Sut va sut maxsulotlari texnologiyasi



Yüklə 1 Mb.
səhifə5/6
tarix26.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#197422
1   2   3   4   5   6
4 sutli konserva mahsulotlarini ozuqaviy qiymatini aniqlash

PISHLOQ TEXNOLOGIYASI:

  • Pishloq-azaldan ma’lum bo’lgan a’lo darajali sut mahsulotdir.Uning tarkibida 25% gacha oqsil,30% gacha sut yog’ 7,5% gacha mineral moddalar, vitaminlar mavjud.100 gr pishloqning energetik qiymati 250-400 kilokaloriyani tashkil etadi.Pishloq tarkibidagi 98,5% oqsil,96% yog’lar,97% uglevodlar organizmda oson hazm bo’ladi.Inson organizmi uchun juda zarur bo’gan moddalar,ya’ni mineral tuzlar,shu jumladan, kalsiy tuzlari pishloqda boshqa sut mahsulotlaridan ko’proq uchraydi.Pishloqning keng assortimenti islab chiqariladi.Pishloqlarni turlicha tasniflash qabul qilingan.Keng tarqalgan tasnif bo’yicha ularni shirdon pishloqlar,sut kislatali pishloqlar va qayta ishlangan pishloqlar sinflariga qabul qilingan. Bular o’z navbatida alohida hillar va guruhlarga bo’lingan.Shirdonli pishloqlar sinfiga qattiq shirdonli pishloqlar, yarim qattiq pishloqlar, yumshoq pishloqlar kiradi.Sut-achitqili pishloqlar sinfiga qisqa muddatda yetilgan va yangiligida iste’mol qilinadigan pishloqlar hamda uzoq muddat yetiltirilgan pishloqlar kiradi.Qayta ishlangan pishloqlar sinfiga hamma turdagi pishloqlarning qayta ishlanganlari kiradi.Tuzli eritmada yetiltirilgan pishloqlar tarkibida ko’p miqdorda (4-7%) tuz mavjudligi bilan boshqa pishloqlardan farqlanadi.Pishloqlar yog’liligi bo’yicha 50,45,va 30% li pishloqlarga bo’liladi.

XOMASHYONI TAYYORLASH:

Pishloq ishlab chiqarishda yog’liligi jihatidan ma’yorlashtirilgan sut va fermant asosiy xomashyo bo’lib xizmat qiladi.Keltirilgan sut-me’yorlashtiriladi va 72-65*C haroratda pasterizatsiyalanadi, 5-8*C haroratgacha sovitiladi va tayyorlangan sut ikki kungacha saqlab yetiltiriladi.Bunday kalsiy tuzlarining erishi oshadi,ya’ni kalsiy fasfatkoloidi erigan holga o’tadi.Sutni yetiltirish vaqtida sut qandini bijg’itib,sut kislatasi hosil qiladigan bakteriyalar rivojlanadi.Hosil bo’lgan sut kislatasi kalsiy gidrofosfatini eriydigan degidrofosfatlarga o’tishiga yordam beradi.Sutni yetiltirishda oqsillarning fermentativ parchalanishi sodir bo’ladi.Natijada sutda turli azotli birikmalar miqdori ko’payadi.Yetiltirishda sutning oksidlanish-qaytarilish ptensialining pasayishi kuzatiladi.Yetiltirish jarayonida sut tarkibi va holatining bunday o’zgarishlari pishloq sifatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.Shirdon fermenti qo’llanilganda sutning ivishi ancha ko’tariladi,tomizg’i mikroflorasining rivojlanishi faollashadi. Bu esa quyqaga me’yoriy ishlov berishni ta’minlaydi.Shirdon fermentini qo’llash.quyqadan zardobning tezroq ajralib chiqishi va kislatalilikning oshishiga olib keladi.Pishloqni ishlab chiqarish va uning yetilish jarayonlari tezlashadi.Yetilgan sutning kislotaliligi 20*T dan oshmasligi kerak.Sutni 72-74*T pasterizatsiyalash sutning ivishini qiyinlashtiradi.Buni shunday tushunish mumkinki, ivitish jarayonida hosil boladigan karbanat angidrid gazi ajralib chiqishi natijasida sutning kislataligi pasayadi va kalsiy tuzlari chokmaga.


Quyqa hosil qilish-Ferment sifatida shirdon fermanti, pepsin va sut kislotasi bakteriyalari ishlatiladi.Shirdon fermentning faolligi juda yuqori bo’ladi. 1 g shirdon kukuni 35*C haroratda 40 minut davomida 100 kg sutni ivitish mumkin. Shirdon fermentini tayyorlash uchun shirdon kukuni 85*C haroratda pasterizatsiyalanadi,filtrlanadi,40*C gacha sovitiladi va kislotaliligi 45-60*T bo’lgan zardobda eritiladi.Pepsin eritmasini tayyorlash quyidagicha olib boriladi:4 g pepsin kukuni aralashtiriladi va kislataliligi 150-180*T bo’lgan tiniq 100-150 sm3 zardobda eritiladi.So’ngra uy haroratida yoki termostatda 30*C haroratda 6 soat davomida saqlanadi. Pishloq ishlab chiqarishda fermentlardan tashqari sut kislatasi bakteriyalari han ishlatiladi.Bularga toza kulturali streptokokk va tayoqchlar kiradi.Ivishdan oldin sut aralashmasiga bakterial tomizg’I,kalsiy xlor eritmasi qo’shiladi.Sutni shirdon fermanti yordamida ivitilganda,kazeindan hosil bo’lgan parakazein tezda koagulatsiyalanadi, natijada,iviydi.Zardob oqsillari koagulatsiyalanmaydi va zardobga o’tadi.Shirdon fermenti ta’sirida sutning ivishi ikki bosqichda

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin