlarni anik kurish mumkin emas. Bunga sabab yoruglik nurlari suv tomonidan sindirilishi kuzning shox pardasi yoruglik nurlarini sindirishga yakinligidir. Maxsus maska yoki kuzoynaklar takish kuz bilan suv urtasida xavo katlamini xosil kiladi va anik kurishni ta’minlaydi. Lekin bunday xolatda suzuvchining kurish masofasi suvning tinikligiga va yoritilganlik darajasiga karab xar xil buladi.
Suzishda fazani chamalash fakat kurish orkali buladi. Suv xavzalarida suzuvchi kishi xavza tagidagi ok chizik va xavzada yullarni ajratib turuvchi suzgichlar, xavzv devori buyicha chamalaydi. Ochik suvlarda-dngiz, daryo, kul suvlarida suzishda kirgok, suv yuzidagi narsalarga karab chamalaydi.
Suv muxitida kishi kuruklikdagi singari bosim ostida bulmaganidan vestibulyar apparatning ishi juda engillashadi, chunki gipogravitatsiya xolatida otolitlar suzuvchi xujayralarning tuklariga kam ta’sir kursatadi. Teridagi taktil va xarorat retseptorlari kuchli ta’sirlanadi. Suzishni mashk kilish natijasida kishi unga kunikadi, ya’ni adaptatsiya kiladi. Odatda suzuvchilar terisining sezuvchangligi yukori buladi(sezish pogonasi 2 voltdan kam).
Suzish bilan muntazam shugillanishda suzuvchida «suv sezgisi» yuzaga keladi.bu xolat taktil(teri sezgisi), xarorat bosim, vestibulyar, proprioretseptiv retseptorlarning ta’sirlanish natijasi bulib yukori malakali suzuvchi «suv sezgisi» orkali suvning xarorati, bosimi, suzishda suvning karshilik darajasi kabi omillarning juda kam uzgarishlarini xam seza oladi va ularga mos xolatda suzish xarakatlarini uzgartiradi. Suzuvchi suvning karshiligini aniklash bilan kanday tezlikda suzayotganini bila oladi. Bunda teri sezgisi asosiy axamiyatga ega. Bugim va paylardagi retseptorlar (proprioretseptorlar) ta’sirlanishi tufayli suzuvchi suzish xarakatlarida kanday kuch bilan suvga tayanayotgani ki depsinayotganini aniklaydi. Ma’lumki suzishning krol usulida, (kulochkashlab suzishda) boshning ung va chap tomonlarga chaykalishi buladi. Bunday xolat vestibulyar sensor sistema funksiyasini takomillashishiga, vestibulyar apparatning bosh chaykalishlarga chinikishiga olib keladi. sUzuvchining vestibulyar aparati yaxshi chinikmagan bulsa , ayniksa krol usuli
123
bilan suzishda bosh aylanish, yurak-tomir ishining uzgarishi, xarakat kordinatsiyasining buzilishi kabi xolatlar yuzaga kelib,.. baxtsiz xodisaga (chukishga) olib borishi mumkin. Vestibulyar riyaksiyaning yuzaga kelishi suzish bilan yangi shugullanuvchilarda kulokka suv kirishi natijasida ayniksa kuchli bulishi mumkin.
Proprioretseptorlar suzishga suvning karshiligi, kul oyoklarning suvga ttayanish darajasi, suzida kul-oyoklar xolatining uzgarishi va tayorlanish xarakatlarining bajarilishi, tanaga nisbatan boshning xolati va xakozalar xakida markaziy nerv sistemasiga axborat beradi.
Kon tomirlar devoridagi xemoretseptorlar konning kislorod va karbanat angidridi bilan tuyinganligi xakida axborat beradi. Kon riaksiyasi uzgarishida gipoksemiya kuchayishida (konda kislorod mikdorining kamayishi) sportchi borgan sari kuchayib borayotgan ogirlikni xis kiladi. Suzish bilan muntazam shugillanish organizmning kon reaksiyasi uzgargan xolatda, uning kislorod bilan tuyinishi pasaygan (75-80%) xolatda xam shiddatli bajara oladigan kobiliyatga ega bulishini ta’minlaydi, ya’ni suzuvchida gipoksemiyaga chidamlilik ortadi. (5-rasm).
Suzish bilan shugillanish vegatativ orgonlar funksiyasi ishida kator uzgarishlarni yuzaga keltiradi. Vegatativ orgonlar funksiyasi suzish xarakatlariga moslashadi, rivojlanadi va takomillashadi.
SUZISHDA NAFAS OLISH FUNKSIYASINING XUSUSIYATLARI. Suzish vaktida nafas olish kuruklikdagi jismoniy mashklarni bajarishdagi nafas olishdan ancha kiyin buladi. SHu sababli suzish bilan shugillanishda nafas olishni boshkarish kaytadan shakllanadi. Ma’lumki suzishda kishining boshi xamma vakt xam suv yuzasida bulmasdan, u ma’lum vakt suvdan kutariladi. Masalan krol va brass usullari bilan suzishda kishining yuzi, batterflyay usuli bilan suzishda esa boshi vakti-vakti bilan suvga botadi. SHunning uchun suzuvchi boshi suvdan kutarilgan davrdagina nafas olishga moslashishi kerak, yuzi yoki boshi suvdaligida u nafasni ushlab turishi zarur buladi. Suzish bilan yangi shugillana boshlagan suzuvchilarda nafas sikli 4 ta boskichdan iborat buladi: nafas olish, keyin nafasni ushlash, nafas chikarish va nafas olmay turish. Malakali suzuvchilarda esa nafas sikli 3 ta boskichdan iborat buladi: nafas olish, nafasni ushlash va nafasni chikarish. Nafas olgandan keyin nafasni ushlab turish kullar bilan suvni tortish va itarish kuchini oshiradi, chunki kukrak kafasi xarakatlanmay turganida elka kamari muskullarining kiskarishi kuchli buladi. 0,9 m/s tezlik bilan suzishda nafas sikli urtacha xisobda 2,15 soniyani tashkil etadi, bunda nafas va nafas chikarish muddatlari taxminan teng buladi. Suzish tezligi 1.7 m/s gacha ortganda nafas siklining muddati 1.08 soniyaga tenglashadi, bunda nafas olish muddati urtacha xisobda 0.3 soniyani tashkil etadi, nafas chikarish muddati –0.6 soniyaga barobar buladi. Xar bir nafas olishda suzuvchining upkasiga kirdigan xavao mikdori yuguruvchi, changichi yoki eshkakchining oladigan nafas xavosidan kam bulmaydi. 0.3 soniya davomida suzuvchi 2-3 litr xavo olishga ulguradi (G.I.Kov).
Maksimal tezlik bilan suzishda (1.67-1.9 m/s) nafas olish soni 55-60 marta bulib, u suzish xarakatlarining sikli soniga teng buladi.
Nafasning dakikalik xajmi (NDX) suzish tezligi ortishiga karab orta boradi. 1.5-1.7 m/s tezlik bilan suzishda nafasning dakikalik xajmi 120 l/dak.ni tashkil etadi. (Folkner,1967). Suv muxitidagi ishni bajarishga xos xususiyachtlaridan biri suvning karshiligini 12,5-15 g/sm2 engish uchun nafas muskullarining kushimcha ish bajarishidir.
Nafasning funksional imkoniyatlari buyicha suzuvchilar sportning boshka turi vakillariga nisbatan birinchi urinni egallaydilar. Suzuvchilarda upkaning
tiriklik sigmi sportchining malakasi ortgan sari kupayib boradi. G.I.Kurenkov dalilariga kura 15 yoshdan katta sportchi yigitlarda upkaning tiriklik sigimi 2 razriyadlilar 5300 + 661 ml, 1-razryadli sportchilarda 5800 + 680 ml., sport ustalarida 6055 + 410 ml.ni tashkil etadi.
1-razryadli sportchilarda va sport ustalarida upkaning maksimal ventiyasiyasi 210.9 +11 l/dak.gacha boradi, bu urtacha kursatkichdan diyarli ikki marta kup. Suzuvchilarda nafas olish maksimal tezligining urtacha kursatkichrakamlari 1 razryadli va sport ustalarida 8.15 + 0.52 l/s, nafas chikarish tezligi 6.15 + 0.41 l/s. ga barobar. Bu kursatkichlar buyicha suzuvchilar , suv osti suzuvchilaridan tashkari sport vakillaridan yukori turadilar.
YUkori malakali suzuchilarda kiska masofalarga suzish jarayonida, alviola xavosi tarkibidagi karbonat angidridni mikdori diyarli uzgarmaydi, past malakali suzuvchilarda esa bunday masofalarga suzishdan keyin ayniksa mashk kilish jarayonlarining oxirida alveola xavosi tarkibida korbanat angidridi konsetratsiyasi mikdori keskin ortadi.
YURAK-TOMIR ISHINING XUSUSIYATLARI. Suzishda yurak-tomir ishi uziga xos xususiyatlarga ega. Suzuvchining gavdvsi gorizantal xolatda bulishi sababli gavdv muskullari doyimo taranglangan bulmay, ritmik kiskaradi. Gavdaning gorizantal xolatda bulishi yurak ishini ancha engillashtiradi, konning yurakka kaytishi osonlashadi. Natijada yurakning sitolik kon bosimining biroz ortishiga olib keladi. SHunday kilib suzish bilan shugillanish kon aylanish orgonlari ayniksa yurak ishining rivojlanishini ta’minlaydi. Suzish bilan kup yil shugillangan suzuvchilarda bradikardiya kuzatiladi, yani yurakning bir dakikada kiskarish soni 45-55 atrofida buladi. Lekin suzish kon aylanish orgonlariga yukori talab kuyadi.ayniksa musobakalarda yukori tezlik bilan suzishda yurakning bir dakikadagi kiskarish soni 180-200 martaga etadi. Suzish vaktida chukur nafas olinishi va kuchli nafas chikarilishi tereferiya kon bilan tulishini kamaytiradi, kukrak kafasi orgonlaridagi kon tomirlarining kon bilan tulishi kuchaytiriladi.
Suzish bilan muntazam shugillanish yurakning tuzilishida xam uzgarishlarni yuzaga keltiradi. Uning bushliklari kengayadi, devori kalinlashadi. V.L.Karpman, S.CH.Xrushchev, YU.A.Borisovalar (1978) ning telerentgen tekshirishlariga kura sezuvchilarda yurak xajmi ancha kattalashadi. Suzuvchi kishilarda yurakning urtacha xajmi 1065 sm, ayollarda esa 730 sm3 ga barobar, bu sport bilan shugillanmaydigan kishilardagiga nisbatan 25% kup demakdir. YUrak bushliklarining xajmi yurakning funksional zaxirasini chegarasini belgilaydi, ya’ni yurak bushligining xajmi kancha kup bulsa, konning zaxirasi xajmi shunchalik ortik buladi, jismoniy ish bajarishda (miokard kishkarishi yaxshi bulgan xolatlarda) konning dakikalik xajmi shunchalik kup buladi. Jismoniy ish bajarishda yurak kanchalik kup kon xaydasa kon aylanishining kislorod tashuvchi apparatining ish samarasi shunchalik yukori buladi, vakt birligida upkadan tukimalarga tashilayotgan kislorod mikdori ortadi, natijada organizmning ish kobiliyati yukori buladi.
YUrak xajmining ortishi uzgaruvchang xodisa bulib, mashk kilish ishlarining kamayishi sportchining yuragi xajmining kichrayishiga olib keladi.
YUkorida kursatilganidek suzuvchilarda yurak muskulining rivojlanishi, ya’ni miokard gipertrofiyasi kon aylanish doiralarida kon bosimining ortishi okibatidan yuzaga keladi. YUrakning chap korinchasi muskullarining rivojlanishi katta kon aylanish doirasidagi, ung korincha muskullarining rivojlanishi kichik kon aylanish doirasida kon bosimini ortishi bilan boglik deb karaladi. Sportning boshka turi buyicha siklik ish bajaradigan sportchilarga nisbatan suzuvchilarda yurakning ung korinchasi muskullarning rivojlanishi kuprok uchraydi. Bu xodisa suzuvchilarning suzish vaktidagi kuchanishlar bilan boglik. Tekshirishlar shuni kursatadiki yurakning ung korinchasi muskullarning rivojlanishi katta chap korinchaga nisbatan kuchlirok ifodalangan buladi (L.G.SHaginyan, 1979).
Nisbiy tinch xolatda suzuvchilar yuragi ancha tejamlm ishlaydi. YUkori malakali suzuvchilarda bu jarayon konning periferik karshiligining ortishi, tomirlar tonusining kutarilishi, konning sistolik va dakikalik kamayishi bilan amalga oshadi.
Suzuvchilarda xam sportning boshka turlari vakillaridagiga uxshash start oldidan yurak urish sonining ortishi yuzaga keladi. Bevosita start oldida yurakning kiskarish soni dakikasiga 97-148 martaga etadi. Start boshlanganidan keyin yurak urish soni orta borib turgun xolatga utadi, yani ishga kirishish buladi. Masofani maksimal kuvvat bilan suzib utishda yurak urish soni start boshlanish davridagiga nisbatan 18-30% ga kupayadi. Masalan,1500 m.masofani kulochkashlab suzib utishda yurakning kiskarish soni 1 dakikasida 180-190 martaga etadi. Musobakalarda yaxshi tayyorlangan suzuvchi yuragining ish unimi tinch xolatdagiga nisbatan 6-7 marta ortadi, uning bir dakikada chikargan kon mikdori 30-35 l.ni tashkil etadi. Ishlayotgan muskullarni kon bilan ta’minlashda konning dakikalik xajmi ortishi bilan bir katorda konning kayta taksimlanishi muxim rol uynaydi. Suzuvchilarda veloergometrda ish bajarish tavsiya etilgan sharpoitlarda tekshirishlar oyoklarga nisbatan kuldagi kon tomirlarda kon okimining kup bulishini kursatadi, yuguruvchilarda va changichilarda esa aksincha.
Suzuvchilarning tinch xolatida arteriya kon bosimi fiziologik me’er chegarasida buladi, ya’ni 126 + 2,7 va 73 + 21 mm.s.u. suzish jarayonida yurakning urish soni dakikasiga 138 bulganida maksimal kon bosimi 221 mm.s.u.gacha, urtacha bosimi 174 mm.s.u.gacha, minimal bosim 136 mm.s.u.gacha kutarilishi aniklangan. Bu xolatda urtacha bosim bilan minimal bosim kutarilishi uziga dikkatni jalb etadi. Bizning fikrimizga kura bu bu konning kayta taksimlanishi bilan boglik bulsa kerak.
KISLORODGA BULGAN TALAB VA SUZISHNI ENERGIYA BILAN TAMINLANISHI. Suzish jarayonida kislorodga bulgan talab suzish tezligiga boglik buladi. Kiska masofalarni oxirgi imkoniyatdagi tezlik bilan suzib utishda eng kup kislorod talab etiladi. Masalan, sport ustalari 50 m.masofani kulochkashlab suzib utishda E.A.SHirkovs dalillariga kura dakikasiga 30 l.dan ortik kislorod talab etilgan. Talab etiladigan kislorod mikdori suzish texnikasiga xam boglik. Birinchi razriyadli sportchilarda bir xildagi tezlik bilan suzishda sport ustalariga nisbatan kislorod talabi 14-28% ga ortik buladi.
Kislorodga bulgan talabni kondirilishida anaerob va aerob imkoniyatlar safarbar etiladi. Suzish bilan muntazam shugillanish aerob jarayonlarni oshiradi. ІІІ-razriyadli suzuvchilarda kislorodni maksimal uzlashtirish urtacha xisobda 2.93 l/dak..ni, ІІ-razriyadlilarda esa – 5.35 l/dak.ni tashkil etadi.
Organizmning aerob imkoniyatlari kislorod karzi bilan ifodalanadi. Sportchilarning malakasi ortgan sari kislorod karzining maksimal darajasi kutarilib boradi va urtacha xisobda u ІІІ-razriyadli sportchilarda 5.5 l.dan, sport ustalarida 2.0 l.gacha etadi. Kislorod karzining eng kup mikdori sprinterlarda buladi va u 14 l.dan ortadi.
E.A.SHirkovich va V.N.Kubatkin (1975) lar kislorod karzi maksimal kislorod uzlashtirishning 50-55% ini jismoniy chinikmaganlarda 40% ni tashkil etganida metobolik atsidoz yuzaga keladi deb kursatadilar. Nafas chikarishda organizmdan
karbonat angidridini ajratilishi konga sut kislotasi tushishi bilan boglik.
Anaerob yul bilan energiya xosil bulishi ish kuvvati ortgan sayin kupaya borib oxirgi darajaga etadi. Masalan 1200 kkal/kg/dak.energiya talab kiladigan kuvvatdagi ishdan 15% energiya aerob yul bilan xosil buladi, 21% ni alaktat yul bilan, 64% ni esa anaerob glikolitik yul bilan xosil buladi. SHuning uchun І-razriyadli va sport ustaligiga nomzod sprinterlarni xam, stayerlarni xam mashklantirish asosan aerob chidamlilikni rivojlantirishga yunaltirilgandir. Sport ustalari va xalkaro klassli sport ustalari anaerob chidamlilikni rivojlantirishga karatilgan buladi. (N.J.Bulgakova, 1980).
Suzish mashiklarida energiya sariflanishi suzish masofasining uzokligi va ishning kuvvatiga boglik buladi. Ish kuvvati kanchalik yukori bulsa vakt birligida sarflanadigan energiya xajmi shunchalik kup buladi. SHu bilan bir katorda energiya sarfi sportchining malakasiga xam boglik bulishini unutmaslik kerak.
AYIRUV JARAYONLARINING BORISHI. Suzishda organizmdan moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlarini chikarilishi asosan buyraklar orkali buladi. CHunki suvning issiklik sigimi xavoga nisbatan bir kancha ortik bulgani sababli tana xaroratini doimiy saklashda tanadan ortikcha issiklikni yukotish yuli bilan buladi va ter bezlarining funksiyasi rivojlanmaydi. Kuriklikdagi sport mashklarida organizmdan moddalar almashinuvining ancha yukori axamiyatga ega buladi. Suzishda siydik tarkibida sut kislotasining mikdori 720 mg% gacha etishi mumkin. Suzishda buyraklarning kon bilan ta’minlanishining kamayishi organizmdan keraksiz moddalarning buyraklar orkali chikarilishining ortishi buyrak epiteliyasining utkazuvchanligi uzgarishiga sabab buladi. Natijada suzishdan keyin suzuvchilarning siydigi tarkibida 0.16% dan 3-4% gacha oksil topiladi. Bunday xodisa ayniksa kiska va urta masofalarni suzib utishdan, ya’ni yukori shiddatli suzish mashiklaridan keyin kuzatiladi.
SUZUVCHILARDA JISMONIY SIFATLARNING TAKOMILLASHISHI. Sport mashiklari bilan shugillanish kuch, tezkorlik, umumiy va maxsus chidamlilik xamda egiluvchanglikni rivojlantiradi.
100 va 200 m masofalarni yukori natija bilan suzib utish maxsus chidamlilikni va maxsus kuch imkoniyatlarini talab etadi. 400 m masofani suzib utishda esa umumiy va maxsus chidamlilik asosiy axamiyatga ega buladi, 1500 m masofani suzib utishda umumiy chidamlilik birinchi urinni egallaydi.
Xarakat sifatlari-kuch, tezkorlik, chidamlilik va egiluvchanglik maxsus vositalar yordamida rivojlantiriladi, ularni baxolashda umumiy kabul kilingan testlardan foydalaniladi.
Umumiy chidamlilik, ya’ni ishni uzok vakt davomida berilgan kuvvat bilan bajarish organizmning xarakat apparati va vegatativ sistemalarining imkoniyati bilan boglik buladi.vegatativ sistemalar uz vaktida kerakli mikdordagi kislorod bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Umumiy chidamlilik organizmning aerob imkoniyatlari bilan jips boglangani sababli uni maksimal kislorod uzlashtirish darajasi buyicha baxolanadi.adabiyotlardagi umumiy dalillarga suyangan xolda aytish mumkinki, suzishda yukori natijaga erishish dakikasiga 5 l.va undan ortik kislorod uzlashtiradigan shaxslarda kuzatiladi. Maksimal kislorod uzlashtirish 9MKU)ning nisbiy mikdori, ya’ni 1 kg vaznga tugri keladigan kislorod mikdori suzishda uz kiymatini yukotadi, chunki suzuvchi sportning kuriklikda bajariladigan turlarining vakillariga uxshash erni tortish kuchini xis etmaydi, suzuvchi gipogravitatsiya sharoitida ish bajaradi.
Arteriya konida kislorod bosimining kuchli pasayishi bian bir vaktda karbonatangidridi bosimining ortishi umumiy chidamlilikning kursatkichidir. Bu «nafas» sinovi va shu bilan bir vaktda arteriya konning kislorod bilan tuyinishini kayd etish orkali baxolanishi mumkin.
Suzuvchilarning umumiy chidamliligini baxolash uchun RWC170 testi (V.L.Karpman va boshkalar) kuper testi kullanadi. RWC170 malakali suzuvchilarda urtacha xisobda 1558 kgm/dak. (1716-1873 kgm/dak..)ni tashkil etadi..
Suzuvchilardagi maxsus chidamlilik V.N.Platonov, V.M.Sench (1975) buyicha turtta omil bilan shartlangan. Ulardan birinchi va ikkinchi anaerob yul orkali energiya bilan ta’minlovchi sistemalar imkoniyati bilan belgilanadi: uchunchi tukimilarning kislorod uzlashtirish darajasi bilan va turtinchisi-suzish jarayonida suzuvchilarning tezkorlik va kuch imkoniyatlarinidan tugri foydalanish kobiliyati bilan belgilanadi. Suzuvchilarning funksional imkoniyatlarini baxolashda ancha katta xajmdagi ishlar kullash kerak buladi. Bunda berilayotgan ish suzuvchilarning mashk kilish va musobaka faoliyatiga yakin bulishini nazarda tutish, shunga xarakat kilish kerak. Masalan, 100 m masofaga suzishni mashk kilayotgan suzuvchilarda 75 m masofani maksimal tezlik bilan suzib utishni beriladi. SHunday usul bilan ularning maxsus chidamliligi baxolanadi. M.YA.Nabatnikova dalillariga kura suzuvchilardagi umumiy va maxsus chidamlilikning tugirlash koeffiitsienti ІІ-razriyadli suzuvchilar uchun 0.575, І-razriyadlilar uchun 0.777, sport ustalari uchun 0.803 ni tashkil etadi, ya’ni jismoniy chinikish darajasi ortgan sari maxsus va umumiy chidamlilikning uzaro boglanishi xam ortib boradi.
SUZISHNING USAYOTGAN ORGANIZMGA TA’SIRI. Sportning «kuriklikdagi» siklik turlariga nisbatan suzish usmirlar va yoshlarning yukori sport natijalariga erishishi uchun juda kup omillarga ega.gipogravitatsiya sharoitlarida ishlashda fazoda gavda xolatini ushlash va erning tortish kuchini engish uchun kam energiya sarflanadi. SHu bilan birga suzish nafas va kon aylanish sistemalariga nixoyatda yukori talab kuyadi.
Suzishda bolalar va usmirlarning yukori imkoniyatlari suzuvchilar ishning biomexanik va fiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Biomexaniklar gavdaning ogirlik markazi tana xajmining markaziga teng bulishi kupincha bolalarda gavdaning gorizantal xolatda ushlanishini engillashtiradi deb xisoblaydilar. Tekshirishlarga kura urtacha xisob bilan suzish buyicha sport ustalari normalarini, kizlar 14-15 yoshida (12-18yoshgacha), yigitlar 16-18 yoshida (12-25yoshgacha) bajaradilar, xalkaro klassdagi sporpt ustalari normativlarini kizlar urtacha xisobda 17,5 yoshda, yigitlar 19 yoshida bajaradilar.
Sportcha suzish bilan shugillanish yosh suzuvchilar organizmining rivojlanishiga katta ta’sir kursatadi. Urtacha dalillarga kura 9-12 yoshli suzuvchi bolalarning buyi ularning suzish bilan shugillanmaydigan tengdoshlariga karaganda 7,5-8,5 sm, 13-14 yoshlilarda 11,5 sm.ga, 15-16 yoshlilarda 7,5-8,5 sm.ga ortik buladi. 9-13 yoshli suzuvchi kizlar uzlarining tengdoshlariga nisbatan 7,0-8,5 sm., 14-16 yoshlilar-4.0-5.0 sm.baland buladilar. Yil davomida gavda vazning ortishi 13-14 yoshli suzuvchi bolalarda sport bilan shugillanmaydiganlarga nisbatan ancha kup, kizlarda esa bir muncha kamrok ortik buladi. YOsh suzuvchilarning muskul kuchi (kulning kisish kuchi, gavdaning tiklanish kuchi) xam sport bilan shugillanmaydigan tengdoshlariga nisbatan ancha ortik buladi.
Suzishning xar kanday turi bilan shugillanish ma’lum darajada organizmning jismoniy rivojlangan bulishini talab kiladi. 100 va 200 m.masofaga kulochkashlab suzishda organizm ayniksa jismoniy rivojlangan bulishi mumkin. 1500 m masofaga suzish natijalari jismoniy rivojlanish bilan bevosita boglik buladi. Suzish
bilan shugillanadigan usmirlarda vegatativ sistemalarning zaxiralari ancha ortgan buladi.
Suzuvchi yoshlarning nafas muskullari kuchi sport bilan shugillanmaydigan tengdoshlariga nisbatan ancha yukori. 12 yoshli suzuvchi-bolalar upkasining tiriklik sigimi sport bilan shugillanmaydigan katta yoshli ayollarning upkasi tiriklik sigimiga barobar bulib taxminan 2200 ml.ni tashkil etadi. Ular 16 yoshga kirganida upkasining tiriklik sigimi katta yoshli erkaklarning upkasi tiriklik sigimiga tenglashadi (4200 ml.).
YOsh kattalashgan sari yurakning rivojlanishi bir tekis bulmay kichik maktab yoshidagi bolalarda yurakning ogirligi va xajmi sekin ortadi. Bolagat yoshiga etganda yurakning rivojlanishi keskin ortadi, keyin esa yana nisbatan sekinlashadi. YUrakning rivojlanishi buyicha suzuvchi usmirlar (kizlar va bolalar) sport bilan shugillanmaydigan tengdoshlariga nisbatan ustun turadilar. 15 yoshga kirishdayok yukori malakali suzuvchilarda yuragi sport bilan shugillanmaydigan katta kishilar yuragiga tenglashadi. Suzuvchilarda yurak ancha tejamli ishlaydi, bu parasimpatik nerv markazlarining tonusi kuchayishi bilan boglik buladi. YUrakning vakt birligidagi kiskarish soni ancha sezilarli kamayadi.
13-14 yoshdagi yukori razriyadli uch yildan ortik suzish bilan shugillangan suzuvchilar yuragi yukori darajada zaxiralarga ega buladi. Ogir jismoniy ishlarni bajarishda konning dakikalik xajmi 30-35 l.gacha ortadi.
Bolalik va yoshlik davrlarda yukori natijalarga erishish tayorlanishni erta boshlash va bolalar organizmi rivojlanishining akseleratsiyasi okibati buladi.
KAYIKCHILIKNING FIZIOLOGIK TA’SNIFI
Kayikchilik sporti kayiklarning turiga karab akademik, baydarka va kanoe kayikchiligiga bulinadi. Steriotip siklik xarakat lardan iborat bulgan sportning bu turida submaksimal va katta kuvvatli ish bajariladi. Kayikchilik bilan muntazam shugillanish tezkorlik, kuch sifatlarini xamda chidamlilikni rivojlantiradi. Kayikchilar uchun kuch , upkaning tiriklik sigimi va jismoniy ish kobiliyatining yukori kursatgichlari xos buladi.
Jismoniy rivojlanish. Kayikchilik sportchilar gavdasining morfologik tuzilishiga ma’lum talablar kuyadi. Ayniksa sportchining buyi va vazni dikkatni jalp etadi. Ma’lumki dunyoning va Uzbekistonning eng kuchli kayikchilari buyi balandligi va vazni kattaligi bilan ajraladi. P.M.Voronov (1975) akademik kayikchilikka natijada xammalardan kup kishining buyi, kuloch kengligi, oyoklarining uzunligi ta’sir kursatadi. Ishini aniklagan kayikchining buyi 245 sm va undan kup, kulochi 200 sm va undan ortik, utirgan xolatda buyi 193 sm va undan baland, oyoklarining uzunligi 120 sm va undan kup bulishi kerak.
Baydarka va kanoe kayikchilikda kulochning uzunligi birinchi urinda turadi. Kuloch kengligi buyidan 8-12 sm uzun kayikchi a’lo darajadagi baydarkachi va kanoechi bulishi mumkin deb xisoblanadi. (N.A.Xromiy, 1973).
Xarakat apparati. Kayikchilikda eshkak eshish xarakatlari sikllarining kismlari zanjir reflekslar shaklida uzaro boglik buladi, bundan oldingi refleksning tugashi keyingisining yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Eshkak eshishda suvning karshiligini engish ancha kuchlanish bilan boglik. Asosiy ish elka kamari, kullar, oyoklar, orka va korin muskullariga tugri keladi. Akademik kayikchilarda esa oyok muskullari xammadan kup kuchlanadi. Kayikchilikda chinikishning orta borishi muskullarning kuzgaluvchangligi va labilligini oshiradi, bu muskullarning xronaksiyasi kamayadi, muskullarning maksimal kuchlanishi va kiskarish ampilitudasi ortadi. Kayikchilar anaerob va aerob sharoitlarga ishlashga moslashadi.
Muskullarni kislarod bilan ta’minlashda muskuldagi kon tomirlari kapillyarlar soni muxim omil xisoblanadi. Uzok muddat mashk bilan shugillanish dam olayotgan yoki passif kapillyarlarini ishga tortadi va mashk kilganlarning kengligini oshiradi. Masalan, stayer-kayikchilarda (baydarka va kanoe) mashk kiladigan muskullardagi napillyarlar soni 2-2,5 marta kupayadi, ayrim kapillyarlar urtasida boglanish esa 3-3,5 marta ortadi. SHu sababli tukima bilan kon urtasidagi boglanish ancha uzok davom etadi va tukima kup mikdorda kislorod oladi.
Eshkak eshishdagi asimmetrik xarakatlar baydarka va kanoe, shuning dek akdemik turlardagi kayikchilikda umurtka pogonasining kiyshayishiga olib keladi.
Analizatorlar. Kayikchilik bilan shugillanish xarakat , kurish, vestibulyar, taktil va eshitish analizatorlarining funksiyasini takomillashtiradi. Kurish ekaklarning suvdagi xarakatini va sheriklarinikayiklarini tancha anik nazorat kiladi. Bu kuzning kurish maydoni kengayishiga olib keladi. Vestibulyar sensor sistema eshkak eshish vaktida gavda muvozanatini saklashni takomillashtiradi.
Komandali kayikchilikda eshitish analizatorlarining axamiyati ortadi. Kayikchilik mashgulotlar jarayonida taktil va xarakat sensor sistemalarining funksisini takomillashish natijasida xarakatning boshkarilishini tugriligini aniklash borgan sari engillashadi.
Kon- kayikchilik bilan shugillanisheritrotsitlar soni va gemoglobin mikdorini kupaytiradi. Eritrotsitlar soni (1 mm3 konida) 5,8-6,2 mln.gacha, gemoglobin mikdori 100-102% gacha ortadi. Musobakalardan keyin leykotsitlar soni kupayadi, u akademik kayikchilarda 1 mm3 da 12000-14--- gacha, baydarkachilarda va kanoechilarda 10000 m masofaga eshkak eshishda 28000-29000 gacha boradi. Musobakadan keyin mg% va undan kup baydarkachi va kanoechilarda 100-120 mg% gacha boradi. Eshkak eshish shiddatining ortishi simpatik-adrenal sistema faollashishiga olib keladi, bu konda katexolaminlar kupayishi bilan kuzatiladi. (A.L.Goroxov, 1971).
Kayikchilik musobakalaridan keyin kon reaksiyasi kupincha kislotali tomonga siljiydi, konning ishkor zaxirasi 30-32 ml gacha pasayadi, (tinch xolatda 50-70 ml buladi). Eshkak eshish buyicha musobaka kupincha konning kislorodga tuyinishining pasayishi bilan kuzatiladi.
Kon aylanish. YUkori malakali kayikchilarda musobakadan oldingi davrda yurakning bir dakikadagi kiskarish soni 42048 bulib, 49-59 bulsa konikarli, 60 va undan kup bulsa passiv baxolanadi. Razminkadan keyin puls dakikasiga 140-170 ga etadi. Start chizigida turishda 120, start signali berilish oldida 133 buladi. Eshkak eshish davrida bajariladigan ishga karab tezlashadi. Dakikasiga 18-24 marta eshkak eshishda pul’s 1 dakikada 150 gacha, dakikasiga 30 marta va undan kup eshishda 160-180 gacha va undan kupga etadi. (N.V.Morshevinov 1974). Musobakadan keyin pulsning normaga kaytishi 30-60 dakika va undan kup vakt talab etadi. Tinch xolatda kayikchilardagi konning sistolik va minutlik xajmi sport bilan shugillanmaydiganlardagiga nisbatan kam buladi. «Akademikchilar»da konning sitolik xajmi urtacha xisobda 67 ml, baydarkachilarda 60 ml.konning minutlik xajmi «akademikchilar»da 4,66; baydarkachilarda 3,04 ml ni tashkil etadi.bu xodisa yukori malakali kayikchilar yuragining tejamli ishlashi bilan tushuntiriladi. Tomirlarda kon xarakatining sekinlashishi kapillyar tomirlardagi konning tukima bilan boglanish muddatini oshiradi. Bu arteriolalarni torayishi bilan kuzatilib, kam kon utishiga karamay tukima kup kislorod uzlashtiradi.
Uzok muddatli mashk kilish faol muskullarning kapillyarlari sonini 2-2,5 marta, kapillyarlarni tutashishini 3-3,5 marta ortishiga olib keladi. Bu kon bilan tukima alokasini oshiradi.
Muntazam mashk kilishda arteriya kon bosimi pasayadi. Bevosita eshkak eshishdan
keyin maksimal kon bosimi 180-200 mm.s.u.gacha va undan kupga etadi.
Nafas va energiya almashinuvi. Kayikchilarning tinch xolatida 1 dakikadagi nafas soni 5-6 martagacha pasayib, nafas chukurligi , 1,6 l.gacha ortadi. Eshkak eshish paytida «akademikchilar»da 1 dakikadagi nafas soni urtacha xisobda 43, baydarkachilarda dakikasiga 50 marta buladi. Masofa davomida nafasning uzgarilishi kuriladi. Nafas chikarish kuchi 240 mm s.u.ga, nafas olish kuchi-140 mm s.u.ga teng buladi. Nafas chikargandan keyinnafasni ushlash vakti 40-45 sek.ga etadi.
Eshkak eshishning utirgan xolatda bajarilishi diafragmali nafas olishni kiyinlashtiradi, kullarning va elka kamarlarining ancha kuchlanishi esa kukrak orkali nafas olishini ogirlashtiradi. Bu xolatlar nafas muskullarini rivojlantiradi. Upkaning tiriklik sigimi buyicha kayikchilar sportning boshka turlari ichida birinchi urinni egallaydilar. Kuchli baydarkachilarda UTS urtacha xisobda 6,4 l, kanoechilarda-60 l, «akademikchi»larda-70 l va undan ortik buladi.malakali kayikchilarda upka ventilyasiyasi musobaka ishlarida 120-150 l/dak.ni, nafas chukurligi3 lni tashkil etadi. 1000, 2000, 10000 m masofaga eshkak eshishda kislorodga bulgan talab masofaga muvofik xolda, 35-40, 60, 120 l.ni tashkil etadi. Kislorod uzlashtirish 4,5 l/dak va undan ortik, kislorod karzi esa 15-20 l/dak.gacha, MKU 5-5,5 l/dak.buladi. eng yaxshi kayikchilarda MKU 1kg vaznga 75-82 ml ga teng.
Energiya sarfi.musobaka ishlarini bajarishda masofaga va kayik turiga karab energiya sarfi xar xil buladi. Baydarka va kanoe bilan 500 m masofani utishda 45-50 kkal, 1000 m masofani utishda 80-85 kkal, 10000 m masofani utshda-750 kkal sarflanadi.musobaka ishlarini bajarishdagi tezlik bilan eshkak eshishda akademik kayikchiligidagi 1 soatda 1 kg vaznga 10,9 kkal baydarka va kanoeda 11,64 va 12,5 kkal sarflanadi.takomillashmagan xarakat texnikasida nerv markazlarida irradiatsiya xodisasi ta’sirida ayni xarakat uchun ortikcha xarakat birliklari ishlashi sababli energiya sarfi ortadi. Xarakat akti texnikasining yaxshilanishi okibatida nerv sistemasida kuzgalishning konsentlanishi bilan ayni xarakatda ishtirok etmaydigan muskullar ishdan chetlatiladi. Bu energiya sarfining tejalishiga olib keladi.
Ayiruv funksiyalari. Kuchli terlash bilan kuzatiladigan mashk kilish ishlaridan keyin kayikchilarda siydikning solishtirma ogirligi ortadi, reaksiyasi nordonlashadi. Kayikchilarning 40 foizi siydigida 1% gacha oksil buladi. Mashk kilish ta’sirida vazn kamayadi. 10 km masofaga eshkak eshishda kayikchilar 2 kg gacha vazn yukotadi.
Foydalinilgan asosiy adabiyotlar:
1.Sport fiziologiyasi. I.G. Azimov.SH.S. Sobitov.Tashkent 1993
2.Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar I.G. Azimov, A.K. Xamrakulov, SH.S.Sobitov,Toshkent,»Ukituvchi» 1992.
Kushimchalari:
1.Fiziologiya cheloveka. Pod.obщ.red.prof. N.V. Zimkina, M. FiS 1975.
2.Sportivnaya fiziologiya. Pod red.prof. YA.M. Kotsa.M.,FiS, 1986.
3.Fiziologiya sporta. Farfel V.S. M.,FiS, 1960.
4.ProblemO‘ fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., FiS, 2003
131
Dostları ilə paylaş: |