Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə63/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   203
majmua

SKLEROFITLAR. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar qurg‘oqchilikka chidamli, ko‘p yillik, barglari kuchli reduksiyalangan va tikanlarga aylangan. Ularga saksovul, yantoq, qandim, ispan droki, qizilcha, shuvoq , juzg‘un, efedra va boshqalar kiradi. Ularning tanasi va bargi dag‘al, qattiq bo‘lib, kalin kutikula bilan qoplangan. Og‘izchalarining maxsus chuqurchalarga joylanishi ularning o‘ziga xos belgilaridandir. Umuman, kseromorf belgilari ko‘p bo‘lib, transpiratsiyani kamaytirishga qaratilgan epidermisning yuzasida xar xil mumsimon moddalar ajratiladi. Ayrim o‘simliklarda (palma) mumsimon moddalarning qalinligi 5 mm.gacha bo‘ladi. Qalin kutikula, mumsimon moddalar va tuklar suv bug‘latishni pasaytiradi. Ayrim o‘simliklar bargining ustki tomonida og‘izchalar joylashgan. YOz oylari juda issiq bo‘ladigan jazirama cho‘llarda yashaydigan o‘simliklar (saksovul, ispan droki, juzg‘un kabi butalar) barglarining reduksiyasi ular uchun xususiyatlidir. Bu o‘simliklarning barglari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi yoki baxorda to‘kilib ketadi. Fotosintez vazifasini asosan ularning poyalari bajaradi. Poyalari yog‘ochlangan, hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori, suvni nixoyatda tejab sarflaydi, yozni tinim xolatida o‘tkazadi.Bularga juzgun, astragallar va boshkalar misol bo‘ladi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin