Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə19/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

Ishning bajarilishi. Ishni bajarish uchun 50 g silpvinit yoki tarkibida 12,5% KCl va 18,5% NaCl bo`lgan eritma tayyorlanadi. Tuzlar aralashmasi 250 ml.li issiqqa chidamli stakanga solinib, aralashtiriladi va issiqlik o`lchagich o`rnatiladi. Qaynash haroratigacha qizdirilgan eritma tarkibidagi cho`kma issiq holatda tezlik bilan Byuxner voronkasida suv nasosi yordamida filtrlab olinadi. Filtrda qaynoq cho`kma qaytadan stakanga solinadi, filtrat esa xona haroratigacha sovitiladi, cho`kmaga tushgan kaliy xlorid filtrab olinadi va stakandagi cho`kma motochnqy eritma bilan qayta ishlanadi. Bu jarayonni 2-3 marta takrorlab, shundan so`ng qoldiq va filtratda hosil bo`lgan cho`kma quritiladi, tortiladi, so`ngra dastlabki xlorning va kaliyning umumiy miqdori topiladi. Keyin bu ma`lumotlar asosida har bir komponentning miqdorini topish mumkin.
Perxlorat usulda kaliy xlorid miqdorini topish. Dastlabki ya`ni issiq holdagi eritmadan cho`kma (NaCl) ajratib olingach, analitik tarozida 3 - 5 gr tortib olinib (probka bilan berkitilmaydigan kichik byuksda), distillangan suv bilan yuvib, 250 ml sig`imdagi kolbaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Pipetka yordamida 25 ml olinadi, 7-10 sm diametrli forfor chashkaga solinib, 4-5 ml perxlorat kislotadan qo`shiladi. Keyin chashkani suv hammomida shisha tayoqcha yordamida doimiy aralashtirish orqali bug`latiladi, keyin bug`latish eritma to qiyomsimon holga kelguncha (perxlorat kislotani qo`yuq bug`lari hosil bo`lguncha) 350ºC dan yuqori bo`lmagan haroratda qum hammomida qizdiriladi, bug`latiladi.
Bir vaqtda shisha filtr tigel (№4 li) suv va etil spirtida toza yuvilib, 120-130ºC haroratda doimiy og`irlikka kelguncha quritiladi.
Forfor chashka xona haroratigacha sovutilib, 95% dan kam bo`lmagan 10 ml spirt-rektifikatda shisha tayoqcha yordamida tarkibidagi cho`kma yuviladi va dekantasiya usulida tortilgan filtrda filtrlab olinadi. Bu jarayonni yana takrorlab, qolgan cho`kma kaliy perxloratning spirtdagi to`yingan eritmasi bilan tozalanadi.
Filtrdagi cho`kma ham xuddi shu eritmada yuviladi, oxirida esa 10 ml toza spirtda yuvib olinadi. Bunda sarf bo`ladigan yuvuvchi suyuqlikning umumiy hajmi 50-60 ml bo`lishi kerak.
Yuvilgan filtr cho`kmasi bilan quritish shkafida 120-130ºC haroratda doimiy og`irlikka kelguncha qizdiriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin