Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan


Olingan natijalarni qayta ishlash



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə20/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

Olingan natijalarni qayta ishlash:
Kaliy xloridning umumiy miqdori quyidagicha topiladi:

Bu erda d1- kaliy perxlorit cho`kmasi massasi, g; 0,5381-kaliy perxloratning KCl ga o`tish koeffisienti; d-aniqlanayotgan namuna massasi, g.
2-ish. Silvinitdan KCl olish va uning analizi.
Silvinitdan KCl ni galurgiya usulida ajratib olinadi. Silvinit (KCl NaCl) minerali tarkibidan KCl va NaCl ni aloxida ajratib olish, ularni suvda eruvchanligi turli haroratlarda turlicha ekanligiga asoslangan. KCl ning suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan keskin ortadi, NaCl ning eruvchanligi esa juda kam ortadi. Silvinit eritmasi sovutganda eritmadan KCl cho`kmaga tushadi. NaCl esa eritmada qoladi va qolgan eritma qo`r eritma de-yilib u asosan NaCl ning to`yingan eritmasidan iborat bo`ladi. Eritmaga silvinit solib qizdirsak unga faqat KCl erib o`tadi NaCl esa erimay qoladi.



T0C

100 g suvda tuzlarning eruvchanligi

KCl

NaCl

KCl

NaCl

25

36,96

35,63

16,28

29,38

100

56,20

39,40

35,16

27,39

Jadvalda toza KCl va NaCl ning xamda ular aralashmasining eruvchanligi berilgan.


2 5-rasm. Silvinitni ajratish
qurilmasi.
1-elektromotor; 2- aralashtirgich; 3- stakan; 4-termometr; 5- elektroplitka
Ishning bajarilishi Avvalo kur eritma tayyorlanadi. Buning uchun tarkibida 12,5% KCl va 18,5% NaCl bo`lgan 150 g eritma tayyorlanadi. Issiqqa chidamli 250 ml sig`imli stakanga (rasmga qarang) solinadi. Uning ustiga 50 g silvinit ulchab olinadi. Stakan yopiq plitada yoki gaz gorelkasida qaynaguncha qizdiriladi. Qaynoq eritma erimay qolgan cho`kmadan ajratish uchun tezlik bilan issiq holda filtrlash qadog`ida yoki Byuxner qadogida vaakumda filtrlanadi.
Filtrda qolgan cho`kma yana stakanga solinadi, filtirat esa sovutiladi (20-25ºC gacha) bunda cho`kma tushadi, so`ngra cho`kma filtirlab olinadi (cho`kma KCl) qolgan kur eritma (filtrat) bilan yana stakandagi cho`kma eritiladi. Bu amal 2-3 marta takrorlanadi. So`ngra stakandagi qolgan qoldiq va filtratdan cho`kkan cho`kma quritiladi va KCl miqdori analiz qilinadi chunki uning tarkibida KCl dan tashqari NaCl ham bo`ladi.
Silvinitda va ajratilgan KCl kristalida KCl ning massasini aniqlash quyidagi usullarning: perxlorat, gidrotartrat, dipikrilamin, tetrofenilborat, kobaltanitrit biri bilan aniqlanadi (laboratoriyada bo`lgan reaktivga qarab tanlanadi).
Misol tariqasida kaliyning tetrafenilborat shaklida suvda erimaydigan cho`kmasi hosil bo`lishiga asoslangan usulni ko`rib o`tamiz. 5 g kristall (KCl) o`lchab olinib (analitik tarozida) stakanga solinadi. Uning ustiga 300 ml distillangan suv 3 ml kons. H2SO4 quyuladi va 30 daqiqada davomida sekinlik bilan qaynatib turib eritiladi. So`ngra sovutilib 500 ml o`lchov kolbasiga filtrlanadi. Filtrda qolgan cho`kma distillangan suv bilan to xlor ioniga reaksiya bermaguncha yuviladi. So`ngra kolbaning belgisigacha chayqatib turgan holda suv bilan to`lg`aziladi. Shu hosil qilingan eritmadan pipetka yordamida 10 ml olinib 100 ml sig`imli stakanga solinadi uning ustiga 25 ml distillangan suv, 1-2 tomchi metil qizili va 10% li sirka kislota (eritma rangi o`zgarguncha) qu-yiladi. So`ngra stakan, ichidagi aralashmalar bilan birgalikda 317 K gacha suv hammomida qizdiriladi va uning ustiga aralashtirib turilgan holda 8-10 ml 0,1 mol/l liNa [(C6H5)4B] solinadi. Bunda K[(C6H5)4B] cho`kmaga tushadi. Stakanni cho`kma tushgandan keyin xam yana 5-10 daqiqada suv hammomida qoldiriladi. So`ngra uy haroratiga qadar sovutiladi va taxminiy ulchangan filtr qog`ozida cho`kma filtrlanadi.
4-5 marta yuvish eritmasi (yuvish eritma 100 ml 1% li sirka kislota va 34ml 0,1 mol/l tetrafenilborat eritmasining aralashmasi) bilan oz-ozdan olib yuviladi. Yuvish eritmasining umumiy hajmi 50-60 ml dan oshmasligi kerak, oxirida 3 marta sovuq suv bilan yuviladi. Filtr cho`kmasi bilan quritgich shkafida 393 K da doimiy og`irlikka kelguncha quritiladi va o`lchanadi.
Kaliy xloridning massa ulushi quruq moddaga aylantirib hisoblanganda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bunda: m-quritilgan kaliy tetrafenil borati cho`kmasining massasi, g; m1-tekshiriladigan aralashmaning massasi, g; 0,208-boshqaga aylantirib hisoblash koeffisienti (1g kaliy tetrafenilboratga mos keluvchi kaliy xloridining massasi); X1- tekshiriladigan aralashmaning namligi massa ulushda, u aralashmaning 373-378K da termostatda qizdirib doimiy og`irlikka kelguncha quritib aniqlanadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin