Muzqaymoq Muzqaymoq qilish uchun quyidagilar xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi: sigir suti, qaymoq va sariyog‘, ho‘l meva va rezavor meva-lar, tovuq tuxumi va melanj, qand, ta’m beradigan, xushbo‘y hid beradigan moddalar va stablizatorlar (jelatin, bug‘doy uni va H. k.). Tayyorlab qo‘yilgan xom ashyodan retsepturaga binoan ara-lashma qilinadi, uni 85°S haroratda 5 min. davomida pasterizatsiya qilinadi, keyin sovitiladi, stabilizator qo‘shiladi, keyin aralashma suzib olinadi, gomogenizatsiya qilinadi, sovitiladi va yetiltirishga yuboriladi, keyin muzlatiladi va toblantiri-ladi.
Muzqaymoqning asosiy va havas bilan qilingan turlari bo‘-ladi.
Asosiy turlarga Sutli, Qaymoqli muzqaymoq va Plombirli muzqaymoq kiradi. 35, 10, 15% yog‘ va 33, 38 va 44% quruq modda bo‘ladi. Bu tur muzqaymoqlar qo‘shimchalar (Shokoladli, Kofeli, Krem-bryule va h; k.) qo‘shib yoki bularni qo‘shmasdan ham chiqari-' lishi mumkin. Ho‘l-rezavor mevali muzqaymoq ho‘l mevalardan, rezavor mevalardan qand va stabilizator qo‘shib tayyorlanadi!. Xushbo‘y muzqaymoq qand sharbati asosida xushbo‘y sirka va moy-lar (Limon moyi, Qulupnay moyi va b.) qo‘shib hosil qilinadi. Havasga qilingan muzqaymoq turlariga Sitrusli muzqaymoq, Me- " dok, Pingvin va h. k. kiradi.
Mazkur turga xos bo‘lmagan ta’m'i, begona hidi bor, konsistensiyam bir jinsli bo‘lmagan, yirik kristallari bor, o‘ralishi. kir yoki yirtiq muzqaymoqlarning sotuvga chiqishiga yo‘l qo‘yil-maydi.
Muzqaymoq 2°S dan ortiq bo‘lmagan haroratda kupi bilan 5 kun saqlanadi.
Foydalanilgan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
Foydalanilgan asosiy abiyotlar Mo‘minova M. Ovqat tayyotlash jarayoni.-T.: «Adabiyotlar jamg‘arasi» 2006.-600 b.
Mo‘minova M. Pazandachilik sirlari.-T.: «O‘qituvchi» 1995.-96 b.
Normaxmatov R. Oziq-ovqat tovarshunosligi.-T.: «Mehnat» 2004.-212 b.
Elmurodova S. R., Amonova Z. M. Pazandachilik texnologiyasi asoslari.- Buxoro. 2004.-227 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar Anifimova N.A., Tatarskaya L.L. Pazandachilik.-T.: «O‘qituvchi» 1996.-356 b.
Axrorov U., Vakil M. Taom tayyorlash texnologiyasi.-T.: «Sharq» 2004.-382 b.
Maxmudov K. Qiziqarli pazandachilik.-T.: «O‘qituvchi» 1995.-222 b.
Sodiqov L. Lazzatli taomlar.-T.: «O‘zbekiston» 1981.-212 b.